Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

antikor_uzb
Rasmiy sahifa. ▪️ Veb-sayt: http://anticorruption.uz ▪️ Facebook: https://www.facebook.com/anticorruptionUzb/ ▪️ Instagram: https://www.instagram.com/anticorruption.uz ▪️ Youtube: https://www.youtube.com/channel/UCFLAcJYyHcpcPhHXnKddfKA
Подписчики
8 990
24 часа
-10
30 дней
230
Просмотры
3 053
ER
35,85%
Посты (30д)
44
Символов в посте
1 957
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
April 28, 09:27
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

Oltiariq tumanini "korrupsiyadan xoli hududga aylantirish" chora-tadbirlari ijrosi tanqidiy ko‘rib chiqilmoqda
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori
Akmal Burxanov
boshchiligidagi ishchi guruh Farg‘ona viloyati
Oltiariq tumanini “korrupsiyadan xoli hududga aylantirish”
bo‘yicha yo‘l xaritasida belgilangan vazifalar ijrosini o‘rganmoqda.
Dastlab,
“Agrobank” ATB
tuman filialida kredit mablag‘lari va subsidiyalar ajratish jarayonida shaffoflikni ta‘minlash, aholining xabardorligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi. Aniqlangan ayrim kamchiliklarni joyida bartaraf etish yuzasidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
Shuningdek, tuman
tibbiyot birlashmasi va tez tibbiy yordam bo‘limi
da o'tkazilgan o'rganishlarda tibbiyot muassasalarida vakant lavozimlarga
tanlovsiz ishga qabul qilish holatlarining oldini olish
bo‘yicha doimiy nazorat tadbirlari ijrosi yetarli darajada ta‘minlanmayotgani tanqid qilindi.
Tuman
markaziy dehqon bozori
da savdo jarayonlarini raqamlashtirish orqali yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga chek qo‘yish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish chog‘ida bir martalik yig‘imlar hamda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni
inson omilisiz amalga oshirish,
avtoturargohlar faoliyatini tartibga solish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Bundan tashqari, tumanda kadastr sohasini
raqamlashtirish, byurokratik tartib-taomillarni qisqartiris
h hamda
ochiqlikni ta‘minlash
bo‘yicha yangi mexanizmlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish masalalari mas‘ullar bilan muhokama qilindi.
O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar, xususan, yo‘l xaritasida belgilangan ayrim bandlar ijrosi taʼminlanmagani keskin tanqid qilindi.
Masʼullarga mazkur kamchiliklarni bartaraf etish,
ijro intizomini kuchaytirish va shaxsiy javobgarlikni oshirish
bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|
Telegram
|YouTube|
Instagram|
Twitter|
Veb-sayt

April 27, 09:52
Файлы недоступны
8
Открыть в Telegram

Qoraqalpog‘istonda ochiqlik va korrupsiyaga qarshi choralar samarasi o‘rganildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining o‘rinbosari
Umed Mavlyanov
rahbarligidagi ishchi guruh
Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l va Nukus tumanlarida
korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.
O‘rganishlarga ko‘ra,
To‘rtko‘l tumanini “korrupsiyadan xoli hudud”ga aylantirish dasturi
doirasida
5 yildan ortiq
vaqt mobaynida faoliyat yuritib kelayotgan
22 nafar
maktab direktori,
19 nafar
maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbari va
1 nafar
tibbiyot muassasasi rahbari rotatsiya qilindi.
“El-rizqi” dehqon bozorini raqamlashtirish natijasida oylik tushum 35 foizga (335 mln so‘m) oshdi. Davlat idora va tashkilotlarida bo‘sh ish o‘rinlarini yashirgan 18 nafar mansabdor shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilib, qatʼiy nazorat o‘rnatilishi orqali bunday holatlar sezilarli kamaygani qayd etildi.
O‘rganishlar davomida
qurilish, sog‘liqni saqlash
tizimida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan choralar tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga amaliy yordam ko‘rsatildi.
Shuningdek, ishchi guruh tomonidan
“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi
doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, nazorat tadbirlariga
“Tashabbuskor guruhlar”
jalb etilayotganiga alohida e'tibor qaratildi.
O‘rganish yakunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi yig‘ilishida tanqidiy muhokama qilinib,
masʼullarning hisobotlari eshitildi
hamda korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini yanada kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
O‘rganish doirasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi islohotlarni amalga oshirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgani uchun
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi A. Atajanov hamda To‘rtko‘l tumani hokimi I. Xudaybergenov
Agentlik direktorining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|
Telegram
|YouTube|
Instagram|
Twitter|
Veb-sayt

April 27, 06:16
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent viloyat boshqarmasi
hamda
“O‘zsuvtaʼminot” AJ komplayens xizmati
bilan hamkorlikda Toshkent viloyati Piskent tumani “Guliston” MFY hududida joylashgan “Sag‘anak”suv inshootini Piskent tuman suv taʼminoti filiali balansiga o‘tkazish obyektida bajarilgan qurilish-montaj ishlari hajmi nazorat o‘lchovidan o‘tkazildi.
O‘rganishlar davomida “Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJning Piskent tumani filiali rahbari B.K., “A.” AJ mansabdor shaxslari va boshqalar bilan oldindan jinoiy til biriktirgan holda, umumiy qiymati 3 mlrd 931,2 mln so‘mlik suv quvurlarining 3 mlrd 78,4 mln so‘mlik qismi, yaʼni jami 14 800 metrini qazib olib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlandi.
Qayd etilgan holatlar yuzasidan “Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJning Piskent tumani filiali rahbari B.K., “A.” AJning mansabdor shaxslari hamda boshqalarga nisbatan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan jinoyat kodeksining 167-moddasi uchinchi qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bundan buyon ham korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga qarshi murosasiz kurash, har bir qonunbuzilishi holati bo‘yicha jazo muqarrarligini taʼminlash qatʼiy davom ettiriladi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|
Telegram
|YouTube|
Instagram|
Twitter|
Veb-sayt

April 26, 17:27
Файлы недоступны
9
Открыть в Telegram

“Aksilkorrupsiya xakatoni – 2026”: ochiq ma’lumotlar asosida yaratilgan eng yaxshi yechimlar aniqlandi
Yosh dasturchilar uchun
korrupsiyaga qarshi kurashish yo'nalishida innovatsion va amaliy ahamiyatga ega kreativ loyihalar tanlovi — “Aksilkorrupsiya xakatoni – 2026”
yuqori ruhda yakunlandi.
Tanlovning final bosqichida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori
Akmal Burxanov
, "O‘zmetkombinat" boshqaruvi raisi
Bahodir Abdullayev
, "Sarbon" universiteti rektori
Odilbek Asqaraliyev
ishtirok etdi.
Tadbir davomida Agentlik direktori
korrupsiyaga qarshi kurashishda raqamli texnologiyalar va ochiq ma’lumotlarning ahamiyati
tobora ortib borayotganini alohida ta’kidladi:

Bugun sizlar korrupsiyaga qarshi kurashishda nafaqat muammoni ko'ra olyapsiz, balki unga aniq, texnologik va amaliy yechimlar taklif qilyapsiz. Bu biz kutayotgan
eng muhim natija
dir. Ochiq ma’lumotlarga asoslangan yondashuvlaringiz
shaffoflik
ni ta’minlaydi,
inson omili
ni keskin qisqartiradi va
jamoatchilik nazorati
ni real kuchga aylantiradi. Endi
biz uchun asosiy vazifa
— ushbu g‘oyalarni
real tizimlarga joriy etish
va ularning kundalik hayotda samarali ishlashini ta’minlashdir
,
— dedi Akmal Burxanov.
Yakuniy bosqichda
45 ta jamoa
tomonidan ochiq ma'lumotlar asosida ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlar ekspertlar tomonidan har tomonlama baholandi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra,
quyidagi jamoalar g‘olib
deb topildi:
1-o‘rin —
“Feba”
jamoasi
davlat xaridlarida korrupsiyaga qarshi kurashish
ga oid dasturiy yechim bilan;
2-o‘rin —
“Austrum”
davlat xizmatida
manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish
ga qaratilgan loyiha bilan;
3-o‘rin —
“Bright minds”
jamoasi kompyuter o‘yini orqali bolalarda
korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish
bo'yicha innovatsion yondashuvi bilan.
G‘olib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan g‘olib deb topilgan
loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni amaliyotga joriy etish va keng tatbiq qilish
ga har tomonlama ko‘maklashiladi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|
Telegram
|YouTube|
Instagram|
Twitter|
Veb-sayt

April 26, 09:23
Файлы недоступны
8
Открыть в Telegram

Yosh dasturchilar korrupsiyaga qarshi innotvatsion yechimlar taklif etmoqda
Avval
xabar
berganimizdek, ayni kunlarda “Sarbon” universitetida
“Aksilkorrupsiya xakatoni – 2026”
bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu muhim tashabbus doirasida respublikaning barcha hududlaridan
18–35 yosh
oralig‘idagi iqtidorli
IT mutaxassislar
ishtirok etmoqda.
Dastlabki bosqichdayoq xakatonga qiziqish yuqori bo‘ldi —
600 nafar
dan ortiq yosh dasturchi ro‘yxatdan o‘tdi.
Uch kundan buyon ishtirokchilar 2–3 kishilik jamoalar tarkibida
ochiq ma’lumotlar
dan samarali foydalanib
, korrupsiyaga qarshi innovatsion va amaliy yechimlar
ishlab chiqish ustida ishlamoqda.
Har bir jamoa o‘zining kreativ g‘oyasi va ilg'or tashabbuslari bilan ajralib turishga intilmoqda.
Bugun
xakatonning eng muhim —
final bosqichi
bo‘lib o‘tadi. Unda eng yaxshi loyihalar saralanib, g‘oliblar nomi e’lon qilinadi.
Tadbir jarayonlarini rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring.
Ma'lumot uchun: Bu yilgi xakaton Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan "Sarbon" universiteti, Raqamli texnologiyalar vazirligi, "Oʻzmetkombinat" AJ, IT Park hamkorligida tashkil qilinmoqda.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

April 25, 08:46
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Komplayens-nazorat bo‘linmalari faoliyati tanqidiy muhokama qilindi
Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida 2026-yilni korrupsiyaga qarshi kurashishda “favqulodda holat” deb e’lon qilingani asosida komplayens nazoratini takomillashtirish bo‘yicha ishlar holati va ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda Prezident Administratsiyasining Komplayens xizmati, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimlari, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplayens) tuzilmalari rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda sohaga oid davlat siyosatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishning 2030 yilgacha bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida korrupsiya oqibatlari bilan kurashishdan ko‘ra korrupsiyaviy omillarni barvaqt aniqlash va preventiv mexanizmlarni joriy etish orqali tizimli korrupsiyaviy holatlarni oldini olish ekanligi qayd etildi.
Qisqa vaqt ichida amalga oshirilgan ishlar natijasida yangi komplayens nazorati tizimi orqali jinoyat ishlari doirasida 4,2 trln so‘m, yashirin iqtisodiyot ulushini jilovlash hisobiga 8,5 trln so‘m miqdoridagi mablag‘larning undirilishi muvofiqlashtirilgani hamda 1,3 trln so‘mlik ortiq budjet mablag‘lari xarajatlari oldi olinganligi qayd etildi.
Shu bilan birga, ichki nazorat tuzilmalari mustaqilligi va samarali faoliyati uchun barcha zarur sharoitlar yaratilayotgan bo‘lishiga qaramay, ayrim bo‘linmalar faoliyatida hanuzgacha ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmayotgani keskin tanqid qilindi va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar ochiq muhokama qilindi.
Birinchidan
, komplayens bo‘linmalarining asosiy vazifasi korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga qaratilgan tizimli preventiv choralarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish bo‘lsada, aksariyat davlat organlari va tashkilotlari tomonidan faoliyati talab darajasida ish tashkil etilmagan.
Shuningdek, ayrim davlat organlarida komplayens bo‘linmalari qonunchilikda belgilangan minimal mezonlar asosida tashkil etilmagan.
O‘rganilgan 50 ta tashkilotning 23 tasida bu talablar bajarilmagan.
Ikkinchidan
, ayrim vazirlik va hokimliklarda nazorat tadbirlari umuman o‘tkazilmagan. Ba’zi tashkilotlarda o‘tkazilgan tekshiruvlarda esa moliyaviy qonunbuzilishlar umuman aniqlanmagan, bu esa nazorat samaradorligiga shubha uyg‘otadi.
Uchinchidan
, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha ishlar yetarlicha samara bermayapti.
Xususan, joriy yilning o‘zida manfaatlar to‘qnashuvi yo‘l qo‘yganlik bo‘yicha 105 ta ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilgan.
To‘rtinchidan
, ayrim davlat organlari tomonidan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar rasmiy veb-saytlarda o‘z vaqtida va to‘liq joylashtirilmayapti.
Beshinchidan
, komplayens tizimida kadr va tashkiliy muammolar saqlanib qolmoqda, ayrim lavozimlar uzoq vaqt vakant holatda qolmoqda.
Oltinchidan
, davlat xaridlari sohasida korrupsiya xavfining yuqoriligi saqlanib qolmoqda.
So‘nggi yillarda 800 nafardan ortiq shaxs ushbu yo‘nalishda jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Yig‘ilishda Prezident Administratsiyasining Komplayens xizmati tomonidan vazirlik va idoralar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish va komplayens tizimini natijador mexanizmga aylantirish bo‘yicha qat’iy vazifalar belgilab berildi.
Xususan, bundan buyon komplayens bo‘linmalarining asosiy vazifasi korrupsiyaviy holatlarning oldini olish ekanligi qayd etilib, ushbu bo‘linmalar faoliyati natijadorligi korrupsiyaviy omillarni erta aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha preventiv choralarni samarali amalga oshirishga qarab baholanishi belgilandi.
Shuningdek, mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan mas’ullarga nisbatan keskin choralar ko‘rilishi qayd etildi.
Yig‘ilish doirasida komplayens-nazorat bo‘linmalari rahbarlarining kun tartibidagi masalalar yuzasidan hisobotlari tinglandi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|
Telegram
|YouTube|
Instagram|
Twitter|
Veb-sayt

April 24, 05:37
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

O‘zbekiston va АQSh o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Аkmal Burxanov hamda АQSh Davlat departamentining Giyohvand moddalarni nazorat qilish va huquqni muhofaza qilish ishlari byurosi (INL) Yevropa va Osiyo boshqarmasi direktori Mark Tervakoski o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv avvalida Prezident Sh. Mirziyoev rahbarligida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan natijalar va Agentlik oldidagi ustuvor vazifalar xususida batafsil ma’lumot berildi.
Muzokaralar davomida ikki davlat o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Xususan, korrupsiya haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilish, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining 5-raund monitoringi doirasidagi tavsiyalarini amalga oshirish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash metodologiyasini ishlab chiqish kabi qator yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kuchaytirishga alohida urg‘u berildi.
Shu bilan birga, АQSh tomoni raqamli texnologiyalar va tog‘-kon sanoati sohalariga investitsiya kiritish va biznes yuritishdagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni tahlil qilish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida ilgari surilgan takliflar va yangi yo‘nalishlar doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olindi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|
Telegram
|YouTube|
Instagram|
Twitter|
Veb-sayt

April 23, 16:46
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

Jarqo‘rg‘on tumanini “Korrupsiyadan xoli hudud”ga aylantirish ishlari o‘rganildi
Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida mazkur yo‘nalishda tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturi ijrosi bilan tanishdi.
O‘rganishlar davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
- Ta’limda halollik: Tumandagi maktab va bog‘chalarda GRACE ta’lim dasturining joriy etilishi hamda “Halollik darslari” jarayoni ko‘zdan kechirildi;
- Tibbiyotdagi shaffoflik: Tuman Tibbiyot birlashmasida xizmat ko‘rsatish sifati va yaratilgan qulayliklar tahlil qilindi. Sohadagi korrupsiyaviy xavflarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullar bilan fikr almashildi;
- Raqamlashtirish va ochiqlik: Barcha sohalarda byurokratiyani qisqartirish, jarayonlarni raqamlashtirish va ochiqlikni ta’minlashning yangi mexanizmlarini joriy etish masalalari ko’rib chiqildi.
O‘rganish yakunlari bo'yicha Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi a’zolari ishtirokida viloyat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati tanqidiy muhokama qilindi.
Muhokama davomida masʼul rahbarlarning amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar bo‘yicha hisobotlari tinglandi.
Yig‘ilish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, har bir band ijrosi bo‘yicha
shaxsiy javobgarlikni va nazoratni kuchaytirish
yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|
Telegram
|YouTube|
Instagram|
Twitter|
Veb-sayt

April 21, 13:39
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Oʻzbekiston NNTlari Latviyada korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha “Yozgi maktab”da ishtirok etmoqda
Riga shahrida o‘zbekistonlik NNT vakillari uchun
korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida tashkil etilgan ilk “Yozgi maktab”
taʼlim dasturi o‘z ishini boshladi.
Mazkur dastur Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Yevropa Ittifoqi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati hamda Latviya Markaziy moliya va shartnomalar agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan
“Oʻzbekistonda davlat boshqaruvini takomillashtirish – inklyuziv korrupsiyaning oldini olish”
loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.
Taʼkidlash joizki, ushbu tashabbus Agentlik tomonidan hamkor xalqaro tashkilotlar ko‘magida fuqarolik jamiyati institutlarini korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonlariga faol jalb etish maqsadida oʻtkazib kelinayotgan oʻquv seminarlari va treninglarning mantiqiy davomi hisoblanadi.
Dasturda korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida alohida faollik va tashabbuskorlik koʻrsatib kelayotgan fuqarolik jamiyati institutlarining 17 nafar vakillari ishtirok etmoqda.
Ishtirokchilar Latviyaning korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasidagi ilgʻor tajribasi bilan yaqindan tanishmoqda.
Xususan, bugun ishtirokchilar
Korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olish byurosi, Markaziy moliya va shartnomalar agentligi
hamda
Latviya Davlat kanselyariyasi
kabi davlat idoralari faoliyati bilan tanishishdi.
Shuningdek, samarali boshqaruv va ijtimoiy sheriklik yoʻnalishlarida xalqaro ekspertlar bilan tajriba almashish imkоniyatiga ega boʻlinmoqda.
Mazkur “Yozgi maktab” dasturi fuqarolik jamiyati institutlari salohiyatini yanada mustahkamlash, ularning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi ishtirokini kengaytirish hamda xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirishga xizmat qiladi.
Tafsilotlar rasmiy sahifalarimiz orqali yoritib boriladi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|
Telegram
|YouTube|
Instagram|
Twitter|
Veb-sayt

April 21, 12:17
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashda ishtirok eting!
Prezident
qaroriga muvofiq,
davlat tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy aniqlash va baholashdan o‘tkazish belgilangan.
Agentlik tomonidan korrupsiyaviy
xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyot
i tasdiqlanib, maxsus elektron platformada baholashni amalga oshirish uchun yangi modul
yaratildi.
Joriy yil davlat tashkilotlari faoliyatidagi
135 ta
tashkilotning
10 mingdan ortiq funksiyada
korrupsiyaviy xavflar “yuqori”, “o‘rta” va “past” darajalarda baholandi va
Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestri
loyihasi shakllantirildi.
Maʼlumot o‘rnida:
Agentlik va jamoatchilik takliflari asosida har bir davlat tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturi shakllantirilib,
birinchi rahbari
tomonidan tasdiqlanadi. Dasturdan o‘rin olgan choralar yil yakuniga qadar amalga oshiriladi.
Mulohazalaringizni ushbu
havola
orqali
5-may
sanasiga qadar yuborishingiz mumkin.
Korrupsiyaviy xavflar qanchalik to‘g‘ri va xolis baholanganligi haqida sizning ham fikringiz biz uchun muhim!
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|
Telegram
|YouTube|
Instagram|
Twitter|
Veb-sayt