
𝙈𝙖'𝙣𝙤𝙡𝙞 | 🇺🇿
Ҳадислардан бирида ҳаё ҳақида шундай дейилган:
“Албатта, ҳар бир диннинг хулқи бўлади. Исломнинг хулқи ҳаёдир”
https://youtu.be/fUcirUaM6Ok?si=noHlFJ1swW9ArYEN
Kechagi dilkashlar bugun begonadek...
Aytarim ko‘p-u, alamlar pinhonadek...
Eh, do‘stlar, bunchalar tez o‘tar bari...
Zabonlar sukutda, qalbimiz dilporadek...
* * *
Kecha bir piyola choy ustida tunlarni tongga ulab dardlashgan,
ko‘zlaridan taskin, sukutidan ma’no uqqan insonlar bugun bir-biriga salom berishga ham bahona izlab qolarkan. Eng og‘iri — bir paytlar seni hammadan ko‘ra yaxshiroq tushungan qalbga bugun ichingdagi bir og‘iz so‘zni ham sig‘dira olmasligingdir.
Shunda anglaysan:
vaqt faqat kunlarni emas, ba’zan insonlar orasidagi samimiy mehr va yaqinlikni ham asoratsiz olib ketishga qodir ekan.
Jaloliddin Yusuf
BU VIDEODAN KEYIN "RAHMAT" AYTASIZ MENGA...