Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Andijon şahar hokimligi matbuot xizmati

andijan_press
RASMIY SAHIFALAR Telegram: t.me/andijan_press Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=100085781851147&mibextid=LQQJ4d Instagram: https://www.instagram.com/andijan.press?igsh=MTIzemRxcTZiMnR2YQ==
Subscribers
6 273
24 hours
-4
30 days
-166
Post views
643
ER
10,25%
Posts (30d)
158
Characters in post
927
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
October 26, 16:15
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

QUTLOV!
✍️
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
Farmoniga
asosan, Andijon shahridagi 6-oilaviy poliklinika bosh shifokori
Nasretdinova Shoxida Davranbekovna II darajali “Salomatlik” ordeni
bilan taqdirlandi.
Qadrli Shoxida Davranbekovna!
Ushbu yuksak mukofot — sog‘liqni saqlash sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnatingiz, kasbingizga bo‘lgan sadoqatingiz va insonlar salomatligi yo‘lida ko‘rsatayotgan fidoyiligingizning munosib e’tirofidir.
Shu munosabat bilan, Sizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, xotirjamlik va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. El-yurt hurmati va e’tiborida bo‘lib, bundan keyin ham xalqimiz salomatligi yo‘lida olib borayotgan ezgu ishlaringizda yuksak marralarga erishishingizni tilab qolamiz!
Yuksak mukofot muborak bo‘lsin!
Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati
YouTube
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
web
|
Threads

October 26, 13:52
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”
gi
Farmoniga
asosan, Andijon viloyatidan
🔆
II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan
:
Yusupova Nargiza Sotvoldiyevna
- Asaka tumani maslahat-diagnostika bo‘limining bolalar shifokor-nevropatologi, Andijon viloyati
🔆
II darajali “Salomatlik” ordeni bilan
:
Nasretdinova Shoxida Davranbekovna
- Andijon shahridagi 6-oilaviy poliklinikasi bosh shifokori taqdirlandi.
Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati
YouTube
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
web
|
Threads

October 26, 13:40
Media unavailable
7
Show in Telegram

🍂
ANDIJONDA KUZ!
Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati
YouTube
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
web
|
Threads

October 26, 12:44
Media unavailable
2
Show in Telegram

Suyultirilgan gaz ta’minotida qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash doimiy e’tiborda
“Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati bugungi kunda respublikamizdagi 3 million 730 mingdan ortiq aholi va 2 mingga yaqin ijtimoiy soha obyektlarini suyultirilgan gaz bilan ta’minlab kelmoqda.
Ushbu tizimni yanada rivojlantirish, ta’minot barqarorligini oshirish, gazni xarid qilish va taqsimlash mexanizmlarini takomillashtirish hamda sohada moliyaviy shaffoflikni ta’minlash maqsadida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Prezidentimizning 326-son qarori bilan suyultirilgan gaz ta’minotini isloh qilish, bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, sohada shaffoflikni ta’minlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni davlat tomonidan moddiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berilgan.
Amalga oshirilayotgan islohotlar va nazorat choralari kuchaytirilayotganiga qaramay, suyultirilgan gazni noqonuniy sotish hamda talon-toroj qilish bilan bog‘liq holatlar ham uchrab turibdi. Bunday holatlarning oldini olish va qoidabuzarliklarni aniqlash maqsadida “Hududgazta’minot” AJ boshqaruv raisining tegishli topshirig‘iga muvofiq, Jamiyatning Komplayens nazorat tuzilmalari tomonidan nazorat tadbirlari muntazam olib borilmoqda.
2025-yil va 2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida 3 mingdan ortiq to‘satdan tekshiruv va reyd tadbirlari o‘tkazilib, jami
1217 ta qoidabuzarlik aniqlangan
. Shu davrda suyultirilgan gazni noqonuniy sotishga ixtisoslashgan
471 ta “bunker” aniqlanib, ularning faoliyatiga chek qo‘yilgan
.
Ko‘rilgan choralar natijasida qiymati taxminan
2 milliard so‘mlik 193,6 tonna
suyultirilgan gaz hamda umumiy qiymati
8,7 milliard so‘mlik 17 301 dona maishiy gaz ballonining noqonuniy sotilishi oldi olingan
.
2026-yilning to‘qqiz oyidagi xizmat tekshiruvlari davomida
1,4 ming tonna suyultirilgan gaz va 10 626 dona maishiy gaz balloni talon-toroj qilingani aniqlangan
. Huquqiy baho berish uchun 25 ta material huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilib, ular asosida
19 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
.
Ayni paytda Komplayens nazorat tuzilmalari tomonidan to‘satdan tekshiruv va reyd tadbirlari davom ettirilib, aniqlangan kamchiliklarning sabablarini o‘rganish, qoidabuzarliklarga huquqiy baho berish hamda ularning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rilmoqda.
Hurmatli iste’molchilar! Agar aholi uchun mo‘ljallangan suyultirilgan gazni noqonuniy sotish yoki boshqa qonunbuzarlik holatlariga duch kelsangiz, “Hududgazta’minot” AJning quyidagi aloqa kanallari orqali xabar berishingizni so‘raymiz:
☎️
Ishonch telefoni:
+(99871) 202-1104 yoki 1104 (qisqa raqami orqali)
📧
Elektron pochta manzili:
info@hududgaz.uz
📧
Komplayens nazorat boshqarmasi pochta manzili:
antikorruptsiya@hududgaz.uz
📱
Komplayens nazorat boshqarmasi Telegram boti:
t.me/hgt_antikor_bot
💬
Facebook
|
👉
Telegram
|
▶️
YouTube
|
📷
Instagram
|
📱
X
|
🌐
hududgaz.uz

October 26, 09:46
Media unavailable
1
Show in Telegram

#infografika
⚡️
Andijon shahar hokimi va hokim o'rinbosarlarining shaxsiy qabullari natijalari statistikasi
19-24-oktyabr holatiga...
Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati
YouTube
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
web
|
Threads

October 26, 05:19
Media unavailable
2
Show in Telegram

🏆
ANDIJONDA "YANGI O‘ZBEKISTONNING ISTIQBOLLI KADRLARI" TOP–100 TANLOVIGA START BERILDI
👍
Siz tashabbuskor, bilimli va o‘z salohiyatiga ishongan mutaxassismisiz?
Unda
Andijon viloyati
da o'tkaziladigan
"Yangi O‘zbekistonning istiqbolli kadrlari" TOP–100
tanlovida ishtirok eting va kelajak rahbarlari safidan munosib o‘rin egallang!
👍
Tanlov ishtirokchilari:
Andijon viloyati
da faoliyat olib borayotgan
20–40 yosh
dagi davlat organlari, mahalliy ijro hokimliklari, nodavlat va xususiy sektor tashkilotlari, ta'lim muassasalari,
"Mahalla yettiligi"
hamda davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar.
👍
Tanlov 4 bosqichda o‘tkaziladi:
- Malaka talablari asosida saralash;
- Bilim test sinovi;
- Esse bosqichi;
- Yakuniy suhbat.
👍
G‘oliblar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladi:
* Malaka oshirish kurslari;
* Xorijiy stajirovka imkoniyatlari;
* Istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritilish va kasbiy rivojlanish   uchun yangi imkoniyatlar.
Ro‘yxatdan o‘tish:
2026-yil
27-oktabrdan 5-noyabr
ga qadar.
Hujjatlar qabuli:
2026-yil
5-noyabr
soat
23:59 da
yakunlanadi.
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish:
my.bsa.uz
elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.
(
✅
Ariza topshirish jarayonida o'zingizga mos mutaxassislik bo'yicha nominatsiyani tanlang)
Murojaat uchun:
(+998 74) 223-23-34
Qo‘shimcha ma'lumot:
(+998 74) 223-23-37
Tanlov haqida batafsil ma'lumot videorolikda.
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang
!
TOP–100 safidan o‘rin oling va Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga o‘z hissangizni qo‘shing!
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram
|
Facebook
|
Youtube

October 26, 04:59
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

✍️
Andijon shahar hokimi va hokim o’rinbosarlarining jismoniy hamda yuridik shaxslarni qabul qilish jadvali
Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati
YouTube
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
web
|
Threads

October 26, 04:38
Media unavailable
3
Show in Telegram

"Piyozpoyada" asfaltlash va shaharsozlikka mos muhit yaratish ishlari boshlandi
✍️
Andijon shahridagi
Oʻzbekiston, Boburshoh
hamda
Oltinkoʻl
koʻchalarining qariyb
13,5 km
masofasidagi suv quvur tarmoqlari yaxshilanib, barcha yoʻllarda qayta taʼmirlash ishlariga start berildi.
Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati
YouTube
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
web
|
Threads

October 26, 04:30
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

DIQQAT! ANDIJON VILOYaTINING BA'ZI HUDUDLARIDA GAZ TA'MINOTI VAQTINCHALIK TO‘XTATILADI
✍️
"
Farg‘ona magistral gaz quvurlari boshqarmasi"ning 23.10.2026-yildagi №327-sonli xabarnomasiga ko‘ra, "Hududgaz Andijon" gaz ta'minoti filialining "Dasturxonchi" avtomatik gaz tarqatish shoxobchasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarli ishlari olib borilishi rejalashtirilgan
.
Shunga ko‘ra, Andijon shahrining
🟡
4-kichik daha,
🟡
5-kichik daha,
🟡
“Janubiy Paxtakor” MFY o‘ramidagi 16 etajli ko‘p qavatli uylar hamda
🟡
Andijon aeroporti atrofidagi namunali uylar o‘ramidagi jami 4 163 ta aholi xonadonlari uchun, 2026-yil 26-oktbyar kuni soat 09:00 dan 17.00 ga qadar gaz ta'minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali
Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati
YouTube
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
web
|
Threads

October 25, 11:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

Andijon şahrida turizm salohiyatini kengaytiriş va hududning öziga xos pazandalik an’analarini ommalaştiriş maqsadida taşkil etilgan
«Gastro food» gastronomik turizm festivali bölib ötdi.
Mazkur tadbirda soha ekspertlari hamda keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi.
Festivalning ahamiyatli jihati şundaki, unda xalqimizning köp asrlik «Ustoz-şogird» an’analari yorqin namoyiş etildi. Tadbirda Andijon viloyatida faoliyat yuritayotgan tajribali va mahoratli usta oşpazlar bilan bir qatorda, professional ta’lim muassasalari — texnikumlarning turizm hamda oşpazlik yönalişlarida tahsil olayotgan iqtidorli öquvçi-yoşlari ham faol iştirok etdilar.
Festival doirasida tajribali pazandalar tomonidan öziga xos mahorat darslari taşkil etildi. Unda usta oşpazlar yoşlarga özbek milliy palovini tayyorlaşning öziga xos sir-asrorlari, masalliqlarni tanlaş va damlaş texnologiyalari haqida batafsil ma’lumot berib, öz tajribalari bilan örtoqlaşdilar. Bu kabi amaliy maşğulotlar texnikum öquvçilari uçun nazariy bilimlarni amaliyot bilan integratsiya qiliş hamda kelgusida turizm va xizmat körsatiş sohasida yetuk kadrlar bölib yetişişlarida muhim maydon bölib xizmat qildi.
Bayramona ruhda ötgan festival yakunida milliy oşxona an’analarini asrab-avaylaş va rivojlantirişga munosib hissa qöşgan faxriy pazandalar hamda yuqori mahorat körsatgan texnikum öquvçilari taşkilotçilar tomonidan esdalik sovğalari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati
YouTube
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
web
|
Threads