Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Agrobank Matbuot xizmati

agrobankpress
🏦 "Agrobank" ATB Matbuot xizmati rasmiy telegram kanali. 📍 Manzil: 100011, Toshkent sh., Shayxontohur tum., B.Zokirov 2A. 🌍 agrobank.uz 📬 matbuot-xizmati@agrobank.uz
Подписчики
14 313
24 часа
-15
30 дней
-559
Просмотры
2 450
ER
17,12%
Посты (30д)
47
Символов в посте
762
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Экономика и финансы
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Бизнес и управление
Краткое описание
October 28, 13:51
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Agrobank xodimlarining favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oshirishda qaratilgan oʻquv mashgʻulotlari
Ehtimoliy favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida,
"Agrobank" ATB
ning barcha hududiy boshqarmalarida
maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda.
📇
Tadbirlarda xodimlarga favqulodda holatlarda harakat qilish tartibi,
yongʻin xavfsizligi
qoidalari hamda
xavf-xatarlarni
barvaqt aniqlash boʻyicha zarur koʻnikmalar oʻrgatilmoqda.
‼️
Ushbu mashgʻulotlar xavfsiz ish muhitini yaratish, xodimlarning mas’uliyatini oshirish hamda mavsum davomida uzluksiz xizmat koʻrsatishni ta’minlashlaydi.
📱
Instagram
📱
Facebook
🖥
Sayt

October 28, 12:38
Файлы недоступны
3
2
Открыть в Telegram

😇
Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti talabalari uchun
“Agrobank”ATB
taʼsischiligida tashkil etilgan
“Agro Ventures”
kompaniyasi rahbariyati bilan
uchrashuv boʻlib oʻtdi.
💬
Muloqot davomida «Agro Ventures» kompaniyasining asosiy maqsad va vazifalari hamda yoshlarning startap loyihalarini qoʻllab-quvvatlash imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berildi.
🇺🇿
Alohida taʼkidlash joizki, mazkur kompaniya davlatimiz rahbarining
2026-yil 13-martdagi PQ-99-sonli qaroriga muvofiq
, Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligini raqamlashtirish va sohaga innovatsiyalarni jalb qilish maqsadida tashkil etilgan.
📇
Tadbir davomida talabalar ushbu yoʻnalishda amalga oshirishni rejalashtirayotgan oʻz loyihalari bilan oʻrtoqlashdilar va kompaniya faoliyatiga oid oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob oldilar.
📱
Instagram
📱
Facebook
🖥
Sayt

October 28, 07:52
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

⭐️
️
SQB — 104 YOSHDA!
🏦
Bugun mamlakatimiz bank-moliya tizimining yirik vakillaridan biri — O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Sanoat qurilish banki tashkil etilganiga 104 yil to‘ldi.
Hurmatli SQB jamoasi!
🏦
Agrobank jamoasi nomidan Sizlarni ushbu sana bilan samimiy muborakbod etamiz!
↗️
Bankingizning ko‘p yillik faoliyati, mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti va bank-moliya tizimi rivojiga qo‘shib kelayotgan hissasi tahsinga loyiq.
💱
Mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish yo‘lidagi faoliyatingizga rivoj tilaymiz.
🔥
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
📱
Instagram
📱
Facebook
🖥
Sayt

October 25, 03:30
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Tinchlik va osoyishtalik — eng ulug‘ ne’mat!
🇺🇿
Har tong xotirjam ishga otlanishimiz, farzandlarimizning emin-erkin ta’lim olishi, ko‘chalarimizdagi osoyishtalik va kundalik hayotimizdagi bunyodkorlik zamirida fidoyi insonlarning sharafli mehnati mujassam.
🛡
Ular — xalqimiz tinchligi, jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lida kechayu kunduz xizmat qilayotgan ichki ishlar organlari xodimlaridir.
🤝️
️️️️️
25-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni
munosabati bilan
Agrobank jamoasi
barcha soha xodimlari va faxriylarini
samimiy muborakbod etadi!
Yurtimiz tinch, xalqimiz xotirjam, osmonimiz hamisha musaffo bo‘lsin!
📱
Instagram
📱
Facebook
🖥
Sayt

October 22, 13:40
Файлы недоступны
3
2
Открыть в Telegram

📗
Agrobankda har payshanba an’anaviy tarzda
Yoshlar kuni
sifatida o‘tkaziladi. Bu galgi tadbir doirasida bank xodimlari uchun
“Manfaatlar to‘qnashuvi va uning oldini olish”
mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
🤝
Seminar davomida mutaxassislar tomonidan manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish hamda xizmat faoliyatida xolislik va halollik tamoyillariga rioya etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
💬️
️️️️️ Interaktiv savol-javoblar orqali ishtirokchilarning mavzuga oid bilimlari mustahkamlandi.
📚
Tadbir yakunida
“Kitobxon bankir”
loyihasida faol ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bir guruh yosh xodimlar taqdirlandi.
“Kitobxon bankir” loyihasining 2-turi Jeyms Klirning “Atom odatlar” asari asosida tashkil etilib, unda
455 nafar xodim ishtirok etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 10 nafar ishtirokchi 1-o‘rinni, 10 nafari 2-o‘rinni va 12 nafari 3-o‘rinni egalladi.
📱
Instagram
📱
Facebook
🖥
Sayt

October 22, 10:17
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezidentimiz ishtirokidagi yig‘ilishda Qashqadaryoni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
—
На совещании с участием Президента нашей страны обсуждены вопросы развития Кашкадарьи.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 22, 07:34
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezidentimiz
banklar aholi va tadbirkorlar loyihalariga resurs yetkazishda amaliy natija ko‘rsatishi zarurligini
taʼkidladi. Andijonda
kreditni faqat garovga bog‘lamasdan, pul oqimi va aniq buyurtmaga qarab ajratish
uchun
20 ta yangi moliyaviy mahsulot yaratish
topshirilgan edi. Mazkur yondashuv
Qashqadaryoda ham
natija berishi kerak.
Banklar faoliyati
yangi mahsulotlar soni bilan emas, ular yordamida resurs olgan korxonalar va biznesning o‘sishi bilan baholanadi.
Kreditlashdagi ortiqcha talablarni bekor qilish
vazifasi qo‘yildi. Hozir kredit olish uchun
102 turdagi hujjat
so‘ralmoqda. Shularning
53 tasi axborot tizimlarida mavjud, yana 22 tasining kreditga aloqasi yo‘q.
Bu o‘zgarishlar
mahallalardagi tashabbuslarni moliyalashtirish
va
yangi ish o‘rinlari yaratishni tezlashtirishi
kerakligi qayd etildi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 22, 06:04
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev
Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilish
o‘tkazmoqda. Davlatimiz rahbari
hosil yig‘ishtirish ishlari qizg‘in kechayotgan kunlarda qashqadaryoliklar bilan uchrashib turganidan mamnunligini
bildirdi.
Mamlakatimiz yetakchisi yig‘ilish ishtirokchilarini
O‘zbek tili bayrami
bilan tabriklab,
Qashqadaryo farzandi, O‘zbekiston Qahramoni va davlat madhiyamiz muallifi Abdulla Oripovni
yodga oldi.
Bir necha yil avval
eng murakkab vaziyatdagi hududlardan biri
bo‘lgan
Qashqadaryoni yil yakuniga qadar kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish
maqsad qilingan. Davlatimiz rahbari bu natijaga erishish uchun
aniq hisob-kitoblar
mavjudligini qayd etdi.
– Kecha viloyatning shahar va tumanlarida, mahallalarida bo‘lgan o‘zgarishlarni ko‘rib, tadbirkor, investor, yoshlarning ko‘zlaridagi shijoatni ko‘rib,
juda katta kuch oldim
,
– dedi Prezidentimiz.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 21, 07:00
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Kitob, ijod va bayram shukuhi — bir manzilda!
🇺🇿
21-oktabr — O’zbek tili bayrami kuni
munosabati bilan Agrobank tomonidan
noodatiy va o’zgacha yondashuv asosida tashkil etilgan bayram tadbiri
ko’tarinki ruhda o‘tdi.
📗
Bu galgi bayram an’anaviy tadbirlardan farqli ravishda
ijodkorlar bilan jonli muloqot, interaktiv bellashuvlar, musiqiy chiqishlar va kutilmagan sovg’alarni
birlashtirgan o’ziga xos ma’rifat maydoniga aylandi.
✍️
Festival davomida kitob ixlosmandlari taniqli shoir va yozuvchilar bilan yuzma-yuz uchrashib, sevimli asarlarini mualliflarning dastxati bilan olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
📖
Ona tili va adabiyotimizga oid qiziqarli sinovlar, zukkolik bellashuvlari hamda sovg‘alar ishtirokchilarga quvonchli lahzalar va unutilmas taassurotlar ulashdi.
📚
Kitobsevarlar uchun xushxabar!
Kitob yarmarkasi
bugun ham davom etadi!
Barcha yurtdoshlarimizni yarmarkaga tashrif buyurib, o‘zlari va yaqinlari uchun sevimli kitoblarini xarid qilishga taklif etamiz.
Agrobank — “Kitob bilan yuksal!”
📱
Instagram
📱
Facebook
🖥
Sayt

October 21, 04:25
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Oʻzbek tili — millatimizning ruhi, xalqimizning qalbi, avlodlarni birlashtiruvchi bebaho merosdir.
Uning har bir so‘zida ajdodlarimizning donishmandligi, tariximizning nafasi va milliy o‘zligimiz mujassam.
📖
Tilimizga bo‘lgan muhabbat, avvalo, unga bo‘lgan e’tibor va ehtiromimizda namoyon bo‘ladi. Ona tilimizda ravon so‘zlash, savodli yozish, kitob mutolaa qilish va uning boyligini kelajak avlodlarga yetkazish — barchamizning sharafli burchimizdir.
✨
Ona tilimizning qadri hamisha baland, nufuzi yanada yuksak bo‘lsin! Uning go‘zalligi, jozibasi va boyligi kelajak avlodlar qalbida ham faxr va iftixor bilan yashasin!
📗
Agrobank jamoasi barcha yurtdoshlarimizni “21-oktabr — O‘zbek tili bayrami” kuni bilan muborakbod etadi!
📱
Instagram
📱
Facebook
🖥
Sayt