Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Baytul ilm

arabictadriys
Maqsadimiz: ✔️ Arab tiliga doir darslar ✔️ Arab tiliga oid foydali kontentlar va materiallar ✔️ Ko'proq arabcha kitob o'qish va unga targ'ib qilish ✔️ Shaxsiy fikr va tajribalarni bo'lishish Murojaat uchun: @Mutarjimarabiy Manba ko'rsatilsin!
Subscribers
2 772
24 hours
3
30 days
2
Post views
795
ER
28,68%
Posts (30d)
16
Characters in post
634
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Language Learning
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 18, 15:35

https://www.youtube.com/watch?v=S7jeUkW2ikc

October 18, 15:34

https://www.youtube.com/watch?v=S7jeUkW2ikc

October 17, 16:20

Sening qoʻlingdan bir ish kelgani uchun muomala qiladiganlar oʻsha ish qoʻlingdan kelmay qolishi bilanoq seni tark etadilar. Shu bois har ishing faqat Alloh uchun boʻlsin.
إن الذين يتعاملون معك لأنك تحسن القيام بعمل ما، قد يتركونك إذا لم تعد قادرا على القيام به؛ لذلك، اجعل كل أعمالك خالصة لوجهه.

October 14, 15:17
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

ℹ️
«KEYINROQ BOSHLAYMAN»
DEYAVERIB YILLAR BEMAZMUN OʻTGANI YETMAYDIMI?!
💬
Arabcha matnni ko'rganda to'xtab qolasizmi? Arab tili qoidalarini misollar bilan bilishni xohlaysizmi?!
📚
«Durusun Nahviyya»ning 2-kitobi bo'yicha nahv kursimiz aynan shu to'siqni parchalab tashlaydi.
Kurs haqida:
👨‍🏫
Ustoz:
MUHAMMADALI MARĞILONIY
🗓
Muddati: ±1 Oy
☀️
Haftada: Dush - Chor - Juma.
🕰
Vaqti:
19:00
(Toshkent vaqti bilan)
⏰
Davomiyligi
: ±
1,5 soat.
⏳
Oʻz joyingizni boshqalardan oldin band qiling! O‘rganishni istaganlar uchun imkoniyat hozir!
Shuni bilingki, n
ahvni bilmay turib, klassik kitoblarni o'qish imkonsiz.
Qaror qiling, bugun boshlang!
‼️
Faqatgina
2⃣
0⃣
ta joy qoldi.
QAYTA QABUL OCHILMAYDI.
👨‍💻
Joyingizni
band qilish, narx va boshqa shartlar bilan tanishish uchun:
⬇️
@Muhammadali_Muhiddin_Admin

October 13, 12:45

Qalbda Yaratuvchining emas, yaratiqlarning mulohazasi bilan ish ko‘rish – ixlos ketganligining alomatidir.
من علامة زوال الإخلاص هي العمل بمراعاة نظرة المخلوقين لا الخالق في القلب.

October 06, 16:00

إلهي أنت مقصودي فرضاك مطلوبي
Ilohiy Sensan maqsadim,
Rizoyingdir mening matlabim.

October 05, 14:01

"Din nasihatdir" hadisidagi "نصيحة" soʻzi koʻp hollarda oʻzbek tiliga koʻchgan "va'z qilmoq" ma'nosida tushunilar ekan.
Agar ushbu hadisning sharhlariga nazar solinsa va ustozlarimizning hadisni fahmlashdagi yondashuvlariga e'ribor berilsa, uning ayni xayrixohlik ma'nosida tushunilishiga guvoh boʻlinadi.
Xayrixohlik birovga yaxshilikni ravo koʻrish demakdir.
Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, Islomning mohiyati Parvardigorning bandalariga jahannamiy, fosiq, fojir, doʻzaxi, doʻmbira nigohi bilan qarashda emas.
Sal ibodatli boʻlgach, boshqalarni avom sanab, oʻzidan murshidi oliy, allomayi zamon yasab, chala ilm bilan baqirib da'vat qilishda ham emas.
Agar hadisdagi jumlaning xabari hisoblanmish النصيحة soʻzi ham "al" artikli bilan kelayotgani e'tiborga olinsa, bu holat أسلوب القصر (balogʻatda hasr/cheklash/qaydlash ma'nolari)ni bildiradi.
Demak, ma'nolar Oʻzi musharraf qilgan saodatdan boshqalar ham bahramand boʻlishini chin koʻngildan istash, kishilarga faqat va faqat yaxshilik, xayrixohlik ilinishdan iborat ekanligiga dalolat qiladi.

October 04, 07:51

Arab tili grammatikasida "Nahv falsafasi" (الفلسفة النحوية) hamda "Qiyosiy nahv" (النحو المقارن) kabi oʻziga xos yoʻnalishlarga asos solgan olim Abul Barokat Anbariyning shu yondashuvdagi "Arab tili sirlari" (أسرار العربية) kitoblari.

October 03, 19:41

Zehniyat va qalb ilmi
Imom Muhosibiy, Hakim Termiziy, Imom Qushayriy, Ibni Atoulloh Sakandariy, Ibni Ajiyba va yana koʻplab yirik allomalar, buzrukvor zotlarning kitoblarida qalb va nafs masalalari bayoni hamisha ustuvor masala hisoblanadi.
Nafs Alloh taoloning ajoyib bir yaratigʻi, qudratining ochiq oyati (belgisi, alomati) boʻlib, inson u bilan nasl qoldiradi, oʻz obroʻ-sha'nini saqlaydi, yashab qolish uchun nima zarur boʻlsa, barcha zaruriy choralarni qoʻllaydi.
Agar uni oʻrganib, jilovlab turilmasa, yer yuzini barbod qilishga yetadigan ishlarga tayyor.
﴿إِنَّ النَّفْسَ لَأَمَّارَةٌ بِالسُّوءِ إِلَّا مَا رَحِمَ رَبِّي ۚ إِنَّ رَبِّي غَفُورٌ رَّحِيمٌ﴾.
Oldin kamina (الفقير لله) xodimingizni bir savol qiynar edi.
Oʻzi kuchli arabshunos. Lekin oʻzidan boshqalarni tan olish, e'tirof etish tugul, bir tiyin-u ikki chaqaga ilmaydi, mensimaydi.
Oʻzi haqiqatda yaxshi muhandis. Maqtanish boʻyicha chempion.
Oʻzi qanaqa soha boʻlsin koʻp kitob koʻrgan mutaxassis. Lekin ayrim oʻrinlarda hasadi sezilib qoladi yoxud men zoʻrrman deydi.
Ilm-u ma'rifat egalari, ziyoli kishilar, oydinlar, jamiyatning premium qatlami oʻzining gʻozal axloqi bilan insoniylikda boshqalarga namuna boʻlishlari kerak emasmidi?
Buning javobini ilmni ikki qismga tasnif qilish bilan goʻyoki Hakim Termiziy rahmatullohi alayh aytib ketgandeklar.
Hazrat (shu ma'noda) aytadilarki: "Zehniyat ilmi koʻp oʻqish, yodlash, mutolaa, koʻp kitob koʻrish bilan hosil boʻladi.
Agar kishi nafsidagi (hasad, kibr, manmanlik, katta ketish, maqtanchoqlik, gʻiybat va yana shu kabi) qabohatlarga qarshi kurashib uni poklasa, qalbiga nur keladi va bu ilm qalb ilmiga aylanadi. Agar soʻzlasa, hikmat-u ma'rifat bilan soʻzlaydigan boʻladi".
Alloh soʻzining quvvatini ta'sirli qilib qoʻyadi.
Aks holda, koʻp ma'lumotlarni oʻzida jamlagan chatgpt, claude, gemini, javonda turgan chiroyli taxlangan kitob boʻlib qolaveradi yoki oʻrgangan narsalaridan kam foyda olib, soʻzining ta'siri boʻlmaydi, ilmi zarariga hujjat boʻladi.
Allohdan boʻlgan manfaatli, haqiqiy ilm kishida tavozeni ziyoda qilib, amal qilish bilan sohibiga foyda keltiradi.
Rabboniy ilm bersin.

October 02, 22:00

Bir doʻstim boshqa doʻstimning avtomobil haydashini tanqid qilyapti:
– Namuncha ezmalanasiz? Dadilroq haydasangizchi? Chaqqonroq, udabburonroq boʻling!
Ruldagi doʻstimning haydashni boshlaganiga uncha koʻp boʻlmagan. Lekin deyarli yoʻl hodisasiga uchramagan.
Tanqid qilayotgan doʻstim haydashni ancha oldin, yoshlik chogʻidan boshlagan. Oʻnga yaqin yoʻl hodisalarini boshdan kechirgan.
Lekin haydashni xuddi bilib tugʻilgandek.
Inson boshqalarning tasarruf va xatti-harakatlariga baho berar ekan, oʻzining oʻtmishi va hozirgi egallab turgan mavqeyiga qanday yetib kelganini, ta'biz joiz boʻlsa, bir koʻnikma yoki qobilyat shakllangunga qadar oʻzi tanqid qilayotgan tarafdan vaqtida qolishmaganini yoki badtarroq boʻlganini koʻngildan oʻtkazib qoʻyib munosabat qilgani nihoyatda ma'qul va matlub ish.
Xuddi mana shu narsa insof, rahmat, kechirimlilik, rahmdillik, mehr, muruvvat, diyonat, xayrixohlik koʻzi bilan qarashdir.
Xuddi shuningdek, kishilarning holati-yu hay'ati, sharoit taqozosidan kelib chiqib ish tutilsa, kishilar oʻrtasida munosabatlar tarangligi yumshab, birov aybiga uzr istash oddiy holatga aylanar edi.
Zero: "من يرحم، يرحم". Kim rahm qilsa, unga ham rahm qilinadi.
Shuningdek, mavzuga ozgina aloqadorligi e'tiboridan qayd etishni joiz deb topdim:
Arab tili ta'limida, nafaqat arab tili, balki boshqa fanlarni oʻqitishda ham talabalarning zehniyati, oʻzlashtirish darajasi, zakovati va boshqa jihatlar inobatga olib dars berilganda natijalar muvaffaqiyatli boʻlganiga guvoh boʻlish mumkin.