
𝐀𝐍 𝐍𝐀𝐒𝐑 | 𝐙𝐀𝐊𝐎𝐕𝐀𝐓
#tarix
Hashshoshiylar
(hijriy 483-654, milodiy 1090-1256)
Hashshoshiylar
Saljuqiylar
sulolasi vaqtida chiqqan bir jamoa bo‘lib, ular Islom yurtlarining ko‘pchiligini qo‘rqinchga solishdi. Ular o‘zaro til biriktirib, tovlamachilik qilib, odamlarni qatl etishar edi. Ularning boshlig‘i
Hasan ibn Saboh
bo‘lgan. U asli fors millatiga mansub bo‘lib, odamlarni
fotimiylarning
yo‘liga chaqirar edi.
O‘zining da’vatini Forsda hijriy 473, milodiy 1080 yilda boshlagan. U hijriy 483 (milodiy 1090) yilda
“O‘lim qo‘rg‘oni”
degan qal’aga ega chiqqan. U juda ham xatarli qo‘rg‘on bo‘lib, avval saljuqiylarga qarar edi. Mazkur qal’a
Qazvin
shahri,
Kaspiy
dengizining shimoli-g‘arbiy tarafidagi tog‘lar cho‘qqisida joylashgan edi. So‘ng ular
Fors va Suriya
yurtlarida ko‘pgina qal’alarni egallab olishdi. Saljuqiylar ularni yo‘qota olmadilar.
Hashshoshiylarning nufuzi tobora ortib bordi. Chingiziy hukmdor
Xulaguning
vaqtida, hijriy
659 (milodiy 1261)
yilda mo‘g‘ullar ularni yo‘q qilib, hamma yerlarini egallab oldi.
Mamlukiy
sultonlardan bo‘lmish
Biybars
ushbu firqaning – hashshoshiylarning
Suriyada
butunlay yo‘qolib ketishiga sabab bo‘lgan shaxsdir. Bu ish hijriy 671 (milodiy 1272) yilda sodir bo‘ldi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2023 yil 14 martdagi 03-07/1733-raqamli xulosasi
Ⓜ️
anba:
@islomuz
@AnNasr_Zakovat
Toshkent Metropoliteni
Zakovatchilarga koʻp savol
boʻlib tushib yoʻnalishlardan
@
AnNasr_Zakovat
Kuzgi Toshkent: sayr hamda uchrashuvlar uchun manzillar va gʻoyalar
Xazonli yo‘laklar, suv bo‘yidagi suhbatlar, kitob bilan o‘tadigan sokin tushdan keyin yoki sayrdan so‘ng ichiladigan issiq qahva. Kuzda Toshkent o‘zgacha tus oladi: tanish bog‘lar yangi ranglarga burkanadi, shahar bo‘ylab sayr qilish, odatda shoshilib o‘tib ketiladigan joylarda to‘xtab, atrofni tomosha qilish istagi paydo bo‘ladi.
Afisha.uz
kuzni shaharning o‘zida maroqli o‘tkazish uchun madaniy maskanlar va dam olish g‘oyalarini jamladi:
https://www.afisha.uz/uz/gorod/2026/10/15/autumn-vibe
Telegram
@AnNasr_Zakovat
https://oyina.uz/uz/article/370
@AnNasr_Zakovat
Book.uz
kitoblar doʻkoni
Chilonzor tumani Qatortol koʻchasi.
Qatortol Savdo Markazi
@AnNasr_Zakovat
Hindu qo‘shig‘i
Cho‘chqa bosib ketdi mening bog‘imni,
Biri-biridan oq, semiz cho‘chqalar.
Non so‘rab yalaydi hammayog‘imni,
Hech to‘ydim demaydi bu go‘rso‘xtalar.
Yerlarga yumalab chinqirar xurram,
Payhon qilib chaman gulzorlarimni.
Buzadi, ter to‘kib men neki qursam,
Kezadi muqaddas mozorlarimni.
Qanday olishayin cho‘chqalar bilan,
Ularning ajdarlar bilan eti bir.
Ularning tusi bir bo‘chkalar bilan,
Ularning kallasi bilan keti bir!...
Cho‘chqa bosib ketdi mening bog‘imni,
Biri-biridan oq, semiz cho‘chqalar.
Ko‘ppaklardek talab hammayog‘imni,
Hech to‘ydim demaydi bu go‘rso‘xtalar.
Bechora mahluq deb rahmim kelgandi,
Yomonlik yo‘q edi aslo dilimda.
Bog‘imni-ku vayron qilgandi, ammo
Xo‘rillab gapir der mening tilimda.
E voh, cho‘chqalardan bezorman bu kun,
Alam gulhanida yonmoqda ichim.
Olloh, Olloh, o‘zing bir chora qilgin,
Mening cho‘chqalarga yetmaydi kuchim.
Muhammad Yusuf
@
AnNasr_Zakovat
Dukchi Eshon
– XIX asr oxirida Farg‘ona viloyatidagi shayxlardan
Muhammad Ali ibn Muhammad Sobirning
taxallusidir. U 1898 – yilda
Andijonda
ruslarga qarshi boshlangan qo‘zg‘olonning (milliy ozodlik harakatining) yetakchisi boʻlgan.
1850-51 yillarda
Marg‘ilon
yaqinidagi
Shohidan
qishlog‘ida jun ip yigirishga mo‘ljallangan
“duk”
deb nomlanuvchi yog‘och moslamani yasovchi oilada dunyoga kelgan.
“Dukchi”
nomi shundan kelib chiqqan. Yoshligida otasi uni
Samarqand
va
Buxoroga
olib borib, madrasalarda ilm olishini ta’minlagan edi.
Muhammad Ali 16-17 yoshlarida Marg‘ilon yaqinidagi qishloqda yashovchi Naqshbandiy tariqatining Mujaddidiy yoʻnalishi shayxi
Sulton Xon To‘raning
muridi boʻlgan. 26 yoshlarida shayxidan ijozat oldi.
34 yoshida
Hindistondan
dengiz yo‘li bilan hajga ketadi.
Makkada
bir yil yashagach,
Mingtepa
qishlog‘iga qaytdi. Oʻsha yerda masjid, maktab, kutubxona, mehmonxona va oshxonadan iborat bir takkaxona qurdi. U 1898 - yilda
O‘sh
shahrida muridlarini va xalqni ruslarga qarshi kurashga chaqirdi.
Dukchi Eshon yonidagilar bilan birga rus askarlarining qarorgohiga hujumlar uyushtirdi, to‘qnashuvlar bo‘ldi, biroq texnologik ustunlikka ega bo‘lgan rus armiyasi tomonidan qoʻzgʻolonchilar maʼlubiyatga uchrashadi.
Keyin Dukchi Eshon tarafdorlari bilan
Qashqarga
oʻtib ketayotganida yo‘lda qo‘lga olinadi. Sud qilinib 1898 - yil 12 - iyunda olti nafar yaqin tarafdori bilan birga qatl etiladi.
Dukchi Eshon Chigʻatoy tilida (Fargʻona lahjasida)
“Ibrat ul-gʻofilin”
nomli asar yozgan. Bu asarda diniy qoidalar eʼtibordan chetda qola boshlagani, bidʼatlar koʻpaygani bayon qilinib, ibodat masalalarida qisqacha maʼlumotlar berilgan.
Ⓜ️
anba:
“Oʻrta Osiyoda tasavvuf tarixi”
Nejdat Tosun
@AnNasr_Zakovat
Toshkent Islom Sivilizatsiyasi Markazi Kutubxonasi
@AnNasr_Zakovat
Ayrimlarning muhabbat tarixi “Assalomu alaykum, yaxshimisiz” degan so’zdan emas, jimgina kitob alishishdan boshlanadi)
@nigorabooklover