
Akmal Nazarov
👨🏻💻
O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga hujjat topshirgan abituriyentlarni komissiya a’zosi sifatida ijodiy imtihon orqali sinovdan o‘tkazdik.
Imtihon davomida bo‘lajak kasbdoshlarimiz bilan ochiq muloqot qilib, ularning kasbga bo‘lgan qiziqishi, dunyoqarashi, tahliliy fikrlashi hamda jurnalistika va kommunikatsiya sohasiga oid bilimlarini baholadik.
Quvonarlisi, Axborot xizmati va jamoatshilik bilan aloqalar yo‘nalishiga topshirgan bu yilgi abituriyentlarning tayyorgarlik darajasi avvalgi yillarga nisbatan ancha yuqori taassurot qoldirdi. Sohaga oid bilimga ega, mustaqil fikrlaydigan, media jarayonlarini yaxshi tushunadigan, hatto bir necha yillik amaliy tajribaga ega yoshlarni uchratganim kelajagimiz uchun katta umid uyg‘otdi.
Bugungi ijodiy imtihonlar men uchun nafaqat bo‘lajak jurnalistlar bilan yaqindan tanishish, balki ustozlar va qadrdon hamkasblar bilan yana bir bor diydorlashish, fikr almashish va kasbimiz rivoji haqida suhbatlashish uchun ham ajoyib imkoniyat bo‘ldi.
Barcha abituriyentlarga omad tilayman. Ishonamanki, bugungi mehnat, izlanish va intilish ertaga professional, mas’uliyatli hamda jamiyat oldidagi burchini chuqur his etadigan jurnalistlarning kamol topishiga xizmat qiladi.
Bo'lmaganimiz shu kosmonavt qoluvdi, mana, endi uchsak kerak...
21:10 da uchrashamiz.
@boburakmalov
Kosmik monitoring hududlar rivojiga xizmat qilmoqda
Sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari yerda turib baholab bo‘lmaydigan jarayonlarni — qishloq xo‘jaligi yerlari, suv resurslari va hududlardagi o‘zgarishlarni tezkor, xolis hamda yagona raqamli platformada kuzatish imkonini beradi.
Uzcosmos Farg‘ona viloyati hokimligi bilan hamkorlikda bog‘lar, qishloq xo‘jaligi yerlari va suv omborlarini kosmik monitoring asosida tahlil qilib, ma’lumotlarni
Space Water Monitoring
platformasiga integratsiya qilmoqda.
Zamonaviy boshqaruv aniq ma’lumotlardan boshlanadi.
——
Космос работает на развитие регионов.
Спутниковые данные помогают видеть то, что невозможно оценить с земли: состояние сельхозугодий, водных ресурсов и изменения территорий — быстро, объективно и в одном цифровом окне.
Совместно с хокимиятом Ферганской области Uzcosmos уже использует космический мониторинг для анализа садов, сельхозземель и водохранилищ с интеграцией данных в платформу
Space Water Monitoring
.
Современное управление начинается с точных данных.
📱
Instagram
📱
LinkedIn
📱
Telegram
📱
Youtube
📱
Facebook
📱
X (Twitter
)
Batimetrik texnologiylar va aerokosmik ma’lumotlardan foydalangan holda suv omborining raqamli 3D modellari yaratilmoqda
Suv omborlari qishloq xo‘jaligi, ichimlik suvi ta’minoti va energetika tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ularning barqaror ishlashi va xavfsizligi mamlakat suv xavfsizligining asosiy omillaridan biridir.
Bugungi kunga qadar ushbu monitoring jarayonlari asosan gidrologik postlar, joyida o‘lchovlar va mutaxassislarning muntazam kuzatuvlari orqali amalga oshirib kelingan.
“O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan suv xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish borasida olib borilayotgan loyihalar doirasida radiolokatsion sun’iy yo‘ldoshlar orqali olingan ma’lumotlar asosida suv omborlari to‘g‘onlarini uzluksiz va keng qamrovli kuzatish imkonini bermoqda.
Zamonaviy aerokosmik va ko‘p nurli batimetrik usullar yordamida olingan ma’lumotlar maxsus dasturiy ta’minot orqali birlashtirilib, suv omborlarining yagona raqamli 3D modeli yaratiladi.
Ushbu model asosida suv omborlarining har 10 santimetr (zarurat bo‘lganda 1 santimetrgacha) suv sathi bo‘yicha suv hajmi va suv yuzasi maydonini aniqlash imkoniyati yaratiladi.
Mazkur kosmik monitoring global amaliyotda ham muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda. Bugungi kunda suv resurslari va gidrotexnik inshootlarni kosmik texnologiyalar yordamida monitoring qilish dunyoning ko‘plab mamlakatlarida keng joriy etilgan.
https://www.youtube.com/watch?v=noOY3HPteYY
https://anhor.uz/uzl/news/akmal-nazarov-jurnalist-va-blogerlar-bilan-hamkorligimizni-alohida-qadrlaymiz/
E’tibor va e’tirof uchun tashakkur
Bugun 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi tashabbusi bilan tashkil etilgan
Media forumda davlat idoralarining eng faol matbuot kotiblari
ham e’tirof etildi.
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni
munosabati bilan poytaxtimizda Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi tashabbusi bilan tashkil etilgan
eng yirik media forum o’tkazildi
.
Unda mamlakatning
yetakchi jurnalistlari, blogerlari, vazirlik va idoralar matbuot kotiblari, media ekspertlar hamda kontent yaratuvchilar
jam bo‘lib, sohaning bugungi holati, dolzarb vazifalari va kelgusi rivojlanish yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
Anjumanda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov so‘zga chiqib,
media sohasini rivojlantirish, milliy kontent sifatini oshirish hamda zamonaviy axborot makonida raqobatbardosh mediani shakllantirish masalalariga to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, forum doirasida joriy yilning 30-martdan 26-iyunga qadar respublika bo‘ylab ilk bor o‘tkazilgan
“Media haftalik”
loyihasi yakunlari sarhisob qilinib, eng faol ishtirokchilar taqdirlandi.
Kun davomidagi dasturdan soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan ijodkorlarni
davlat mukofotlari
bilan taqdirlash marosimi hamda jurnalistika sohasidagi eng nufuzli tanlovlardan biri —
“Oltin qalam”
xalqaro milliy mukofoti g‘oliblarini e’lon qilish tantanalari ham o‘rin oldi.
Shu tariqa 27-iyun mamlakat media sohasi uchun
nafaqat kasb bayrami, balki professional muloqot, tajriba almashish va yil davomida erishilgan natijalarni sarhisob qilish
maydoniga aylanmoqda.
🦋
Media maydonining eng bilimdonlari final sari intilmoqda
27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tashkil etilayotgan
“Media Quiz”
intellektual turniri tobora qizg‘in tus olmoqda.
Turnirning dastlabki bosqichida bosma va internet nashrlari vakillari o‘z bilim va tafakkurini
sinovdan o‘tkazgan bo‘lsa
,
12-iyun kuni
davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari o‘rtasidagi navbatdagi bellashuvlar ham murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi.
Media, jurnalistika, mantiq, tarix, madaniyat va zamonaviy bilimlarga oid savollar
ishtirokchilarning nafaqat kasbiy tayyorgarligi, balki keng dunyoqarashi, tezkor fikrlashi va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini ham sinovdan o‘tkazdi. Natijada eng yuqori natijalarni qayd etgan
jamoalar final bosqichiga yo‘llanma oldi.
❗️
19-iyun kuni navbat televideniye va radio vakillari, blogerlar hamda vaynerlarga beriladi. Media maydonining turli yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan ishtirokchilar o‘rtasidagi bellashuv ham qiziqarli kechishi kutilmoqda.
🏆
Intellektual turnirning yakuniy final bosqichi 26-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Unda saralash bosqichlarida eng yaxshi natijalarni qayd etgan jamoalar bosh sovrin uchun bahs olib boradi.
👀
“Media Quiz” media sohasi vakillarini birlashtirayotgan, bilim va tajriba almashish, professional aloqalarni mustahkamlash hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qilayotgan o‘ziga xos maydonga aylanmoqda.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
🇺🇿
Milliy terma jamoamizni koinotdan turib qo‘llab-quvvatlaymiz
Ushbu video orqali terma jamoamizning Jahon chempionati guruh bosqichida qaysi stadionlarda va qachon o‘ynashi haqida bilib olasiz.
Olg’a O’zbekiston!
———
🇺🇿
Болеем за нашу сборную из космоса
На каких стадионах и когда наша сборная сыграет на групповом этапе Чемпионата Мира — в этом видео.
Вперед Узбекистан!
🛰
Kosmonavtlardan noyob tasvirlar: “raqsga tushayotgan” shimoliy yog‘du
Crew Dragon bortidagi kosmonavtlar ko‘z o‘ngida shaklini o‘zgartirib, go‘yoki “raqsga tushayotgan” noyob shimoliy yog‘duni tasvirga olishdi.
Odatda atmosferadagi yorug‘lik naqshlari nisbatan barqaror bo‘ladi, biroq bu safar yog‘du tartibsiz ravishda to‘lqinlanib, g‘ayrioddiy shakllarda jilvalandi.
Mutaxassislarning fikricha, ushbu hodisa yaqinda Quyoshda sodir bo‘lgan kuchli modda chiqarilishi bilan bog‘liq. Zaryadlangan zarrachalar oqimi Yer atmosferasiga yetib kelib, odatdagidan ancha faol geomagnit reaksiyani yuzaga keltirgan.
Ushbu noyob tasvirlar allaqachon butun dunyo bo‘ylab kosmos ixlosmandlarining e’tiborini tortmoqda.