Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

“Ammofos-Maxam” AJ | Rasmiy kanal

aj_ammofos_maxam
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmatining rasmiy kanali Rasmiy veb-sayt: www.ammofos-maxam.uz Instagram: instagram.com/ammofos_maxam_aj/ Facebook: https://www.facebook.com/ammafosmaxam Youtube: youtu.be/UzCZXpnN1ac
Subscribers
1 347
24 hours
3
30 days
31
Post views
839
ER
62,29%
Posts (30d)
40
Characters in post
625
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Business & Economy Blog
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Industry & Engineering
Summary
July 27, 11:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Uzb35
#Mustaqillik35
Mustaqillik shukuhi va unutilmas taassurotlar
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Chimyon” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida 3-mavsumning tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida jadidlar siymolari, milliy raqslar hamda Hamid Olimjon va Zulfiya obrazlari namoyish etildi. Mavsum davomida madaniy-ma’rifiy tadbirlar va sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, oromgohning 40 yilligi munosabati bilan fidokorona mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan taqdirlandi.
3-mavsum bolajonlarga unutilmas taassurot va quvonchli xotiralarni tuhfa etgan holda yakunlandi.
“Ammofos-Maxam” AJ
Matbuot xizmati
📱
veb-sayt
📱
Telegram
📱
📱
Instagram

July 24, 16:49
Media unavailable
9
Show in Telegram

#Uzb35
#Mustaqillik35
“Chimyon” oromgohida Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan yurtimizda har yili 30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni keng nishonlanadi. Mazkur sana turli millat va elatlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, hamjihatlik va bag‘rikenglik qadriyatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Shu munosabat bilan “Ammofos-Maxam” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi “Chimyon” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida oromgohdagi barcha guruhlar tomonidan Osiyo va Yevropa xalqlarining milliy madaniyati, urf-odatlari hamda turmush tarzini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ishtirokchilar turli xalqlarning milliy liboslari, raqslari va an’analarini mahorat bilan namoyon etib, do‘stlik va hamjihatlik g‘oyalarini tarannum etdilar.
“Ammofos-Maxam” AJ
Matbuot xizmati
📱
veb-sayt
📱
Telegram
📱
📱
Instagram

July 24, 08:45
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Uzb35
#Mustaqillik35
“Ammofos-Maxam” AJda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
“Ammofos-Maxam” AJ
Matbuot xizmati
📱
veb-sayt
📱
Telegram
📱
📱
Instagram

July 24, 08:29
Media unavailable
5
Show in Telegram

#Uzb35
#Mustaqillik35
“Ammofos-Maxam” AJda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
“Ammofos-Maxam” AJda “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida korxona faoliyati va ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishilib, mavjud muammolar yuzasidan ilmiy-amaliy yechimlar muhokama qilindi. Shuningdek, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, energiya resurslarini tejash, chiqindilarni kamaytirish, mahsulot sifatini yaxshilash hamda innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha istiqbolli takliflar ko‘rib chiqildi.
Davra suhbati ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, innovatsion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish hamda korxonaning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladigan muhim muloqot maydoniga aylandi.
“Ammofos-Maxam” AJ
Matbuot xizmati
📱
veb-sayt
📱
Telegram
📱
📱
Instagram

July 24, 06:50
Media unavailable
3
Show in Telegram

📹
Brifing:
“Oʻzkimyosanoat” AJ tizimiga 2026-yilning birinchi yarim yilligida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlili
◾️
2026-yilning birinchi yarim yilligida “Oʻzkimyosanoat” AJ ijro apparati va tarmoq korxonalariga
jismoniy hamda yuridik shaxslardan jami 1090 ta murojaat
kelib tushdi. Shundan
452 tasi ogʻzaki, 326 tasi yozma, 312 tasi elektron
shaklda qabul qilindi.
◾️
Barcha murojaatlar qonunchilik talablari asosida belgilangan muddatlarda koʻrib chiqildi. Natijada
570 ta murojaat boʻyicha huquqiy tushuntirish berildi, 359 ta murojaat ijobiy hal etildi.
◾️
Ijro apparatiga kelib tushgan murojaatlarning aksariyati
Navoiy, Toshkent viloyati, Qashqadaryo viloyati va Toshkent shahri
hissasiga toʻgʻri keldi.
◾️
Murojaatlarda asosan
ishga joylashish, mineral oʻgʻitlar xaridi, hamkorlik, homiylik yordami hamda mineral oʻgʻitlar eksporti
bilan bogʻliq masalalar koʻtarilgan.
◾️
“Oʻzkimyosanoat” AJda murojaatlarni tizimli tahlil qilish, ularda koʻtarilayotgan masalalarni chuqur oʻrganish va tegishli choralarni amalga oshirish orqali jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish boʻyicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Batafsil:
https
://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/brifing20260724
————————————————————————
Veb-sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube

July 24, 06:45
Media unavailable
1
Show in Telegram

#BizningPrezident
Tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin, hurmatli Prezident!
————————————————————————
Veb-sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube

July 24, 05:59

“Ammofos-Maxam” aksiyadorlik jamiyati quyidagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun vakansiya e’lon qiladi:
Moliya direktori;
Tijorat direktori;
Texnik va texnologik rivojlanish bo‘yicha direktor;
Ekskavator mashinisti.
Mazkur lavozimlarga nomzodlar o‘z rezyumelarini quyidagi havola orqali yuborishlari so‘raladi.
Rezyume yuborish uchun havola:
https://ammofos-maxam.uz/oz/vacancy

July 24, 04:52
Media unavailable
6
Show in Telegram

#Uzb35
#Mustaqillik35
O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi arafasida stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi
O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Ammofos-Maxam” aksiyadorlik jamiyati xodimlari o‘rtasida stol tennisi musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, xodimlarni sportga keng jalb qilish hamda jamoada hamjihatlik va sog‘lom raqobat muhitini mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.
Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy kechgan bellashuvlarda ishtirokchilar o‘zlarining sport mahorati va chaqqonligini namoyon etdilar.
“Ammofos-Maxam” AJ
Matbuot xizmati
📱
veb-sayt
📱
Telegram
📱
📱
Instagram

July 24, 03:00
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Uzb35
#Mustaqillik35
Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!
“Ammofos-Maxam” AJ
Matbuot xizmati
📱
veb-sayt
📱
Telegram
📱
📱
Instagram

July 23, 09:19
Media unavailable
1
Show in Telegram

“Ammofos-3” sexida avariyaviy holatlarni bartaraf etish bo‘yicha o‘quv-mashg‘uloti o‘tkazildi
“Ammofos-Maxam” aksiyadorlik jamiyatining “Ammofos-3” sexida avariyaviy holatlarni bartaraf etish va ularning tarqalishini chegaralash rejasining amaldagi ijrosini tekshirish maqsadida o‘quv-mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida shartli avariya holati yuzaga kelganda amalga oshiriladigan harakatlar, xodimlarning tezkor va muvofiqlashtirilgan faoliyati, avariya-qutqaruv tuzilmalarining shayligi hamda belgilangan tartibdagi harakatlar amaliy jihatdan sinovdan o‘tkazildi.
“Ammofos-Maxam” AJ
Matbuot xizmati
📱
veb-sayt
📱
Telegram
📱
📱
Instagram