Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Misr Al_Azhar Va Madina universitetlari Rasmiy Kanal

al_azhar123
بسم الله الرحمن الرحيم İlm yurti bo'lmish Misr da taxsil olishni istovchilar uchun Misrdan lavhalar va ba‘zi tavsiyalar. Kanallarimiz: @azhar_madrasasi Madrasa erkaklarga @Mustaqim_Academy Ayollarga madrasa Savol va takliflar uchun @umar_misrr
Подписчики
2 650
24 часа
30 дней
Просмотры
405
ER
15,28%
Посты (30д)
65
Символов в посте
1 617
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Религия и духовность
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
June 16, 14:19
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

🔠
🅰️
🔠
🔠
🔠
🔠
🅰️
Tavsiya
Allohga eltuvchi asoslar
Shu kitobni oʻqishni maslahat beraman juda manfaatli roqoiq kitobi
Muallif Ustozimiz Misrlik
Sheyx Muhammad husayn yaqub xafuzahulloh.
😎
@azhar_kutubxonasi

June 16, 06:49
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🟥
MAS'ULIYATNI BOSHQAGA YUKLAB QUTILIB BO‘LMAYDI...
Bir kun qabrga kiramiz...
Biz bilan birga na mol-dunyo kiradi, na obro‘, na nasab, na «falonchining o‘g‘liman», na «bizning ajdodimiz falonchi edi», degan gaplar kiradi.
Qabrga faqat ikki narsa kiradi:
Imonimiz, amallarimiz kiradi.
O‘sha kuni sizning oldingizga hech kim kelib:
«Ey Alloh, bu bandang ilm o‘qimagan edi, men uning o‘rniga o‘qidim», demaydi.
Hech bir farzand:
«Otam dinga xizmat qilmadi, men xizmat qilganim uchun uni ham kechirgin», deya olmaydi.
Hech bir ota-bobo:
«Bu mening avlodim, uni javobgarlikdan ozod qil», deb ayta olmaydi.
Alloh taolo marhamat qiladi:
﴿وَلَا تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ أُخْرَى﴾
«Hech bir ko‘taruvchi boshqa bir jonning yukini ko‘tarmaydi.»
(An'om surasi, 164-oyat).
Yana Alloh taolo aytadi:
﴿وَأَنْ لَيْسَ لِلْإِنسَانِ إِلَّا مَا سَعَى ۝ وَأَنَّ سَعْيَهُ سَوْفَ يُرَى﴾
«Inson uchun faqat o‘zi qilgan sa'y-harakati bordir. Va uning sa'y-harakati albatta ko‘rsatiladi.»
(Najm surasi, 39–40-oyatlar).
Ey birodar...
Siz bugun 25 yoshdamisiz?
30 yoshdamisiz?
40 yoki 50 yoshga kirganmisiz?
Shuncha yil o‘tdi...
Qancha kunlarni dunyo uchun sarfladingiz?
Qancha kechalarni telefon bilan o‘tkazdingiz?
Qancha soatlarni behuda suhbatlar, videolar va foydasiz mashg‘ulotlarga sarf qildingiz?
Endi o‘zingizdan so‘rang:
Alloh uchun nima qildim?
Qur'on uchun nima qildim?
Ilm uchun nima qildim?
Din uchun nima qildim?
Yoki hanuz:
«Mendan chiqmadi, o‘g‘limdan chiqar...»
deb o‘zingizni ovutib yuribsizmi?
Balki o‘g‘lingiz sizdan ham dangasaroq bo‘lar...
Balki u ilmni sevmay qolar...
Balki siz umr bo‘yi kutgan narsangiz umuman sodir bo‘lmas...
Unda nima qilasiz?
Alloh sizga aqlni bekorga bermadi.
Sizni bekorga tirik qoldirmadi.
Demak, sizning ham vazifangiz bor.
🌿
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Islomni qabul qilganlarida boy, obro‘li va katta yoshli inson edilar. U zot:
«Yoshim o‘tib qoldi», demadilar.
«Boshqalar qilsin», demadilar.
«Mendan keyingi avlod xizmat qilar», demadilar.
Balki darhol:
«Men din uchun nima qila olaman?»
degan savolni berdilar.
Va harakat qildilar.
Natijada millionlab insonlar qiyomatgacha u zotning yaxshiliklaridan ulush olmoqda.
Bir insonning o‘z zimmasiga mas'uliyatni olishi tarixni o‘zgartirib yubordi.
Afsuski, biz esa ba'zan:
«Bizdan Imom Buxoriy chiqqan», deb faxrlanamiz.
Lekin o‘ylab ko‘rdikmi?
Imom Buxoriy rohimahulloh 16 yoshlarida ilm yo‘lida vatanni tark etdilar.
Bir hadis uchun yuzlab chaqirim yo‘l bosdilar.
Uyqusiz tunlar o‘tkazdilar.
Yoshligini ilmga fido qildilar.
Bizchi?
Biz esa u zotning nomi bilan faxrlanamiz-u, bir kitobni oxirigacha o‘qishga erinib qolamiz.
Go‘yo Imom Buxoriy bizning o‘rnimizga ham ilm talab qilib qo‘ygandek...
Ey birodar...
Tasavvur qiling...
Bugun tunda joningiz olinadi.
Sizni qabrga tushirishadi.
Hamma qaytib ketadi.
Qorong‘u qabrda yolg‘iz qolasiz.
Shunda sizdan:
«O‘g‘ling nima qildi?»
yoki
«Ajdoding kim edi?»
deb so‘ralmaydi.
Balki:
«Sen nima qilding?»
deb so‘raladi.
Sizning javobingiz nima bo‘ladi?
«Men kutdim...»
«Men niyat qilgandim...»
«Farzandimdan umid qilgandim...»
deysizmi?
Qabrga orzular emas, amallar kiradi.
Qiyomatga niyatlar emas, harakatlar olib boriladi.
Bugun hali kech emas.
Nafas olayotgan ekansiz, eshik yopilmagan.
Qalbingiz urib turgan ekan, Alloh sizdan hali amal kutmoqda.
Shunday ekan, bugun qaror qiling:
📌
Men ilmni boshqalardan kutmayman.
📌
Men din xizmatini boshqalarga yuklamayman.
📌
Men farzandimga faqat nasihat qilmayman, unga namuna bo‘laman.
📌
Men mas'uliyatni o‘zimdan soqit qilmayman.
Chunki qiyomat kuni meni farzandim emas, ajdodlarim emas, nasabim emas, faqat amalim Allohni izni bilan foyda beradi.
📨
@al_azhar123

June 16, 03:51
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

👍
ОДАМЛАРНИНГ ГАП-СЎЗЛАРИДАН ҲЕЧ ҚАЧОН ҚУТУЛИБ БЎЛМАЙДИ

Бу дунёда яшаб, одамларнинг тилидан соғ қолган, уларнинг заҳарли гап-сўзларидан юраги тилка-пора бўлмаган бирор бир зот борми?
Араб шоирларидан бири инсонларнинг ҳеч қачон тўймайдиган табиатини, уларнинг тинимсиз берадиган саволлари ва ҳеч нарсадан рози бўлмасликларини шундай гўзал ва йиғлатадиган сатрларда баён қилган экан:
إن كنتَ فردا قيل:مالك أعزبُ؟
وإذا عجلتَ إلى الزواج تعجّبوا
.
وإذا تأخر رزق ربي مدة
قالوا:لماذا ياترى لاينجبُ؟
.
وإذا رزقت بنيّتين تحسروا
قالوا:ألا ذكرٌ لأصلك ينسبُ؟
.
وإذا رزقت من الذكور تساءلوا
أين البنات؟بهنّ عيشك يعذبُ
.
لو كنتَ بعد الموت تسمع قولهم
سألوك ويْ مابال قبرك مجدبُ
Агар бўйдоқ бўлсанг: «Ёшинг ўтиб кетяпти, нега уйланмаяпсан?» — деб жонингга тегишади. Шошилиб уйлансанг: «Бунча елиб-югурдинг, бунча шошилмасанг?» — деб мазах қилишади.
Агар Роббингнинг ризқи (фарзанд) бироз кечикса: Орқангдан пичир-пичир бошланади: «Қизиқ, нега ҳалигача фарзанди йўқ? Бирор айби бормикан?» — деб бағрингни қон қилишади.
Агар Аллоҳ сенга қиз фарзандлар берса, ачиниб: «Воҳ, наҳотки орқангдан қоладиган, наслингни давом эттирадиган биттагина ўғлинг бўлмаса?» — деб ҳасрат қилишади, гўё қиз туққан жиноятчидек...
Агар фақат ўғил кўрсанг, яна тинчишмайди: «Қизлар қани? Қиз фарзанд бўлмаса уйнинг файзи бўлмайди-ку, ҳаёт ширин бўлмайди-ку!» — деб ақл ўргатишади.
Ҳаттоки... Кун келиб вафот этганингда, қабрга қўйилганингда ҳам, агар уларнинг гапини эшита олганингда эди, яна ўша маҳзун овозинг билан титраб кетган бўлардинг. Чунки улар қабринг тепасига келиб ҳам: «Ия, қабри бунчалик қаровсиз, бунчалик қуриб-қақшаб ётибди?» — деб сени тинч қўйишмаган бўларди...
🤩
Бу гаплар шунчаки чиройли чиқиши учун эмас, у — қон ютаётган минглаб қалбларнинг оғриғидир!
Бундан чиқадиган энг буюк ҳақиқат шуки — одамларнинг розилигига ҳеч қачон, ҳеч қандай ҳолатда эришиб бўлмайди. Сен нима қилмагин, қандай яшамагин, элнинг оғзига элак тутиб бўлмайди!
Сен улар деб яшадинг, улар деб сиқилдинг, уларнинг танқидидан қўрқиб қанчадан-қанча орзуларингдан, бахтингдан кечдинг. Эвазига нима олдинг?
Фақатгина синган қалб ва чарчаган руҳият!
Шунинг учун одамларнинг гап-сўзларини, заҳарли саволларини қалбингга яқин олишни, улар сабабли ўзингни ейишни бугун, ҳозироқ ТЎХТАТ!
✈️
Энг муҳими — Сени йўқдан бор қилган Аллоҳ таолонинг тақдирига рози бўлишдир. Сенга ким нима деса десин, Роббинг сени қайси ҳолатда қилган бўлса, сен учун энг хайрлиси, энг гўзали айнан мана шудир! Одамларнинг бари банда, улар сени жаннатга ҳам киргизмайди, қабрда азобдан ҳам қутқармайди.
Қалбингни одамлардан уз ва сени борингча суйган Роббингга боғла! Тинчланасан...
✈️
@al_azhar123

June 15, 15:21
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

😇
😇
😇
😇
MAXRAJ DARSLARIGA TAKLIF ETAMIZ!
📖
Qur'onni o‘qishning o‘zi kifoyami?
Ko‘pchiligimiz Qur'on o‘qishni bilamiz. Ayrimlar esa Allohning fazli bilan Qur'onni to‘liq yoki qisman yod olgan bo‘lishlari ham mumkin. Lekin o‘zimizga bir savol berib ko‘raylik:
Har bir harfni Rasululloh ﷺ o‘qiganlaridek to‘g‘ri talaffuz qilyapmizmi?
Afsuski, ko‘plab insonlar Qur'onni o‘qisalar-da, ayrim harflarning maxrajlarini to‘g‘ri chiqara olmaydilar. Ba'zan esa yillar davomida bir xil xato bilan o‘qib yurishadi. Holbuki, Qur'on Allohning kalomi bo‘lib, uni imkon qadar to‘g‘ri va chiroyli tilovat qilish mo‘minning eng ulug‘ amallaridan biridir.
Alloh taolo marhamat qiladi:
﴿ وَرَتِّلِ الْقُرْآنَ تَرْتِيلًا ﴾
"Qur'onni dona-dona, tartib bilan tilovat qilgin."
(Al-Muzzammil, 4)
Imom Ibnul Jazariy rahimahulloh aytadilar:
"Qur'onni tajvid bilan o‘qish vojibdir. Kim uni tajvidsiz o‘qisa gunohkor bo‘ladi. Chunki Alloh Qur'onni shunday nozil qilgan va u bizgacha shu tarzda yetib kelgan."
📌
Nega maxrajni o‘rganish kerak?
Chunki har bir harfning o‘z chiqish joyi bor. Agar harf o‘z maxrajidan chiqmasa, boshqa harfga o‘xshab qolishi mumkin va natijada mano o'zgarib ketadi.
Rasululloh ﷺ dedilar:
«خَيْرُكُمْ مَنْ تَعَلَّمَ الْقُرْآنَ وَعَلَّمَهُ»
"Sizlarning eng yaxshilaringiz Qur'onni o‘rganib, boshqalarga o‘rgatganlaringizdir."
(Imom Buxoriy rivoyati)
Shuningdek Rasululloh ﷺ dedilar:
«الْمَاهِرُ بِالْقُرْآنِ مَعَ السَّفَرَةِ الْكِرَامِ الْبَرَرَةِ»
"Qur'onni mohirlik bilan o‘qiydigan kishi ulug‘ va itoatkor farishtalar bilan birgadir."
(Imom Buxoriy va Muslim rivoyati)
1️⃣
Ushbu maxraj darslari kimlar uchun?
2️⃣
Qur'on o‘qishni biladiganlar uchun;
3️⃣
Qur'on yodlagan, ammo talaffuzini mukammallashtirmoqchi bo‘lganlar uchun;
4️⃣
Imomlik qilayotgan yoki qilishni niyat qilganlar uchun
5️⃣
Tajvid va maxrajdagi xatolarini aniqlab tuzatmoqchi bo‘lganlar uchun;
6️⃣
Qur'onni yanada go‘zal va mukammal o‘qishni istagan har bir musulmon uchun.
📚
Darslarda harflarning maxrajlari, sifatlari, amaliy mashqlar va tilovatdagi keng tarqalgan xatolar ustida ishlanadi.
Bugun boshlanmagan ilm ertaga ham boshlanmay qolishi mumkin. Qur'on bilan bog‘liq ilm esa eng sharafli ilmlardan biridir.
✈️
Keling, Allohning kalomini yanada to‘g‘riroq, go‘zalroq va Rasululloh ﷺ o‘rgatgan usulga yaqinroq tarzda o‘qishni birgalikda o‘rganaylik.
📌
Darslarga yozilish uchun
⬇️
https://t.me/+YVve28lj7_tiNTE0
Shu koʻk xavolani ustiga bosing
Alloh taolo Qur'onni qalblarimiz bahori, ko‘ngillarimiz nuri va dunyo-oxirat saodatimiz sababchisi qilsin Amiyn

@azhar_madrasasi

June 15, 06:06
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ixtiyoringiz oʻzingizda
Албатта, (мусулмонлар билан бирга ҳижрат қилмасдан кофирлар қўл остида яшашга рози бўлиш билан) ўз жонларига жабр қилган кимсаларнинг жонларини олиш чоғида фаришталар уларга: «Қандай ҳолда яшадингиз?», деганларида: «Биз бу Ерда чорасиз бечоралар эдик», дедилар. (Шунда фаришталар): «Ҳижрат қилсанглар Аллоҳнинг Ери кенг эди-ку?! (Нега дину иймонларингиз йўлида бу юртдан ҳижрат қилмадинглар?)», дейишди. Бундайларнинг жонлари жаҳаннамдир. Қандай ёмон жойдир у!
(Niso surasi 97)
@al_azhar123

June 14, 07:26

Bu savol ham juda ko‘p beriladi.
Alhamdulillah:

Qizlar uchun alohida guruhlar mavjud.

Ayol muallimalar mavjud.

Talaba qizlar yashaydigan xavfsiz kvartiralar bor.

Arab tili va Qur'on darslariga qatnashish imkoniyati keng.
Lekin har qanday davlatda bo‘lgani kabi:
• Mahram masalasiga e'tibor berish.
• Ishonchli joylarda yashash.
• Tartib-intizomga rioya qilish muhim.
━━━━━━━━━━━━━━
⚠️
KELISHDAN OLDIN BILIB OLING
Misr ilm yurti.
Lekin Misr jannat emas.
Bu yerda ham:
• Issiq ob-havo bor.
• Tirbandliklar bor.
• Hujjat ishlari ba'zan cho‘ziladi.
• Sabr talab qiladigan holatlar uchraydi.
Shuning uchun kimki faqat qulaylik izlab kelsa, qiynalishi mumkin.
Kim ilm uchun, Qur'on uchun va Alloh uchun sabr qilib kelsa, katta foyda topadi in sha Alloh.
━━━━━━━━━━━━━━
🤲
Yakunda
Shayxul Islom Ibn Taymiyya rahimahulloh aytganlar:
"Kim ilm talab qilishga kirishsa va sabr qilsa, uning oxiri yaxshi bo‘ladi."
Alloh taolo Misrga ilm talabida kelayotgan barcha birodar va opa-singillarimizga manfaatli ilm, ixlos, baraka va sobitqadamlik nasib etsin.
Amin.
✍️
@al_azhar123

June 14, 07:26

🇪🇬
MISR (QOHIRA)GA KO‘CHISH QO‘LLANMASI
Arab tili, Qur'on va ilm talabida kelmoqchi bo‘lganlar uchun batafsil ma'lumot
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh.
So‘nggi paytlarda Misrga, ayniqsa Qohiraga arab tilini o‘rganish, Qur'on yodlash yoki diniy ilmlar talabida kelishni rejalashtirayotgan birodarlarimiz va opa-singillarimiz soni ortib bormoqda.
Har kuni deyarli bir xil savollar beriladi:
— Misrga kelish qancha turadi?
— Oylik xarajat qancha?
— Oila bilan kelsa bo‘ladimi?
— Qizlar uchun sharoit bormi?
— Arab tili markazlari yaxshimi?
— Qur'on yodlash uchun imkoniyatlar qanday?
Shu savollarga imkon qadar batafsil javob berishga harakat qilamiz.
🌱
Avvalo niyat haqida
Ko‘pchilik Misrni faqat arzon yashash yoki arab tilini tez o‘rganish uchun tanlaydi. Aslida esa eng katta boylik — bu ilm muhiti.
Alloh taolo aytadi:
﴿ وَقُلْ رَبِّ زِدْنِي عِلْمًا ﴾
"Ey Rabbim, ilmimni ziyoda qilgin."
(Taha, 114)
Rasululloh ﷺ aytdilar:
«مَنْ سَلَكَ طَرِيقًا يَلْتَمِسُ فِيهِ عِلْمًا سَهَّلَ اللَّهُ لَهُ بِهِ طَرِيقًا إِلَى الْجَنَّةِ»
"Kim ilm talab qilish yo‘lida yursa, Alloh unga jannat yo‘lini oson qiladi."
(Muslim rivoyati)
Agar maqsad Alloh uchun ilm talab qilish bo‘lsa, Misr bu yo‘lda juda katta imkoniyatlardan biridir.
━━━━━━━━━━━━━━
✈️
MISRGA KELISH
Hozirgi kunda Toshkentdan Misrga asosan ikki xil yo‘l bilan kelinadi:
🔹
To‘g‘ridan-to‘g‘ri Qohiraga.
Bu eng qulay variant.
Afzalliklari:

Kam charchaysiz.

Qo‘shimcha transport kerak emas.

Oila bilan keluvchilar uchun ancha qulay.
🔹
Sharm ash-Shayx orqali.
Ba'zan charter reyslar sababli arzonroq tushadi.
Lekin:

Keyin Qohiraga 7–8 soatlik avtobus yoki taxi yo‘li bor.

Oila va yosh bolalar bilan ancha qiyin.

Qo‘shimcha xarajat va vaqt ketadi.
Agar imkon bo‘lsa, birinchi marta kelayotganlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri Qohiraga uchishni tavsiya qilamiz.
━━━━━━━━━━━━━━
🏠
KVARTIRA MASALASI
Yangi kelayotganlarning eng katta xatolaridan biri:
Telegramdagi rasmlarga ishonib oldindan pul yuborish.
Afsuski, ayrim hollarda:
• Rasmlar eski bo‘ladi.
• Kvartira ta'mirtalab bo‘ladi.
• Suv yoki lift muammosi chiqadi.
• Hudud siz kutgandek bo‘lmaydi.
Shuning uchun:

Kelishdan oldin 2–3 kunlik mehmonxona yoki vaqtinchalik joy oling.

Kelganingizdan keyin uylarni ko‘zdan kechiring.

Keyin ijara qiling.
Bu sizni ko‘plab muammolardan saqlaydi.
━━━━━━━━━━━━━━
📍
QAYERDA YASHAGAN MA'QUL?
Talabalar orasida eng mashhur hududlar:
• Nasr City
• Hayyul Ashir
• Sabi'
• Samin
• Zahro
Sababi:

Arab tili markazlariga yaqin.

O‘zbek va markaziy osiyolik talabalar ko‘p.

Masjidlar ko‘p.

Transport qulay.
━━━━━━━━━━━━━━
💰
OYLIK XARAJATLAR
🧍‍♂️
Yolg‘iz talabalar uchun
Agar 3–4 kishi birga yashasa:
🏠
Ijara: 40–70$

Kommunal: 10–20$
🍞
Oziq-ovqat: 80–120$
🚇
Transport: 10–20$
Jami:
💵
Oyiga 150–250$ atrofida.
━━━━━━━━━━━━━━
👨‍👩‍👧‍👦
Oila bilan keluvchilar uchun
🏠
Kvartira: 180–350$
🍗
Oziq-ovqat: 150–300$

Kommunal va internet: 30–50$
🚕
Transport va boshqa xarajatlar: 50–100$
Jami:
💵
Oyiga 450–800$ atrofida.
Albatta, bu yashash tarzi va oilaning ehtiyojlariga qarab farq qiladi.
━━━━━━━━━━━━━━
📚
ARAB TILI MARKAZLARI
Misrning eng katta afzalliklaridan biri — arab tili muhiti.
Darsdan chiqishingiz bilan:
• Do‘konda arabcha.
• Masjidda arabcha.
• Ko‘chada arabcha.
• Transportda arabcha.
Ya'ni o‘rgangan narsangizni darhol amalda qo‘llaysiz.
Bu esa til o‘rganishni bir necha barobar tezlashtiradi.
Muhim maslahat:
Arab tilini faqat markazga qatnab o‘rganib bo‘lmaydi.
Ko‘chada gapirish, arablar bilan muloqot qilish va uyalmay mashq qilish kerak.
━━━━━━━━━━━━━━
📖
QUR'ON YODLASH VA IJOZA
Misr Qur'on bilan mashhur mamlakatlardan biridir.
Ko‘plab masjidlarda:
• Hifz halqalari
• Tajvid darslari
• Qiroat darslari
• Ijoza mashg‘ulotlari
mavjud.
Alloh taolo aytadi:
﴿ إِنَّ هَذَا الْقُرْآنَ يَهْدِي لِلَّتِي هِيَ أَقْوَمُ ﴾
"Albatta ushbu Qur'on eng to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qiladi."
(Isro, 9)
Ko‘pchilik talabalar markaz bilan birga Qur'on darslarini ham olib boradilar.
━━━━━━━━━━━━━━
👩
OPA-SINGILLAR UCHUN SHAROIT

June 13, 09:53
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🔴
Sufyon as-savriy rohimahulloh aytadilar:
"Allohning senga halimligi sening unga osiyligingni ziyoda qilmasin"
(Hilyatul-avliyo )
😎
@al_azhar123

June 13, 06:55
Файлы недоступны
3
2
Открыть в Telegram

Misrdan lavhalar
😎
@al_azhar123

June 13, 05:54

​ АЛЛОҲГА НИСБАТАН ГУМОНИНГИЗНИ БУЗМАНГ
❗️
​Имом Шофиий раҳимаҳуллоҳдан: «Аллоҳ ҳақида ёмон гумонда бўлиш қандай бўлади?» деб сўрашганда, шундай жавоб бердилар:
​«Бу — ичингдаги тинимсиз ваҳима, "яқинда бошимга бир бало тушади" деб қўрқиб яшаш ва қўлингдаги неъматнинг қачон йўқ бўлиб кетишини кутишдир... Буларнинг барчаси Роҳман бўлган Аллоҳга ёмон гумон қилишдир»

🔊
Қаерда хато қиляпмиз

:
​Бола касал бўлса: Озгина иситмаси чиқса, «Тўхта, вазият ёмон, тамом бўлдик» деб ваҳима қиламиз. Ваҳоланки, шифо берувчи Шофий Зот аллақачон маълум.
​Ризқ ва пул масаласида: Салгина савдо тўхтаса ёки ишда муаммо бўлса, эр-хотин уйда жанжал бошлайди: «Эртага нима еймиз? Кўчада қоламизми?» деб ҳали содир бўлмаган очликдан қўрқади. Сизни шу ёшгача оч қўймаган Зот эртага ташлаб қўярмиди?
​Яхши кунда ёмонликни кутиш: Ҳамма нарса зўр кетаётган бўлса ҳам, «Жуда тинчлик бўлиб кетди, орқасидан бир бало чиқмаса эди» деб, ўз оёғи билан бахтсизлик кутиб яшайди.
​Тинмай ҳаётдан нолиш, эртанги кундан ваҳима қилиш — аслида бизни боқаётган Роҳман бўлган Аллоҳга ишонмасликдир. Нолиган сари оиладан барака учади, эр-хотин ўртасидаги муҳаббат ўлади.
​Шоир айтганидек:
​Қалбини ваҳима ва тушкунликка тўлдириб,
Атрофимиздаги кенг умидларни тор қилган кимсага айтгин:
​Ҳақиқий бахтнинг сири — ҳаётни яратган ва ризқларни тақсимлаб қўйган Зотга гўзал гумонда бўлишингдир!
​Тилимиздан нолишни ўчириб, Аллоҳга таваккул қилсак, ҳаётимиз ўзи гўзаллашади.
@al_azhar123