
“Ammofos-Maxam” AJ | Rasmiy kanal
Ona tilim — millatim faxri!
1989-yil 21-oktyabr kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Bu sana milliy o‘zligimiz, tariximiz va ma’naviy qadriyatlarimizning ajralmas qismi bo‘lgan ona tilimizga bo‘lgan e’tiborning muhim ramzidir.
Ona tilimizni asrash, uning nufuzini yuksaltirish va kelajak avlodga boy va betakror holda yetkazish — har birimizning sharafli burchimiz.
Video lavha tayyorlanish jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanildi.
Tilga e’tiborsiz — elga e’tiborsiz!
😅
“Ammofos-Maxam” AJ
Matbuot xizmati
📱
veb-sayt
📱
Telegram
📱
📱
Instagram
“Ixtirochi ayol” ko‘rik-tanlovi o‘z ishini boshladi
⭕
“O‘zkimyosanoat” AJ tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning ixtirochilik va innovatsion salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy-amaliy g‘oya va loyihalarini ishlab chiqarishga tatbiq etish maqsadida “Ixtirochi ayol” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda.
⭕
Mazkur tanlov xotin-qizlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish, innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga qaratilgan.
Tanlovda “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi tarmoq korxonalarida mehnat qilayotgan xotin-qizlar, shuningdek, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali hamda “Yangi O‘zbekiston” universitetida tahsil olayotgan talaba qizlar ishtirok etishmoqda.
⭕
Tanlov ikki bosqichda tashkil etilib,
birinchi bosqichda ishtirokchilar o‘zlarining innovatsion loyihalarini taqdim etadi hamda ishlanmaning yangiligi, dolzarbligi, amaliy ahamiyatini yoritadi.
⭕
Ikkinchi bosqichda esa tarmoq korxonalari va oliy ta’lim muassasalarida g‘olib deb topilgan ishtirokchilarning loyihalari Jamiyat ishchi guruhi tomonidan ko‘rib chiqilib, tahlil qilinadi.
⭕
Tanlov doirasida energiya tejamkorligi, ekologik muammolar yechimi, ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish, import o‘rnini bosish, korxona xarajatlarini tejash hamda qo‘shimcha daromad keltirishga qaratilgan innovatsion loyihalarga alohida e’tibor qaratildi.
Ishtirokchilarning loyihalari muammoni hal etish darajasi, taqdimot sifati, tanlangan usulning afzalliklari, shuningdek, loyihaning iqtisodiy va ekologik samaradorligi kabi mezonlar asosida baholandi.
⭕
“Ixtirochi ayol” ko‘rik-tanlovi xotin-qizlarning ilmiy izlanishlari, innovatsion tashabbuslari va yangi ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda kimyo sanoatida zamonaviy yechimlarni keng joriy etishga xizmat qiladi.
————————————————————————
Veb-sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
Kasbga sadoqat — mehnatga ehtirom
“Ammofos-Maxam” AJda uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarning mehnat faoliyati korxonaning ko‘p yillik tarixida alohida o‘rin tutadi.
Yillar davomida orttirilgan tajriba, kasbiy mahorat va mas’uliyat ishlab chiqarish jarayonining barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir xodimning kundalik mehnati korxona faoliyatining izchil davom etishiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.
Ko‘p yillik mehnat yo‘li — bu nafaqat orttirilgan tajriba, balki kasbga mas’uliyat bilan yondashish va mehnatga sadoqat ifodasidir.
“Ammofos-Maxam” AJ
Matbuot xizmati
📱
veb-sayt
📱
Telegram
📱
📱
Instagram
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Syuy Dunyuyni
qabul qildi.
Davlatimiz rahbariga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев
принял
генерального директора Продовольственной и сельскохозяйственной организации ООН (ФАО) Цюй Дунъюя. Главе нашего государства вручена высшая награда ФАО – медаль «Agricola».
#Mirziyoyev
#qabul
#FAO
#hamkorlik
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
📚
1-oktabr- O‘qituvchi va murabbiylar kuni
Hurmatli ustoz va murabbiylar!
“O‘zkimyosanoat” AJ jamoasi sizlarni 1-oktabr–O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy tabriklaydi.
Ta’lim va tarbiya yo‘lidagi fidokorona xizmatlaringiz, avlodlarga ilm-ma’rifat ulashishdagi mehnatingiz eng oliy e’tirofga munosib.
Sizlar orqali yurtimizda yuksak ma’naviyat, bilim va tafakkurga ega yoshlar yetishib chiqmoqda.
Yangi avlod kelajagi uchun qilayotgan mehnatingiz yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar, baxt-saodat va g‘ayrat-shijoat tilaymiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
————————————————————————
Veb-sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Ammofos-Maxam” AJda mehnat qilayotgan bir guruh ishchi-xodimlar o‘z ish joylarida tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
“Ammofos-Maxam” AJ
Matbuot xizmati
📱
veb-sayt
📱
Telegram
📱
📱
Instagram
“Ammofos-Maxam” AJda ustoz va murabbiylar e’zozlandi
1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Ammofos-Maxam” AJda mehnat qilayotgan bir guruh ishchi-xodimlar o‘z ish joylarida tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Taqdirlash jarayonida ustozlarning korxona faoliyatidagi o‘rni, yosh avlodga kasbiy bilim va tajriba ulashish, ularni mehnatsevarlik va mas’uliyat ruhida tarbiyalash borasidagi xizmatlari alohida e’tirof etildi.
“Ammofos-Maxam” AJ
Matbuot xizmati
📱
veb-sayt
📱
Telegram
📱
📱
Instagram
Debitor va kreditor qarzdorliklarni kamaytirish masalalari ko‘rib chiqildi
“Ammofos-Maxam” AJda debitor va kreditor qarzdorliklarni kamaytirish bo‘yicha komissiyaning 2026-yil III chorak yakunlariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda Boshqaruv raisining moliya va iqtisod bo‘yicha o‘rinbosari, Yuridik bo‘lim boshlig‘i, Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati bo‘limi boshlig‘i, Bosh hisobchi hamda tegishli tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari ishtirok etdilar.
Kun tartibidan jamiyatdagi debitor va kreditor qarzdorliklarning joriy holati, muddati o‘tgan qarzdorliklarni undirish, ularni qisqartirish hamda kelgusida qarzdorliklar ortishining oldini olish masalalari o‘rin oldi.
Muhokamalar yakunida qarzdorliklarni kamaytirish, belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash va korrupsiyaviy xavflarning oldini olish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
“Ammofos-Maxam” AJ
Matbuot xizmati
📱
veb-sayt
📱
Telegram
📱
📱
Instagram
“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!”
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan joriy yilning 12–13-oktabr kunlari “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida “Umummilliy diktant” loyihasi o‘tkaziladi.
Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad — xodimlarning davlat tilida ish yuritish samaradorligini yanada oshirish, ona tiliga bo‘lgan hurmat va e’tiborini yuksaltirish, shuningdek, ularning fikrlash doirasi va umumiy savodxonlik darajasini baholashdan iborat.
Barcha ishchi-xodimlarni “Umummilliy diktant” loyihasida faol ishtirok etishga chorlaymiz!