
Alisher Tojiev
O‘zbekistonda Islom moliyasi rivojlanishini xohlaymiz. Lekin shu yo‘lda birinchi bo‘lib tavakkal qilgan loyihalarga osonlikcha bosim berib qo‘yamiz. IMAN Invest haqida gaplashmoqchiman. Man shaxsan IMAN’ga investitsiya qilmaganman. Lekin bilasizlar, O‘zbekistonga…
O‘zbekistonda Islom moliyasi rivojlanishini xohlaymiz. Lekin shu yo‘lda birinchi bo‘lib tavakkal qilgan loyihalarga osonlikcha bosim berib qo‘yamiz.
IMAN Invest haqida gaplashmoqchiman.
Man shaxsan IMAN’ga investitsiya qilmaganman. Lekin bilasizlar, O‘zbekistonga aloqasi bor istalgan loyiha bizning R&D jamoamiz e’tiboridan chetda qolmaydi. O‘rganamiz, izlanamiz, qiziqamiz.
IMAN haqida ham shunday.
Islom moliyasini shariat qoidalariga muvofiq tashkil qilish va shu holatda ushlab turish oson emas. Buning ortida nafaqat biznes, balki katta mas’uliyat, ishonch va doimiy nazorat turadi. Ayniqsa, odamlarning moliyaviy savodxonligi va ishonchi bilan bog‘liq masalalarda xato qilish qimmatga tushadi.
Shuning uchun ularga biroz vaqt beringlar. Hisob-kitoblarini to‘g‘rilab olishsin, kamchiliklarini bartaraf etishsin. Qo‘lingizdan kelsa, yordam bering. Imkoningiz bo‘lmasa ham, hech bo‘lmaganda O‘zbekistonda tug‘ilgan, o‘zimizda boshlangan loyihani qo‘llab-quvvatlang.
Bugun qarz va moliyaviy qiyinchiliklar ko‘payib borayotgan bir davrda odamlarga shariat qoidalariga mos moliyaviy muqobillarni taklif qilishning o‘zi muhim. Bunday loyihani yo‘lga qo‘yish ham, uni ishonchli tarzda davom ettirish ham juda-juda qiyin.
Yana bir narsani unutmaylik: IMAN O‘zbekistonda tug‘ilgan loyiha. Rossiyadan sotib olib, nomini o‘zgartirib qo‘yilgan mahsulot emas. O‘zimizning odamlar, o‘zimizning bozor, o‘zimizning muammolarimizdan kelib chiqib boshlangan tashabbus.
Hamma xato qiladi. Muhimi, xatoni tan olish, hisob-kitoblarni to‘g‘rilash va ishonchni qayta mustahkamlash uchun amalda harakat qilish.
Men ularga shuni tilayman. Ishlarini izga solib olishlariga omad!
IMAN jamoasiga texnologik ko‘mak kerak bo‘lsa, yordam berishga tayyormiz.
O‘zimizdan chiqqan loyihalarni faqat natija ko‘rsatganidan keyin maqtashni emas, qiyin davrida ham xolis baholashni va imkonimiz bo‘lsa, qo‘llab-quvvatlashni ham o‘rganaylik.
Apple Music
logosini
tabiat bilan uygʻunlikda ishlab chiqibdi.
Samarqandda Markaziy Osiyo va AQSh o‘rtasidagi C5+1 sammiti doirasida Digital Technologies bo‘yicha strategik uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda…
O‘zbekiston, AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari: Bir maydon, umumiy manfaatlar va raqamli texnologiyalar orqali ochilayotgan yangi imkoniyatlar.
Men uchun bunday uchrashuvlarning ahamiyati faqat bugun imzolangan kelishuvlar yoki aytilgan raqamlarda emas. Eng muhimi, O‘zbekiston IT sohasi xalqaro maydonda qanchalik katta imkoniyatlarga ega ekanini anglash va bu imkoniyatlarni real natijalarga aylantirish.
Bizda iste’dod bor. Bizda bozor bor. Bizda global miqyosda ishlay oladigan mahsulotlar yaratish uchun salohiyat bor.
Endi masala shu salohiyatni qanday qilib xalqaro miqyosdagi bizneslar, texnologiyalar va hamkorliklarga aylantirishda.
O‘zbekiston texnologiyalar bozori uchun yana bir yangi bosqich boshlanyapti. Eng muhimi, bu jarayonda shunchaki ishtirokchi bo‘lib qolmasdan, o‘z mahsulotlari va natijalari bilan qatnashish.
P.S. Vazirimiz Oʻzbekiston AyTi bozori haqida juda goʻzal va loʻndagina qilib tushuntirib berdilar, yonimdagi kelgan mehmonlar “IT Park Uzbekistan qayerda, kirib tanishsak boʻlarkan deb pichirlashmoqda..”
Xayrli kech!
AQSHning Davlat kotibi, bir vaqtning o‘zida milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Marko Rubio O‘zbekistonga
keldi
.
Bu shunchaki diplomatik tashrif emas. Uning ortidan 200 dan ortiq amerikalik biznes vakillari ham kelmoqda.
Savol: dunyoning eng yirik iqtisodiyotlaridan biri Markaziy Osiyoga nega aynan hozir bunchalik katta e’tibor qaratmoqda?
Menimcha, bu tashrifning eng qiziq tomoni hali oldinda.