Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

antikor_uzb
Rasmiy sahifa. ▪️ Veb-sayt: http://anticorruption.uz ▪️ Facebook: https://www.facebook.com/anticorruptionUzb/ ▪️ Instagram: https://www.instagram.com/anticorruption.uz ▪️ Youtube: https://www.youtube.com/channel/UCFLAcJYyHcpcPhHXnKddfKA
Subscribers
9 545
24 hours
-5
30 days
7
Post views
6 293
ER
65,93%
Posts (30d)
24
Characters in post
1 153
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
October 26, 12:14
Media unavailable
4
Show in Telegram

Davlatimiz rahbari tomonidan
2026-yil 22-iyunda imzolangan Qonun
bilan korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça
hududiy kengaşlarning maqomi, vakolatlari va vazifalari
ilk bor qonun darajasida mustahkamlandi.
Endilikdagi asosiy vazifa
— huquq va vakolatlardan samarali foydalaniş, hududlardagi muammolarga tizimli yeçim topiş va korrupsiyaning oldini olişga qaratilgan taşabbuslarni kuçaytirişdir.
Şu maqsadda
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi
hamkor taşkilotlar bilan birgalikda hududiy kengaşlar aʼzolarining
bilim va amaliy könikmalarini oşirişga qaratilgan treninglarning ikkinçi boqiçi
ga start berdi.
Treninglar davomida
korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlaş va baholaş, idoralararo hamkorlikni muvofiqlaştiriş, jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş
hamda
oçiq ma’lumotlardan samarali foydalaniş
masalalariga e’tibor qaratilmoqda.
Maşğulotlar doirasida
hududlardagi aniq vaziyatlar
tahlil qilinib, muammolarni hal etiş çoralari belgilanmoqda. Işlab çiqilgan takliflar Agentlikka taqdim etiladi.
Treninglar hozirga qadar
Toşkent, Farğona, Qaşqadaryo va Andijon
viloyatlarida bölib ötdi.
13-noyabrga qadar respublikaning barça hududlarida
ötkazilişi rejalaştirilgan
.
Treninglar BMT Taraqqiyot dasturi, Yevropa Ittifoqi moliyaviy kömagida, Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi bilan hamkorlikda taşkil etilmoqda.
———
Korrupsiyaga duç kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilişingizni söraymiz.
Facebook
|
Telegram
|
YouTube
|
Instagram
|
Twitter
|
Veb-sayt

October 21, 10:08
Media unavailable
1
Show in Telegram

Özbek tili — millatimiz mulki.
Uni asrab-avaylaş va boyitiş — barçamiz uçun umumiy burç.
Ona tilimizga
hurmat uning jozibasini har bir sözimizda namoyon etiş
dan boşlanadi.
Tilimiz oldidagi masʼuliyatni unutmaylik!
Facebook
|
Telegram
|
YouTube
|
Instagram
|
Twitter
|
Veb-sayt

October 20, 09:05
Media unavailable
1
Show in Telegram

Davlat fuqarolik xizmatchilari sovg‘a olishi mumkinmi?
Davlat fuqarolik xizmatchisiga xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslar
manfaatlarini ko‘zlab bajarish yoki bajarmaslik
evaziga
har qanday sovg‘a olish taqiqlanadi.
Davlat fuqarolik xizmatchisi xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan
o‘zi yoki boshqa shaxslar uchun sovg‘a so‘rashi yoki talab qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat fuqarolik xizmatchilari
xorijiy xizmat safarlari, xalqaro va boshqa
rasmiy tadbir
lar munosabati bilan sovg'a qabul qilishi mumkin.
Biroq bunday sovg‘alar tegishli tartibda
davlat organining balansi
ga topshirilishi lozim.
O‘zbekiston hududidagi xizmat safarlarida sovg‘a olish mumkin emas.
Sovg‘alar bilan bog‘liq masalalarni nazorat qilish va muvofiqlashtirish
komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi
tomonidan amalga oshiriladi.
Manba
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook
|
Telegram
|
YouTube
|
Instagram
|
Twitter
|
Veb-sayt

October 20, 05:49
Media unavailable
1
Show in Telegram

Vijdon, adolat va ishonchni manfaatga almashtirmang!
Arzimasdek tuyulgan kichik qaror ham jiddiy va tuzatib bo‘lmas oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook
|
Telegram
|
YouTube
|
Instagram
|
Twitter
|
Veb-sayt

October 17, 14:13
Media unavailable
5
Show in Telegram

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umida Tuxtasheva boshchiligidagi
O‘zbekiston delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Germaniya Federativ Respublikasida
bo‘ldi.
Tashrif doirasida Germaniya Federal ichki ishlar vazirligi, Federal adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Bundestag (parlament), Berlin prokuraturasi hamda soha ekspertlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Muloqotlar mobaynida O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan mamlakatimizda
raqamli komplayens
tizimini takomillashtirish, korrupsiyaviy
xavf-xatarlarni baholash
ning yangi mexanizmlarini joriy etish va
jamoatchilik nazorati
ni kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan so‘nggi islohotlar haqida ma’lumot berildi.
Muhokamalarda Germaniyaning
korrupsiya haqidagi ma’lumotlarni dastlabki baholash
, davlat xizmatchilariga profilaktik maslahatlar berish, shuningdek,
xabar beruvchilarni himoya qilish
bo‘yicha amaliyoti alohida qiziqish uyg‘otdi.
Uchrashuvlar yakunida bir qator kelishuvlarga erishildi.
Xususan, Germaniya Federal ichki ishlar vazirligi bilan korrupsiyaning oldini olish va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash sohalarida
tajriba almashishni davom ettirish
ga kelishib olindi.
Shuningdek, Berlin prokuraturasi bilan profilaktik mexanizmlarning huquqiy va tashkiliy asoslariga oid
amaliy materiallar almashish
, Germaniya xalqaro huquqiy hamkorlik jamg‘armasi (IRZ) bilan ekspertlik hamkorligini tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida
hamkorlik bitimini imzolas
h bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Tashrif Yevropa ittifoqi va Germaniya hukumati tomonidan moliyalashtirilayotgan texnik ko‘mak loyihasi doirasida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamkorligida tashkil etildi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook
|
Telegram
|
YouTube
|
Instagram
|
Twitter
|
Veb-sayt

October 16, 16:05
Media unavailable
3
Show in Telegram

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryo viloyati Koson tumanida “Korrupsiyadan xoli hudud” loyihasi bo‘yicha tasdiqlangan “yo‘l xaritasi” ijrosini o‘rganmoqda.
“Koson dehqon bozori”
da savdo va to‘lovlar shaffofligi, tushumlarning to‘liq hisobga olinishi hamda bozor faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi ishlar bilan tanishdi.
O‘rganish davomida bozor hududidagi barcha, jumladan, bo‘sh savdo rastalari haqidagi ma‘lumotlarni monitorlar hamda maxsus ilova orqali real vaqt rejimida
onlayn kuzatish
imkoniyatini yaratish zarurligi ta‘kidlandi.
O‘rganishlarga ko‘ra, dehqon bozorida tushumlar shaffofligini taʼminlash maqsadida 18 ta maxsus videokamera o‘rnatilib, “Raqamli bozor” platformasiga ulandi. Natijada bozor tushumlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 69,4 foizga yoki 656,8 mln so‘mga oshdi.
Koson tumani hokimligida "yo‘l xaritasi"da belgilangan vazifalar ijrosi, amalga oshirilgan ishlar hamda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tanqidiy muhokama qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook
|
Telegram
|
YouTube
|
Instagram
|
Twitter
|
Veb-sayt

October 16, 12:41
Media unavailable
1
Show in Telegram

2026-yil 5–12-oktabr kunlari
“Transparency International Latviya (Delna)” va “Transparency International Qirg‘iziston” ekspertlari ishtirokida
Toshkent shahri hamda Farg‘ona, Sirdaryo, Navoiy va Xorazm viloyatlari
da seminar-treninglar o'tkazildi.
Treninglar dasturi “O‘zbekistonda davlat boshqaruvini takomillashtirish — korrupsiyaning inklyuziv tarzda oldini olish” loyihasi doirasida
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
hamda
“Transparency International Latviya”
hamkorligida tashkil etildi.
Dastur doirasida mamlakatning
12 ta
ma’muriy-hududiy birligidan
100 nafardan ortiq
NNT vakillari qamrab olindi.
Seminar-treninglar avval hududlarda o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotlari va
“Yozgi maktab” tadbirining mantiqiy davomi
bo‘ldi.
O‘quv mashg‘ulotlarida davlat boshqaruvida
ochiqlik va shaffoflik
ni ta’minlash, jamoatchilik monitoringi,
muqobil hisobotlar
tayyorlash hamda korrupsiyaga qarshi
mustaqil ekspertiza
o‘tkazishning amaliy mexanizmlari o‘rganildi.
Xorijiy ekspertlar
xalqaro tajriba
va jamoatchilik nazoratining samarali vositalari, ularni mahalliy sharoitda qo‘llash usullari bilan tanishtirdi.
Treninglar yakunida
jamoatchilik nazorati
ni kuchaytirish, jamoatchilik kengashlari faoliyatida faol qatnashish hamda korrupsiya xavfi yuqori sohalarda
jamoatchilik eshituvlari
ni tashkil etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook
|
Telegram
|
YouTube
|
Instagram
|
Twitter
|
Veb-sayt

October 14, 05:51
Media unavailable
1
Show in Telegram

Davlat organlari va tashkilotlari qaysi maʼlumotlarni jamoatchilik uchun ochiq eʼlon qilishi shart?
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Ochiq maʼlumotlar portali hamda o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida
Ochiq maʼlumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlar ro‘yxati
tasdiqlangan.
Bugungi kunda ushbu ro‘yxatdan
43 turdagi maʼlumotlar
o‘rin olgan. Masalan:
- mansabdor shaxslarning
xizmat safarlari
va xorijdan tashrif buyurgan
mehmonlarni kutib olish xarajatlari
;
- davlat idoralari tasarrufidagi
xizmat avtomototransport vositalari, xizmat uylari
va boshqa ko‘chmas mulklar;
-
xarid komissiyasi
aʼzolari va
davlat xaridlari
;
-
bo‘sh ish o‘rinlar
, ishga qabul qilish shartlari, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va taqdim qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar;
- hududlar kesimida
“Haj” tadbirlariga borish uchun navbat
da turgan ziyoratchilarning yagona onlayn navbati;
- davlat
oliy taʼlim muassasalarining daromadlari, xarajatlari
;
-
mahalliy byudjet
ning sarflanishiga oid ko‘rsatkichlar;
- bolalarni davlat
maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilish
uchun berilgan arizalar navbati (ro‘yxati) to‘g‘risidagi maʼlumotlar
va boshqalar
.
Davlat organlari va tashkilotlarining
axborot xizmatlari hamda murojaatlar bilan ishlash bo‘linmalari
ga ochiqlikka oid qonunchilik hujjatlarining ijro etilishini o
‘z vaqtida va sifatli taʼminlash
vazifasi yuklatilgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash sohasini muvofiqlashtiradi va doimiy monitoring qiladi.
Manba
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook
|
Telegram
|
YouTube
|
Instagram
|
Twitter
|
Veb-sayt

October 13, 09:38
Media unavailable
1
Show in Telegram

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi fuqarolarning
huquq hamda manfaatlarini himoya qilish, xalq bilan muloqotni kuchaytirish va murojaatlar bilan ishlash sifatini oshirish
ga alohida eʼtibor qaratib kelmoqda.
Xususan,
joriy yilning 9 oyida Agentlikka
jami
5926 ta murojaat
kelib tushdi. Ularning
5857 tasi
ko‘rib chiqildi,
69 tas
i bo‘yicha ish jarayoni davom etmoqda.
Agentlikka
qanday murojaat qilish
mumkin?
Rahbariyatning shaxsiy qabuli
qachon o‘tkaziladi va unda qanday ishtirok etish mumkin?
Ushbu savollarga javob olish uchun videoni tomosha qiling.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook
|
Telegram
|
YouTube
|
Instagram
|
Twitter
|
Veb-sayt

October 13, 06:59
Media unavailable
1
Show in Telegram

Buxoro viloyati yoshlari Aksilkorrupsiya yoshlar kvesti
da ishtirok etishga taklif etiladi!
Ikki kunlik interaktiv dastur
yoshlarning
halollik va korrupsiyaga qarshi kurashish
bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarini mustahkamlash,
mas’uliyatini oshirish va fuqarolik faolligini kuchaytirish
ga qaratilgan.
Dastur doirasida:
31-oktabr — Bilimlar kuni.
Korrupsiya, halollik, shaffoflik, fuqarolar huquqlari va yoshlarning korrupsiyaning oldini olishdagi roliga oid
interaktiv mashg‘ulotlar;
1-noyabr — Interaktiv kvest kuni.
Jamoaviy topshiriqlar, amaliy keyslar orqali korrupsiya xavflari va firibgarlik holatlarini aniqlash bo‘yicha
bilim va ko‘nikmalar sinovdan o‘tkaziladi.
Kvest yakunida eng faol ishtirokchilar
maxsus sovrinlar
bilan taqdirlanadi.
Arizalar 2026-yil 20-oktabrga qadar qabul qilinadi.
Ro‘yxatdan o‘tish
Ishtirok etish shartlari va qo‘shimcha talablar
Tashkilotchilar:
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP), Yevropa Ittifoqi (YI), Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) va O‘zbekiston Volontyorlar Assotsiatsiyasi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook
|
Telegram
|
YouTube
|
Instagram
|
Twitter
|
Veb-sayt