Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Asanov formati

asanoveldar
Kanal muallifi, tilşunos, jurnalist va bloger Eldar Asanov tillar, tarix, antropologiya mavzularida tahliliy va ommabop materiallar berib boradi. Kanalni qöllab-quvvatlaş: taps.uz/asanoveldar Tijoriy hamkorlik uçun: @AshiVanghuhi
Subscribers
12 614
24 hours
-6
30 days
281
Post views
3 195
ER
25,33%
Posts (30d)
29
Characters in post
1 226
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Education
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Research & Academia
Summary
October 28, 03:53

Qurultoyning
yangi soni juda zör mavzuga bağişlandi.
Çiğatoy ulusi
haqida gaplaşdik. Bu davr böyiça mutaxassislar
Özbekistonda
borligini bilmas ekanman oçiği. Bölganda ham zör mutaxassis bor ekan, Çiğatoy ulusi tarixini juda maroqli va aniq tuşuntirib berdi. Barça savollarga javob oldim.
Sevinç Ulaşova
bilan
suhbatimizga
vaqt ajrating, vaqtingiz mazmunli ötadi.
@AsanovEldar

October 27, 14:31

Xay Mayli podkastiga çaqirişdi. Meni va Nodirni. Mirşakar, Nozim va Ozodning videolariga, şoulariga közim tuşganida, bari hajviy edi. Men ularning mavzusiga qöşila olmasam kerak, yaxşi hazillaşa olmayman, ularning hazil darajasiga turib bera olmayman, deb öylardim. Ammo bu podkast boşqaçaroq ekan. Auditoriyani maksimal kuldirişga harakat qilmay, jonli, bemalol suhbat qurildi. Oldindan biror mavzu kelişilgani yöq.
Menimça, yaxşi, foydali suhbat böldi. Şaxsan özimga yoqdi. Döstlar davrasida bemalol gurunglaşganday böldim.
Link
.
@AsanovEldar

October 24, 16:24
Media unavailable
1
Show in Telegram

АҚШ давлат котиби Марко Рубионинг Самарқандга ташрифи ортидан Эроннинг бир қатор элчихоналари ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларида ўхшаш постлар ёзди. Уларнинг қисқача мазмуни: Самарқанд — "Эрон мероси", "Эрон маданиятига оид", сен йўқ қилмоқчи бўлаётган маданиятнинг…

October 22, 18:55

Juda köpdan buyon, balki şu kanal oçilganidan buyon bir narsani aytib kelaman: özbek tarixçiligida ötroq madaniyatga juda katta urğu beriladi. Ötroq madaniyat yomon emas; Özbekistonning katta hududlarida ötroq madaniyat rivojlangani ham rost. Lekin ötroqlikni…

October 22, 18:37

Juda köpdan buyon, balki şu kanal oçilganidan buyon bir narsani aytib kelaman:
özbek
tarixçiligida ötroq madaniyatga juda katta urğu beriladi. Ötroq madaniyat yomon emas;
Özbekistonning
katta hududlarida ötroq madaniyat rivojlangani ham rost. Lekin ötroqlikni madaniyat, sivilizatsiya belgisi deb biliş notöğri. Har qanday xöjalik yuritiş turi öziga yaraşa sivilizatsiya yaratgan.
Özbek tarixçilari içida şakllanib qolgan qaraşga köra, ötroq madaniyatga urğu beriş özbek tarixining yuksak madaniy darajasini körsatadi, köçmançilik esa qoloqlik bilan assotsiatsiya qilinadi. Albatta, ayniqsa bugun teskari fikrdagi tarixçilar ham köp, lekin şunday trend saqlanib turibdi.
Xullas, şunday qaraşda nuqul özbekistonlik tarixçilarni ayblayvermay, bir ildizlarga qarasak.
Bir neça kundan buyon
Encyclopaedia Iranica
resursini örganyapman. Eronşunoslik böyiça, xususan,
Markaziy Osiyo
böyiça eng nufuzli va katta resurslardan biri. Uni öqib, xuddi şunday kayfiyat xalqaro eronşunoslikda hali ham saqlanib kelayotganiga amin böldim.
Konkret misollar keltiraman.
Sovet-rus
arxeologi
Yuriy Rapoport
Xorazmning
islomgaça tarixi haqida yozgan maqolasidan:
“Mamlakatning (yaʼni Xorazmning) şiddatli ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti qöşni dehqonçilik davlatlarida kuzatilgan yuqoriroq sivilizatsiyaga taqlid qilişga intiliş bilan köp jihatdan boğliq edi”.
“M.av. II asrdagi tajovuzlardan söng Xorazm sivilizatsiyasining maʼlum darajada “varvarlaşuvi” boşlandi”.
Pruf
.
Yaʼni kattakon olim eronşunoslikning eng nufuzli resursida
higher civilization
,
barbarization
kabi ötmişda qolgan qiyosiy tuşunçalarni işlatyapti.
Fransuz
tarixçisi
Etyen de la Vesyer
Söğdiyonani
ötroq dunyoning şimoliy çegarasi deb ataydi. Söng
Yettisuvdagi
söğd
kolonizatsiyasini ötroq şaharçilik madaniyatining şimolga ekspansiyasi deb
hisoblaydi
.
Sovet arxeologi
Vadim Masson
Markaziy Osiyo ötroq madaniyati haqida:
“Ötroq dehqonçilik tarqalgan janubiy zona iqtisodiy va madaniya taraqqiyot markaziga aylandi”.
Pruf
.
Etyen de la Vesyer öşa maqolasida Söğd tarixini
Sarazmdan
boşlaydi. Fransuz arxeologi
Pyer Leriş
Baqtriya
tarixini
bronza asridagi
dehqonçilik vohalari tarixidan
boşlaydi
.
Yana bir fransuz olimi –
Ksavye de Planol
öşa resursdagi
GEOGRAPHY ii. Human geography
maqolasini qanday
boşlaganiga
eʼtibor bering:
“Eron dunyosining birlamçi tarkibi, u köçmançi Turonga qarşi turuvçi ötroq dunyo bölgani bois…”
Yuqorida keltirilgan misollarning muammosi nimada?
Muammo şundaki, ular ötroqlikni madaniyatning yagona şakli deb körib, unga ustuvorlik berib, har qayerdan öşani qidirmoqda. Bunda metodologik va faktik xatolar ham ötib ketyapti.
Birinçidan, Xorazm va mintaqa taraqqiyoti faqat ötroqlik bilan boğlanyapti. Köçmançilik kirib kelişi qoloqlik, “varvarlaşuv” deb atalyapti. Vaholanki, köçmançi jamiyatlar ham katta sivilizatsiya yaratgan va mintaqa tarixiga ulkan hissa qöşgan. Ularning kirib kelişi doim ham ortga ketişga olib kelmagan, köp hollarda yangi madaniy kötarilişni yuzaga keltirgan. Eng yorqin misollar –
Kuşonlar
va
Turk xoqonligi
. Bu ikki köçmançi davlat davrida mintaqada
islomgaça
davrdagi eng yuksak madaniy kötariliş kuzatilgan. Ötroqlar faqat quradi, köçmançilar faqat buzadi degan primitiv qaraş XIX asr şarqşunosligidan qolib ketgan. Bugungi fan köçmançilar iqtisodni va madaniyatni kötarişga qodirligiga (çunki ular bundan manfaatdor) va ular qurgan ulkan imperiyalar katta hududlarni umumiy çegara içida birlaştirib, katta iqtisodiy va madaniy ösişga olib kelganini körsatadi. Köçmançilar kelib buzib ketavermagan, öz boşqaruvini örnatgan, soliq töplagan, köproq soliq töplaş uçun savdoni va dehqonçilikni rivojlantirgan. Ular siyosat va boşqaruvni çuqur tuşungan. Qaysi ötroq sulola
Çingizxon
imperiyasiday tartibli va tizimli imperiya yarata olgan? Heç narsani tuşunmaydigan, kelib talab ketadigan yovvoyi “varvarlar” antik davr manbalaridan tarixçilikka köçib qolgan bir stereotipdir.
Ikkinçidan, de Planolning eroniy dunyo ötroq dunyo deb bilişi faktik xatodir. Ilk
hind-eron
qabilalari şimol daştlaridan köçgan mobil pastoralistlar bölgan. Ular janubdagi ötroq hududlarga kirib kelib, bu yerning madaniyatini özlaştirgan, şahar qurişni örgangan, dehqonçilikni örgangan. Hatto
Avestoda
ham eroniylar köçmançi qilib tasvirlanadi. Hatto
Ahamoniylar
ham dastlab köçmançi bölgan. Ötroq eroniylar bilan bir qatorda hamişa köçmançi eroniylar yaşagan –
skiflar
, masalan. Bugun ham eroniy xalqlarning katta qismi köçmançi va yarim köçmançi hayot keçiradi – 38 mln lik
kurdlar
va 36 mln lik
puştunlar
bunga misol.
Bilujlar
va yana köplab boşqa mayda eroniy xalqlarni sanab ötirmadim.
Turon
bilan qarama-qarşilik – örta asrlarda paydo bölgan, real tarixga aloqasi yöq mif ekanini oldinroq
yozgandim
.
Uçinçidan, de la Vesyer va Leriş Söğdiyona va Baqtriya tarixini ularning hududidagi ötroq jamiyatlardan boşlayapti. Avvalo, bu ötroq jamiyatlar eroniylarga aloqador emas – ular eroniylardan oldin Markaziy Osiyoda yaşagan etnik guruhlar tomonidan qurilgan. Qolaversa, Söğdda ham, Baqtriyada ham hamişa köçmançi aholi mavjud bölgan. Bu viloyatlarda toğli va daştli hududlar bölgan, u yerda beş-olti ming yil avval ham mobil aholi yaşab kelgan. Nega ularning tarixi tilga olinmayapti? Nega eroniylarga aloqasi bölmagan ötroq madaniyatlardan eroniylar tarixi boşlanyapti? Yo har bir viloyatning bronza asridagi umumiy, ham ötroq, ham köçmançi madaniyatlari tavsifidan, yoki bölmasa köçmançi eroniylarning bu hududlarga kirib kelişidan boşlaş kerak edi tarixiy narrativni, menimça.
Beruniy
haqidagi turkum postlarimda mintaqani asosan eronşunoslar faol örganişini
yozgandim
. Eronşunoslikda mana şunaqa gaplar. Özimizning tarixçilar ham,
Eron
rasmiy tarixçiligi va
siyosati
ham qayerdan ilhom olişini taxmin qilişingiz mumkin.
@AsanovEldar

October 22, 08:30
Media unavailable
2
Show in Telegram

Tilmoch'dan
(brend va domen nomi bölganiga hozirça
Tilmoç
deya olmayman) ajoyib sovğa! Öziga xos sarpo. Menga yoqqani — turk-run alifbosi işlatilgan! Bugun lotin alifbosidan foydalanamiz, lekin tarixiy-madaniy meros sifatida heç bölmasa atributikada va madaniy loyihalarda qöllab turişimiz kerak deb öylayman (
Qurultoydagi
kabi).
Keça bayram kuni ham syomka qildik, şuning uçun, bir kun keçikib bölsa-da, hammani bayram bilan tabriklayman. Yangi özgarişlar ham bayram kuni qabul qilingani ramziy ma'no kasb etdi aslida.
@AsanovEldar

October 21, 16:33

Channel name was changed to «
Asanov formati
»

October 21, 16:32
Media unavailable
1
Show in Telegram

Buni qarang, men alifboga özgarişlar kiritilişini kutib yurgandim.
Xuşnudbek
ham
kutgan ekan
. Öylaganimday original böla olmabman. Kutiş ham juda çözilib ketdi.
Bugun syomkada edim, endi qaraşga vaqtim böldi. Albatta, men xohlagan radikal özgariş bölmayapti, lekin şu yöldagi qadam ölaroq uzoq kutilgan, muhim iş böldi. Alifboga özgartirişlar nihoyat
qabul qilindi
.
Bir kun singarmonizm ham qaytganini körarmiz.
@AsanovEldar

October 21, 13:35
Media unavailable
1
Show in Telegram

Тилнинг қадри — миллатнинг қадри
Турли даврларда ёзувчи ва шоирлар тил нуфузини ошириш йўлида ҳаракат қилган. Бу меросни асраб-авайлаш ҳар бир авлоднинг масъулиятидир.
Республика маънавият ва маърифат маркази
байрам арафасида сунъий интеллект имкониятларидан фойдаланиб қўшиқ ва видеоролик
тайёрлади
.
Навоий
,
Рауф Парфи
,
Хуршид Даврон
,
Ҳалима Худойбердиева
,
Муҳаммад Юсуф
ва
Эркин Воҳидов
сатрлари бир қўшиққа жамланган.
Видеоролик
ўзбек
тилининг кўп асрлик тараққиёти ва замонавий технологиялар уйғунлигининг намунасидир.
▶️
https://www.youtube.com/watch?v=ipPyTus6LS4
@AsanovEldar

October 20, 15:42

АҚШ
давлат котиби
Марко Рубионинг
Самарқандга
ташрифи
ортидан
Эроннинг
бир қатор элчихоналари ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларида ўхшаш постлар ёзди. Уларнинг қисқача мазмуни: Самарқанд — "Эрон мероси", "Эрон маданиятига оид", сен йўқ қилмоқчи бўлаётган маданиятнинг бир қисми. АҚШга қарши ахборий ҳужум қилишга уринаман деб
Ўзбекистонга
тегиб қўйганини тушунмагандир ҳам у бечоралар.
Мен бу қарашларнинг илдизини тушунтиришга ҳаракат қиламан. Аслида илгари тушунтиргандим —
Беруний
ҳақидаги туркум
постларда
, шуни қисқача эслатиб ўтаман десам ҳам бўлади.
Авеста
замонларидан бошлаб дастлаб
орий
, кейин
эрон
номлари остида қардош тилларда гапирувчи халқлар ва улар яшовчи ҳудудлар тушунилган.
Аҳамонийлар
давридан бошлаб бу халқлар йирик империялар ва ўзига хос маданият яратган. Шу ҳудудларда яратилган маданиятни
Ғарб
фани кўпинча
Iranian
— эроний, IX асрдан сўнг эса,
лингва франка
ўлароқ кенг тарқалган эроний тиллардан бири —
янги форс
тили билан боғлаб,
Persian
деб атайди.
Икки муҳим жиҳат:
- эроний халқлар эгаллаган ҳудудларнинг шарқий қисми илк ўрта асрлардан
турклар
қўлига ўтиб, кўпроқ
Турон
деб юритила бошланган, лекин у ерда олдинроқ шаклланган маданият ва эроний тиллар анъанаси давом этгани боис шарқшуносликда барибир
Iranian/Persian Culture
тушунчаси ўрнашиб қолган;
- форс тилининг ҳам, эроний маданиятнинг ҳам бирламчи марказлари бугунги Эрон ҳудудида бўлмаган; меъморчилик, ёзма маданият
Бухорода
,
Самарқандда
,
Балхда
,
Марвда
,
Нишопурда
ривожланган, кейинчалик бугунги Эрон ҳудудларига ёйилган.
Барча "миллий" тарихчиликлар сингари, Эрон расмий тарихчилиги ҳам шарқшуносликда ўрнашган форс ёки эроний маданият тушунчасини ўз давлати номи ва ҳудуди билан боғлайди, ўзини марказ деб ҳисоблайди. Яъни ўтмишдаги вазият бугунги сиёсий чегаралар билан боғланади: бизнинг маданиятимиз, бизнинг ерларимиз, бизнинг меросимиз...
Ваҳоланки, кўп ҳолларда маданий қадриятлар
Марказий Осиёдан
бугунги Эрон ҳудудига кириб борган. Буни меъморчилик мисолида кўрсак. "Эроний" меъморчиликнинг асосий марказлари
Мовароуннаҳр
,
Хуросон
ва бугунги
Афғонистоннинг
айрим ҳудудлари бўлган. Бу ҳудудда ўзаро боғлиқ меъморчилик мактаблари шаклланган, улар ўхшаш бинолар қурган.
Темурийлар
даврида Мовароуннаҳр мактабининг роли кучайиб, халқаро аҳамиятга эга дурдоналар қурилган. Темурийларга хизмат қилган усталар кейинчалик
Сафавийлар
ва
Усмонлиларга
хизмат қилиб, маҳаллий анъаналарни у ерга олиб боришган.
Эроннинг тарихий қиёфасини яхши сақлаган машҳур маданий маркази бор —
Исфаҳон
. Исфаҳоннинг аксар машҳур бинолари Самарқанддагидан кейин, Темурий меъморчилиги таъсирида қурилган. Умуман, Темурий меъморчилиги Сафавийлар, Усмонлилар ва
Бобурийлар
меъморчилигига катта таъсир ўтказган.
Шайбонийлар
ва кейинги
ўзбек
хонликлари меъморчиликлари эса Темурийлар меъморчилигининг бевосита давомидир.
"Эроний маданият", "эроний меъморчилик" тушунчалари билан баҳслашмаган тақдиримизда ҳам, бу меъморчиликнинг асосий ўчоқлари Марказий Осиёда бўлиб чиқяпти. Яъни бугунги Эрон — бу маданиятнинг бир бўлаги холос; бошқа ҳудудларга маданиятни экспорт қилган тарихий маданий марказ эмас. Бу икки минтақани бирлаштирган сиёсий марказлар эса доим Марказий Осиёда бўлган. Ë
Теҳрондан
,
Табриздан
туриб Самарқандни бошқарган бирорта сулолани эслай оласизларми? Охирги 1,5 минг йил давомида доим бунинг тескариси бўлган.
Шундай экан, бугунги Эрон расмий ташкилотлари "бу бизнинг маданий меросимиз", "бизга тегишли меъморчилик" дейиши ҳам тарихий фактларни бузиб кўрсатиш, ҳам сиёсий кўрликдир.
@AsanovEldar