Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Archemistry | Urban

archemistryurban
Iskandar Solievning urbanistikaga oid mualliflik blogi Авторский блог Искандара Солиева про урбанистику YouTube: https://www.youtube.com/@ArchemistryUrban Takliflar uchun : @IskandarSoliev https://www.tirikchilik.uz/archemistryurban
Subscribers
2 569
24 hours
2
30 days
-61
Unusual 24 hours drop
Post views
397
ER
15,45%
Posts (30d)
15
Characters in post
910
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Art and Design
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Construction & Architecture
Summary
July 31, 05:39

Venetsiyadan qayeri kam?
😀
Venetsiyada ham ba’zida balchiq hidi urib turadi-ku. — Чем хуже Венеции?
😀
В Венеции тоже иногда пахнет тиной.
👍
@archemistryurban

July 30, 08:03

Сергели мошин бозор сотилади, Ўрикзор ҳам, Фарҳод ҳам
Қарорга
кўра, пойтахтда жойлашган, ҳозирда давлат назоратида бўлган бозорлар, бозорларнинг филиаллари ва бошқа инфратузилмалари мулкий мажмуа кўринишида оммавий савдоларга чиқарилади.
Рўйхатга тушган бозорлар қаторида неча йилларки "
кўчади, бузилади, таъмирланади
" деб ётилган Сергели мошин бозори ҳам бор. Мазкур бозор тушумдаям, ҳажмдаям Тошкентдаги энг йирик (23,7 гектар) ҳисобланади. Сотувга қўйиладиган бозор ва савдо комплекслари ўрнида замонавий экобозорлар, савдо ва хизмат кўрсатиш марказлари, кўнгилочар мажмуалар ҳамда кўп қаватли автотураргоҳлар ташкил этиш белгилангани ҳисобга олинса, мошин бозорнинг янги эгаси бозор ўрнида яна мошин бозор ташкил эта олмаса керак.
Мошин бозордан ташқари яна пойтахтнинг рамзи ҳисобланган "Ипподром" - Чилонзор буюм бозори (12,2 гектар), "Тезиковка" - Янгиобод бозори (15,1 гектар), Ўрикзор (9,2 гектар), Фарҳод (5,4 гектар) ва Қўйлиқ (4,4 гектар) бозорлари ҳам сотувга чиқарилади.
Бозорларнинг сотилиши ва уларнинг ўрнида бутунлай бошқа тижорий инфратузилманинг пайдо бўлиши пойтахтда чакана савдода ҳам, транспорт ҳаракатида ҳам, турар ва нотурар мулклар нархида ҳам жиддий ўзгартиришлар ясайди.

July 28, 11:05
Media unavailable
1
Show in Telegram

Nima uchun Toshkentga pullik avtoturargohlar kerak? — ekspertlar fikri
Batafsil —
https://daryo.uz/LJfWQEPvR
👉
Obuna bo'ling —
@daryo

July 21, 16:56
Media unavailable
2
Show in Telegram

“Uning qiymati pul bilan o‘lchanmaydi”. Nega ijtimoiy obyektlar uchun kurashish kerak? Mavzu muhokamasi
Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi Yangi Toshkentga ko‘chiriladi. Muzey eski binosining taqdiri esa noma’lum. Vaziyat jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘ldi, ziyolilar Navoiy muzeyi ko‘chirilmasligini so‘ramoqda.
Ularning fikricha, muzeydagi noyob eksponatlar taqdiri xavf ostida qolishi mumkin. Muzey ma’muriyati ular uchun asosiy mezon joy emas, balki noyob merosni saqlash sharoiti ekanini aytmoqda.
Ijtimoiy obyektlarning asta-sekin yo‘qolib borishi nimalarga olib keladi? Nega ularga ijtimoiy ne’mat sifatida qaraladi? Bunday binolarni saqlab qolishga intilish qanchalik muhim? Gazeta mavzuni
jamiyatshunos Dilsora Komil
hamda
shaharsoz Iskandar Soliyev
bilan muhokama qildi.
Matn
Video

July 14, 08:16
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ekologik partiya yangi smart bekatlarni “yashil bekat”larga almashtirishni taklif qilibdi. “Dunyo tajribasida avtobus bekatlarini ko‘kalamzorlashtirish, ularning tom qismiga o‘simliklar ekish, quyosh panellari o‘rnatish, energiya tejamkor LED yoritish tizimlaridan…

July 14, 08:14
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ekologik partiya yangi smart bekatlarni “yashil bekat”larga almashtirishni taklif qilibdi.
“Dunyo tajribasida avtobus bekatlarini ko‘kalamzorlashtirish, ularning tom qismiga o‘simliklar ekish, quyosh panellari o‘rnatish, energiya tejamkor LED yoritish tizimlaridan foydalanish, soya va tabiiy havo aylanishini ta’minlaydigan konstruksiyalarni joriy etish amaliyoti keng qo‘llanilmoqda. Partiyamiz Toshkent shahrida “Yashil bekat” loyihasini pilot tartibida yo‘lga qo‘yishni taklif etadi”, deyiladi partiya
murojaatida.
Menimcha, taklif qilinayotgan bu bekat ham insonlar uchun, oddiy yo'lovchilar uchun qanday qulaylik berishini tushinish qiyin. Odamlarga aslida qishda issiq, yozda salqin kutish joylari kerak, xolos.
Bekat mashmashasi hali beri tugmaydigan ko'rinadi.
@lazizhamidov

July 13, 09:43
Media unavailable
2
Show in Telegram

Город тогда город когда у него есть история, историчность, архитектурное разнообразие эпох.
Слева направо:
122 Whitechapel High Street (сейчас Chase Evans, белое угловое здание справа на широком снимке) Построено в 1882 году. Стиль — Queen Anne (английская интерпретация).
126–127 Whitechapel High Street (угловой дом с Costa) 1905–1906 годы. Архитектор — Martin Luther Saunders. В 2010 году верхние этажи переоборудовали под квартиры и надстроили пятый этаж.
128 Whitechapel High Street (узкий дом с Four Seasons и am2pm) Конец XVIII века (точный год в найденных источниках не указан). Это георгианский дом-магазин (shop-house), один из немногих уцелевших на этом участке улицы.
Красное кирпичное здание с фронтоном (слева от 128) В доступных источниках точный год не найден. По архитектуре 1880–1900-е годы, но это именно экспертная оценка по фасаду, а не архивный факт.
Серое здание с ленточными окнами Точный год также не найден. По облику — 1930–1950-е годы, вероятно, послевоенная перестройка или капитальная реставрация.

July 11, 10:39
Media unavailable
9
Show in Telegram

🇺🇿
Hukumat va FA'ga murojaat:
Shaharsozlik — bu faqat yangi binolar qurish emas, balki mavjud resurslarni to‘g‘ri boshqarish san’ati. Toshkentda Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi joylashgan bino shahar matosining (urban fabric) uzviy qismi hisoblanadi.
Yangi loyihalar — bu texnik taraqqiyot, lekin mavjud imkoniyatlarni (binoni) shunchaki yopib qo‘yish yoki funksiyasiz qoldirish — bu shaharsozlikdagi iqtisodiy va madaniy xato. Arxitektura — bu xotira, xotira esa ijtimoiy kapitaldir.
Quyida ushbu obyektning tarixiy xronologiyasini keltiraman:

1933–1936-yillar:
Bino qurib bitkazildi. Inshoot o‘sha davr me’moriy uslubida, seysmik chidamlilik talablarini hisobga olgan holda bunyod etilgan.

1939–1940-yillar:
Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligi munosabati bilan bino bazasida muzey tashkil etildi. Asosiy tashkilotchilar: Oybek, G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon va Maqsud Shayxzoda.

1949-yil:
Muzey oldidagi maydonga haykaltarosh L. A. Ditrix tomonidan yaratilgan Alisher Navoiy haykali o‘rnatildi.

1968-yil:
Muzeyda yirik rekonstruksiya va ekspozitsiyani yangilash ishlari amalga oshirildi. Buxorolik hunarmandlar tomonidan “Farhod va Shirin” hamda “Layli va Majnun” dostonlari syujeti asosida gilamlar to‘qildi, haykaltarosh A. Grishchenko tomonidan Bobur haykali yaratildi.

1972-yil:
Rassom Chingiz Ahmarov “Navoiy lirikasi” zalida monumental freskalar ishladi. Bu ishlar binoning ichki arxitekturasi bilan uyg‘unlashgan “san’at sintezi” konsepsiyasini ta’minladi.

1994-yil:
Rassom I. Ilhomov tomonidan Boburga bag‘ishlangan zal uchun “Boburning Samarqandga kirib kelishi”asari chizildi.

Texnik holati:
Bino qalin g‘ishtli konstruksiya va termoinersiya xususiyatiga ega. Bu konstruktiv yechim qadimiy qo‘lyozmalarni saqlash uchun tabiiy iqlim nazoratini ta’minlab kelgan.

Bugungi kun:
Muzey fondini Yangi Toshkentdagi loyihaga ko‘chirish rejalashtirilmoqda. Navoiy ko‘chasidagi tarixiy binoning kelgusi funksional taqdiri (rekonstruksiya yoki yangi maqomda foydalanish, fasadini, ichki holatini zamonaviy standartlarda ta’mirlab, atrofini obodonlashtirish) jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasida.
Nega bu bino asrab qolinishi shart?

Adaptive Reuse (Moslashuvchan foydalanish):
Binoni muzey sifatida saqlash shart emas, lekin uni shahar uchun funksional xizmat qildiradigan “yangi hayot” berish shart. Shahar markazida tayyor va mustahkam infratuzilmani yo‘qotish — bu shahar byudjetiga tushadigan ortiqcha yuk.

Kutubxona yoki jamoat markazi:
Ushbu bino lokatsiyasi va ichki fazoviy tuzilishi (zallar ketma-ketligi, akustika, yorug‘lik tushishi) uni zamonaviy ilmiy kutubxona, o‘quv zallari yoki yoshlar uchun madaniy kovorkingga aylantirish uchun ideal. Shahar markazida bunday tinch muhit va tarixiy auraga ega joylar kamayib bormoqda.

Shahar identiteti:
Yangi Toshkent — bu kelajak uchun ko‘zlov, Navoiy ko‘chasidagi bino esa — poydevor. Ikkalasining yonma-yon yashashi shaharning tarixiy uzluksizligini ta’minlaydi. Tarixiy binolarni buzish yoki ularni qarovsiz qoldirish — bu shahar imidjini, qadrini tekislab yuboradi.
Muzey eksponatlari yangi binoga ko‘chishi mumkin, bu — texnik jarayon. Lekin 1933-yilgi arxitekturani “eski” deb hisoblab, unga yangi vazifa yuklamasdan tashlab qo‘yish — bu shaharsozlikda yo‘l qo‘yiladigan eng katta xatolardan biri.
Bu bino xalq mulki.
U kutubxona, ilmiy-tadqiqot markazi yoki shahar jamoatchiligi uchun ochiq madaniy maskan sifatida qayta funksionalizatsiya qilinishi — eng mantiqiy va tejamkor yechimdir.
Shahar tarixiy binolarning yangi funksiyalarga moslashishi hisobiga rivojlanadi, ularning yo‘q qilinishi hisobiga emas.
#BuzmangHayotBering
@mirzodanmaktub

July 10, 13:36

Navoiy koʻchasidagi bino taqdiri haqida albatta lom-mim deyilmagan, misol uchun. Aqalli biror gap yoʻq.
Sotib yuborilganmi? Buziladimi? Aniq javob beringlar-da.
@mirzodanmaktub

July 10, 13:36
Media unavailable
2
Show in Telegram