
Agrobank Matbuot xizmati
Tinchlik va osoyishtalik — eng ulug‘ ne’mat!
🇺🇿
Har tong xotirjam ishga otlanishimiz, farzandlarimizning emin-erkin ta’lim olishi, ko‘chalarimizdagi osoyishtalik va kundalik hayotimizdagi bunyodkorlik zamirida fidoyi insonlarning sharafli mehnati mujassam.
🛡
Ular — xalqimiz tinchligi, jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lida kechayu kunduz xizmat qilayotgan ichki ishlar organlari xodimlaridir.
🤝️
️️️️️
25-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni
munosabati bilan
Agrobank jamoasi
barcha soha xodimlari va faxriylarini
samimiy muborakbod etadi!
Yurtimiz tinch, xalqimiz xotirjam, osmonimiz hamisha musaffo bo‘lsin!
📱
Instagram
📱
Facebook
🖥
Sayt
📗
Agrobankda har payshanba an’anaviy tarzda
Yoshlar kuni
sifatida o‘tkaziladi. Bu galgi tadbir doirasida bank xodimlari uchun
“Manfaatlar to‘qnashuvi va uning oldini olish”
mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
🤝
Seminar davomida mutaxassislar tomonidan manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish hamda xizmat faoliyatida xolislik va halollik tamoyillariga rioya etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
💬️
️️️️️ Interaktiv savol-javoblar orqali ishtirokchilarning mavzuga oid bilimlari mustahkamlandi.
📚
Tadbir yakunida
“Kitobxon bankir”
loyihasida faol ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bir guruh yosh xodimlar taqdirlandi.
“Kitobxon bankir” loyihasining 2-turi Jeyms Klirning “Atom odatlar” asari asosida tashkil etilib, unda
455 nafar xodim ishtirok etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 10 nafar ishtirokchi 1-o‘rinni, 10 nafari 2-o‘rinni va 12 nafari 3-o‘rinni egalladi.
📱
Instagram
📱
Facebook
🖥
Sayt
Prezidentimiz ishtirokidagi yig‘ilishda Qashqadaryoni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
—
На совещании с участием Президента нашей страны обсуждены вопросы развития Кашкадарьи.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Prezidentimiz
banklar aholi va tadbirkorlar loyihalariga resurs yetkazishda amaliy natija ko‘rsatishi zarurligini
taʼkidladi. Andijonda
kreditni faqat garovga bog‘lamasdan, pul oqimi va aniq buyurtmaga qarab ajratish
uchun
20 ta yangi moliyaviy mahsulot yaratish
topshirilgan edi. Mazkur yondashuv
Qashqadaryoda ham
natija berishi kerak.
Banklar faoliyati
yangi mahsulotlar soni bilan emas, ular yordamida resurs olgan korxonalar va biznesning o‘sishi bilan baholanadi.
Kreditlashdagi ortiqcha talablarni bekor qilish
vazifasi qo‘yildi. Hozir kredit olish uchun
102 turdagi hujjat
so‘ralmoqda. Shularning
53 tasi axborot tizimlarida mavjud, yana 22 tasining kreditga aloqasi yo‘q.
Bu o‘zgarishlar
mahallalardagi tashabbuslarni moliyalashtirish
va
yangi ish o‘rinlari yaratishni tezlashtirishi
kerakligi qayd etildi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilish
o‘tkazmoqda. Davlatimiz rahbari
hosil yig‘ishtirish ishlari qizg‘in kechayotgan kunlarda qashqadaryoliklar bilan uchrashib turganidan mamnunligini
bildirdi.
Mamlakatimiz yetakchisi yig‘ilish ishtirokchilarini
O‘zbek tili bayrami
bilan tabriklab,
Qashqadaryo farzandi, O‘zbekiston Qahramoni va davlat madhiyamiz muallifi Abdulla Oripovni
yodga oldi.
Bir necha yil avval
eng murakkab vaziyatdagi hududlardan biri
bo‘lgan
Qashqadaryoni yil yakuniga qadar kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish
maqsad qilingan. Davlatimiz rahbari bu natijaga erishish uchun
aniq hisob-kitoblar
mavjudligini qayd etdi.
– Kecha viloyatning shahar va tumanlarida, mahallalarida bo‘lgan o‘zgarishlarni ko‘rib, tadbirkor, investor, yoshlarning ko‘zlaridagi shijoatni ko‘rib,
juda katta kuch oldim
,
– dedi Prezidentimiz.
Facebook
|
Instagram
|
X
Kitob, ijod va bayram shukuhi — bir manzilda!
🇺🇿
21-oktabr — O’zbek tili bayrami kuni
munosabati bilan Agrobank tomonidan
noodatiy va o’zgacha yondashuv asosida tashkil etilgan bayram tadbiri
ko’tarinki ruhda o‘tdi.
📗
Bu galgi bayram an’anaviy tadbirlardan farqli ravishda
ijodkorlar bilan jonli muloqot, interaktiv bellashuvlar, musiqiy chiqishlar va kutilmagan sovg’alarni
birlashtirgan o’ziga xos ma’rifat maydoniga aylandi.
✍️
Festival davomida kitob ixlosmandlari taniqli shoir va yozuvchilar bilan yuzma-yuz uchrashib, sevimli asarlarini mualliflarning dastxati bilan olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
📖
Ona tili va adabiyotimizga oid qiziqarli sinovlar, zukkolik bellashuvlari hamda sovg‘alar ishtirokchilarga quvonchli lahzalar va unutilmas taassurotlar ulashdi.
📚
Kitobsevarlar uchun xushxabar!
Kitob yarmarkasi
bugun ham davom etadi!
Barcha yurtdoshlarimizni yarmarkaga tashrif buyurib, o‘zlari va yaqinlari uchun sevimli kitoblarini xarid qilishga taklif etamiz.
Agrobank — “Kitob bilan yuksal!”
📱
Instagram
📱
Facebook
🖥
Sayt
Oʻzbek tili — millatimizning ruhi, xalqimizning qalbi, avlodlarni birlashtiruvchi bebaho merosdir.
Uning har bir so‘zida ajdodlarimizning donishmandligi, tariximizning nafasi va milliy o‘zligimiz mujassam.
📖
Tilimizga bo‘lgan muhabbat, avvalo, unga bo‘lgan e’tibor va ehtiromimizda namoyon bo‘ladi. Ona tilimizda ravon so‘zlash, savodli yozish, kitob mutolaa qilish va uning boyligini kelajak avlodlarga yetkazish — barchamizning sharafli burchimizdir.
✨
Ona tilimizning qadri hamisha baland, nufuzi yanada yuksak bo‘lsin! Uning go‘zalligi, jozibasi va boyligi kelajak avlodlar qalbida ham faxr va iftixor bilan yashasin!
📗
Agrobank jamoasi barcha yurtdoshlarimizni “21-oktabr — O‘zbek tili bayrami” kuni bilan muborakbod etadi!
📱
Instagram
📱
Facebook
🖥
Sayt
Shartlarni bajaring va sovg‘alarni qo‘lga kiriting!
🇺🇿
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Agrobank tomonidan tashkil etilgan kitobxonlik festivali qizg‘in davom etyapti.
📇
Festival doirasida tashkil etilgan interaktiv o‘yinlar ishtirokchilarga o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazish, zukkolik va tezkorliklarini namoyon etish hamda turli sovg‘alarni qo‘lga kiritish imkonini bermoqda.
✅
Buning uchun o‘zbek tili va adabiyotiga oid savollarga aniq va tezkor javob berish, shartlarni muvaffaqiyatli bajarish kifoya. Eng muhimi, bu jarayonda ishtirokchilar nafaqat qiziqarli bellashuvlarda qatnashmoqda, balki ona tilimiz va milliy adabiyotimizga oid bilimlarini ham mustahkamlamoqda.
💥
Quvonchli lahzalar, samimiy muloqot va ko‘tarinki kayfiyatga boy festival ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar ulashmoqda.
Siz ham festivalga tashrif buyuring, bilimlaringizni sinab ko‘ring va sovg‘alardan birini qo‘lga kiritish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
📱
Instagram
📱
Facebook
🖥
Sayt
Ijodkorlar davrasiga marhamat!
⚡️
Ayni vaqtda davom etayotgan kitob yarmarkasi doirasida yurtdoshlarimiz sevimli ijodkorlarining asarlarini xarid qilish, mualliflardan dastxat olish hamda ular bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
🔝
Yurtimizning taniqli qalamkashlari, zamonaviy o‘zbek adabiyoti namoyandalari bilan samimiy suhbatlar va bayramona muhit festival ishtirokchilariga unutilmas taassurotlar ulashmoqda.
✨
Ishtirokchilarni oldinda qiziqarli tadbirlar, interaktiv o‘yinlar va turli sovg‘alarni qo‘lga kiritish imkoniyati kutyapti.
Sizni ham kitob, adabiyot va ijodkorlar davrasiga chorlaymiz!
📱
Instagram
📱
Facebook
🖥
Sayt
🟦
🟦
📗
Agrobank barchani kitobxonlik festivaliga taklif etadi!
🟢
Ayni vaqtda poytaxtimizning Botir Zokirov ko‘chasida 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Agrobank” ATB tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etilmoqda.
📚
Kitob yarmarkasi, yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuvlar, musiqiy dasturlar hamda interaktiv o‘yinlar sizlarni kutmoqda!
⌛
Festival ona tilimizga bo‘lgan hurmatni yanada yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish va barchani ma’naviyat atrofida birlashtirishga xizmat qiladi.
Aziz yurtdoshlar, sizni ham ushbu adabiyot va ma’rifat bayramida kutib qolamiz!
📱
Instagram
📱
Facebook
🖥
Sayt