
ππ ππππ | πππππππ
#tarix
Hashshoshiylar
(hijriy 483-654, milodiy 1090-1256)
Hashshoshiylar
Saljuqiylar
sulolasi vaqtida chiqqan bir jamoa boβlib, ular Islom yurtlarining koβpchiligini qoβrqinchga solishdi. Ular oβzaro til biriktirib, tovlamachilik qilib, odamlarni qatl etishar edi. Ularning boshligβi
Hasan ibn Saboh
boβlgan. U asli fors millatiga mansub boβlib, odamlarni
fotimiylarning
yoβliga chaqirar edi.
Oβzining daβvatini Forsda hijriy 473, milodiy 1080 yilda boshlagan. U hijriy 483 (milodiy 1090) yilda
βOβlim qoβrgβoniβ
degan qalβaga ega chiqqan. U juda ham xatarli qoβrgβon boβlib, avval saljuqiylarga qarar edi. Mazkur qalβa
Qazvin
shahri,
Kaspiy
dengizining shimoli-gβarbiy tarafidagi togβlar choβqqisida joylashgan edi. Soβng ular
Fors va Suriya
yurtlarida koβpgina qalβalarni egallab olishdi. Saljuqiylar ularni yoβqota olmadilar.
Hashshoshiylarning nufuzi tobora ortib bordi. Chingiziy hukmdor
Xulaguning
vaqtida, hijriy
659 (milodiy 1261)
yilda moβgβullar ularni yoβq qilib, hamma yerlarini egallab oldi.
Mamlukiy
sultonlardan boβlmish
Biybars
ushbu firqaning β hashshoshiylarning
Suriyada
butunlay yoβqolib ketishiga sabab boβlgan shaxsdir. Bu ish hijriy 671 (milodiy 1272) yilda sodir boβldi.
Din ishlari boβyicha qoβmitaning 2023 yil 14 martdagi 03-07/1733-raqamli xulosasi
βοΈ
anba:
@islomuz
@AnNasr_Zakovat
Toshkent Metropoliteni
Zakovatchilarga koΚ»p savol
boΚ»lib tushib yoΚ»nalishlardan
@
AnNasr_Zakovat
Kuzgi Toshkent: sayr hamda uchrashuvlar uchun manzillar va gΚ»oyalar
Xazonli yoβlaklar, suv boβyidagi suhbatlar, kitob bilan oβtadigan sokin tushdan keyin yoki sayrdan soβng ichiladigan issiq qahva. Kuzda Toshkent oβzgacha tus oladi: tanish bogβlar yangi ranglarga burkanadi, shahar boβylab sayr qilish, odatda shoshilib oβtib ketiladigan joylarda toβxtab, atrofni tomosha qilish istagi paydo boβladi.
Afisha.uz
kuzni shaharning oβzida maroqli oβtkazish uchun madaniy maskanlar va dam olish gβoyalarini jamladi:
https://www.afisha.uz/uz/gorod/2026/10/15/autumn-vibe
Telegram
@AnNasr_Zakovat
https://oyina.uz/uz/article/370
@AnNasr_Zakovat
Book.uz
kitoblar doΚ»koni
Chilonzor tumani Qatortol koΚ»chasi.
Qatortol Savdo Markazi
@AnNasr_Zakovat
Hindu qoβshigβi
Choβchqa bosib ketdi mening bogβimni,
Biri-biridan oq, semiz choβchqalar.
Non soβrab yalaydi hammayogβimni,
Hech toβydim demaydi bu goβrsoβxtalar.
Yerlarga yumalab chinqirar xurram,
Payhon qilib chaman gulzorlarimni.
Buzadi, ter toβkib men neki qursam,
Kezadi muqaddas mozorlarimni.
Qanday olishayin choβchqalar bilan,
Ularning ajdarlar bilan eti bir.
Ularning tusi bir boβchkalar bilan,
Ularning kallasi bilan keti bir!...
Choβchqa bosib ketdi mening bogβimni,
Biri-biridan oq, semiz choβchqalar.
Koβppaklardek talab hammayogβimni,
Hech toβydim demaydi bu goβrsoβxtalar.
Bechora mahluq deb rahmim kelgandi,
Yomonlik yoβq edi aslo dilimda.
Bogβimni-ku vayron qilgandi, ammo
Xoβrillab gapir der mening tilimda.
E voh, choβchqalardan bezorman bu kun,
Alam gulhanida yonmoqda ichim.
Olloh, Olloh, oβzing bir chora qilgin,
Mening choβchqalarga yetmaydi kuchim.
Muhammad Yusuf
@
AnNasr_Zakovat
Dukchi Eshon
β XIX asr oxirida Fargβona viloyatidagi shayxlardan
Muhammad Ali ibn Muhammad Sobirning
taxallusidir. U 1898 β yilda
Andijonda
ruslarga qarshi boshlangan qoβzgβolonning (milliy ozodlik harakatining) yetakchisi boΚ»lgan.
1850-51 yillarda
Margβilon
yaqinidagi
Shohidan
qishlogβida jun ip yigirishga moβljallangan
βdukβ
deb nomlanuvchi yogβoch moslamani yasovchi oilada dunyoga kelgan.
βDukchiβ
nomi shundan kelib chiqqan. Yoshligida otasi uni
Samarqand
va
Buxoroga
olib borib, madrasalarda ilm olishini taβminlagan edi.
Muhammad Ali 16-17 yoshlarida Margβilon yaqinidagi qishloqda yashovchi Naqshbandiy tariqatining Mujaddidiy yoΚ»nalishi shayxi
Sulton Xon Toβraning
muridi boΚ»lgan. 26 yoshlarida shayxidan ijozat oldi.
34 yoshida
Hindistondan
dengiz yoβli bilan hajga ketadi.
Makkada
bir yil yashagach,
Mingtepa
qishlogβiga qaytdi. OΚ»sha yerda masjid, maktab, kutubxona, mehmonxona va oshxonadan iborat bir takkaxona qurdi. U 1898 - yilda
Oβsh
shahrida muridlarini va xalqni ruslarga qarshi kurashga chaqirdi.
Dukchi Eshon yonidagilar bilan birga rus askarlarining qarorgohiga hujumlar uyushtirdi, toβqnashuvlar boβldi, biroq texnologik ustunlikka ega boβlgan rus armiyasi tomonidan qoΚ»zgΚ»olonchilar maΚΌlubiyatga uchrashadi.
Keyin Dukchi Eshon tarafdorlari bilan
Qashqarga
oΚ»tib ketayotganida yoβlda qoβlga olinadi. Sud qilinib 1898 - yil 12 - iyunda olti nafar yaqin tarafdori bilan birga qatl etiladi.
Dukchi Eshon ChigΚ»atoy tilida (FargΚ»ona lahjasida)
βIbrat ul-gΚ»ofilinβ
nomli asar yozgan. Bu asarda diniy qoidalar eΚΌtibordan chetda qola boshlagani, bidΚΌatlar koΚ»paygani bayon qilinib, ibodat masalalarida qisqacha maΚΌlumotlar berilgan.
βοΈ
anba:
βOΚ»rta Osiyoda tasavvuf tarixiβ
Nejdat Tosun
@AnNasr_Zakovat
Toshkent Islom Sivilizatsiyasi Markazi Kutubxonasi
@AnNasr_Zakovat
Ayrimlarning muhabbat tarixi βAssalomu alaykum, yaxshimisizβ degan soβzdan emas, jimgina kitob alishishdan boshlanadi)
@nigorabooklover