
Alisher Qodirov
Qoraqalpoğiston safaridan xulosalar.
Davlat rahbarini Qoraqalpoğiston taşrifiga
taklif
etildik. 3 kun davomida mahalliy deputatlarimiz bilan Nukus, Çimboy, Kegeyli va Möynoq tumanlarida vatandoşlar bilan samimiy muloqot qildik va tahlillar olib bordik.
Qoraqalpoğiston Yangi Özbekiston havosi bilan tölgan.
Uç kun davomida qoraqalpoğistonlik bölib emin-erkin tumanlar kezdik, Hakim ota Sulaymon Boqirğoniy hazratlarini ziyorat qilib, haqlariga duo qildik, Möynoqning öz baliğidan juda mazali şörva içib, Nukusning bahavo tongida Döstlik daryosining qirğoqlari böylab 10 ming qadam rejamizni töldirdik…
Közböyamaçilikka keskin qarşi inson sifatida diqqat bilan uni izladim, biroz bölsa-da jarayonga foydam tegsin istagida masalalarga har tomondan diqqat bilan qaraşga harakat qildim.
Oçiq aytaman, Davlat rahbarini Qoraqalpoğistonning barça tumanlariga viloyatlar biriktirilişidan natija bölişiga işonmagandim.
Davlat rahbari ötkazgan majlisda butun Özbekiston ota boşçiligida, akamniki-ukamniki demasdan, borini örtada, muammolarni navbati bilan yeçayotgan ahil oiladek harakat qilayotganini körib juda faxrlandim:
Surxondaryo hokimi Taxiatoşdagi tarbiyasi oğir bolalarni özini bolasidek töğri yölga olişga kirişgani, Sirdaryo hokimini Qonliköldagi muammoni Prezident oldida kötarişga tortinib turgan tuman hokimiga dastakka otilib çiqişi, Toşkent şahar hokimini Nukusning muammolariga Toşkentnikidek jon kuydirayotgani, Andijon hokimi Kegeylidan Andijonga kelin tuşayotganidan öğliga kelin qilayotgan otadek xursand bölayotgani, umuman, viloyatlar iştirokida milliardlab içki sarmoyalar, minglab iş örinlari…
har bir viloyat hokimi qilayotgan işlarida fidoiy, vatanparvar va samimiy manfaatdorligini körib bu buyuk taşabbusni haqiqiy mazmunini olqişladim, bir butun oila - Özbekiston ekanligimiz bilan ğururlandim!
Içimizda özlikni qadrlaş va millatçilik orasidagi baland devorni nafaqat soçsiz, balki aqlsiz tönka boşlar bilan buzmoqçi bölayotgan yolğonçi-vatanparvarlar va ularni boşqarayotgan kaltabin rahnamolarini kasodi aniq
, çunki ular turkiylarni heç qaçon millatçi bölmasligi, turkiylar millatparvarlik ğoyasida buyuk insonparvar otalari Navoiy, Yassaviy va Baqirğoniylarga suyanişlarini bilmaydilar.
Mingyillik turkiy qadriyatni amalda körsatayotgan Özbekiston Prezidenti nafaqat qoraqalpoq eli qaddini kötargani, balki ozar, turk, qirğiz, qozoq qondoşlarga ham kerak vaqtda qardoş yelkasini tuta olgan buyuk turkiy Xoqonlardek tarixda uluğlanişiga şubha qilmayman.
Qoraqalpoğistonda nafaqat turkiy dunyoga, balki insonlarni qondoş ekanligini unutib qöyayotgan dunyoga ham körsatiş kerak bölgan işlar bölyapti.
📹
Instagram
💬
Telegram
🔴
F
acebook
🔥
Youtube
@alisherQodir
Bolşevik bosqinçi general Şaydakov qöşinlari tarafidan yoş-u-keksa, ayol-erkak demay ommaviy qirğin qilingan ma’sum Çimboyliklarning ommaviy qabrini yaşiriş maqsadida bu yerni ikkinçi jahon uruşi qurbonlari xotira monumentiga aylantirgan sovet mafkura maşinasini tuşunaman, lekin bu yolğonni yaşaşiga matonat bilan köz yumayotgan Madaniy meros agentligini tuşunmayman.
📹
Instagram
💬
Telegram
🔴
F
acebook
🔥
Youtube
@alisherQodir
Madaniy meros agentligi Oliy Majlis Qonunçilik Palatasida byudjet hisobotida xalq vakillarining örinli savollariga javob beriş örniga rasmiy munosabat beribdi.
Partiya javob munosabati qilmaydi, albatta, lekin savollarimizga javob oliş uçun Parlament sörovi yoki eşituvi vakolatimizdan foydalanişga harakat qilib köramiz…
Betakror madaniy meroslarimiz hisoblangan Sarmişsoy, Şohizinda, Mizdahqan qal’a böyiça tanqid va takliflarimizni e’tiborsiz qoldirgan agentlik rassomning millatidan merosning millatini yasab mavzuni millatlararo taranglikka boğlaşga intilişi juda ajablanarli.
Takror e’tiboringizni qarataman:
1) Nega Sarmişsoydek noyob merosga milliardlab pul işlatilgan, lekin gektarlab oçiq muzey qarovsiz va taşlandiq?
2) Nega Şohizinda oğyapti, yonidan ötgan avtoyöl unga jiddiy zarar beryapti, ta’mirlaşga pul yöq, heç kim hokimiyatni sudga bermayapti?
3) Nega Buxoroda eng qadimiy Qur’on nusxasi arkning talabga javob bermas omboriga taşlab qöyilgan?
4) Nega Dovon davlatidek noyob merosimiz ostida joylaşgan yerlar dehqonçilikka berib yuborildi? U yerda qazilma işlari olib boriş kerak emasmidi? U yerni tagida buyuk davlatçiligimiz bilan boğliq, hatto Xitoyda rasman maktablarida öqitiladigan şonli merosimiz borku? Nega agentlik Hokimiyat bilan sudlaşmayapti?
Nega agentlik sovet davridagi merosga qilayotgan mehribonçiligini ming yillik milliy madaniyatimiz va merosimizga nisbatan qilmayapti? Önlab savollar bor, ötgan yildan beri javob olişga harakat qilyapmiz.
Biz örnini töldirib bölmaydigan madaniy merosimiz bir çekkada qolib ketib, bir rus rassomi, özbek adabiyotşunosi, ukrain arxitektori yoki biron boşqa qadrli ekanligiga şubxamiz bölmagan vatandoşimizni, kim bölişidan qat’iy nazar kvartirasini asraşga köproq e’tibor qaratilayotganiga e’tiroz bildiryapmiz.
Yoki ayrim meroslarni asraş manfaatliroqmi?
Mutaxassis emasmiz, balki xato öylayotgandirmiz? Nega Parlamentda hisobot beriş uçun Hukumat keladi-yu Agentlik jöyali javoblar berolmasdan tarmoqlardan turib munosabat bildiradi?
Davlat rahbarini gapini şior qilib yozib oling, “Deputatga munosabat - xalqqa munosabatdir”.
Xalqqa esa uning qadriyatlari va ming yillik merosini asraş uçun berayotgan pullarini qanday işlatilayotgani haqida hisobot kerak, provokatsion munosabatlaringiz emas.
Bu deputat sifatida mening fikrim, partiya raisi sifatida Agentlik hisobotidan keyin Parlamentda söz olaman.
📹
Instagram
💬
Telegram
🔴
F
acebook
🔥
Youtube
@alisherQodir
11 sentyabrda AQŞ va 7 oktyabrda Isroilga qilingan hujumlarni ikkita öxşaşligi bor: har ikkisida maxsus xizmatlarning ogohlantirişlari e’tiborsiz qoldirilgan va har ikki hujum bosqinçilik va qirğin jinoyatlarini oqlaş uçun zarurat sifatida foydalanilgan. Bu tasodifmi?
Ötgan kunlardan xulosa şuki, milliy maqsadini tafakkur qilolmagan xalqlar manfaat fitnalarida ötindek yoqib yuboriladi.
Barça madaniyatlarga hurmat bilan, heç biriga öxşaş yoki olqişiga intilmasdan, özligimiz va minglab yillik madaniyatimizni anglaş va atrofida mustahkam birlaşiş milliy yuksaliş maqsadimizning poydevori bölişi zarur.
📹
Instagram
💬
Telegram
🔴
F
acebook
🔥
Youtube
@alisherQodir
Davlat xaridlarida nazoratni kuçaytiriş uçun qonun loyihasini muhokama
qilayapmiz
.
Xarid nazoratini kuçaytiriş, vaqtini tejaş, şaffoflik va amaldagi şaroitga moslaşiş uçun normalar taklif qilingan, lekin menda bu maqsadlarga erişilişiga şubha bor.
Davlat mablağlarini töğri işlatilişini ta’minlaş uçun trillionlab davlat mablağlari işlatiladi, lekin maktablar sifatsiz, binolar qöl uçida, yöllar bir oyda öpirilib, köpriklar qiyşiq qurilaveradi.
Şuni tadbirkor öz puliga qurganida nafaqat sifatli, balki 30-40 foizga arzonroq ham qurgan bölar edi, degan gaplarni jiddiy odamlardan hamma qatori men ham köp eşitganman.
Davlat quriliş va mulkni saqlaş uçun bitmas-tugamas xarajatlardan qutilişi kerak, deb öylayman.
Bino, inşoat, yöl, yoki har qanday zaruriy infratuzilmani tadbirkor qurişi, işlatişi yoki saqlaş xizmati bilan birga ijaraga berişi uçta jiddiy masalaga yeçim böladi:
birinçi
, tadbirkor daromadli aktivlari köpayib, xalqaro moliya bozorlarida faolligi oşadi va mamlakat iqtisodiyotiga milliardlab sarmoya jalb qiliş, minglab yangi iş örinlari yaratiş imkoniyatiga ega böladi;
ikkinçi
, mulk va daromad soliğidan tuşum oşadi, xizmat sifati jiddiy özgaradi;
uçinçi
, davlat mablağini isrof qiliş keskin kamayadi.
Tadbirkorni öğri deb bilgan, aslida özini özi öğrilab tugatgan sovetça illatli qaraşdan tezroq qutilişimiz kerak. Davlat rahbari aytganidek, kuçli tadbirkor bölmasa kuçli davlat bölmaydi!
📹
Instagram
💬
Telegram
🔴
F
acebook
🔥
Youtube
@alisherQodir
Kambağallik 35 dan 4,5 foizga tuşdi. Bu trillionlab sarmoya va Prezident boşçiligidagi boşqaruvni jiddiy mehnati
natijasi
.
Pul va davlat kömagi bilan millionlab vatandoş daromadi sezilarli özgardi,
qolgan 4,5 foiz vatandoşni tafakkurini özgartirişga majburlaş kerak…
Baribir özgaradi, buni davlat qilmasa hayot qiladi.
📹
Instagram
💬
Telegram
🔴
F
acebook
🔥
Youtube
@alisherQodir
“
Davlati va millatini seviş ularni uruşlar ortida yorqin kelajak borligiga işontirib qonli maydonlarda sudraş emas, raqobatbardoş qöşimça qiymat yaratişga işontiriş, yaratişga yordam beriş va ularni dunyo qabul qilişiga erişişdir
…” demoqçi, turkiyalik professor Özgur Demirtaş.
Qondoş Turkiya 20 yil içida şu qaraşga tayanib e’tirof etilgan qudratli davlatga aylandi, Özbekiston 10 yildan beri işonç bilan şu yöldan bormoqda.
Ozodligimizni qaytarib olgan kunimizni tafakkur qilaylik. Özbekistonimiz qudratli, millatimiz mustahkam bölsin!
📹
Instagram
💬
Telegram
🔴
F
acebook
🔥
Youtube
@alisherQodir
Ozodlik muhokama emas, tafakkur va himoya qilinadigan ne’matdir!
Mustaqilligimizni qaytarib olgan kunimiz uni qaytib yöqotmaslik, asraş va yanada qudratli qiliş uçun qöşayotgan va qöşişimiz kerak bölgan hissani idrok qilişimiz zarur bölgan kundir!
Mustaqil davlat, erkin millat va ozod avlodlar uçun jasur ajdodlarimizdek, zarur bölsa JON OLIŞ yoki JON BERIŞga doimo tayyor bölişimiz kerak!
📹
Instagram
💬
Telegram
🔴
F
acebook
🔥
Youtube
@alisherQodir
Mamlakatimiz taraqqiyotining mutlaqo yangi davri boşlanmoqda. Kelgusi ön yillik – MILLIY YUKSALIŞ davri böladi.
Maqsad 7 ta yönalişdagi milliy dasturlar bilan röyobga çiqariladi.
Birinçi, BILIM va MALAKA taraqqiyotimizning asosiy kapitaliga aylanişi kerak.
Kelajak avlod bolalikdan boşlab voyaga yetgunga qadar özligi va qadriyatlarini qadrlaydigan, hayotda öz örnini topiş uçun malakali, raqobat qiliş darajasida bilimli inson sifatida tarbiya qilinadi.
Ikkinçi, Xalqimiz SOĞLOM bölişi va UZOQ UMR körişi zarur.
Töğri tarbiya körgan inson özini qadrlaydi, demak soğlom yaşaşga intiladi, bu asosiy natija böladi. Şu bilan birga soğliqni saqlaş xizmati tibbiy suğurtalaş tizimiga ötadi, bu vatandoşni kafolatli tibbiy xizmat bilan ta’minlasa, sohani yemirayotgan boş oğriği - pul topiş dardidan qutqarib, sifatli xizmat körsatiş maqsadiga yönaltiradi.
Uçinçi, IQTISODIY ÖSIŞ uçun raqobatbardoş, yuqori sifatli mahsulot kerak.
Buning uçun yuqori texnologiya va mehnat unumdorligi zarur. Iqtisodiyotimiz transformatsiyasi tezlaştiriladi va muvozanatli ösişiga erişiladi. 2030 yilda mamlakat yalpi içki mahsuloti 300 mlrd. dollar, kişi boşiga daromad miqdori esa 10 ming dollarga yetadi.
Törtinçi, Özbekiston butun mintaqa bilan murakkab ekologik muammolarni bartaraf etiş uçun kuraşmoqda.
Barça muammolarni tomirida
SUV
va
TABIAT
ga hurmatsizlik, isrof va albatta bilimsizlik yotibdi. Bu tafakkur özgarmas ekan, heç qanday daromad farovonlik olib kelmaydi!
Beşinçi, ADOLAT jamiyat uçun halovat va huzur, davlat uçun barqarorlik manbaidir.
Sud tizimi şaffof va adolatli bölmasa tizim va taraqqiyot bölmaydi. Inson adolatli jazoni qiynalsa ham qabul qiladi, lekin adolatsizlikka biroz çidasa ham, keyin harakatdan töxtaydi. Qurollar zamonaviy, askarlar ta’minlangan bölişi mumkin, lekin loqayd fuqaro jamiyatni zaiflatadi va davlatini himoya qilmaydi.
Oltinçi, MAHALLA qadimiy boşqaruv usulimizdir.
Şu yerda xalq birlaşişi va taraqqiyot tölqinini yaratişi kerak. Bu yangi öylab topilgan yoki xorijdan özlaştirilayotgan madaniyat emas, özligimiz, öz qadriyatimizdir. Taraqqiyotimizga xalaqit beradigan tugunlar şu yerdayoq yeçim topişi lozim. Mahalladagilar idorama-idora yurişi emas, idoralar mahallada bölişi kerak. Şunda vatandoş davlatni ostonasida, siyosatni dasturxonida köradi va bu davlatini közidek ardoqlaydi.
Yettinçi, 3 ming yildan ziyod davlatçiligimiz doimo ZULMga qarşi, MAZLUMga yordam falsafasiga tayangan.
Islomgaça bölgan dunyoqaraşimiz ham muqaddas e’tiqodimiz islomdagidek nafaqat inson, balki jamiki mavjudotni e’zozlaş falsafasiga tayangani sababli e’tiqod transformatsiyasida muammolar bölmagan. Davlatçilik falsafasi mustahkam bölgan Özbekiston heç qaçon uruş tarafdori, adolatsiz zolimlarni dösti bölmaydi. Özbekiston butun dunyoga tinçlik va döstlik, bağrikeng xalq yaşaydigan diyor sifatida namuna bölaveradi.
LEKIN
bu bağrikenglik bir onda Vatan va özlikni himoya qiladigan jur’atli bağritorlikka ham aylanib qolişi mumkinligiga şubhaga örin qoldirilmasligimiz kerak.
📹
Instagram
💬
Telegram
🔴
F
acebook
🔥
Youtube
@alisherQodir
“Milliy tiklaniş” DP fraktsiyasi “Özbekiston — 2030” strategiyasini 2026-yil birinçi yarim yilligidagi ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisobotini körib çiqdi.
📹
Instagram
💬
Telegram
🔴
F
acebook
🔥
Youtube
@alisherQodir