Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Misr Al_Azhar Va Madina universitetlari Rasmiy Kanal

al_azhar123
بسم الله الرحمن الرحيم İlm yurti bo'lmish Misr da taxsil olishni istovchilar uchun Misrdan lavhalar va ba‘zi tavsiyalar. Kanallarimiz: @azhar_madrasasi Madrasa Ommaviy toliblar @Mustaqim_Academy Ayollarga madrasa Murojaat uchun: @Umar_azharr
Subscribers
2 758
24 hours
-2
30 days
49
Post views
492
ER
17,84%
Posts (30d)
49
Characters in post
620
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Religion and Spirituality
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 28, 05:17

ULAMOLAR OʻLIM TOʻSHAGIDA HAM VAQTLARINI GʻANIMAT BILDILAR.
Muofiy ibn Zakariyo aytadi: “Abu Jaʼfar Tabariy vafot etayotgan payt yonlarida edim. Hozir boʻlganlardan biri Jaʼfar ibn Muhammaddan bir duoni zikr qildi. Tabariy tezda qogʻoz-qalam olib kelishni buyurib duoni yozib oldi. “Shu holatda ham shartmidi?” deyishdi unga. “Kishi oʻlgunicha ilmdan bahramand boʻlishi kerak”, dedi u va birozdan soʻng vafot etdi”
📚
Ibn Asokir. “Tarixi Dimashq”
****
Basra masjidi imomi Farqad aytadi: “Sufyon Savriy oʻlim toʻshagida yotganida uning yoniga kirdik. Bir kishi bir hadis aytdi, hadis shayxga yoqib qoldi va koʻrpasi orasidan lavh chiqarib hadisni yozib oldi. “Shu holda ham shartmidi?” deyishdi. Shayx: “Bu – goʻzal hadis, tirik qolsam goʻzal soʻzni eshitgan boʻlaman, oʻlsam goʻzal soʻz yozib oʻlgan boʻlaman”, deb javob berdi”
📚
Abu Nuaym. “Xilyatul avliyo”.
****
Imom Abu Yusuf Yoqub ibn Ibrohim rahimahulloh-chi? U kishi Abu Hanifa rahimahullohning shogirdi, hanafiy mazhabini tarqatgan olim edi. Mahdiy, Hodiy, Rashid nomli uch xalifaga qozilik qilgan, “Qoziyul quzzot” (qozilar qozisi) laqabini olgan. Hijriy 182-yilda vafot etadi. Ibrohim ibn Jarroh aytadi: “Abu Yusuf kasal payti ziyoratiga kirdim, u behush edi. Oʻziga kelib menga:
– Masala yechamiz, – dedi.
– Shu ahvolda-ya? – dedim.
– Hechqisi yoʻq, dars qilaveraylik, balki, najot toparmiz, – dedi u.
– Ey, Ibrohim, hajda piyoda tosh otgan yaxshimi yoki ulovdami? – dedi soʻngra.
– Ulovda otgan yaxshi, –dedim.
– Xato aytding, – dedi.
– Piyoda otgan yaxshi, – dedim.
– Yana xato aytding, – dedilar.
– Alloh sizdan rozi boʻlsin, oʻzingiz ayting, – dedim.
– Toʻxtab duo qiladigan kishi piyoda otgani yaxshi, toʻxtamaydigan kishi ulovda otgani yaxshi, – dedilar. Men u kishining huzuridan chiqdim. Hovlidan chiqayotganimda yigʻi ovozi eshitildi. U vafot etgandi”
📚
Ibn Muazzamshoh Kashmiriy. “Arfush shaziy lil Kashmiriy”.
Bizchi biroz bahona topilsa bas ilm o'qimay qo'yamiz yoki darsga kirmay qo'yaveramiz...
Alloh isloh qilsin ilmni sevdirsin va o'zini yoʻlida ishlatsin almashtirib qoʻymasin.
@al_azhar123

October 27, 14:19
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Тунда Бақара сурасининг охирги икки оятини ўқишни унутманг!
ㅤ
Абу Масъуд розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади. Росулуллоҳ ﷺ дедилар:
“Ким Бақара сурасининг охиридаги икки оятни кечаси ўқиса, улар унга кифоя қилади.”
(Бухорий, 5009; Муслим, 807)
ㅤ
Бу икки оят —
“Ааманар-Росулу...”
деб бошланадиган Бақара сурасининг 285–286-оятларидир. Ҳадисда уларни
кечаси
ўқиш айтилган; тун шомдан бошланиб, бомдодгача давом этади.
ㅤ
Ҳадисдаги
“кифоя қилади”
сўзини уламолар бир неча маънода шарҳлаганлар: тунги қиёми ўрнига кифоя қилиши, шайтон ва ёмонликдан муҳофаза бўлиши каби. Имом Нававий раҳимаҳуллоҳ бу маъноларнинг барчаси назарда тутилган бўлиши мумкинлигини айтганлар.
ㅤ
✍🏻
Абул-Фадл
🔵
https://t.me/al_azhar123

October 27, 11:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

Tahajjudga tura olmayapman, barcha sababini qilyapman ammo uhlab qolyapman..., asosiy sababini unutib qo‘ymadikmikin?
Sufyon Savriy rahimahulloh dedilar:
„Qilgan birgina gunohim sabab besh oy tunda namoz oʻqishdan mahrum boʻldim“.
(„Hilyatul-avliyo“, 7\18)
@al_azhar123

October 26, 05:25
Media unavailable
1
Show in Telegram

Arab tilini muhimligi
Ayyub sixtiyoniy rohimahulloh aytadilar:
"Iroqda dinni buzgan (Ahli bid'at)larning aksari arab tilini bilmaslikdan chiqdilar"
(Al-kitabul-muammal)
@al_azhar123

October 25, 08:29
Media unavailable
1
Show in Telegram

Tavsiya
Yaqinda Allohni izni bilan qishga yangi marafon boshlaymiz buni eng asosiysi shartlaridan biri tunda tahajjud namozida Qur'onni oʻqish boʻladi inshalloh,
Shuning uchun shunga o'xshash lavh sotib olishlaringizni maslahat beramiz,
Bu tahajjudda ko'proq Qur'on o'qishingizga yordam beradi inshalloh,
Qish fasli yaqinlashyapti tun uzun kun qisqa bundan tungi namozlarni ko'proq oqib foydlanib olishimiz kerak,
Marafonga qatnashmasangiz-ham sotib olib foydalanishningizni maslahat beramiz,
Alloh barchamizni tunlari namozlar bilan qoim turadigan va buni lazzatini totadigan solih bandlaridan qilsin Amiyn.
@al_azhar123

October 24, 15:58
Media unavailable
3
Show in Telegram

Imom Ibrohim Naxaiy rohimahulloh
Kim ilm olmoqchi boʻlsa, toʻrt narsaga odatlanmogʻi lozim, toki unga ilm olish oson boʻladi:
1) Misvok ishlatish;
2) Tungi namoz. Ikki rakʼat boʻlsa ham oʻqish;
3) Ichi va tashini bir xil qilish;
4) Tahoratli yurishga odatlanish.
@al_azhar123

October 23, 14:23
Media unavailable
2
Show in Telegram

Sehirlangan Jin kirgan odamdan shularni ketkazish uchun shar’iy qoʻllanma...
Bu qoʻllanmani Misrdagi ishonchli roqiy sheyx yozib berganlarini oʻzbekchaga tarjima qilindi,
Foydali boʻlsa hursandmiz Alloh barchamizni ins jinladan boʻlgan shaytonlarni sharridan saqlasin.
@al_azhar123

October 23, 05:09
Media unavailable
1
Show in Telegram

#eslang_eslating
Juma kunining sunnatlari:
1. G‘usl qilish
2. Poklanish
3. Hushbo‘ylanish
4. Pok va eng chiroyli kiyimlarni kiyish
5. Misvok ishlatish
6. Kahf surasini o‘qish. Yoki tafakkur tadabbur qilib tinglash ma‘nolarini o‘qish
7. Ihlos bilan ko‘p duo qilish
8. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga imkon qadar ko’p salovat aytish.
@al_azhar123

October 23, 05:08
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Бу китоблар шайхул ислом Ибн Таймия раҳимаҳуллоҳнинг қаламига мансуб
Олимлар ҳам жоҳиллар ҳам Аллоҳ берган вақт борасида муштаракдир.
Шайхул ислом Ибн Таймия раҳимаҳуллоҳ деди:
"Агар инсон интилиб ҳаракат қилса ва Аллоҳдан ёрдам сўраса, истиғфорлар айтиб, ҳаракатида бардавом бўлса, Аллоҳ бундай бандага Ўз фазли марҳаматидан хаёлига ҳам келмаган нарсаларни ато этгай".
📚
("Мажмуъул-фатово", 11\390)
https://t.me/al_azhar123

October 21, 16:19
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🌙
Рўзадорлар қани?
Эй Райён аҳли, рўзага бой ҳафтани қўлдан бой берманг!
🔹
Пайшанба (22.10.2026) Нафл рўза -(11-жумадул аввал 1448 ҳ.)
🔹
Жума (23.10.2026) - «Айёмул бийз» 1-куни (12-жумадул аввал 1448 ҳ.)
🔹
Шанба (24.10.2026) -«Айёмул бийз» 2-куни (13-жумадул аввал 1448 ҳ.)
🔹
Якшанба (25.10.2026) -«Айёмул бийз» 3-куни (14-жумадул аввал 1448 ҳ.)
🔹
Душанба (26.10.2026) Нафл рўза -(15-жумадул аввал 1448 ҳ.)
💡
Расулуллоҳ
▫️
айтдилар:
«Жаннатда бир эшик бор. Уни «Райён» дейилади. Қиёмат куни ундан фақат рўзадорлар киради. Улардан бошқалар киришмайди.
«Рўзадорлар қаерда?» деб чақирилади. Улар ўринларидан туришади. Булардан бошқа бирор киши кирмайди. Агар рўзадорлар киришса эшик ёпилади. Бошқа бирор киши кира олмайди».
🪶
(Бухорий, Муслим)
🔖
Рўза тутиш —дўзахдан нажот топиш сабабларидан биридир. Қиёмат куни ўз эгасини шафоат қилади, гуноҳ ва хатоларга каффорат бўлади ҳамда шайтондан ҳимоя қилувчи қўрғондир. Рўзадор оғзининг ҳиди Аллоҳ ҳузурида атир бўйидан ҳам ёқимлироқдир.
♻️
Тарқатинг
😎
https://t.me/al_azhar123