
O'zbekiston qishloq xo'jaligi fanlari akademiyasi
🟦
🟦
🟦
Malaka oshirish kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi
Qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish, zamonaviy bilim va ilg‘or tajribalarni amaliyotga keng joriy etish, shuningdek, yer resurslaridan samarali va oqilona foydalanish bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida “Yer tuzish, yer munosabatlari va yerdan foydalanish” yo‘nalishida bir haftalik malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
Mazkur malaka oshirish kursida Qishloq xo‘jaligi vazirligining markaziy apparati, hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar ishtirok etdi.
Tadbirning kirish qismida Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti direktori
Rustam Nizamov so‘zga chiqib, institutda o‘quv jarayonlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, ta’lim sifatini oshirish, tinglovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda malaka oshirish tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, direktor o‘z nutqida bugungi kunda qishloq xo‘jaligi sohasida yuqori malakali, zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidlab, tinglovchilarni kurs davomida berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga, olgan bilimlarini amaliy faoliyatida samarali qo‘llashga chaqirdi.
Kurs mashg‘ulotlari davomida tinglovchilarga yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solish, yer tuzish ishlarini zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish, yer fondini boshqarish hamda sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati yuzasidan nazariy va amaliy bilimlar berildi.
O‘quv mashg‘ulotlari soha bo‘yicha tajribali mutaxassislar va malakali ekspertlar tomonidan interaktiv hamda amaliy yondashuvlar asosida olib borilib, tinglovchilarning mavjud bilimlarini mustahkamlash va ularni real ish jarayonida qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Kurs yakunida tinglovchilarning o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalari baholanib, belgilangan talablarni muvaffaqiyatli bajargan ishtirokchilarga malaka oshirganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
📱
WEB
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
Youtube
Paxtachilik ilm-fanida yangi bosqich: natija va amaliy samaradorlik — bosh mezon
🌱
Bugun
Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov
Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurdi.
🔍
Tashrif davomida institutning
bugungi faoliyati, ilmiy salohiyati va paxtachilik sohasida olib borilayotgan tadqiqotlarning amaliy natijadorligi
tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi.
🧬
Institutning
seleksiya va urug‘chilik yo‘nalishidagi ishlari
, yangi navlarni yaratish va sinovdan o‘tkazish,
zamonaviy agrotexnologiyalarni ishlab chiqish hamda ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish
masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔗
Bugungi talabdan kelib chiqib,
ilmiy tadqiqotlarni amaliyot bilan bog‘lash, yaratilayotgan nav va texnologiyalarning samaradorligini oshirish hamda institutning ilmiy salohiyatidan to‘liq foydalanish
bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.
👤
Shu paytga qadar
Respublika AKIS markazi rahbari lavozimida ishlab kelgan Akmal Tulanov
Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti
direktori
etib tayinlangani qayd etildi.
🤝
Institut jamoasi bilan muloqot davomida
mavjud muammolar, taklif va tashabbuslar
ham muhokama qilindi.
❗️
Yakunda mas’ullarga faoliyatni
yangi bosqichga olib chiqish, ilmiy izlanishlarning amaliy qiymatini oshirish
va paxtachilikda zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
🌐
Website
💬
Telegram
💬
Facebook
📺
YouTube
📷
Instagram
🌾
🌾
🌾
🌾
🌾
🌾
Qishloq xo‘jaligi vazirligining inson resurslarini boshqarish faoliyati “a’lo” deb baholandi
👥
Inson kapitali
— har qanday tashkilotning eng muhim va strategik resurslaridan biridir. Bugungi kunda davlat boshqaruvida ham
xodimlarni samarali boshqarish
, ularning
salohiyatini rivojlantirish
va zamonaviy
inson resurslari tizimini
yo‘lga qo‘yish muhim vazifalardan biri sifatida qaralmoqda.
✅
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini boshqarish bo‘yicha faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 212-son qarori
bilan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining
inson resurslarini boshqarish bo‘yicha faoliyatini har olti oyda bir marta baholash
belgilangan.
📊
Shunga muvofiq,
Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi
tomonidan
2026-yil I yarim yilligi yakunlari
bo‘yicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘yicha faoliyati baholandi. Mazkur baholash davlat organlarining
inson resurslarini boshqarish yo‘nalishidagi faoliyatini har tomonlama tahlil qilish
ga qaratilgan bo‘lib,
12 ta indikator
asosida amalga oshirildi.
🏆
Baholash yakunlariga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi vazirligining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘yicha faoliyati “a’lo” deb topildi.
Bu natija vazirlikda
inson kapitalini rivojlantirish
, xodimlar faoliyatini samarali tashkil etish hamda
inson resurslarini boshqarish tizimini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish
ga qaratilayotgan e’tiborning amaliy ifodasidir.
🤑
Mazkur baho, avvalo, vazirlikning
inson resurslari yo‘nalishida olib borayotgan izchil ishlariga berilgan munosib e’tirof
dir.
❕
Zero, zamonaviy va samarali davlat boshqaruvi, eng avvalo,
bilimli, salohiyatli, tashabbuskor va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashadigan kadrlar
bilan chambarchas bog‘liq.
🌐
Website
💬
Telegram
💬
Facebook
📺
YouTube
📷
Instagram
Paxta yig‘im-terimiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
🌱
Bugun
Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov
rahbarligida navbatdagi
kengaytirilgan seminar
tashkil etildi.
💻
Video-konferens-aloqa shaklida tashkil etilgan yig‘ilishda
vazir o‘rinbosarlari, departament va boshqarma rahbarlari, hokimlarning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari
, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va tumanlardagi
fermer xo‘jaliklari rahbarlari
ishtirok etdi.
📋
Yig‘ilishda
paxta yig‘im-terimiga tayyorgarlik, qishloq xo‘jaligi texnikalaridan samarali foydalanish, hosilni nobud qilmasdan yig‘ib olish, transport va tashkiliy masalalar
muhokama qilindi.
🚜
Ayni paytda mamlakatimizda
1 800 dan ortiq paxta terish mashinasi
mavjud. Yig‘ilishda ushbu texnikalarni mavsumga puxta tayyorlash,
texnik holatini ko‘rikdan o‘tkazish va hududlar kesimida samarali taqsimlash
muhim vazifa ekani ta’kidlandi.
🗣
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i Abrol Vaxabov
hamda
O‘zbekiston Fermerlar kengashi raisi Axtam Xaitov
paxta yig‘im-terimiga tayyorgarlik va mavsumni uyushqoqlik bilan tashkil etish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
🚛
Shuningdek, paxta terish mashinalarining
uzluksiz ishlashini ta’minlash, terilgan hosilni o‘z vaqtida qabul punktlariga yetkazish, transport masalasini muvofiqlashtirish
hamda hosil nobudgarchiligiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha vazifalar belgilandi.
🔗
Yig‘ilishda hududlardagi
fermer xo‘jaliklari rahbarlarining taklif va tavsiyalari ham tinglandi
. Bildirilgan fikrlar asosida mavjud muammolarni
tezkor hal etish va paxta yig‘im-terimini samarali tashkil qilish
bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
☑
Yakunda mas’ullarga mavjud
texnika va resurslarni to‘liq safarbar etish
, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda paxta yig‘im-terimini yuqori tashkiliy darajada o‘tkazish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
🌐
Website
💬
Telegram
💬
Facebook
📺
YouTube
📷
Instagram
Ko‘zlardagi quvonch — Mustaqilligimizning 35 yilligiga eng go‘zal tuhfа!
🇺🇿
Yurtimiz bo‘ylab eng ulug‘ va eng aziz bayram —
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik shonli to‘yi shukuhi kezmoqda.
Bunday qutlug‘ kunlarda mehr ulashish, e’tiborga muhtoj ko‘ngillarni yo‘qlash xalqimizning eng ezgu va olijanob qadriyatlaridandir.
📚
Yangi o‘quv yili arafasida
Agroxizmatlar markazi
jamoasi ana shunday xayrli va savobli tashabbusni amalga oshirdi.
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan kam ta’minlangan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari
holidan xabar olindi.
🕊
Jajji qalblarning yuzidagi beg‘ubor tabassum, kelajakka porlagan umid va ota-onalarning samimiy duolari biz uchun eng katta mukofot bo‘ldi.
🇺🇿
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Bizni kuzating
❤
️
Facebook
|
❤
️
Instagram
|
❤
️
YouTube
|
❤
️
Telegram
|
🌐
web
-
sayt
#giyohvandlikka_qarshimiz
Giyohvandlik — inson hayoti va jamiyat kelajagiga tahdid
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
📱
WEB
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
Youtube
Qishloq xo‘jaligida tizimli yondashuv va aniq natijalar muhokama qilindi
🌱
Bugun
Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov
rahbarligida navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilish tashkil etildi.
💻
Video-konferens-aloqa shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda
vazir o‘rinbosarlari, departament va boshqarma boshliqlari, oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari
, shuningdek, tizim tashkilotlari mas’ullari ishtirok etdi.
📊
Yig‘ilishda
qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida amalga oshirilayotgan ishlarning joriy holati, belgilangan vazifalar ijrosi, mavjud muammolar va ularning amaliy yechimlari
atroflicha muhokama qilindi.
🐄
Xususan,
chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish, go‘sht va sut mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish, chorva hayvonlarining mahsuldorligini ko‘paytirish, naslchilik ishlarini takomillashtirish
hamda tarmoqda
zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish
masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🌱
Shuningdek,
yaylovlardan oqilona va samarali foydalanish, yaylovlarning mahsuldorligini oshirish, ularning degradatsiyasining oldini olish
hamda chorvachilik xo‘jaliklari uchun
ozuqa bazasini mustahkamlash
bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
🔬
Yig‘ilishda
qishloq xo‘jaligida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, hosildorlik va mahsulot sifatini oshirish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish
masalalari ham ko‘rib chiqildi.
🎓
Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyati,
ilmiy ishlanmalarni amaliyotga keng joriy etish, ilmiy salohiyatdan foydalanish va sohaga innovatsion yechimlarni olib kirish
bo‘yicha vazifalar belgilandi.
📄
Shuningdek, hududlarda olib borilayotgan ishlarning
samaradorligini oshirish, aniqlangan muammolarni joyida o‘rganish, topshiriqlar ijrosini ta’minlash
hamda har bir yo‘nalish bo‘yicha
aniq natijalarga erishish
masalalariga e’tibor qaratildi.
📌
Yig‘ilish yakunida mas’ullarga
belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, mavjud muammolarni tizimli hal etish
hamda qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida
samaradorlikni oshirish
yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
🌐
Website
💬
Telegram
💬
Facebook
📺
YouTube
📷
Instagram
🟦
🟦
🟦
Payvandlash boʻyicha amaliy seminar
📍
Milliy markaz tizimidagi akademik M. Mirzayev nomidagi Bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasida
mevali daraxtlar va tok ko‘chatlarini sifatli yetishtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan payvandlash usullari va zamonaviy texnologiyalariga bag‘ishlangan
amaliy seminar
tashkil
etildi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
📱
WEB
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
Youtube
#32_son
Hurmatli davlat xizmatchilari,
siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.
Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.
#uzb35
#mustaqillik35
🌍
Biz bilan kuzatib boring!
🕊
Telegram
|
📸
Instagram
📣
DIQ
QAT!
OʻZBEKISTONDA ILK BOR “YOSH FERMERLAR CHEMPIONATI”GA START BERILDI!
Joriy yilning avgust–oktabr oylarida respublikamiz boʻylab qishloq xoʻjaligida faoliyat yuritayotgan yoshlar oʻrtasida yirik chempionat bo'lib o'tadi.
🧑🏻🌾
Nomzodlar 12 ta nominatsiya bo'yicha bellashadi
:
Yilning yosh agro innovatori
Yilning agro startap loyihasi
Yilning agro brendi
Yilning yosh eksport chempioni
Yilning yosh kooperatsiya ustasi
Yilning yosh dehqoni
Yilning yosh bogʻboni
Yilning yosh chorvadori
Yilning yosh issiqxonachisi
Yilning yosh ayol fermeri
Yilning oilaviy fermer xoʻjaligi
Yilning yosh agro blogeri
Har bir nominatsiya bo‘yicha gʻoliblar:
🥇
1-oʻrin — 50 million soʻm
🥈
2-oʻrin — 30 million soʻm
🥉
3-oʻrin — 20 million soʻm pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
📲
Hoziroq
yoshfermer.uz
sayti orqali roʻyxatdan oʻting va gʻoliblik sari ilk qadamni tashlang.
📞
Murojaat uchun telefon:
+99895 754 02 77
📆
Arizalar 31-avgustgacha qabul qilinadi.
Balki Oʻzbekistonning ilk "Yosh fermer chempioni" aynan Siz boʻlishingiz mumkin! Chempionatda koʻrishguncha!
🌐
Bizni kuzatib boring:
@yoshfermer