
𝙈𝙖'𝙣𝙤𝙡𝙞 | 🇺🇿
Ba’zan insonning muammosini hal qilishdan oldin, uning dardiga quloq tutish kerak. Men ham shunday paytlarda birovning yonida bo‘lishni istayman. U gapiradi — men tinglayman. Hukm qilmayman, ustidan xulosa chiqarmayman. Shunchaki yonida bo‘laman.
Agar qo‘limdan kelsa, bir-ikki maslahat beraman. Ammo uning o‘rniga qaror qabul qilmayman. Chunki har bir inson o‘z yo‘lini o‘zi bosib o‘tadi.
Menga doim nolishning o‘zi emas, undan chiqish uchun harakat qilayotgan inson yaqinroq. Dardni aytish mumkin, ammo dard ichida uy qurib olish kerak emas.
Ehtimol, ba’zan insonning bizdan kutgani yechim ham emasdir. Balki uni hukm qilmaydigan, gapini bo‘lmaydigan va “men seni tushunishga harakat qilyapman” degan sukutning o‘zi kifoyadir.
Qalbga yaqin bo‘lish — uning yukini o‘z zimmangga olish degani emas. Ba’zan eng katta yordam — insonni o‘zini va Robbisini yana eslashiga sabab bo‘ladigan bir og‘iz yaxshi so‘zdir.
Shuning uchun kimdir dardini aytib kelsa, imkon qadar uni yengil qaytaring. Chunki siz uning hayotini o‘zgartira olmasligingiz mumkin, ammo bir og‘iz samimiy so‘z bilan uning og‘ir kunini biroz yengillashtirishingiz mumkin.
Men esa shunchaki shunday inson bo‘lishni istayman: yoniga kelgan odam o‘zini begona his qilmaydigan, savol berishdan uyalmaydigan va dardini aytishdan qo‘rqmaydigan bir suhbatdosh.
Qolganini esa har kim o‘z yo‘lida, Allohga tomon yuzlanib hal qiladi.
*kr77ru
Bas,
Robbingizning qaysi nе’matlarini yolg‘on dеya olursiz?!
Rohman surasi
...agar qalbingiz va ruhingizning qanchalik ulug‘ ne’mat ekanini anglaganingizda edi, uni hech qachon qadrsizlantirmagan bo‘lardingiz.
Insonning eng yashirin fazilatlaridan biri — hech qanday sabab yoki manfaat kutmasdan, kimdir haqida qayg‘ura olishidir. Shunchaki uning yonida bo‘lishni, kerak paytda qo‘llab-quvvatlashni va qalbingizdagi mehrni unga bera olishni xohlaysiz.
Hayotdagi hamma narsa vaqtinchalik. Har safar yomg‘ir yog‘ganda, bilasizki, ertami-kechmi u albatta to‘xtaydi. Har safar sizga og‘riq yetkazishganda, vaqt o‘tib yara bitadi. Zulmatdan keyin esa doimo yorug‘lik keladi — har tong buni sizga yana bir bor eslatadi. Shunga qaramay, ba’zan tun hech qachon tugamaydigandek tuyuladi. Ammo unday emas. Og‘riq ham abadiy davom etmaydi.
Agar ayni damda hammasi yaxshi bo‘lsa — undan bahra oling.
Har bir lahza sizga yangi boshlanish va yangi yakun beradi. Har bir soniyada sizga yana bir imkoniyat beriladi. Shunchaki, undan foydalaning.
Men hayotimdagi vaziyatlarni, ichki kechinmalarimni va xayollarimdagi janglarni so‘zlar orqali yoritishga harakat qilaman. Balki kun kelib, aynan men boshdan kechirgan holatga duch kelgan inson bu yozuvlarni o‘qib, o‘ziga qandaydir foyda, saboq yoki tasalli topar. Agar mening boshdan kechirganlarim kimningdir yo‘lini biroz bo‘lsa-da yoritishga xizmat qilsa, demak, ularning yozilganidan ma’no bor.
@kr77ru
Avvallari men shunday deb o‘ylardim:
agar inson ketib qolsa yoki izsiz yo‘qolsa, baribir bir kun seni topadi. Sen bilan qandaydir aloqa o‘rnatadi va albatta hayotingga qaytadi, faqat biroz keyinroq. Shunda qalbingda kichkina, ammo nihoyatda yoqimli bir umid paydo bo‘ladi.
Ammo vaqt o‘tishi bilan buning hammasi aslida behuda bo‘lganini anglaysan. O‘z xayolingda bergan va’dalaring va qilgan umidlaring yillarga cho‘zilib ketadi. Sen esa o‘sha yillarni faqat shunga — aslida kerak bo‘lmagan eng og‘ir yukni ko‘tarishga sarflaysan. Xotiralar va oxiri yomon tugashi mumkin bo‘lgan kutishga umringni berib qo‘yasan.
Insonlar jim va kutilmaganda ketib qolishi mumkin. Buning oldida hech qanday taqiq yo‘q. Bu — har bir insonning o‘z shaxsiy qarori. Ular bu qarorni o‘zlari tahlil qiladi va oxir-oqibat: “Shunday qilganim yaxshiroq bo‘ladi”, degan xulosaga keladi.
Qalbingni oʻrinli umid bilan bogʻla...
Va o‘zlashtirgan eng muhim sabog‘im — hech narsaga majburlamaslik. Na suhbatga, na sevgiga, na e’tiborga, na do‘stlikka.
Majburlab yoki zo‘rlab erishilgan hech narsa aslida u uchun kurashishga arzimaydi. Sodir bo‘lishi kerak bo‘lgan narsa — sodir bo‘ladi. Barham topishi kerak bo‘lgan narsa — barham topadi. Bu — bor haqiqat, va shunday bo‘lishi kerak.
Tan oling!
Bizni asosan muntazam kuzatuvchilar shunchani tashkil qilarkan
😌
Foton darajasida sezgirlik:
To‘liq qorong‘ilikda inson ko‘zi bor-yo‘g‘i 5 dan 14 tagacha bo‘lgan fotonni (nur zarrachasini) ilg‘ay oladi. Bu degani, ideal sharoitda va mutlaq qorong‘ida ko‘zimiz taxminan 48 kilometr uzoqlikda yonayotgan mitti sham nurini ko‘ra oladi.