Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Milliy markaz (AKIS) RASMIY

akis_milliy_markaz
O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi "Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi" Rasmiy telegram kanali Murojaat uchun: @AKISBOT_BOT
Subscribers
1 900
24 hours
30 days
Post views
500
ER
26,32%
Posts (30d)
107
Characters in post
1 247
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Business & Economy Blog
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
June 12, 09:11
Media unavailable
2
Show in Telegram

🟦
🟦
"O'zbekiston 24
"telekanalida
"Lalmikor dehqonchilikni rivojlantirishda innovatsion yondashuvlar"
sarlavhasi ostida mahsus reportaj efirga uzatildi.
Unda Milliy markaz tizimidagi Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida
“Lalmikor yerlarda boshoqli va dukkakli don, yem-xashak, moyli hamda poliz ekinlari seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirishning innovatsion agrotexnologiyalari”
mavzusida bo'lib o'tgan
“Dala kuni"
ilmiy-amaliy seminar tafsilotlari haqida so'z borgan.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
📱
WEB
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
Youtube

June 12, 04:12
Media unavailable
3
2
Show in Telegram


Narkojinoyatlarga qarshi javobgarlik keskin kuchaytiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik tahdidlaridan himoya qilishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan
taqdimot bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan qonun bilan Jinoyat kodeksiga
“Aholi salomatligi va genofondiga qarshi jinoyatlar”
nomli yangi bob kiritilmoqda.
⚡️
Endilikda noqonuniy narkolaboratoriyalar tashkil etish, narkotiklar savdosiga rahnamolik qilish, bangixonalar tashkil etish kabi qilmishlar uchun alohida javobgarlik belgilanadi. Shuningdek, 10 dan ortiq xavfli jinoyatlar bo‘yicha jazo choralari kuchaytiriladi.
🟢
Taqdimotda
“Narkotiklar va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar to‘g‘risida”g
i yangi qonun loyihasi ham muhokama qilinib, unda
giyohvandlikka qarshi kurashning 7 ta ustuvor yo‘nalishi, internet orqali sodir etilayotgan narkojinoyatlarga chek qo‘yish, yoshlar va xotin-qizlarda “giyohvandlikka qarshi immunitet”ni shakllantirish, profilaktika va reabilitatsiya tizimini takomillashtirish
masalalari nazarda tutilgani qayd etildi.

Shuningdek,
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, voyaga yetmaganlarga transport vositalarini boshqarishga ruxsat berish oqibatida yuz berayotgan og‘ir holatlarning oldini olish va bu boradagi javobgarlikni kuchaytirish yuzasidan takliflar
ham ma’qullandi.
📌
Prezidentimiz giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashni zamon talablari asosida tashkil etish, yoshlarni ushbu illatdan asrash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official

June 12, 04:07
Media unavailable
2
Show in Telegram

#22_son
Hurmatli davlat xizmatchilari,
siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.
Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.
🌍
Biz bilan kuzatib boring!
🕊
Telegram
|
📸
Instagram

June 11, 07:22
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

Zamonaviy texnologiyalar — yuqori hosil garovi
🌱
Buxoro viloyatidagi
ishchi tashrifini yakunlagan
Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov
bugun erta tongdan
Qashqadaryo viloyatidagi dala maydonlarini
ko‘zdan kechirishni boshladi.
🌱
Tashrif dasturiga ko‘ra, vazir dastlab
“Indorama Agro” qo‘shma korxonasi
ning Nishon tumanidagi dala maydonlarida amalga oshirilayotgan
agrotexnik tadbirlar
bilan tanishdi. Umumiy maydoni
15 ming gektarni
tashkil etuvchi mazkur hududda paxta parvarishi
zamonaviy agrotexnologiyalar
asosida tashkil etilgan.
💧
Bu yerda barpo etilgan
suv yetkazib berish stansiyasi
suvni tindirib, zarur
mineral o‘g‘itlar
bilan birga ekinlarga yetkazib beradi. Avtomatlashtirilgan mazkur stansiya
15 ming gektar maydonni tomchilatib sug‘orish tizimi
orqali suv bilan ta’minlash imkonini beradi. Bu esa
suv resurslarini tejash
, hosildorlikni oshirish va ekinlarning barqaror rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
✈️
Shuningdek, vazir
AQShda ishlab chiqarilgan agrosamolyot
faoliyati bilan ham tanishdi. Bugungi kunda
“Indorama Agro”da
shunday ikkita samolyot mavjud bo‘lib, ularning biri Sirdaryo, ikkinchisi esa Qashqadaryo viloyatida xizmat ko‘rsatmoqda. Samolyot bir sutkada o‘rtacha
1000 gektar maydonga
himoya vositalari va maxsus preparatlarni sepish imkoniyatiga ega. Bu esa
vaqt va mehnat resurslarini tejash
, agrotexnik tadbirlarni qisqa muddatlarda va sifatli amalga oshirishga xizmat qilmoqda.
🌾
Mutasaddilarning ta’kidlashicha, joriy mavsumda xo‘jalikda
yuqori hosilli xorijiy paxta navlari
qo‘shqator usulida
plyonka ostiga ekilgan
bo‘lib, ushbu texnologiya ekinlarning barqaror rivojlanishi va yuqori hosil shakllanishiga xizmat qilmoqda.
📈
Tashrif davomida vazir
hosil taqdirini belgilaydigan eng muhim omil agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish
ekanini alohida ta’kidladi. Qayd etilishicha, Nishon tumanida bu yil
yuqori hosil olish uchun barcha imkoniyatlar mavjud
bo‘lib, belgilangan vazifalarning samarali ijrosi kutilgan natijalarga erishishning asosiy sharti hisoblanadi.
🏆
Zamonaviy texnologiyalar
,
suvni tejovchi yechimlar
va
yuqori unumdor texnikalar
qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirish, mahsulot yetishtirish hajmini ko‘paytirish hamda tarmoqning
raqobatbardoshligini mustahkamlash
yo‘lida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
🌐
Website
💬
Telegram
💬
Facebook
📺
YouTube
📷
Instagram

June 11, 06:07
Media unavailable
2
2
Show in Telegram

🟦
🟦
🟦
Iqtisodiy o‘sish, investitsiya va innovatsiyalar sari yangi qadam
🏢
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida sohada faoliyat olib borayotgan kadrlar salohiyatini yuksaltirish va tarmoq boshqaruvini zamonaviy iqtisodiy mexanizmlar asosida olib borish maqsadida tashkil etilayotgan malaka oshirish kurslarining navbatdagi guruhi uchun o‘quv jarayonlari boshlandi.
🎓
“Agrar sohani iqtisodiy rivojlantirish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda investitsiyalarni jalb qilish va innovatsiyalarni joriy etish”
mavzusiga bag‘ishlangan o‘quv  dasturi doirasida ishtirokchilar
agrar sohada samarali boshqaruv va iqtisodiy tahlil asoslari, fermer va dehqon xo‘jaliklarini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash va kredit siyosati, sektorga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni yo‘naltirish, biznes-loyihalarni shakllantirish, qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalar va ilg‘or innovatsion yechimlardan samarali foydalanish
kabi muhim yo‘nalishlarda o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshiradi.
🤝
O‘quv kurslari soha mutaxassislari, iqtisodchi ekspertlar va olimlar ishtirokidagi ochiq muloqotlar, seminar-treninglar hamda amaliy mashg‘ulotlar asosida olib boriladi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
📱
WEB
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
Youtube

June 11, 04:00
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Jarayon
🫐
Olxo‘ri nav va namunalarida degustatsiya o‘tkazildi
Olxo‘ri kolleksiya bog‘larida mavjud
nav va namunalarning degustatsiyasi
bo‘lib o‘tdi.
Degustatsiya jarayonida namunalar
ta’mi, tashqi ko‘rinishi, meva sifati va iste’molboplik ko‘rsatkichlari
bo‘yicha baholandi. Mazkur tadbir kolleksiyadagi navlarning qimmatli xo‘jalik-biologik xususiyatlarini aniqlash hamda istiqbolli namunalarni saralashda muhim ahamiyat kasb etadi.
BIZNI KUZATISHDA DAVOM ETING!
✍️
O'GRITI axborot xizmati
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📱
YouTube
📱
WEB

June 10, 17:21
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

Mahalliy g‘o‘za navlari uchun yangi davr: BT va GT genlari joriy etildi
🌱
Buxoro viloyatida
ishchi tashrif bilan bo‘lib turgan
qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov
Qorako‘l tumanidagi
“Yangiboy Ochil g‘allakor” fermer xo‘jaligi
dalasida Hindistonning urug‘chilik sohasiga ixtisoslashgan
“Nath Bio Genes” kompaniyasi
vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🧬
Muloqot davomida
kompaniya tomonidan O‘zbekistonning
mahalliy g‘o‘za navlariga zamonaviy genetik texnologiyalarni joriy etish
bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Xususan, mahalliy
to‘rtta istiqbolli g‘o‘za naviga BT va GT genlarini o‘tkazish ishlari muvaffaqiyatli yakunlangani
ma’lum qilindi.
🌱
Mazkur yangilikning ahamiyati shundaki
, shu kungacha
BT va GT genlari
asosan xorijiy seleksiya navlarida mavjud bo‘lib, mahalliy navlarda bunday imkoniyat bo‘lmagan. Endilikda esa ko‘p yillar davomida
O‘zbekistonning tuproq-iqlim sharoitiga moslashgan
,
yuqori hosildorligi bilan ajralib turadigan mahalliy navlar
zamonaviy genetik yutuqlar bilan boyitildi.
🛡
Yangi texnologiya qo‘llanilgan navlar
nafaqat
yuqori hosildorlikka
ega bo‘ladi, balki paxtachilikda katta zarar keltiradigan
shira va trips kabi zararkunandalarga nisbatan yuqori chidamlilikni
ham namoyon etadi. Bu esa
hosil sifati
va
iqtisodiy samaradorlikni oshirishda
muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
📋
Uchrashuv davomida
mazkur
to‘rtta yangi navni tajriba tariqasida ekish muddatlari
hamda
keyingi bosqichdagi hamkorlik rejalari
atroflicha muhokama qilinib, aniq vazifalar belgilab olindi.

Ta’kidlanganidek
,
xalqaro hamkorlik
asosida
ilm-fan va innovatsiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish
mahalliy seleksiya yutuqlarining
yangi bosqichga ko‘tarilishiga
, o‘z navbatida,
O‘zbekiston paxtachiligining raqobatbardoshligini yanada oshirishga
xizmat qiladi.
🌐
Website
💬
Telegram
💬
Facebook
📺
YouTube
📷
Instagram

June 10, 17:01
Media unavailable
2
Show in Telegram

🟦
🟦
🟦
Lalmikor yerlarda yaratilgan yangi navlar va agrotexnologiyalar namoyish etildi
Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida “Lalmikor yerlarda boshoqli va dukkakli don, yem-xashak, moyli hamda poliz ekinlari seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirishning innovatsion agrotexnologiyalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar — “Dala kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda lalmikor dehqonchilikni rivojlantirish, ekinlar hosildorligini oshirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish hamda urug‘chilik tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Seminar davomida institut direktori, professor
Bunyod Mamarahimov
joriy yilda ilmiy muassasaning qariyb 1500 gektar tajriba maydonlarida lalmikor ekin turlarining institut olimlari tomonidan yaratilgan navlari, shuningdek, xalqaro hamkorlik doirasida xorijdan keltirilib o‘rganilgan nav va namunalar yuqori hosildorlik ko‘rsatganini ta’kidladi.
Shundan so‘ng seminar ishtirokchilariga ilmiy muassasaning tajriba maydonlarida parvarish qilinayotgan boshoqli va dukkakli don ekinlari, yem-xashak hamda moyli ekinlarining yangi va istiqbolli navlari namoyish etildi. Ishtirokchilar lalmikor sharoit uchun ishlab chiqilgan innovatsion agrotexnologiyalar hamda ilg‘or agrotexnik tadbirlar bilan ham yaqindan tanishdilar.
Seminarda qatnashgan fermerlar olimlar tomonidan yaratilgan resurstejamkor va hosildor navlarni o‘z fermer xo‘jaliklarida amaliyotga joriy etishni maqsad qilganliklarini bildirdilar.
Tadbir ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga tatbiq etish, lalmikor yerlardan samarali foydalanish va qishloq xo‘jaligida hosildorlikni oshirishga xizmat qiladigan muhim maydon bo‘ldi.
📹
Seminar jarayonlari bilan yuqoridagi videorolik orqali tanishishingiz mumkin.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
📱
WEB
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
Youtube

June 10, 04:59
Media unavailable
8
2
Show in Telegram

▶️
Xabar berib borayotganimizdek
, ayni daqiqalarda Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida “Lalmikor yerlarda boshoqli va dukkakli don, yem-xashak, moyli hamda poliz ekinlari seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirishning innovatsion agrotexnologiyalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar — “Dala kuni” tadbiri bo‘lib o‘tmoqda
.
Tadbir davomida lalmikor dehqonchilikni rivojlantirish, ekinlar hosildorligini oshirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish hamda urug‘chilik tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilinmoqda.
Seminarning amaliy qismida institut tajriba maydonlarida yaratilgan boshoqli va dukkakli don ekinlari, yem-xashak, moyli hamda poliz ekinlarining yangi va istiqbolli navlari namoyish etilmoqda. Shuningdek, ishtirokchilar lalmikor sharoit uchun ishlab chiqilgan innovatsion agrotexnologiyalar hamda ilg‘or agrotexnik tadbirlar bilan yaqindan tanishmoqda.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
📱
WEB
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
Youtube

June 10, 04:36
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

Lalmikor dehqonchilikda innovatsion yechimlar muhokama qilinmoqda
▶️
Ayni daqiqalarda Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida
“Lalmikor yerlarda boshoqli va dukkakli don, yem-xashak, moyli hamda poliz ekinlari seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirishning innovatsion agrotexnologiyalari”
mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar — “Dala kuni” tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.
Seminarni Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari
Jamshid Abduzuhurov
ochib berdi. U o‘z nutqida lalmikor dehqonchilikning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi ahamiyati, sohani rivojlantirishda zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, no‘xat urug‘chiligi tizimini takomillashtirish hamda eksportbop navlarni yaratish masalalariga alohida to‘xtaldi.
Seminarda olimlar, soha mutaxassislari va fermerlar ishtirok etmoqda.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
📱
WEB
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
Youtube