Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Archemistry | Urban

archemistryurban
Iskandar Solievning urbanistikaga oid mualliflik blogi Авторский блог Искандара Солиева про урбанистику YouTube: https://www.youtube.com/@ArchemistryUrban Takliflar uchun : @IskandarSoliev https://www.tirikchilik.uz/archemistryurban
Подписчики
2 502
24 часа
-2
30 дней
-26
Просмотры
478
ER
19,1%
Посты (30д)
19
Символов в посте
806
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Искусство и дизайн
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Строительство и архитектура
Краткое описание
September 20, 09:48
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

В Ташкенте наконец-то появилась нормальная велодорожка. Находится она на улице Лутфи: начинается примерно от Октепа круга и идёт в сторону Фархадского. И вот что здесь сделали правильно. Велосипедистов не смешали ни с машинами, ни с пешеходами. Велодорожка…

September 20, 09:44
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

В Ташкенте наконец-то появилась нормальная велодорожка.
Находится она на улице Лутфи: начинается примерно от Октепа круга и идёт в сторону Фархадского.
И вот что здесь сделали правильно.
Велосипедистов не смешали ни с машинами, ни с пешеходами. Велодорожка идёт отдельно, а между ней и автомобильным потоком ещё расположена выделенная автобусная полоса.
То есть пешеходы спокойно идут по тротуару, автомобили — по своим полосам, велосипеды и мопеды — по своей.
Я уже сам там побывал и посмотрел, как всё работает. И что особенно приятно: велосипедисты и мопедисты реально пользуются велодорожкой. Пока был там, ни разу не видел, чтобы кто-то из них ехал по тротуару.
Есть разметка, стоят соответствующие знаки — то есть это действительно полноценная велодорожка.
Проблема пока одна: периодически на ней останавливаются автомобили. Надеюсь, что раз УБДД проводит рейды против нарушений со стороны мопедистов, то внимание будут уделять и водителям, которые занимают велодорожку.
Хотя ещё лучше — физически отделить её так, чтобы заехать туда на машине было просто невозможно. Рейды работают временно, а правильно спроектированная инфраструктура работает постоянно.
Не знаю, кто именно взялся за этот проект, но вам, ребята, респект. Получилось реально круто.
Надеюсь, таких велодорожек в Ташкенте будет только больше.
улица Лутфи, 2
Ташкент
https://yandex.ru/maps?text=41.299705,69.209117&si=kg0xy5pgk6w3d9jrzfkr3wmk40

September 17, 07:26
Файлы недоступны
3
2
Открыть в Telegram

Ushbu restoran egalari egallab olgan hudud aslida
trotuar
ekanini bilishmasa kerak. Shuningdek, ular parkovka sifatida foydalanayotgan hudud ham ularga tegishli emas.
Agar bu hududdan qonuniy ravishda parkovka sifatida foydalanmoqchi bo‘lishsa, uni boshqa tadbirkorlar, masalan,
“Korzinka” parkovkalari uchun yerlarni qanday tartibda olgan bo‘lsa, xuddi shunday — belgilangan tartibda, auksion orqali
olishlari kerak.
Shu sababli shahar hokimiyatidan so‘ragan bo‘lardim:
Trotuarni ochib, barcha piyodalar uchun qaytaringlar.
Bino oldidagi hududni o‘zlarining noqonuniy avtoturargohiga aylantirib olganlarga esa tegishli choralarni ko‘ringlar.
Agar parkovka kerak bo‘lsa — yon-atrofda pullik parkovka mavjud, undan foydalanishsin.
Agar trotuar, veloyo‘lak yoki yashil hududdan foydalanish natijasida ortiqcha maydon mavjud bo‘lsa va u haqiqatan ham boshqa maqsadga ajratilishi mumkin bo‘lsa —
hokimiyat orqali belgilangan tartibda auksionga chiqarilsin va qonuniy ravishda sotib olinsin.
Shahar bedarvoza emas.
Umumiy foydalanishdagi hududlar ayrim tadbirkorlarning shaxsiy mulki emas.
👍
@archemistryurban

September 11, 17:04
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Shuncha yil yurasan yurasan, shu nuqul chaqqonlar “ochko” olib ketishoʻradida
👍
@archemistryurbanb

September 11, 16:51
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Бўзсув каналининг Шаҳидлар хотираси хиёбонидан Чилонзор туманигача бўлган қисмида 20 километрлик узлуксиз пиёдалар йўлаги ташкил қилинади. Давлат раҳбари бу борада бир ой ичида алоҳида лойиҳа ишлаб чиқиш вазифасини қўйди. Харита манбаси

September 11, 16:49
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Бўзсув каналининг Шаҳидлар хотираси хиёбонидан Чилонзор туманигача бўлган қисмида 20 километрлик узлуксиз пиёдалар йўлаги ташкил қилинади. Давлат раҳбари бу борада бир ой ичида алоҳида лойиҳа ишлаб чиқиш вазифасини қўйди.
Харита манбаси

September 10, 03:21
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Kerak emas! Yangilik o'ylab topmanglar
, iltimos!
Bu havoga pul sovirishday gap. Qo'yinglar tinchgina tramvayni o'zini qaytaraylik...
Gadjetban
👍
@archemistryurban

September 09, 07:25

Mashinani ulug‘lovchilar, tezlikni xush ko‘ruvchilar va qoidalarga bo‘ysunishni xohlamaydiganlar jamiyati ancha vaqtdan buyon tezlikka oid qoidabuzarliklardagi jarima ballaridan shikoyat qilib kelishadi.
Hozirgacha
9, 10, 11 jarima bali yig‘ishga ulgurgan ashaddiy qoidabuzarlar
doim bir narsani so‘rashadi. Cheklangan tezlik 60 km/soat etib belgilangan joyda 66 km/soat tezlikda qoida buzganlar uchun ham
0,5 jarima bali
beriladi, 80 km/soat tezlikda qoida buzganlar uchun ham
0,5 jarima bali
beriladi. Ularning fikricha, bu adolatdan emas. Axir ikkalasi uchun bir xil ball berilmasligi, ikkalasi bir xil toifa bo‘lmasligi kerak, deydi ular.
Mas’ullar esa hozircha bu murojaatlarga reaksiya bildirmayapti. Shu yaxshimi endi, hurmatli mas’ullar? Shuncha odamning murojaatini yerda qoldirish to‘g‘rimi? Unaqa qilmanglar, murojaatlarga labbay deb javob berishingiz shart.

Taklifim:
dastlabki +10 km/soat uchun
0,5 ball,
keyingi +10 km/soat tezlik uchun
0,7 ball
berish kerak. Shunda 66 da kelganlarga 0,5 ball, 80 da kelganlarga 0,7 ball bo‘ladi. Murojaatlarga ham yechim topiladi. O‘zlari bir xil bo‘lmasin deyapti-ku, mana, bir xil bo‘lmaydi shunda.
Qoidabuzar haydovchilarning murojaatlarini yerda qoldirmasligingizni so‘rab qolar edim.
👉
@xushnudbek
👈

September 07, 12:28

Channel photo updated

September 04, 16:09
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bugun hamkasblar va mutaxassislar bilan suhbatimiz Urbanizatsiya qo'mitasidagi master-reja loyihalariga borib taqaldi. Suhbat davomida bizga namunaviy loyiha ko'rsatildi. Jadvalga ko'zim tushdi: aholi zichligi
gektariga 1 300 kishi
. Normativ bo'yicha esa bu ko'rsatkich
400 kishi/ga gacha
.
So'radim: nega namunaviy loyihada zichlik normativga mos emas? Javob qisqa bo'ldi — "UMN/QMN bo'yicha hisoblaganmiz, hammasi normaga mos".
Shu yerda bir narsani ochiq aytib o'taman. Men og'zaki bahsda fikrini tez va aniq yetkaza oladigan odam emasman. Boshimda fikr to'g'ri shakllanadi, lekin suhbatda — ayniqsa o'ziga ishongan, so'zni tez topadigan odam bilan — dalilimni oxirigacha aytolmay qolaman. Tashqaridan men ular bilan rozidek ko'rinishim mumkin. Aslida unday emas. Shuning uchun hisob-kitob va raqam bilan ishlashni afzal ko'raman, va fikrimni shu yerda yozib qoldiraman.
Avval atamalar.
QMN
(qurilish maydoni nisbati). 1 ga yerda binolar izi 2 000 m² bo'lsa, QMN = 0,2.
UMN
(umumiy maydon nisbati). O'sha 2 000 m² iz 6 qavat bo'lsa, umumiy maydon 12 000 m², UMN = 1,2.
Ya'ni QMN — yer yuzasida band qilingan maydon, UMN — qurilgan hajm.
Zichlik esa odam bilan o'lchanadi
— gektariga necha kishi yashaydi.
Ketma-ketlik shunday bo'lishi kerak: zichlik → uy-joy maydoni → UMN → qavatlilik va QMN.
Teskarisi emas. UMN va QMN — bu zichlikning natijasi, unga qarshi dalil emas.
Misol 1 ga hudud, 400 kishi. Jon boshiga shartli ravishda 30 m² umumiy maydon olsak (bu raqamni loyihaning o'z normasiga qarab almashtirish mumkin) — 12 000 m² uy-joy kerak bo'ladi, ya'ni UMN ≈ 1,2. QMN 0,2 bo'lsa, o'rtacha 6 qavat chiqadi. Mana shuning uchun "bizga 7–9 qavat yetadi" deyapman — bu havodan olingan gap emas.
Endi teskarisini hisoblang: 1 300 kishi/ga uchun 39 000 m², ya'ni UMN ≈ 3,9. Bu allaqachon butunlay boshqa shahar tipologiyasi. Va eng muhimi — bu raqam maktab, bog'cha, poliklinika, yashil maydon va transportga bo'lgan talabni ham 3 barobar oshiradi.
Zichlik haqida.
400 kishi/ga — bu kam raqam emas. Shahar miqyosida bu 1 km²ga 40 000 kishi degani. Taqqoslash uchun: Parijning eng zich okruglarida zichlik ~40 000 kishi/km², Barselonaning Eshample kabi markaziy tumanlarida ~35 000 kishi/km². Ya'ni 400 kishi/ga allaqachon juda zich muhit.
"Shahar gorizontal emas, vertikal o'sishi kerak"
degan fikr ham aytildi. Qisman to'g'ri. Lekin "vertikal" degani 20+ yoki 30+ qavat degani emas. Parij va Barselona misolini bejizga keltirmadim: ikkalasi ham asosan 7–9 qavatli, va yuqoridagi hisob ham xuddi shu natijaga olib keladi. Shu balandlikda zichlik yetarli, ayni paytda transport, ijtimoiy infratuzilma va yashil karkas shu zichlikka normal xizmat qila oladi. Yuqori zichlik uchun 30 yoki 50 qavat qurish shart emas.
Shuning uchun Urbanizatsiya qo'mitasidan iltimosim: namunaviy loyiha tayyorlanayotganda raqamlar aniq va normativga mos bo'lsin. Chunki kompaniyalar master-reja ishlab chiqqanda aynan shu namunaga qaraydi. Agar namunada 400 o'rniga 1 300 kishi/ga tursa, ular "demak normaga qattiq amal qilish shart emas, UMN orqali ko'paytirsa ham bo'ladi" degan xulosaga keladi. Bu yomon amaliyot.
Iltimos, bitta real, to'g'ri hisoblangan namunaviy loyiha ishlab chiqilsin va texnik topshiriq berilayotganda kompaniyalarga aynan o'sha ko'rsatilsin.
👍
@archemistryurban