
PEDIATR MASLAHATI
❓
Bolajonlarga yogurtni necha yoshdan berish mumkin?
Bir yoshgacha bo'lgan bolalar uchun yogurt qo'shimcha ovqatlar tarkibiga kiradi.
Yogurt tarkibida quyidagilarni saqlaydi:
• Oqsillar
• Yog'lar
• Kalsiy va fosfor
• Prebiotik va probiotik
• A, B1, B2, B12 vitaminlari
Bolalarga yogurtni 8 oylikdan boshlab berish mumkin. Yogurtni dastlab 1 choy qoshiqdan berishni boshlang. Agar bolada hech qanday allergik belgilar aniqlanmasa, kunlik miqdorni asta-sekin oshirib borsa bo'ladi.
❗️
Sigir suti oqsiliga allergiyasi bor bolalarga yogurt berish tavsiya etilmaydi.
👉
@anvar_pediatr
👶🏻
Bolalar nega kech gapiradi?
— Bolalar odatda 1-2 yoshdan gapirishni boshlaydi. Ammo, ba‘zi bolalar 3-4 yoshga yetsa ham gapirmaydilar. Bunga sabab, jismoniy yoki ruhiy zoʻriqishlar boʻlishi, bola bilan gaplashmaslik, oiladagi ba‘zi shovqinli holatlar va boshqa shu kabi e‘tiborsizlik hamda salbiy sabablar boʻlishi mumkin.
— Bolaning tili chiqmagan boʻlsa ham unga gapiring, u bilan gaplashing. Bola sizni sal boʻlsada tushunadi, albatta. Agar sizga ma‘qul kelsa, bolangiz bilan muhim mavzularda suhbat quring.
— Shuningdek, u bilan birga harakatli oʻyinlar oʻynang, aqlni charhlovchi oʻyinchoqlar bilan uni qiziqtiring. Eng kamida u bilan bir kunda 15-35 daqiqa shu kabi mashgʻulotlar oʻtkazing.
— Agar, biz bergan maslahat va tavsiyalar samara bermasa, uni iloji boricha tezroq bolalar shifokoriga koʻrsating. Iloji boʻlsa, bolalar psixoligiga ham olib borsangiz, yaxshi boʻladi
Ps: Bolaning rivojlanishi va tarbiyasi bilan uning chaqaloqlik davridan shugʻullanish yaxshi samara beradi
👉
@anvar_pediatr
👶
Tishi chiqayotgan bolaga qanday yordam berish mumkin?
Bolani tishi yorib chiqayotganda u hamma narsani tishlagisi kelaveradi. Chunki tishlari qichishadi va birmuncha og‘riq bo‘ladi. Shuning uchun ko‘p injiqliklar qiladi.
1⃣
Bolaga dorixonada sotiladigan, tishlarni yorib chiqishiga yordam beradigan maxsus rezinalardan olib berish kerak. Eslatib o‘tamiz rezina yumshoq bo‘lishi kerak.
2⃣
Tishlarni yorib chishiga yordam beradigan maxsus gellar bor:
💊
Kalgel
💊
Dentinoks
💊
Kamistad baby
3⃣
Emizikli va kichik yoshdagi bolalarning tishlarini chiqishidagi og‘riqli holatlar, qo‘zg‘aluvchanlik, bezovtalik, quloqlardagi og‘riq, milklardagi og‘riq isitma va diareya holatlarini bartaraf qilish uchun Dentokind tablekasi qo‘llaniladi.
📌
1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1 tabletkadan 3 mahal
📌
1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 2 tabletkadan 3 mahal qo‘llaniladi.
❗️
Eslatib o‘tamiz. Yuqoridagi tabletka va gellarni faqat vrach pediatr tavsiyasi bilan qo‘llash mumkin!
👉
@anvar_pediatr
👶
Chaqaloqda nafas olayotganda xirrilash — sabablari nima?
Ko‘pchilik ota-onalar chaqalog‘i nafas olayotganda “xirrilash” yoki shovqin eshitib xavotirga tushadi. Bu har doim ham xavfli emas, lekin sababini bilish muhim.
🔍
Asosiy sabablari:
1️⃣
Tor nafas yo‘llari (fiziologik holat)
— Yangi tug‘ilganlarda burun yo‘llari juda tor bo‘ladi
— Shuning uchun eng kichik shilliq ham xirillash beradi
2️⃣
Burun bitishi (rinit)
— Sovuq tegishi yoki allergiya
— Shilliq yig‘ilishi tufayli nafas shovqinli bo‘ladi
3️⃣
Laringomalatsiya
— Hiqildoq tog‘aylari yumshoqligi
— Nafas olayotganda “xirillagan” ovoz chiqadi
— Odatda 1 yoshgacha o‘zi yo‘qoladi
4️⃣
Bronxiolit yoki infeksiya
— Virusli kasalliklar
— Xirillash + tez nafas + isitma bo‘lishi mumkin
5️⃣
Begona jism tushishi (kam hollarda)
— To‘satdan boshlanadi
— Juda xavfli holat
⚠️
🚨
Qachon shifokorga murojaat qilish kerak?
❗
Nafas tezlashsa
❗
Ko‘krak qafasi tortilib nafas olsa
❗
Lablar ko‘karsa
❗
Bola emmay qo‘ysa yoki holsizlansa
💡
Uyda nima qilish mumkin?
✔
Burunni fiziologik eritma bilan tozalash
✔
Xonani namlantirish
✔
Bolani yotqizishda boshini biroz balandroq qilish
📌
Xulosa:
Chaqaloqlarda xirillash ko‘pincha oddiy sabablar bilan bog‘liq, ammo og‘ir belgilar bo‘lsa, vaqtni boy bermang!
👉
@anvar_pediatr
👶
Bolalarda LARINGIT — nimadan bo‘ladi va qanday yordam beramiz?
Laringit
— bu ovoz boylamlari shishib, bola “hushtakdek” yo‘tala boshlaydigan holat. Ko‘pincha 6 oylik–5 yoshgacha uchraydi.
🔍
Asosiy belgilari:
🐶
Hushtakdek quruq yo‘tal
😮💨
Ovozni bo‘g‘ilishi / xirillash
🌙
Tunda yomonlashish
⭐️
Ba’zan nafas qisilishi, “stridor” ovozi
🦠
Sabablari:
—Virusli infeksiyalar (ko‘p hollarda)
—Sovuq havo
—Ko‘p baqirish, ovoz zo‘riqishi
—
Uy sharoitida yordam:
—Xonani nam ushlab turing (humidifikator)
🍵
Iliq ichimliklar taklif qiling
—Bolani tinchlantiring — vahima nafasni yanada og‘irlashtiradi
❗
Qaysi holatda shoshilinch shifokorga?
—Nafas olish qiyinlashsa
—Lablar ko‘kargan bo‘lsa
—Bola gapira olmay, faqat nafas uchun kurashayotgan bo‘lsa
Isitma 38.5°C dan yuqori bo‘lsa
👉
@anvar_pediatr
🌸
Bola necha yoshda yurishi kerak?
Bolalarning yura boshlash chegarasi 8 oylikdan 1,5 yoshgacha davom etadi. Bolaning kech yurishiga quyidagilar sabab boʻlishi mumkin:
— Genetik, yaʼni ota-onasi yoki yaqin qarindoshlari kech yurgan boʻlsa, bolaning feʼl-atvori ogʻir boʻlsa, vazni katta boʻlsa, vaqtidan ilgari tugʻilgan boʻlsa.
Agar ushbu holatlardan birortasi boʻlmasa va 20 oygacha bola mustaqil yura olmasa, ortoped hamda nevropatolog koʻrigiga olib borish kerak. Bola yurishga kechiksa, unga yordam berish zarur, majburlash kerak emas.
Belidan yoki qoʻltiq osti sohasidan ushlab, bolani yurishiga yordam berish mumkin, plastik moslama (xodunok) ham yaxshi yordam beradi, lekin xodunokni maksimum kuniga 30-40 daqiqa foydalanish mumkin.
👉
@anvar_pediatr
❗️
Bolalar maktabga chiqishdan avval qanday tibbiy ko‘riklardan o‘tishi tavsiya etiladi?
Sog‘liqni saqlash vazirligi
yangi o‘quv yili oldidan bolalarning salomatligini tekshirtirish bo‘yicha
tavsiyalar berdi
.
Avvalo
pediatr
ko‘rigidan o‘tib, bolaning umumiy holati, bo‘yi, vazni va rivojlanish ko‘rsatkichlarini baholash tavsiya etiladi. Shuningdek, ko‘rish qobiliyatini tekshirish uchun
oftalmolog,
eshitish hamda burun-tomoq bilan bog‘liq muammolarni aniqlash uchun
LOR
shifokoriga murojaat qilish kerak.
Stomatolog, ortoped
yoki
jarroh
ko‘rigidan o‘tish ham foydali. Bolaning individual holatidan kelib chiqib,
nevrolog, kardiolog, allergolog
va boshqa mutaxassislar ko‘rigi ham tavsiya etilishi mumkin.
Bundan tashqari, bolaning
taqvimgamuvofiq
emlanganini va zarur tibbiy hujjatlari joyida ekanini tekshirib olish tavsiya etilgan.
✅
Yosh bolalarda immun tizimi ishining izdan chiqqanini quyidagi holatlar orqali bilib olish mumkin:
🔸
Yil davomida kichkintoy gripp, bronxit va o‘tkir respirator xastaliklarga 5 marotaba, ba’zan undan ham ko‘p chalinsa.
🔸
Bolada kamqonlik aniqlangan bo‘lsa (qonda gemoglobin miqdorining kamayib ketishi immun tizimi faoliyatini susaytiradi).
🔸
Kasallikning tez-tez qaytalanishi hamda xastalanish kunlarining cho‘zilishi.
🔸
Ko‘z atrofining ko‘karishi, holsizlanish, kamquvvatlilik.
🔸
Gijja kasalligi va allergiyaga chalinsa (shuningdek, disbakterioz xastaligiga moyil bolalarda ham immunitet pastligi kuzatiladi).
💠
Unutmangki, muammoni vaqtida bartaraf etish bola salomatligining tezroq tiklanishida yordam beradi. Avvalo bolani pediatr ko‘rigidan o‘tkazish lozim. Uning umumiy ahvolidan kelib chiqib, maxsus tibbiy tahlillarni topshirish talab etiladi. Qon tarkibidagi turli infeksiya qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar ham jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. (Immun tizimini izdan chiqaruvchi zararli viruslarni qon tahlili orqali aniqlasa bo‘ladi.)
💭
Maslahat shuki, bola taomnomasini quvvatli sifatli mahsulotlar bilan boyiting, uni ochiq havoda tez-tez sayr qildiring. Uch yoshdan oshgan bolalarni suv havzalarida cho‘miltirib, badanini oftobda toblang, maxsus badantarbiya mashqlari bilan chiniqtiring. Fiziodavolash usullarini qo‘llab, umumiy uqalash mashqlarini (mutaxassis shifokor bilan maslahatlashib) qo‘llang.
👉
@anvar_pediatr
🦷
Bolalarda tish chiqishi kechikishi
👶
Odatda birinchi tishlar 6–8 oylikda chiqadi, ba’zi bolalarda bu jarayon 10–12 oygacha choʻzilishi mumkin — bu ham
norma
hisoblanadi.
⏳
Qachon “kechikish” deyiladi?
◾️
1 yoshga kelib birorta ham tish chiqmasa
◾️
1,5 yoshda atigi 1–2 ta tish bo‘lsa
📌
Sabablari:
▪️
Irsiy omil (ota-onada ham kech chiqqan bo‘lsa)
▪️
D vitamini yetishmovchiligi (raxit)
▪️
Kalsiy-fosfor almashinuvi buzilishi
▪️
Gipotireoz
▪️
Surunkali kasalliklar yoki ovqatlanish yetishmovchiligi
🔍
Nima qilish kerak?
✅
Pediatr ko‘rigi
✅
Zarurat bo‘lsa: D vitamini, Ca, P tekshiruvi
✅
Ovqatlanishni to‘g‘rilash
⚠️
Eslatma:
Agar bola yaxshi rivojlanayotgan bo‘lsa va umumiy holati yaxshi bo‘lsa, ko‘pincha bu individual xususiyat bo‘ladi.
👨⚕️
Har bir bola — individual. Vahimaga berilmang, lekin nazoratni ham qo‘ldan boy bermang.
👉
@anvar_pediatr
Sog‘lom bola — baxtli oila
❤️
👶
Chaqaloqda nafas olayotganda xirrilash — sabablari nima?
Ko‘pchilik ota-onalar chaqalog‘i nafas olayotganda “xirrilash” yoki shovqin eshitib xavotirga tushadi. Bu har doim ham xavfli emas, lekin sababini bilish muhim.
🔍
Asosiy sabablari:
1️⃣
Tor nafas yo‘llari (fiziologik holat)
— Yangi tug‘ilganlarda burun yo‘llari juda tor bo‘ladi
— Shuning uchun eng kichik shilliq ham xirillash beradi
2️⃣
Burun bitishi (rinit)
— Sovuq tegishi yoki allergiya
— Shilliq yig‘ilishi tufayli nafas shovqinli bo‘ladi
3️⃣
Laringomalatsiya
— Hiqildoq tog‘aylari yumshoqligi
— Nafas olayotganda “xirillagan” ovoz chiqadi
— Odatda 1 yoshgacha o‘zi yo‘qoladi
4️⃣
Bronxiolit yoki infeksiya
— Virusli kasalliklar
— Xirillash + tez nafas + isitma bo‘lishi mumkin
5️⃣
Begona jism tushishi (kam hollarda)
— To‘satdan boshlanadi
— Juda xavfli holat
⚠️
🚨
Qachon shifokorga murojaat qilish kerak?
❗
Nafas tezlashsa
❗
Ko‘krak qafasi tortilib nafas olsa
❗
Lablar ko‘karsa
❗
Bola emmay qo‘ysa yoki holsizlansa
💡
Uyda nima qilish mumkin?
✔
Burunni fiziologik eritma bilan tozalash
✔
Xonani namlantirish
✔
Bolani yotqizishda boshini biroz balandroq qilish
📌
Xulosa:
Chaqaloqlarda xirillash ko‘pincha oddiy sabablar bilan bog‘liq, ammo og‘ir belgilar bo‘lsa, vaqtni boy bermang!
👉
@anvar_pediatr