
PEDIATR MASLAHATI
🌸
Bir yoshgacha boʻlgan bolalarda kalsiy yetishmasligi belgilari:
◾️
Tishlar chiqishini kechikishi;
◾️
Liqildoqlarni oyiga mos ravishda bitmasligi;
◾️
Suyaklanish jarayonini kechikishi
♦️
Kalsiyga sutkalik ehtiyoj:
0—3 oylikda: 400 mg
4—6 oylikda: 500 mg
7—12 oylikda: 600 mg
1—3 yosh: 800 mg
3—7 yosh: 900 mg
7—11 yosh: 1100 mg
11—18 yosh: 1200 mg
◼️
Bolalar uchun kalsiyni asosiy manbalari: sut va sut mahsulotlari hisoblanadi. Agar ona suti bilan oziqlansa, onasiga qoʻshimcha kalsiy preparatlarini ichirish kerak, sut bilan albatta boradi yoki pediatr-nevropatolog tavsiyasiga koʻra bolaga (400 mg dan) ichiriladi.
👉
@anvar_pediatr
🥣
1 YOSHLI BOLA UCHUN KUNLIK MENYU
🌅
Nonushta (08:00)
Suyuq bo‘tqa (grechka / suli / sholi) – 150 ml
Yarimta qaynatilgan tuxum yoki tvorog – 2-3 choy qoshiq
Meva pyuresi – 2-3 qoshiq
🍎
1-oraliq ovqat (10:00)
Bananning yarmi yoki olma pyuresi
Kefir yoki yogurt – 100 ml
🍲
Tushlik (13:00)
Sabzavotli sho‘rva (kartoshka, sabzi, kabachki) – 180–200 ml
Go‘sht pyuresi (mol/yoki tovuq) – 30–40 g
🍗
Nonning kichik bo‘lagi
🍪
2-oraliq ovqat (16:00)
Pechenye + kompot
Yoki kichik sendvich: non + tvorog
🍛
Kechki ovqat (19:00)
Sabzavotli pyure yoki bo‘tqa – 150 ml
Bug‘da pishirilgan kotletka – 25–30 g
🍼
Uxlash oldidan (21:00)
Sut yoki formulasidan – 120–150 ml
🔎
MUHIM MASLAHATLAR
◾️
Tuz va shakarni minimal miqdorda ishlating
❗
◾️
Qovurilgan ovqatlar hali mumkin emas
◾️
Yangi mahsulotni 2-3 kunda bittadan kiriting
◾️
Suv – kuniga 300–500 ml
👉
@anvar_pediatr
👶
Bolalarda LARINGIT — nimadan bo‘ladi va qanday yordam beramiz?
Laringit
— bu ovoz boylamlari shishib, bola “hushtakdek” yo‘tala boshlaydigan holat. Ko‘pincha 6 oylik–5 yoshgacha uchraydi.
🔍
Asosiy belgilari:
🐶
Hushtakdek quruq yo‘tal
😮💨
Ovozni bo‘g‘ilishi / xirillash
🌙
Tunda yomonlashish
⭐️
Ba’zan nafas qisilishi, “stridor” ovozi
🦠
Sabablari:
—Virusli infeksiyalar (ko‘p hollarda)
—Sovuq havo
—Ko‘p baqirish, ovoz zo‘riqishi
—
Uy sharoitida yordam:
—Xonani nam ushlab turing (humidifikator)
🍵
Iliq ichimliklar taklif qiling
—Bolani tinchlantiring — vahima nafasni yanada og‘irlashtiradi
❗
Qaysi holatda shoshilinch shifokorga?
—Nafas olish qiyinlashsa
—Lablar ko‘kargan bo‘lsa
—Bola gapira olmay, faqat nafas uchun kurashayotgan bo‘lsa
Isitma 38.5°C dan yuqori bo‘lsa
👉
@anvar_pediatr
✅
Yangi tug‘ulgan chaqaloqlarda jismoniy ko‘rsatkich normalari (Oy kuni yetib tug‘ulgan chaqaloqlar uchun)
1.Tana uzunligi normada - 46-56 sm(1 yoshda 74-76sm)
2.Tana vazni normada - 2500-4000g(6 oylikda 7300-8800g, 1 yoshda 9700 - 11200g )
3.Bosh aylanasi normada- 34-36 sm(1 yoshda 46-48 sm)
4.Ko‘krak aylanasi normada - 33-35 sm(1 yoshda 48-50sm)
👉
@anvar_pediatr
“Liqqildoqning erta yoki kech bitishi – D vitamini yetishmovchiligining asosiy belgisi emas.”
Ko‘pchilikda “liqqildoq kech yopilsa – D vitamini kam”, “erta yopilsa – ortiqcha” degan tushuncha bor. Aslida esa:
✔️
Liqqildoqning yopilish vaqti har bir bolada fiziologik farq qiladi
✔️
Genetika, bosh shakli, tug‘ilish muddati bunga ta’sir qilishi mumkin
✔️
D vitamini yetishmovchiligi, raxit tashxisi faqat liqqildoq bilan belgilanmaydi
❗️
D vitamini yetishmovchiligi quyidagi belgilarda ko‘proq namoyon bo‘ladi:
– Tez charchash, asabiylik
– Mushak zaifligi
– Kech yurish, o‘tirish
– Kunduzgi terlash, ayniqsa ensada
– Suyaklar deformatsiyasi, O yoki X shaklli oyoq
📌
Xulosa: faqat liqqildoq yopilishiga qarab “D vitamini yetishmayapti” deb aytib bo‘lmaydi. Shifokor ko‘rigi va laborator tekshiruv zarur.
Mushtariy Maʼmuriy
👉
@anvar_pediatr
🌸
Bolangiz sarg‘ayib qoldimi?
Darrov “sariqlik” deb qo‘rqmang!
–Ba’zan bu holat
soxta sariqlik (karotin sariqligi)
bo‘lishi mumkin
❓
Nimadan bo‘ladi?
— Juda ko‘p
sabzi, qovoq, mango, papayya
yeyilganda
— Hatto
ismaloq, brokkoli, yashil loviya
ham sabab bo‘lishi mumkin
💡
Qanday farqlanadi?
◾️
Ko‘z oqi o‘z holicha oq bo‘ladi
◾️
Siydik rangi o‘zgarmaydi
◾️
Sarg‘ayish asosan
burun uchi, kaft va tovon
da paydo bo‘ladi
⭐️
Bu holat
xavfli emas, davolash shart emas.
Faqat ovqatlanishni biroz muvozanatlashtirish kifoya.
👉
@anvar_pediatr
Bolalarda boʻy uzunligi va vazn normasi
👉
@anvar_pediatr
🌸
Bola emayotganda ko'krakni tortib olish sut kamayishiga olib keladi.
⭐️
Bu xatoni asosan 2-3 oydan keyin emizilayotganda amalga oshirilsa ayolda sut ishlab chiqarilishiga ta'sir ko'rsatadi.
⭐️
Chaqaloq ilk oyida tez-tez emishi mumkin, chunki uning me'dasi kichik va uzoq emib charchaydi, shuning uchun oz-oz tez-tez emadi. Shunda ona ko'kraklarida sut qismlanmaydi.
⭐️
2-oydan keyin bola uzoqroq emib, emish orasi ham 2-3 soatga yetishi mumkin. Shunda ona suti qismlanadi:
1. Old qism suvli:
oqsil, uglevodga boy, suvda eruvchi vitaminlar saqlaydi.
2.
Orqa qismi yogʻli
: yog'da eruvchi vitaminlarni o'z ichiga oladi.
⭐️
Aynan uyqusida emayotganida ona shunchaki soska qilib yotibdi deb, ko'krakdan chiqarsa orqa sutning bir qismi qolib ketadi va bosh miyaga impuls boradi: "keyingi safarga ozroq sut ishlab chiqarilsin" deganday.
⭐️
Orqa sut quyuqligiga bola yutganida ham ovoz kelmaydi, shuning uchun qachon bola emishni o'zi to'xtatib chiqarishini kutish lozim.
👉
@anvar_pediatr
🧒
Bolalarda ishtahasizlik — eng koʻp uchraydigan holat
Ishtaha pasayishi har doim ham kasallik belgisi emas. Ba’zan bu yoshga xos fiziologik jarayon bo‘lishi mumkin.
🟡
Eng ko‘p uchraydigan sabablari:
🍽️
1. Noto‘g‘ri ovqatlanish rejimi
Doimiy tamaddi, shirinliklar, shirin choy — asosiy ovqatga joy qoldirmaydi.
😷
2. Infeksiyalar (virus, bakteriya)
Gripp, shamollash, angina, ichak infeksiyalari vaqtida ishtaha pasayishi normal.
🦷
3. Tish chiqishi
💤
4. Yetarlicha uxlmaslik va rejim buzilishi
💊
5. Temir tanqisligi (anemiya)
Bolada rang oqarishi, tez charchash, ishtaha past bo‘lsa — temir tekshirtirish zarur.
🚫
6. Ovqat texnikasi xatolari
🟢
Qachon xavotirlanish kerak?
—Vazni 1–2 oy davomida oshmayotgan bo‘lsa
—Kuchli zaiflik, uyquchanlik bo‘lsa
—Qusish, ich ketishi qo‘shilsa
❗️
Bu holatda pediatr ko‘rigiga olib borish kerak.
🌟
Nima qilish kerak?
—Shirin va gazli mahsulotlarni kamaytirish
—Ovqat orasida kamida 2,5–3 soat tanaffus
—Sog‘lom uyqu va kundalik rejim
—Temir, D vitamini tekshirtirish
👉
@anvar_pediatr