Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Akmal Nazarov

akmalnarimanovich
Подписчики
1 500
24 часа
30 дней
-40
Просмотры
734
ER
48,93%
Посты (30д)
11
Символов в посте
917
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Блог о бизнесе и экономике
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
June 11, 14:30
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

🇺🇿
Milliy terma jamoamizni koinotdan turib qo‘llab-quvvatlaymiz
Ushbu video orqali terma jamoamizning Jahon chempionati guruh bosqichida qaysi stadionlarda va qachon o‘ynashi haqida bilib olasiz.
Olg’a O’zbekiston!
———
🇺🇿
Болеем за нашу сборную из космоса
На каких стадионах и когда наша сборная сыграет на групповом этапе Чемпионата Мира — в этом видео.
Вперед Узбекистан!

June 09, 06:18
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🛰
Kosmonavtlardan noyob tasvirlar: “raqsga tushayotgan” shimoliy yog‘du
Crew Dragon bortidagi kosmonavtlar ko‘z o‘ngida shaklini o‘zgartirib, go‘yoki “raqsga tushayotgan” noyob shimoliy yog‘duni tasvirga olishdi.
Odatda atmosferadagi yorug‘lik naqshlari nisbatan barqaror bo‘ladi, biroq bu safar yog‘du tartibsiz ravishda to‘lqinlanib, g‘ayrioddiy shakllarda jilvalandi.
Mutaxassislarning fikricha, ushbu hodisa yaqinda Quyoshda sodir bo‘lgan kuchli modda chiqarilishi bilan bog‘liq. Zaryadlangan zarrachalar oqimi Yer atmosferasiga yetib kelib, odatdagidan ancha faol geomagnit reaksiyani yuzaga keltirgan.
Ushbu noyob tasvirlar allaqachon butun dunyo bo‘ylab kosmos ixlosmandlarining e’tiborini tortmoqda.

May 27, 05:47
Файлы недоступны
2
2
Открыть в Telegram

🌙
Qurbon hayiti muborak!
Ushbu ulug‘ ayyom bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Xonadoningizdan tinchlik, qalbingizdan mehr, hayotingizdan baraka arimasin. Har bir kuningiz shukuh, fayz va quvonchlarga to‘la bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Akmal Nazarov

May 26, 16:57
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🛰
“Samarkand-2028” – tez orada orbitada
🌍
Ilk bor o‘zbek mutaxassislari
sun’iy yo‘ldosh uchun AI modulini ishlab chiqishda
ishtirok etmoqda. O‘zbekiston kosmik tarixining yangi bosqichi aynan hozirdan boshlanmoqda.
———
🛰
«Samarkand-2028» – уже скоро на орбите
🌍
Впервые узбекские специалисты участвуют
в разработке AI-модуля для спутника.
Новый этап космической истории Узбекистана начинается сейчас.
📱
Instagram
📱
LinkedIn
📱
Telegram
📱
Youtube
📱
Facebook
📱
X (Twitter
)

May 21, 14:44
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

⚽️
Boshlanishiga 22 kun vaqt qolayotgan futbol bo’yicha
Jahon chempionati-2026 uchun maxsus qo’shiq
tayyorlanibdi.
Muallifi jahon estrada yulduzi Shakira. Qo’shiqni nomi esa “Dai Dai”.
Bizni futbolchilar ilk bor qatnashayotgan ushbu jahon chempionatida to’p teparlarimiz nimani “day-day” qilishlarini oz emas, ko’p emas yana 28-kun kutib turishini maslahat beramiz Shakira xonimga
😂
.
🇺🇿
Ertaga esa jamoamizni mundialga kuzatish marosimi “Bunyodkor” stadionida.
AQSH va Meksika maydonlarida terma jamoamizga va bosh murabbiy Fabio Kannovaroga bizga quvonchli onlarni taqdim etishlariga ishonamiz hamda omad tilaymiz!

May 19, 16:51
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ҳар бир катта футболчининг ортида ишонч ва сабр ётади
⚽️
Баъзан истеъдодни биринчи қарашда ҳамма ҳам кўра олмайди. Кимдир жуссаси кичиклиги, кимдир нимжонлиги учун катта футболга мос эмас деб баҳолайди. Аммо ҳақиқий йўлни ташқи кўриниш эмас, меҳнат, ирода ва ишонч белгилайди.
Антуан Гризман ҳам ана шундай футболчилардан бири бўлди. Ёшлигида унга ишонмаганлар кўп эди. Лекин отаси ўғлига бўлган ишончини йўқотмади, профессионал клублар эшигини қайта-қайта тақиллатди, имконият излади ва фарзандининг иқтидорини юзага чиқариш учун курашди.
Натижада эса бутун дунё танийдиган, ўз жамоаларида ҳал қилувчи роль ўйнаган, майдонда ақли ва қарорлари билан фарқ қилган футболчи шаклланди. Шу маънода Гризманни балки Месси ва Роналдудек академик даражасига чиқа олди дея олмасмиз, лекин футболнинг ҳақиқий “профессори”га айлана олди десак муболаға бўлмайди.
Унинг хайрлашув маросимидаги нутқи ва эмоциялари катта йўл, оғир синовлар ва енгиб ўтилган тўсиқлар ҳақида сўзлади. Бу нафақат бир футболчининг фаолияти якунланиши, балки меҳнат ва сабрнинг чиройли тарихидир.
Орзуларга етишиш учун баъзан фақат битта инсоннинг ишончи ҳам етарли бўлади.
#AntoineGriezmann
#Football
#Legend
#Inspiration
#Motivation
#Futbol
#Griezmann

May 19, 10:05
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🇨🇳
Хитой космосда сунъий эмбрион билан илк экспериментни бошлади
🚀
Хитой инсон тўқима ҳужайраларидан яратилган сунъий эмбрионни космосда синаган дунёдаги биринчи давлатга айланди
.
🛰
«Тяньчжоу‑10» миссияси доирасида олиб борилаётган бу тажриба ҳозирда Хитой космик станциясининг махсус модулида давом этмоқда.
🧬
Олиб чиқилган биологик структура инсон эмбрионига ўхшаш бўлиб, ствол ҳужайралар асосида яратилган.
🔬
Олимлар микрогравитациянинг инсоннинг эрта ривожланишига қандай таъсир қилишини ўрганмоқда.
👩‍🚀
Космонавтлар 11 май куни сунъий эмбрион намунасини станциянинг эксперимент модулига жойлаштиришган.
⚙️
Автоматлаштирилган тизим ҳар куни озуқа муҳитини алмаштириб, тажрибанинг барқарор кечишини таъминламоқда.
❄️
Беш кунлик тажрибадан сўнг сунъий эмбрионлар криоконсервция қилинади.
🧪
Кейинчалик олимлар космосдаги намуна билан Ердаги лабораториядаги идентик структураларни солиштириб таҳлил қилади.
📚
Мутахассислар таъкидлашича, бу эмбрионлар ҳақиқий инсон эмбриони эмас, улар мустақил шахсга айланиш қобилиятига эга эмас, фақат илмий модел сифатида хизмат қилади.
📣
Хабарни тарқатинг
👇
@uzbbenelux
#China
#space
#science
#biology
#innovation

May 16, 07:55
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

📚
Hurmatli hamkasbim, qadrdon akam
Laziz Rahmatov
ning “
Dunyo mamlakatlari
” kitobi to‘liq va qayta nashr etilgani quvonarli yangilik bo‘ldi.
Muallifning o‘z imzolari va samimiy ezgu tilaklari bilan ushbu kitobni menga yuborganlari uchun alohida minnatdorlik bildiraman.
1166 betlik qalingina ushbu asar dunyo davlatlari, ularning tarixi, geografiyasi, siyosiy tuzumi, iqtisodiyoti va boshqa ko‘plab muhim ma’lumotlarni o‘zida jamlagan haqiqiy ensiklopedik manba deb bemalol ayta olamiz.
Kitob bilan tanishib, uning naqadar katta mehnat, izlanish va bilim mahsuli ekaniga yana bir bor amin bo‘ldim.
🌍
Bugungi globallashuv davrida dunyoqarashni kengaytirish, xalqaro jarayonlarni tushunish va turli mamlakatlar haqida ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish juda muhim. Shu jihatdan, “Dunyo mamlakatlari” keng kitobxonlar ommasi, bilimga chanqoq yoshlar, talabalar, tadqiqotchilar va xalqaro mavzularga qiziquvchilar uchun bebaho qo‘llanma bo‘la oladi.
Ishonamanki, bunday kitoblar yoshlarning tafakkurini kengaytirish, geografiya va xalqaro munosabatlarga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Shunga har bir kitobxon qo’lida ushbu kitob, albatta, bo’lishi tarafdoriman.
Muallif Laziz Rahmatovdan kitobxonlikni targ’ib qilish maqsadida yaxshi bir tashabbusga ham qo’l urilgan. Ushbu kitobni mutolaa qilish orqali chet elga sayohat yo’llanmasini yutib olish mumkin. Tanlov shartlari bilan batafsil
bu yerda
tanishing.
Muallifga ijodiy muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik va ikki dunyo saodatini tilayman. Ilm-ma'rifat va manaviyatimiz rivojiga xizmat qiluvchi yana yangi asarlarni kutib qolamiz. Bu yo’lda omad yor bo’lishiga tilakdoshman!

May 15, 12:07
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

NASA’ning tajribali astronavtlaridan biri, 9 marta ochiq kosmosga chiqib, orbitada 226 kun bo‘lgan xalqaro kosmik stansiya komandiri Andrew J. Feustel bilan
🚀
Bu yil O‘zbekistonga tashrif buyurgan uchinchi mashhur astronavt ham aynan Andrew J. Feustel bo‘ldi. Bungacha NASA astronavti Michael López-Alegría hamda Turkiyaning birinchi kosmonavti Alper Gezeravcı ham yurtimizga tashrif buyurib, o‘z tajribasi bilan bo‘lishgan edi.
Bu orqali biz kosmonavtika sohasini ommalashtirish, yoshlarni ilm-fan va texnokratiyaga qiziqtirishni ko‘zlanganmiz. O‘sha biz bolalikda kattalar “kim bo‘lasan?” deb so‘raganda, “kosmonavt”, “uchuvchi” yoki “muhandis” bo‘laman degan qarashni yoshlarda shakllantirishni maqsad qilganmiz.
Bu orzular yanada yaqin va haqiqiy bo‘lishi uchun ana shunday kommunikatsiya va uchrashuvlar muhim. Chunki kelajak aynan ilm-fan va yuqori texnologiyalarni puxta egallagan avlod qo‘lida bo‘ladi.
Andrew J. Feustel asli geofizik, xalqaro kosmik stansiya komandiri, Yerdan 560 km balandlikda o‘z qo‘li bilan Xabbl teleskopini ta’mirlagan shaxsdir. U hozir AQSHning Vast kompaniyasi a'zosi sanaladi.
Tasavvur qiling, orbitada biz o‘rganib qolgan kun va tun almashinuvi bo‘lmaydi, mutlaq zulmat va cheksizlik hukmron hudud. Endryu aynan shunday sharoitda 197 kun yashagan.
Lekin mahalliy OAV vakillari bilan tashkil qilgan uchrashuvimizda berilgan savollardan biriga qiziq javob berib o‘tdi:
– Kosmosda vaqt haqiqatan ham boshqacha o‘tadimi?
– Ha, bu ilmiy jihatdan haqiqat. Men Xalqaro kosmik stansiyada 197 kun bo‘lib, Yerga qaytganimda 6 millisekund yoshroq bo‘lib qaytganman. Albatta, bu juda kichik raqam, lekin nazariy jihatdan men haqiqatan ham yosharib qaytganman.
Hullas ana shunday mo‘jizakor koinot ummonining bir bo‘lagi sifatida tarixiy shaxslar bilan yuzma-yuz suhbatlashish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdaman.

May 14, 14:49
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram