Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati

andijan_press
RASMIY SAHIFALAR Telegram: t.me/andijan_press Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=100085781851147&mibextid=LQQJ4d Instagram: https://www.instagram.com/andijan.press?igsh=MTIzemRxcTZiMnR2YQ==
Подписчики
6 496
24 часа
10
30 дней
-120
Просмотры
679
ER
10,45%
Посты (30д)
268
Символов в посте
772
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
September 10, 16:50
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

😀
—Vatanim "onaday"!
—Undan taʼma qilish gunohi azim!
Tungi Andijonim
YouTube
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
web
|
Threads

September 10, 16:43
Файлы недоступны
9
1
Открыть в Telegram

#andijon
🇺🇿
🇹🇷
ANDIJONDA 200 DAN ORTIQ BOLA TURKIYALIK SHIFOKORLAR KO‘RIGIDAN O‘TDI
🩺
Kuni kecha xabar berganimizdek, bugun Andijon viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida turkiyalik malakali plastik va umumiy xirurglar ishtirokidagi bepul tibbiy ko‘riklarga start berildi.
➡️
Ko‘riklarning birinchi kunidayoq 200 dan ortiq bola mutaxassislar tomonidan ko‘rikdan o‘tkazildi. Har bir bolaning holati individual o‘rganilib, zarur tibbiy tavsiyalar berildi hamda jarrohlik amaliyotiga ehtiyoji mavjud murakkab holatlar saralab olindi.
➡️
Ko‘rik, davolash va zarur jarrohlik amaliyotlari bilan bog‘liq xarajatlar Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan qoplanadi.
➡️
Andijon viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi
➡️
Tibbiy ko‘riklar 11-sentabr kuni ham davom etadi.
YouTube
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
web
|
Threads

September 10, 16:32
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

SHAROITGA MUNOSIB JAVOB
✍️
Andijon shahar 18-umumiy o‘rta taʼlim maktabi tartib-intizomi bilan birgalikda, o‘quvchilarning bilim va malakasi tarafidan ham oldingi o‘rinlarda turuvchi taʼlim dargohi hisoblanadi.
Mazkur maktab har bir soha asosida chuqur bilim berishi va 10-11-sinf o‘quvchilarini kasb-hunarga o‘rgatish tizimini ham maromida olib borayotgan maktablardandir. Jumladan, turli to‘garaklarda 20 xildan ziyod kasb-hunar o‘rgatilib kelinadi. Ulardan barchaning diqqatini tortuvchi yo‘nalish — IT va kompyuter mutaxassisligi to‘garagidir.
Rivojlanib borayotgan bugungi zamonamizning eng avvalgi talabi bu axborot texnologiyalari bilan bir qatorda kompyuter savodxonligini chuqur egallashdir. Yaxshi mutaxassis uyda o‘tirgan holda ham millionlab daromad topayotgani sir emas. Qolaversa, har bir sohaning ikkinchi yarmiga aylangan kompyuter texnologiyalari hayotimizning ham yarmiga aylanib boryapti.
Mana shularning barchasini inobatga olib, 18-maktab direktori va jamoa tomonidan eng kuchli mutaxassislar maktabga jalb etilgan holda, alohida "kasbiy taʼlim" yo‘nalishi kabi dars metodikasini qo‘llaganlar. Bugun, maktab o‘quvchilari faqat kompyuterni yoqib-o‘chirishni emas, balki har bir muhim yo‘nalishlarning axboriy va texnologik tarafidan chuqur tahlil qilishga o‘tganlar.
🟡
Andijon shahar hokimi E.Karimov aynan mana shu yoshlar bilan uchrashdi. Ularning mahoratlarini sinovdan o‘tkazdi.
Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz:
📺
YouTube
|
🕊
Telegram
📸
Instagram
|
📱
Facebook
🌍
web
|
💡
Threads

September 10, 16:30
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

September 10, 16:02
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

YANGILIK
🚆
10-sentabr, yaʼni bugundan Toshkentdan Andijonga elektropoyezd qatnay
boshladi!
Batafsil maʼlumot:
https://t.me/andpress/63503?single
Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz:
📺
YouTube
|
🕊
Telegram
📸
Instagram
|
📱
Facebook
🌍
web
|
💡
Threads

September 10, 15:54
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

September 10, 14:38
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

ANDIJON SHAHAR HOKIMINING AN'ANAVIY YOSHLAR QABULI BO'LIB O'TDI
⚡️
Bugun, "Payshanba-yoshlar kuni" munosabati bilan Andijon shahar hokimi Elyorbek Karimov yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolariga quloq tutdi.
Bu gal, yoshlar qabuli Andijon shahar
"Temur Malik"
MFY 18-umumiy o‘rta taʼlim maktabida tashkil etilgan bo'lib, 15 dan ziyod yoshlar va ularning ota-onalari o'zining eng dolzarb deb bilgan murojaatlari bilan ishtirok etdilar.
Qabulda, kredit masalasi, kontrakt, davolanish, ijtimoiy yordamlar olish eng asosiysi esa bandlik va ishga joylashish kabi muhim mavzular muhokama markazida bo‘ldi.
Joylarda shahar hokimi boshchiligida barcha rahbarlarning qabullari davom etmoqda...
Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz:
📺
YouTube
|
🕊
Telegram
📸
Instagram
|
📱
Facebook
🌍
web
|
💡
Threads

September 10, 14:20
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

Andijon shahar prokurori
aholi bilan uchrashdi
✍️
Bugun, Andijon shahar prokurori F.Raxmanov "Obod Andijon" MFY binosida ijtimoiy reestrga kiritilgan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Mazkur mahallada xonadonlar soni 1165 tani, aholi soni esa 5500 nafarni tashkil etadi. Shundan 54 nafar fuqarolar ijtimoiy reestrga kiritilgan. Ushbu reestrga kiritilgan fuqarolar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida fuqarolar bilan alohida-alohida suhbatlashib, ularning murojaatlari o‘rganilmoqda.
Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz:
📺
YouTube
|
🕊
Telegram
📸
Instagram
|
📱
Facebook
🌍
web
|
💡
Threads

September 10, 12:00
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

ANDIJON HUANYA SANOAT KASB-HUNAR TEXNIKUMIGA QABUL BOSHLANDI
Andijon Huanya sanoat kasb-hunar texnikumining ochilishi munosabati bilan 2026/2027-o‘quv yilida 9-sinf va 11-sinf bitiruvchilarini zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha o‘qishga taklif etadi!
🎓
Ta’lim yo‘nalishlari:
🔹
Bino va inshootlar qurilishi
🔹
Sanoat IT-texnologiyalariga xizmat ko‘rsatish
🔹
Sanoat mexatronika va robototexnika servisi
🔹
Agro-servis texnigi
🔹
Oshpaz-qandolatchi
🔹
Elektrobuslar, elektromobillar va elektroskuterlar servis va diagnostika texnigi
🔹
Xitoy tili ta'limi
Bu yerda barcha kasblar zamonaviy texnologiyalar asosida
xitoylik malakali mutaxassislar
tomonidan
xitoy tilida
o‘rgatiladi va siz
xitoy tili
ham puxta o‘rganasiz.
Kelajak kasblarini bugundan egallang!
Andijon
Huanya sanoat kasb-hunar texnikumi sizni kutadi.
Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz:
📺
YouTube
|
🕊
Telegram
📸
Instagram
|
📱
Facebook
🌍
web
|
💡
Threads

September 10, 10:38
Файлы недоступны
8
2
Открыть в Telegram

DEPUTAT TASHABBUSI BILAN DUAL TA’LIM AMALIYOTI BOSHLANDI
✍️
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon pedagogika texnikumi direktori
Dilafruz Qurbonova
tashabbusi bilan kutubxonashunoslik yo‘nalishida tahsil olayotgan 1-bosqich o‘quvchilari uchun dual ta’lim doirasida amaliyot mashg‘ulotlari boshlandi.
Dastlabki amaliyot Z.M. Bobur nomidagi Andijon viloyati axborot-resurs markazida tashkil etilib, 19-guruh o‘quvchilari kutubxonaning bo‘limlari va faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
O‘quvchilarga kutubxona faoliyatining asosiy yo‘nalishlari tushuntirilib, nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash uchun zarur sharoitlar yaratildi.
📌
Bunday amaliy mashg‘ulotlar yoshlarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va kelajakdagi mutaxassis sifatida shakllanishida muhim ahamiyatga ega.
#Deputat_tashabbusi
#Dual_talim
#Andijon_pedagogika_texnikumi
Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz:
📺
YouTube
|
🕊
Telegram
📸
Instagram
|
📱
Facebook
🌍
web
|
💡
Threads