
🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali
🟥
🟥
🟥
🟩
🟩
🟩
🎭
“Talabalar teatr studiyalari” körik-festivalining 2027-yilgi mavsumiga start berildi!
🇺🇿
Ta’lim va ilm-fan vazirligi Madaniyat vazirligi, Yoşlar işlari agentligi hamda Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda
“Talabalar teatr studiyalari” körik-festivalining 2027-yilgi mavsumini
e’lon qiladi.
🗣
Festival 4 bosqiçda ötkaziladi:
↪️
Birinçi – oliy ta’lim taşkilotlarida fakultetlararo saralaş bosqiçi;
↪️
Ikkinçi – hududiy bosqiç;
↪️
Uçinçi – mintaqaviy yarim final;
↪️
Törtinçi – respublika final bosqiçi.
🏆
Ğolib va sovrindorlar uçun munosib mukofotlar belgilangan:
🥇
1-örin – BHMning 100 barobari;
🥈
2-örin – BHMning 70 barobari;
🥉
3-örin – BHMning 50 barobari;
🎭
Şuningdek, nominatsiyalar böyiça:
➡️
“Eng faol oliy ta’lim muassasasi” nominatsiyasi – BHMning 35 barobari;
➡️
“Eng yaxşi erkak roli uçun” nominatsiyasi – BHMning 25 barobari;
➡️
“Eng yaxşi ayol roli uçun” nominatsiyasi – BHMning 25 barobari;
➡️
“Jamoa ijodkor talabasi” nominatsiyasi – BHMning 20 barobari;
➡️
“Eng yaxşi talabalar teatr studiyasi rahbari” nominatsiyasi – BHMning 15 barobarigaça pul mukofotlari taqdim etiladi.
✈️
Bundan taşqari, 1-örinni egallagan jamoa a’zolari uçun
xorijiy davlatlardan biriga sayohat
taşkil etilişi ham mumkin.
📌
Festivalda iştirok etiş istagidagi talabalar özlari tahsil olayotgan oliy ta’lim taşkilotining yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça mas’ullariga murojaat qilişlari mumkin.
➡️
Festival nizomi bilan tanişiş
✨
Iste’dodingizni namoyon eting, katta sahna sari ilk qadamni qöying!
Bizni kuzating:
📱
Instagram
|
📺
YouTube
|
🕊
Telegram
TALABA-QIZLAR XAVFSIZLIGI — DOIMIY E’TIBORDA!
Andijon davlat tibbiyot institutida talaba-qizlarning xavfsizligini ta’minlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ijara xonadonlarida yashash sharoitlarini o‘rganish borasida profilaktik tadbirlar davom etmoqda.
Institut Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha profilaktika katta inspektori G.Abduvoxidova hamda profilaktika katta inspektori M.Qurbanova tomonidan ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talaba-qizlar bilan uchrashuv va profilaktik suhbatlar tashkil etildi.
Uchrashuv davomida talaba-qizlarga shaxsiy va jamoat xavfsizligini ta’minlash, turli huquqbuzarliklarning oldini olish, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish hamda ijara xonadonlarida xavfsizlik qoidalariga rioya etish yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, “Apk qo‘riqchi” ilovasidan foydalanish tartibi haqida batafsil ma’lumot berilib, uning imkoniyatlari, zarur vaziyatlarda undan foydalanish hamda xavfsizlikni ta’minlashdagi ahamiyati tushuntirildi.
Suhbat jarayonida talaba-qizlarning fikr-mulohazalari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
❇️
Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari
👇
🌎
sayt
|
✈️
Telegram
|
📷
Instagram
|
🔵
Facebook
|
🎬
You Tube
|
🐤
Twitter
“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI”: VOLEYBOL MUSOBAQASI
Andijon davlat tibbiyot institutida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida qizlar o‘rtasida voleybol sport turi bo‘yicha fakultetlararo saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Murosasiz va qizg‘in kechgan bellashuvlarda fakultet jamoalari o‘zaro kuch sinashib, g‘oliblik uchun kurash olib bordilar.
🏆
Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
🥇
1-o‘rin
— Davolash fakulteti
🥈
2-o‘rin
— Pediatriya fakulteti
🥉
3-o‘rin
— Farmatsiya fakulteti
Oʻyinlar davom etadi.
#taqdirlov
Ilmiy kengash davomida ilmiy unvon va darajalar sohiblari, respublika hamda xalqaro tanlovlar g‘oliblari taqdirlandi.
❇️
Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari
👇
🌎
sayt
|
✈️
Telegram
|
📷
Instagram
|
🔵
Facebook
|
🎬
You Tube
|
🐤
Twitter
ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA ILMIY KENGASH YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
Bugun, 26-oktyabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida navbatdagi Ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda institut faoliyatining muhim yo‘nalishlari, ta’lim muhitini yanada takomillashtirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda akkreditatsiya jarayonlariga tayyorgarlik holati bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Jarayondan fotolavhalar
❇️
Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari
👇
🌎
sayt
|
✈️
Telegram
|
📷
Instagram
|
🔵
Facebook
|
🎬
You Tube
|
🐤
Twitter
ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA ILMIY KENGASH YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
Bugun, 26-oktyabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida navbatdagi Ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda institut faoliyatining muhim yo‘nalishlari, ta’lim muhitini yanada takomillashtirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda akkreditatsiya jarayonlariga tayyorgarlik holati bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Yig‘ilish kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin oldi:
🔹
Institutda xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash hamda tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida.
Ma’ruzachi: Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Gulhayo Xolmatova.
Mazkur masala yuzasidan institutda sog‘lom, xavfsiz va o‘zaro hurmat tamoyillariga asoslangan muhitni shakllantirish, xodimlar hamda talabalar uchun qulay sharoit yaratish, shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi. Bunday holatlarning oldini olishda targ‘ibot-tushuntirish ishlarini kuchaytirish va mas’uliyatni oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
🔹
Xorijiy fakultet faoliyati bo‘yicha umumiy hisobot.
Ma’ruzachi: Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Farruxbek Rasulov.
Hisobot davomida xorijiy fakultet faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, ta’lim jarayonini tashkil etish, xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish hamda fakultet faoliyatini yanada takomillashtirish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, ta’lim sifatini oshirish va xalqaro miqyosdagi hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
🔹
Institutning akkreditatsiyaga tayyorgarlik holati bo‘yicha hisobot.
Ma’ruzachi: TSNQB boshlig‘i A. Pakirdinov.
Ushbu masala doirasida institutning akkreditatsiya jarayoniga tayyorgarlik holati, belgilangan talablar asosida amalga oshirilayotgan ishlar hamda tegishli hujjatlarni tayyorlash va tartibga keltirish masalalari muhokama qilindi. Akkreditatsiya talablariga muvofiqlikni ta’minlash, ta’lim sifatini oshirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda mas’ul bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish muhim vazifalar sifatida qayd etildi.
Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr va mulohazalar almashildi. Muhokamalar davomida institut faoliyatini yanada takomillashtirish, ta’lim sifatini ta’minlash, sog‘lom va xavfsiz muhitni mustahkamlash hamda akkreditatsiya jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
Ilmiy kengash yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan masalalar institut faoliyatining samaradorligini oshirish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va ta’lim sifatini yanada yaxshilashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
❇️
Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari
👇
🌎
sayt
|
✈️
Telegram
|
📷
Instagram
|
🔵
Facebook
|
🎬
You Tube
|
🐤
Twitter
“BIZ YANGI O‘ZBEKISTON FARZANDIMIZ!”
Andijon davlat tibbiyot instituti Stomatologiya fakulteti tyutorlari hamda 2-bosqich talabalari ishtirokida
“Biz Yangi O‘zbekiston farzandimiz!”
mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati davomida Yangi O‘zbekistonda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan keng imkoniyatlar, yoshlarning jamiyat hayotidagi o‘rni va mas’uliyati haqida atroflicha fikr yuritildi. Shuningdek, Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, yurt ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shish hamda kelajak avlod oldidagi burch va mas’uliyat masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Samimiy va mazmunli muloqot davomida talabalar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, mavzu yuzasidan o‘zaro fikr almashdi.
❇️
Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari
👇
🌎
sayt
|
✈️
Telegram
|
📷
Instagram
|
🔵
Facebook
|
🎬
You Tube
|
🐤
Twitter
XALQARO KONGRESSDA INSTITUTIMIZ VAKILLARI ISHTIROKI
Kuni kecha Toshkent shahrida Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 60 yilligiga bag‘ishlangan
“Bolalik nomidan: 60 yil g‘amxo‘rlik, bilim va kashfiyotlar”
xalqaro kongressi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur xalqaro kongressda Andijon davlat tibbiyot instituti Fakultet pediatriyasi va neonatologiya kafedrasi dotsenti M.
Abdumuxtarova
ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Shuningdek, kongressda Davolash fakulteti Bolalar jarrohligi kafedrasi mudiri
A.Gofurov
hamda kafedra xodimlari ham qatnashdilar.
Xalqaro kongress pediatriya va bolalar jarrohligi sohasidagi ilmiy tajriba almashish, zamonaviy yutuqlarni muhokama qilish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim maydon bo‘ldi.
❇️
Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari
👇
🌎
sayt
|
✈️
Telegram
|
📷
Instagram
|
🔵
Facebook
|
🎬
You Tube
|
🐤
Twitter
"OBODON” MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGINI TAʼMINLASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
Andijon davlat tibbiyot instituti mas'ullari tomonidan Qo‘rg‘ontepa tumani “Obodon” mahallasida aholi turmush sharoitini yaxshilash, bandligini ta’minlash hamda oilalar farovonligini oshirishga qaratilgan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida mahalladagi oilalarning ijtimoiy ahvoli, bandlik darajasi va fuqarolarni qiynayotgan muammolar atroflicha tahlil qilindi. Aholi bilan yuzma-yuz muloqot davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish, oilalar daromadlarini oshirish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur o‘rganishdan asosiy maqsad — aholi bilan yaqindan muloqot qilish, muammolarni joyida aniqlash va ularni hal etishga ko‘maklashish, mahallada bandlikni ta’minlash hamda oilalar farovonligini yuksaltirishga hissa qo‘shishdan iborat.
❇️
Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari
👇
🌎
sayt
|
✈️
Telegram
|
📷
Instagram
|
🔵
Facebook
|
🎬
You Tube
|
🐤
Twitter
🟦
🟦
🟦
🎉
25-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni!
Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, jamoat tartibini saqlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish yo‘lida xizmat qilayotgan ichki ishlar organlari xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy tabriklaydi!
Jumladan, institutda profilaktik tadbirlarni tashkil etishda faol ishtirok etib kelayotgan:
🔹
Profilaktika katta inspektori, podpolkovnik Jahongir Xo‘jayev;
🔹
Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor, kapitan Gulasalxon Abduvoxidovani ushbu bayram bilan muborakbod etamiz!
Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, xotirjamlik va sharafli xizmat faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
🎊
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan, Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi.
❇️
Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari
👇
🌎
sayt
|
✈️
Telegram
|
📷
Instagram
|
🔵
Facebook
|
🎬
You Tube
|
🐤
Twitter