Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Ақлий ва нақлий илмлар

aqliy_va_naqliy_ilmlar
Канал араб тили илмлари, мантиқ, фиқҳ ва усули, ақида, ҳадис ва тафсир каби ақлий ва нақлий илмларга оид дарсларни ҳанафий йўналишда Аллоҳ муяссар қилганича тақдим этиб боради. @avan_ilmlar @aqliy_va_naqliy_ilmlar
Subscribers
2 293
24 hours
4
30 days
5
Post views
806
ER
35,15%
Posts (30d)
4
Characters in post
981
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Religion and Spirituality
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 18, 19:40
Media unavailable
1
Show in Telegram

Kelasi videoda XARIDA kitobi haqida gap aytilgan va ko'plab ahli sunna imomlariga nisbatan salbiy qarash shakllanib qolgan aka-ukalarimga nasihatim, bu kabi kitoblar haqida ig'volar tarqatiladi, u ig'volarga uchib qolmay aqlingizni xoli, sof holida , yomon gumonlardan xalos etgan holda bu kabi kitoblar bilan tanishib chiqing. Ko'p foydali ilmlar va haqiqatlarni kashf etasiz.
O'qing, izlaning. Sizga tayyorlab berilgan xulosani emas, o'zingiz izlanib ham ta'kidlab oling xuosalarni.
Bu kabi kitoblar haqida aytilgan gaplarni nohaq ekanini ko'rsangiz istihola qilmay rad etish diniy burchingizdir, ulamolarni irzi (obro'yini) himoya qiling. Zero mo'min odamga mo'min odamni himoya qilish lozimdir, ulamo bo'lsachi?! Batariqi avlo!
Va billahit tavfiq!

October 18, 19:40

Kelasi videoda XARIDA kitobi haqida gap aytilgan va ko'plab ahli sunna imomlariga nisbatan salbiy qarash shakllanib qolgan aka-ukalarimga nasihatim, bu kabi kitoblar haqida ig'volar tarqatiladi, u ig'volarga uchib qolmay aqlingizni xoli, sof holida , yomon…

October 07, 08:46
Media unavailable
1
Show in Telegram

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh.
Qadrli yurtdoshlar, ahboblar, va'da qilganimizdek, darslarga kirishdik. Qisqa bo'lsada bugun birinchi videoni tayorlab joylashga muvaffaq bo'ldik. Endi biroz tezlatishga ham harakat qilamiz, videolar qisqa-qisqa zeriktirmaydigan bo'lishiga harakat qilamiz.
Darslardan foydalaning layk va ijobiy izohlar bilan qo'llab quvvatlab turing, Alloh sizni ham qo'llasin!
Darslar quyidagi platformalarda berib boriladi:
🛒
https://youtu.be/Xq_4-w_mTKM?si=_TxmmaSNnamqu1z4
1⃣
https://www.instagram.com/reel/DeK9GcYsLyE/?stkn=aTFkeGFzeGF4MQ==
1⃣
https://www.facebook.com/share/v/1GiJZqTKjE/?mibextid=wwXIfr
1⃣
https://vt.tiktok.com/ZSbq8HLnn/
📱
https://www.threads.com/share/BAbE9Oq8mj/
😎
https://x.com/r_hanafiy/status/2107743031243800737?s=46
Alloh tavfiq egasidir!

October 06, 12:32
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🔊
Yangi silsilaviy darslar: Mashhur
"Istivo Ma'lumdur" – kitobi bo'yicha olib boriladi.
Kitob e'lon rasmida aks etgan.
Bizning ushbu darslarimizdan maqsad – ummat g‘ami bilan yashash, uning yakdilligini ta’minlash va zimmamizdagi ilmiy omonatni Alloh oldida ado etishdir. So‘nggi davrlarda ayrim masalalarning noto‘g‘ri talqin qilinishi natijasida musulmonlar bir-birlarini bid’at va zalolatda ayblashlari, ixtiloflarni chuqurlashtirish holatlari ko‘payib bormoqda.
Bu kursda biz aynan Allohning Ism va Sifatlari mavzusida paydo bo‘lgan tafovutlarni ilmiy yondashuv bilan yoritamiz. Salaflar va keyingi ulamolarning qarashlarini tahqiq qilamiz hamda bu boradagi ixtilof qat'iy emas, zanniy masalalardan ekanini yoritamiz.
Xususan, Ibn Taymiyya rahimahulloh tomonidan ilgari surilgan taqrirlarga va jumhur ulamolarning yondashuviga ilmiy mezonlar bilan nazar tashlaymiz. Bu masalada jumhur ulamolar orasida ikki xil qarash bo‘lsa-da, aslida ular Ahli Sunnat val Jamoat doirasida bo‘lib kelganini ko‘rsatamiz.
📖
Darsda siz nimalarni o‘rganasiz?
✅
Ism va sifatlar borasida Salaf va xalaf ulamolarining manhajlari
✅
Ibn Taymiyya rahimahullohning yondashuvi va jumhur ulamolar qarashlari
✅
Bu masalalar qanday qilib ummatni bo‘lish emas, balki birlashtirishga xizmat qiladi
✅
Ixtilofni qanday to‘g‘ri tushunish va unga munosabat
📌
Dars kimlar uchun?
📌
Arab tilini bilgan bilmagan barcha musulmonlar uchun
📌
Islomiy ilmlar bilan shug‘ullanayotgan har bir musulmon
📌
Dinni chuqurroq anglashni istagan talabalar
📌
Ummatni birlashtirish yo‘lida ilmiy dalillarga asoslangan tushunchaga ega bo‘lishni istaganlar
📚
Darslar ij. tarmoqlarimizda ommaga taqdim etiladi!
Inshaalloh, darslardan barchangiz foydalanishingiz mumkin.
🎓
Ijoza olish shartlari:
▫️
Maxsus guruhga qo‘shilish —
100 000 so‘m
▫️
Darslarni tinglab, har bir dars ostida
«eshitdim»
deb izoh qoldirish
▫️
Izohlarni
Instagram, Facebook, TikTok va YouTube
sahifalarimizda qoldirib borish
▫️
Darslar yakunida
elektron shaklda ijoza
beriladi
✨
Ilmni tinglang, o‘rganing va ijoza bilan yakunlang!
📩
Faoliyat guruhiga o'tish uchun h
oziroq murojaat qiling, telgram:
@Amaliymaaliy

September 09, 15:52
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

📣
XUSHXABAR!
📚
AQİDA ILMIDA YANGİ KURS!
🚀
YANGİ BOSQİCHNI BOSHLAYMIZ!
❓
Aqidani qayerdan va qanday tartibda o‘rganish kerak?
❓
Bir kitobdan ikkinchisiga tasodifiy o‘tib ketmasdan,
bosqichma-bosqich ilm hosil qilish mumkinmi?
Albatta!
📖
Shaksiz, ta’lim barcha ilmlarda
manhaj va pog‘ona
bilan olib boriladi. Aqida ilmida ham talabani noldan boshlab yuqori saviyagacha olib boradigan
tizimli dastur
tuzdik.
0⃣
NOL BOSQICH — ASOS DARAJASI
Bu bosqichda arab tilini bilgan ham, bilmagan ham qatnashishi mumkin.
Ahli sunnat val jamoat e’tiqodi
Imom Abu Hanifa rahimahullohning asarlari asosida
, Imom A’zam Abu Hanifa rahimahullohgacha tutashgan sanad bilan ishonchli va mo‘tabar tarzda o‘rganiladi.
1⃣
BIRINCHI BOSQICH — BOSHLANG‘ICH
Aqidada mubtadiylar (boshlovchilar) bosqichi.
Talaba biroz arab tilini o‘rganib, tarjima qilishga qodir bo‘lgan davrda ushbu bosqichga o‘tiladi.
Bu bosqichda aqida matnlari
sharhlari bilan birga
o‘rganiladi.
Masalan:
📘
Tahoviyya matnining qisqa va o‘rtacha sharhlari
📘
Bad’ul amoliyning shu darajadagi sharhlari
2⃣
IKKINCHI BOSQICH — O‘RTA
Hanafiylar metodi asosida bir qator asarlarni o‘rganib chiqqandan so‘ng, Ahli sunnat val jamoatning boshqa mazhab ulamolari metodlari bilan ham tanishib boriladi.
Ikki metod ham
Ahli sunnat val jamoat doirasidadir.
Bu uslub talabaga turli metodlarni tushunish va islomiy ilmiy merosimizdan imkon qadar keng foydalanish imkonini beradi.
📚
Bu bosqich:
— Xarida sharhlari
— Javhara sharhlari
— Sanusiyotlar
orqali amalga oshiriladi.
3⃣
UCHINCHI BOSQICH — YUQORI SAVIYA
Bu bosqichda har ikkala metodda yozilgan
katta kitoblar va buyuk mualliflarning asarlari
o‘rganiladi.
Shu tarzda ilmlarimizni puxtalab, o‘qiladigan asarlar va kitoblarning o‘rinlarini mutolaa bilan to‘ldirgan holda, Allohning xohishi bilan, oldinga ildamlab boraveramiz.
📚
ANA SHU TIZIM ASOSIDA NAVBATDAGI KURSIMIZNI BOSHLAYMIZ!
🌟
Imom Mulla Ali Qoriy rahimahullohning islom dunyosida, ayniqsa, o‘zimizning diyorlarda mo‘tabar sanalgan:
📋
“BAD’UL AMOLIY” SHARHI — “ZAV’UL MAOLIY”
kitobidan darslar boshlanadi.
📍
Kursimiz yuqoridagi bosqichlardan
1⃣
— BIRINCHI, YA’NI BOSHLANG‘ICH BOSQICHGA KIRADI.
Bu — aqida ilmini tartibli va bosqichma-bosqich o‘rganishni istaganlar uchun muhim qadamlardan biridir.
📚
Ushbu asosga binoan Imom Abu Hanifa rahimahulloh asarlaridan ham kurslar tashkil qilib qo‘ydik. Bundan keyingi bosqichlarni ham kurslar tashkil qilib to‘ldirib borishni reja qilganmiz.
🤲
Alloh bunga go‘zal va oson muvaffaq aylasin!
📝
KURS TARTIBI
🎙
Darslar:
jonli chat orqali
👨‍🏫
Ustoz:
Rahmatulloh Hanafiy
▫️
Boshlanish: 16.09.26
⏳
Davomiyligi:
taxminan 2 oy
📅
Haftasiga:
3 marta du-chor-jum soat 20:40 (uzb)
📚
Vazifalar:
berib boriladi
📝
Test va imtihonlar:
o‘tkaziladi
🎓
Kursni muvaffaqiyatli yakunlaganlarga
muallifgacha yetib boradigan sanad bilan ijоza
beriladi.
💰
Kurs to‘lovi:
oyiga 385 000 so‘m.
📩
Kursda qatnashish uchun murojaat manzili:
@Amaliymaaliy

September 06, 11:51
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Таҳовий_ақийдаси_шарҳи
4 ‐ Матннинг кириш қисми шарҳи

September 06, 11:50
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Таҳовий_ақийдаси_шарҳи
3 - Муаллифнинг муқаддимаси

September 06, 11:30
Media unavailable
1
Show in Telegram

#ТАФСИР
#РОВАИУЛ_БАЁН
25 - Намозда қиблага юзланиш. 7-10-латиф маъноси, 1-2-шаръий хукмлари

September 06, 11:28
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Тафсири_Жалолайн
Фуссилат сураcи 1‐ 29 оятлар тафсири

September 05, 11:07
Media unavailable
1
Show in Telegram

Gap dinni olish kayfiyatini isloh qilishda, o'tmishdan kelajak uchun ibrat olishda, masalaning hukmini ochiqlashda emas.
Ajibda! Paypoqqa mash tortishda juda ham ko'p insonlar hadis bor ekan, shayx falonchiy sunnatga ergashadi i, hadisdan gapiradi, ularniki to'g'ri bo'ladi degan xayolda, yaxshi niyyatda ergashishdi va fuqaholarni hamda ularga ergashganlarni go'yo mazhabchi yoki adashgan , yo dalillari zaif degan tassurotda bo'ldilar , to'g'rirog'i shu taasurotga solindilar va hali ham yo'q emas bunaqangi musulmonlarni onglari bilan o'ynashayotgan va ularning aqllari va zehniyatlariga xiyonat qilayotganlar.
Paypoqqa mash tortish masalasi, ibrat olinadigan bir far'iy masaladagi namuna xolos, boshqa mavzularda (ayniqsa aqoid masalalarida) ham siz azizlar ongingiz va diningizni qo'shqo'llab topshirib qo'yishdan oldin shoshilmaslik dolzarbligini bildiradi, zero bu yaqinlarni bir biridan uzoqlashtirishi yoki jonlarni nohaq halol sanashga olib borishi mumkin bo'lgan juda xatarli masalalar.
Bu ish hadis ilmidan kelib chiqib nazar solinsa ham, fiqh ilmidan kelib chiqib qaralsa ham joiz emasligi oddiy va ravshandir.
Keling hadis ilmidan kelib chiqib nazar solaylik:
"Paypoqlarga yoki paypoqlariga mash tortdi" Mug'iyra ibn Sho'ba hadisini yolgi'z Huzayl ibn Shurahbiyl, u yolg'iz Abu qaysdan rivoyat qiladi. Bu ikki roviy siqa (ishonchli) Sahih Buxoriy roviylaridan, lekin bu ikki siqa (ishonchli) o'zlaridan ko'proq siqalarga (ishonchlilarga) xilof tarzda rivoyat qildilar. Hamma siqalar (70 tagacha) bu hadisni "mahsilarga / mahsilariga mash tortdilar" deb keltirganlar.
Jamoat yo'lg'izdan ko'ra yodda saqlashda va ularni muqaddam qilishga loyiqroqdir.
Hadis ilmida bunday hadisni "shoz" deyiladi va bu zaif hadisga kiradi. Muqobilidagi hadis esa "Mahfuz" deyiladi.
Zaif hadisning hukmi, hukmlarda amal qilinmaslikdir. Bu o'rin hukm o'rnidir, amallar fazilatiga qoir o'rin emas.
Demak hadis ilmidan kelib chiqib qarasak paypoqqa mash tortish hadisi zaif bo'lib unga amal qilish durust bo'lmaydi.
Endi fiqhan qaraymiz: moqdomiki amal qilishga yaraydigan hadis bo'lmagach, fuqaholar bu masalaga mahsi masalasidan kelib chiqib qarashdi. Ya'ni mahsiga boshqasini qiyos qildilar. Agar oyoqqa kiyiladigan narsa mahsini shartlariga tushsa bo'laveradi. Qadimda ham paypoq degan narsa mahsiga o'xshgan qalin narsaladan tayorlangan. Ammo kunimizdagi paypoqlarni mahsiga qiyos qilib bo'lmaydi.
Hadisga suyanaman (unda paypoqlar kalimasi kelgan, shuni o'zi yetadi menga, fuqaholaringni qiyos piyosi, "o'zlari chiqargan ta'villari", "dinni aylantirishlari" bilan ishim yo'q) degan kishi zaif hadisga suyangan bo'ladi. Bu hadis esa muhaddislar nazdida "shoz"(zaif), amal qilinmaydgan hadisdir.
Vallohu a'lam!
R. Hanafiy
05.09.26.