Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Alisher Tojiev

alisherahmatovich
DOMO.UZ Startapi asoschisiman, maqsad yagona, Xalqimiz sevib foydalanadigan Unikorn boʻlish 🇺🇿 ❤️ 🤲🏻 Bog'lanish - @u2b3kbot – https://ata.uz/youtube – https://ata.uz/instagram – https://ata.uz/x
Подписчики
4 944
24 часа
-2
30 дней
25
Просмотры
1 201
ER
24,29%
Посты (30д)
27
Символов в посте
652
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Блог о бизнесе и экономике
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Бизнес и управление
Краткое описание
September 10, 14:10

Hozirgina, Apex Bank bilan ketayotgan ishlarimizning status almashinish maqsadida uchrashuv tugadi.
Endi navbat ham investorim ham hamkorim bilan 800 kalloriya yoqish uchun ketyapman, ular 1600 yoqadilar)))
Agar chiqqanimda kuch topa olsam qolganini aytaman. Oʻzi sizlarga qiziqmi?
Agar shunaqa lifestory yozishimni kutayotganlar boʻlsa —
🔥
qoldiring

September 10, 10:48
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

September 10, 08:53

Alifbo oʻzgarish taklifini Senat tasdiqlabdi, juda katta xatolarimizdan biri boʻlmasin ishqilib.
Haliyam kech emas, oʻzi endi moslashayotgan edik. Juda ham koʻp va xoʻp xarajat hamda savodsizlikka olib borishi mumkin.

September 10, 07:17

Inqilob har doim yangi narsani o‘ylab topishdan boshlanmaydi.
Ba’zan dunyoda allaqachon bor bo‘lgan narsalarga boshqacha qarashning o‘zi kifoya.
Christopher Nolan’ni olaylik.
Kinoda kamera, aktyor, syujet, ovoz, montaj va effektlar undan oldin ham bor edi. Hatto IMAX ham undan oldin mavjud edi. Lekin Nolan mavjud imkoniyatlarni shunchaki ishlatmadi. U ularni o‘z falsafasiga bo‘ysundirdi va natijada butun bir kino tili o‘zgardi.
DOMO bilan ham men aynan shuni ko‘ryapman.
Uyimdagi gaz, suv, elektr uchun to‘lov qilish funksiyasi bozorda bizdan oldin ham bor edi.
Hatto deyarli barcha yirik to‘lov tashkilotlarida ham “Mening uyim” degan funksiya mavjud.
Lekin masala funksiyada emas.
Masala — uni qanday mahsulotga aylantirishda.
DOMO atigi ~1,5 yil ichida qariyb
3 million foydalanuvchiga
yetdi va bir yildan beri O‘zbekistondagi ilovalar orasida
TOP-20
ichidan tushmay kelmoqda.
Bu biz “kommunal to‘lovni birinchi bo‘lib o‘ylab topganimiz” uchun emas.
Biz oddiy ko‘ringan muammoni boshqacha ko‘rishga uringanimiz uchun.
Shuning uchun men startup qurishda bitta narsaga tobora ko‘proq ishonib boryapman:
Bozor sizdan birinchi bo‘lishni emas, boshqacha bo‘lishni talab qiladi.
Boshqalar kamera ko‘rayotgan joyda Nolan kino ko‘rdi.
Boshqalar “to‘lov” ko‘rayotgan joyda biz
uy
ko‘rdik.
Va balki haqiqiy innovatsiya ham aynan shu nuqtadan boshlanar.
Quyidagi post ham shu masalaning boshqa bir tomonini juda yaxshi ko‘rsatadi
👇
His perspective — post

September 09, 15:20
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Yaxshilikni javobi yaxshilikdir.
Biz bugun jamoamiz bilan Oʻzbek futboliga oʻzimizni startapcha yondashishimiz bilan DOMO ilovasining kommunal xayriya boʻlimida “
Bunyodkor chiroqlarini birga yoqamiz
” aksiyasini tashkil qilib 400’dan ortiq foydalanuvchilar tomonidan 4 000 000 soʻmga yaqin xayriya qilib berdik.
Kichik bir qilgan ishimizni Oʻzbekistondagi barcha futbolga oid kanallar bir necha Millionlab foydalanuvchilarga yetkazishdi va Startapimizni yanada ommalashishiga olib keldi.
Xullas, oʻsha gap: yaxshilikning javobi yaxshilikdir!
DOMO
trendda!

September 09, 09:36
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

"Бунёдкор" стадионига биргаликда ёрдам берамизми?
Хабарингиз бўлса керак - қарздорлик сабабли 4-сентябрдан «Бунёдкор» стадионининг электр таъминоти вақтинча тўхтатилган. Қарз миқдори - 1 727 921 161 сўм.
Рақам катта туюлади. Лекин биргаликда қарасак:
Бу қарзни тўлашга 2 миллиондан ортиқ киши қўшилса, ҳар биримизга атиги
600 сўмдан
тўғри келади.
Шунинг учун DOMO иловасининг Хайрия бўлимида стадионнинг электр ҳисоби учун махсус бўлим очилди. Ҳар бир тушган сўм тўғридан-тўғри қарзни ёпишга йўналади.
Хайрия қилиш учун ҳавола
👇
🔗
DOMO иловаси → Хайрия → «Бунёдкор» стадиони
Футбол - ҳаммамизники. Стадион ҳам.
↗️
Постни каналингизга ва дўстларингизга жўнатинг
💙
DOMO - сизники!
🟦
DOMOuz
|
📲
Иловани юклаб олиш

September 08, 11:44
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

#Birinchi_kurs_maktabi
#Startap
🇺🇿
Bugun Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti talabalari uchun mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.
➡️
Seminar davomida
Domo.uz
va boshqa ko‘plab mashhur startap loyihalar asoschisi Tojiyev Alisher Ahmatovich
mehmon sifatida ishtirok etib, talabalarga o‘z mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini ulashdilar.
🇺🇿
TDIU Axborot xizmati
🚀
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali:
@tsueuzofficial

September 08, 07:15

Mani ham koʻp Chet eldan kelgan tanishlarim yoki umuman oʻzbekchani bilmagan tanishlarim ham farzandlarini negadir oʻzbek maktablariga berishmoqda sabab nima deb oʻylaysiz?
— Muhrim aka
posti
— Sardor aka
posti

September 08, 07:09
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Kechga yaqin havola qoldiraman, ayan shu uchrashuvlarimizda ishtirok etishingiz uchun maxsus guruh tashkil qilamiz.
@AlisherAhmatovich

September 04, 17:05
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

TalabaPay (
tp.uz
) sayti ishga tushdi — saxiylikda bellashing

Loyiha haqida qisqacha:
kompaniyalar va tadbirkorlar, shuningdek, blogerlar va media vakillari
tp.uz
saytidagi reytingda yuqorida turish uchun badal to‘laydi, tushgan
100% mablag‘ ehtiyojmand talabalarning kontraktini to‘lash uchun
sarflanadi (soliqlardan tashqari).
📝
Loyiha haqida batafsil:
Meni uzoq vaqtdan buyon kuzatadigan insonlar biladiki, imkonim bo‘ldi deguncha, talabalarni har tomonlama, xususan, moddiy qo‘llab-quvvatlashga harakat qilaman.
TalabaPay
loyihasi ham shu yo‘ldagi navbatdagi qadam.
Yaqinda
outbid.lol
manzilida bir platforma ishga tushdi. Unda kompaniyalar shunchaki reytingda o‘rin egallash uchun badal to‘lashni boshladi. Hozirgacha loyiha 255 ming AQSh dollari mablag‘ yig‘di. Keyinroq shunday loyiha bizda ham
sindr.uz
manzilida ishga tushdi. Qisqa vaqtda 30 mln so‘mdan ko‘proq mablag‘ yig‘ildi.
Bu kabi loyihalarni ko‘rishim bilan xayolimga birinchi kelgan fikr shunda bo‘ldi:
eh, shu pullarni kontrakt to‘lashga ishlatsak zo‘r bo‘lardi-da!
Maqsad bor ekan, tayyor g‘oya turgan ekan, nega unda urinib ko‘rmaslik kerak, dedim o‘zimga. Shunday qilib, hozir siz ko‘rib turgan
tp.uz
platformasi dunyoga keldi.
Siz qancha istasangiz, xohlang
50 ming so‘m,
xohlang 1 mln so‘m, farqi yo‘q, shuncha to‘lang. Gap reytingda nechanchi o‘rinda turganingizda ham emas, gap kompaniyangiz katta-kichikligida ham emas, gap o‘zi sizda kompaniya bor yoki yo‘qligida ham emas.
Gap sizning ta’limga befarq emasligingizda! Gap sizning bag‘rikeng va saxiy inson ekanligingizda!
Ushbu loyiha orqali mablag‘ yuborgan barcha kompaniyalar va barcha insonlarga katta rahmat! Sizlar bilan faxrlanaman.
👉
@xushnudbek
👈