
Alisher Qodirov
Nizolarni yoqayotganlar va unda yonayotganlarga diqqat bilan qarang:
arablar va eronliklardan qalangan gulxanni islom dunyosiga, rus va ukrainlardan qalangan gulxanni yevropaga kengaytiriş uçun uçqunlar saçratilmoqda. Nozik mavzularni ijtimoiy tarmoqlarda xalqlararo nizolarga aylantiriş ustida işlanmoqda.
Fitnalarga
aldanmasdan, loyqa daryoda baliq ovlayotganlarni kuzatiş kerak.
Internet - kuçli hujum quroliga aylandi. Undan himoya juda arzon va oddiy - sabr va tafakkur.
Kuçli xalqlar bunday fitnalarga immuniteti bölgani uçun qudratli millatga aylana oladilar.
📹
Instagram
💬
Telegram
🔴
F
acebook
🔥
Youtube
@alisherQodir
Qaşqadaryoda 6 mlrd. dollarlik işlab çiqariş loyihalariga Davlat rahbari tomonidan start
berildi
. AQŞ, Xitoy, Ispaniya, Malayziya, Turkiya kabi davlatlardan kelgan sarmoyadorlar Qaşqadaryoda yirik loyihalarni amalga oşirişdan manfaatdor.
Önga yaqin rossiyalik sarmoyadorlarining 300 mln. dollarga yaqin raqobatbardoş qiymat yaratadigan loyihalarni yuqori iştiyoq bilan amalga oşirayotgani diqqatimni tortdi.
Ular Davlat rahbariga Özbekistonda yaratib berilgan jozibali investitsiya muhiti va qulay soliq siyosati uçun minnatdor ekanliklarini aytişdi.
Keça Samarqandda AQŞ tadbirkorlari bilan 12 mlrd. dollarlik yuqori texnologik loyihalarni amalga oşirişga kelişilgan edi.
Özbekiston yöli eng töğri yöl ekanligini vaqtning özi isbotlamoqda. Bu yöl barça davlatlar bilan öz’aro manfaatli hamkorliklar yöli bölib mamlakatni barqaror ösişiga olib boradi!
Fitna-fasod, zöravonlik va tahdidlar bilan manfaatga, kuç bilan maqsadga erişib bölmasligi davrning eng töğri hulosasidir.
📹
Instagram
💬
Telegram
🔴
F
acebook
🔥
Youtube
@alisherQodir
Alifboga doir qonun qabul
qilindi
.
Muhokamalarni töxtatib, qonunni kuçga kirişini kutib ötirmasdan özgargan 4 ta harfni bugundanoq işlatiş kerak.
Barça vatandoşlarga Özbek tili bayrami muborak bölsin.
📹
Instagram
💬
Telegram
🔴
F
acebook
🔥
Youtube
@alisherQodir
Endi, nima, qança kerak bölsa sotib oliş imkoniyatiga ega, döst-hamkorlari bilan manfaatlarini muvozanatlaydigan vaznli Özbekiston bor…
Milliy ğururli, intellekt va boşlanğiç darajada texnologik bilimi bor, eng muhimi - vatanga hujumni onasiga hujumdek qabul qiladigan yigitlarni tarbiyalay olmasak bu vaznni boy beriş mumkin.
Ta’lim-tarbiya va mudofaa vazirlarini bir vaqtda iş boşlaşi ramziy ma’noga ega.
Oila, boğça va maktabda töğri tarbiya körgan, soğliği talab darajasida bölib, maktabdan keyingi ta’limni davom ettirmagan yigitlarni tölövlarsiz, bir yillik majburiy harbiy xizmatga jalb qilinişi bir qança yönalişdagi muammoli masalalarga yeçim böladi.
📹
Instagram
💬
Telegram
🔴
F
acebook
🔥
Youtube
@alisherQodir
Tarbiya qilinmagan inson uçun ilm qadrli emas. Ta’lim va ilmda maqsadga erişiş uçun avval inson tarbiya qilib olişimiz kerak.
Internetsiz tasavvur qilib bölmay qolgan dunyoda töğri tarbiya murakkab muammoga aylandi.
Insonga xos bölgan yuzlab yaxşi-yomon könikmalar bor. Zamon bilan özgarib qolmaydigan bu könikmalarning qaysi tomoni ustunlik qilişi - töğri tarbiyaga böğliq.
Biz kelajakda qanday jamiyat tarbiyalamoqçimiz? Maqsadimiz bilan qadriyatlarimiz bir-biriga uyğunmi? Zamonaviy inson tarbiya qilmoqçi bölib qadriyatsiz majruhlarni tarbiya qilib qöymayapmizmi?
“Milliy tiklaniş” partiyasi uçun eng ustuvor bölgan mavzuni atrofliça tadqiq qiliş, ijroçilar özgarsa ham, maqsadlar özgarmaydigan, aniq strategiyani belgilaydigan milliy dastur qabul qiliş taklifini muhokama qiliş uçun mavzuga befarq bölmagan faollarni partiyaga taklif qildik.
📹
Instagram
💬
Telegram
🔴
F
acebook
🔥
Youtube
@alisherQodir
Bugun millatimiz ziyolilari otib öldirilgan
kun
.
Kelajakda xor bölmaslik bugun butun millat va davlat bölişimizga boğliq.
Özligini qadrlamaganlar özga uçun heç qaçon qadrli bölmaydi.
📹
Instagram
💬
Telegram
🔴
F
acebook
🔥
Youtube
@alisherQodir
Tarbiya, ta’lim va ilm - milliy yuksaliş davrini muvaffaqiyat poydevori böladi.
Oila -boğça - maktab uçligi 18 yoşgaça bölgan davrda özligi bilan ğururlanadigan, umuminsoniy qadriyatlar va boşqa madaniyatlarni hurmat qiladigan şaxs şakllanişiga erişişi kerak.
Bu oila - davlat işbirligida, jamiyat kömagida, mas’uliyat va majburiyatlarni anglaş va töğri tadqiqotlarga tayangan metodologiya asosida amalga oşadi.
Aynan şu davrda jiddiy konservatizm kerak. Aynan şu davrni xayolparast kosmopolitizm, boşqa madaniyatlarni yuzyillar kelajakka yönaltirilgan mafkuraviy moyillik loyihalaridan asraş kerak.
Aynan şu vaqtda
mustahkam davlat va raqobatbardoş millat maqsadimiz ildiz çiqarişni boşlaşi kerak. Agar şu yerda bolaga oila, davlat, millat va qadriyat ekilmasa qanday lavozim yoki darajada bölişidan qat’iy nazar nafaqat özligi va mansub bölgani jamiyat manfaatlari va qadriyatlari, balki dunyo taqdirini ham savdo qila oladigan xudbin şaxslar boşqaradigan jamiyatga tayyor böliş kerak. Davlatlarni jiddiy boşoğriqlariga aylanadigan siyosiy va ijtimoiy inqirozlarni boşlanğiç nuqtalari aynan şu davrdadir.
Yangi taşkil etilgan vazirlik tegişli davlat va nodavlat taşkilotlar, birinçi navbatda Soğliqni saqlaş vazirligi va Ijtimoiy agentlik bilan hamkorlikda soğlom özbek tuğilişini, keyingi bosqiçlarda tarbiya va ta’limni töğri taşkil etiş orqali uni raqobatbardoşligini ta’minlaşi zarur.
Homiladorlikdan 18 yoşgaça bölgan davr milliy taqdirimizni belgilaydigan davr sifatida qabul qilinişi kerak.
Oliy ta’limga esa davlat qança aralaşmasa şunça natija böladi. 18 yoşdan keyin qobiliyat va imkoniyati bölganlarni keskin raqobat qilişiga qöyib beriş kerak.
Imkoniyati bölmagan qobiliyatlilarni davlat yoki tadbirkorlarni sarmoyalari bilan qöllab-quvvatlaydigan tizim haqida öylaş mumkin.
Şunda davlat qimmatli ğoyalar, yuqori qiymatli mahsulotlar va albatta sifatli mutaxassislar raqobatini muvozanatlaş haqida öylaydi, ularni xorijdan olib keliş haqida emas.
Rivojlangan dunyo boylik topdi, lekin insonni yöqotdi, biz bu xatoni takrorlamasligimiz kerak.
📹
Instagram
💬
Telegram
🔴
F
acebook
🔥
Youtube
@alisherQodir
Qudratli millat - fidoyi tarbiyaçidan boşlanadi.
Ota-onalarimiz, boğça tarbiyaçilarimiz va qadrli ustozlarimiz boşimizda saodatli bor bölişsin.
📹
Instagram
💬
Telegram
🔴
F
acebook
🔥
Youtube
@alisherQodir
Boburjon Mansuroviç,
fikrlaringizni
hurmat qilaman, lekin öz fikrimda qolaman.
Birinçidan
, Konstitutsiya jamiyat tafakkuriga uyğunlaşib borişi kerak, xalq talab qilsa yana özgaradi, bu normal holat.
Ikkinçidan
, pedofil qilmişi uçun uni muqarrar ölim kutayotganini bilsa jinoyat qilmaydi, deb umid qilişimiz kerak, jinoyatni qisman qolişidan manfaatdor böliş emas.
Uçinçidan
, biz qonunlarni xalqimiz uçun qabul qilamiz, xalqaro majburiyatlarimizni bajariş uçun emas, xalqimiz manfaatlari doimo ustuvor bölişi kerak.
Sudya xatosi haqida esa gapirişni ham istamayman.
Şifokor hamma narsani töğri qilsa ham unga boğliq bölmagan jarayonlarni oldini ololmasligi mumkin, lekin sudya nafaqat ölim, jarima hukmini ham töğri çiqariş uçun jur’atli, erkin, vijdonli va bilimli bölişi yetarli.
Tizimning muammolari bor, sudyaga işlaş uçun şaroit yaratiş, advokatlik institutini rivojlantiriş zarur ekanligi rost, lekin sudyani saviyasidan xavotir bilan adolatli jazoni rad etiş, qabul qilib bölmas yondaşuv.
Törtinçidan
, siz aytgan işlarni hammasi bor va bölyapti, lekin jinoyatçini töxtatadigan murosasizlik yetişmayapti. Oğir jinoyatlar profilaktikasi uçun oğir va şafqatsiz qarorlar bölişi kerak.
📹
Instagram
💬
Telegram
🔴
F
acebook
🔥
Youtube
@alisherQodir
Bolalarga nisbatan jinoyat uçun jazoni kuçaytiriş böyiça qonun loyihasi kiritildi. Men bu taklifga betaraf qolaman.
Bir soatda 77 ta insonni öldirib, umrbod qamoqqa mahkum qilingan norvegiyalik
maxluq
kitob yoziş uçun şaroit yöqligidan şikoyat qilgan va unga şaroit yaratib berilgan.
Xalqaro huquq bu maxluqni inson, minglab öldirilayotgan begunoh ayollar va bolalarni uruşni yon ta’siri sifatida köradi, qöşimçasiga buni qilayotganlarga eng yuksak minbarlardan turib inson qadri haqida ma’ruza qilişga imkon beradi.
Biz kimlardan örnak olyapmiz!?
Bizning pedofil ham şaroit sörasa yaratib berişga majbur bölamiz, çunki biz ergaşayotgan xalqaro huquq uni inson sifatida köradi, ölik sifatida emas!
Qasddan odam öldirgan, ayniqsa bolaga qasd qilganlar kelgusida ehtimoliy bunday qotilliklarni oldini oliş, moyillarga ibrat bölişi uçun ölimga hukm qilinişi kerak.
📹
Instagram
💬
Telegram
🔴
F
acebook
🔥
Youtube
@alisherQodir