Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Surxondaryo viloyati hokimligi

axborot_xizmati
Surxondaryo viloyati hokimligi Web site: https://gov.uz/oz/surxondaryo Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088 Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy. @qosimovgamurojaat
Subscribers
24 679
24 hours
-14
30 days
-62
Post views
6 938
ER
28,11%
Posts (30d)
346
Characters in post
660
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
September 11, 11:35
Media unavailable
1
Show in Telegram

Axborot 24 | Tadbirkorlar bilan muloqot
Surxondaryo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

September 11, 10:35
Media unavailable
1
Show in Telegram

UzA | Surxondaryo Mogilyov bilan birodarlashdi
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiya Belarus Respublikasida bo‘lib, sanoat, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik kabi tarmoqlari bilan yaqindan tanishdi. O‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish yuzasidan ikki tomonlama manfaatli kelishuvlar imzolandi.
Prezidentimiz g‘oyasi bilan mahalliy hokimliklarga o‘z hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun xorij bilan vositachilarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatib, iqtisodiy-investitsiyaviy, madaniy-gumanitar hamkorlik o‘rnatish huquqi va vakolati berilgani hududlarning ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, eksport hajmini kengaytirish hamda o‘zaro do‘stlik rishtalarini mustahkamlashda muhim omil bo‘lmoqda.
Voha delegatsiyasining Belarus Respublikasiga safarining ilk kuni Mogilyov viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi Anatoliy Isachenko va Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligidagi delegatsiyalarning kengaytirilgan tarkibda uchrashuvi o‘tkazildi.
Batafsil:
https://uza.uz/posts/907424
Surxondaryo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

September 11, 07:00
Media unavailable
1
Show in Telegram

Axborot 24 | Surxondaryodagi Boysun koʻmir koniga 120 mln dollar investitsiya jalb qilinib, 6 ta shaxtada burgʻulash ishlari olib borilmoqda
Surxondaryo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

September 11, 05:00
Media unavailable
1
Show in Telegram

Surxondaryoning Belarus hududlari bilan hamkorligi chorvachilik, sanoat, qurilish va ta’lim sohalarida kengaymoqda
Surxondaryo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

September 10, 17:00
Media unavailable
5
Show in Telegram

O‘zbekistonlik davlat xizmatchilari Koreyada zamonaviy HR boshqaruvi tajribasini o‘rganmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) hamkorligida amalga oshirilayotgan
"O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining salohiyatini oshirish dasturi"
doirasida Janubiy Koreyaning Seul shahrida davlat xizmatchilari uchun qisqa muddatli o‘quv dasturi tashkil etildi.
Unda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Namangan va Surxondaryo viloyati hokimliklarining mas’ul xodimlari ishtirok etmoqda.
Mazkur dasturda
Surxondaryo viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari Faxriddin Mengliyev
ham ishtirok etib, davlat xizmatida zamonaviy inson resurslarini boshqarish bo‘yicha ilg‘or yondashuvlarni o‘rganmoqda.
Koreya davlat boshqaruvi instituti (KIPA)
tomonidan o‘tkazilayotgan o‘quv mashg‘ulotlarida davlat xizmatida
HR boshqaruvi, kadrlar salohiyatini baholash, lavozimlarni tahlil qilish va xodimlarni professional rivojlantirish
masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ta’kidlash joizki, zamonaviy HR boshqaruvi davlat organlarida
munosib kadrlarni tanlash, ularning salohiyatini to‘g‘ri baholash va natijadorligini oshirish
da muhim omil hisoblanadi.
Surxondaryo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

September 10, 16:00
Media unavailable
1
Show in Telegram

Axborot 24 | O‘zbekiston-Belarus: hududlararo hamkorlik kengaymoqda
Surxondaryo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

September 10, 11:30
Media unavailable
1
Show in Telegram

No comment | Salomatlik uchun 5 ming qadam yurish marafoni
Surxondaryo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

September 10, 08:30
Media unavailable
10
Show in Telegram

Belarusdan Surxondaryoga sifatli mol go‘shti yetkazib berish yo‘lga qo‘yilmoqda
Xabar berganimizdek, Surxondaryo viloyati hokimi
Ulug‘bek Qosimov
boshchiligidagi delegatsiyaning Belarus Respublikasiga safari davom etmoqda.
Safar dasturi doirasida viloyat hokimining Belarus Respublikasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vaziri bilan uchrashuvida Surxondaryoga sifatli mol go‘shti yetkazib berish, chorvachilik sohasida zamonaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishilgan edi.
Mazkur kelishuvlar doirasida surxondaryolik tadbirkorlar tomonidan
chorvachilik yo‘nalishida
faoliyat yurituvchi
4 ta korxona tashkil etilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Kuni-kecha shu doirada vohamiz tadbirkorlari Minsk viloyatidagi chorvachilik komplekslaridan birida bo‘lib, qoramollarni so‘yish, go‘sht mahsulotlarini qayta ishlash va eksportga tayyorlash, saqlash hamda logistika jarayonlari bilan batafsil tanishdi. Shuningdek, mahsulotlarni jo‘natish jarayoni, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi va sifat nazorati tizimi o‘rganildi.
Kelgusida Surxondaryo viloyatiga
yuqori sifatli
, belgilangan
veterinariya va sanitariya talablariga
javob beradigan,
"Halol" standartlari asosida tayyorlangan mol go‘shtini yetkazib berish
tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Surxondaryo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

September 10, 07:31
Media unavailable
10
Show in Telegram

Xalqaro ta’lim hamkorligi kengaymoqda
Surxondaryo viloyati hokimi
Ulug‘bek Qosimov
boshchiligidagi delegatsiyaning Belarus Respublikasi Ta’lim vaziri
Andrey Ivanets
bilan ham kengaytirilgan tarkibda uchrashuvi o‘tkazildi.
Unda Surxondaryodagi ta’lim muassasalari bilan Belarusning yetakchi ta’lim muassasalari o‘rtasida
to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni kengaytirish
,
tajriba almashinuvi
va
kadrlar salohiyatini oshirish
masalalari muhokama qilindi.
Xususan,
Termiz davlat universiteti bilan
axborot texnologiyalari, pedagogika va rus tili yo‘nalishlari,
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti bilan
qishloq xo‘jaligi, agrotexnologiya va texnik yo‘nalishlarda qo‘shma dasturlar hamda professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, Surxondaryodagi
"in vitro" laboratoriyalariga
Belarus mutaxassislarini jalb qilish masalalari ko‘rib chiqildi.
Muzokaralar natijasida Surxondaryo viloyati ta’lim muassasalari va Belarusning yetakchi ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Surxondaryo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

September 10, 06:30
Media unavailable
6
Show in Telegram

Ekologiya va o‘rmonchilik sohasida Belarus Respublikasi hududlari bilan hamkorlik kengaytiriladi
Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Belarus Respublikasiga amaliy tashrifining uchinchi kuni ham mazmunli uchrashuvlarga boy bo‘ldi.
Surxondaryo viloyati hokimi
Ulug‘bek Qosimov
Belarus Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi vaziri
Sergey Uldinovich
bilan uchrashib, ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildi.
Muloqotda Surxondaryo viloyatiga qurilishda keng qo‘llaniladigan yog‘och mahsulotlarini yetkazib berish, yog‘ochsozlik sohasida qo‘shma hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ekologlar va o‘rmonchilik sohasidagi mutaxassislarning Belarusda malaka oshirishi hamda ilg‘or tajribalarni o‘rganishini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Muzokaralar yakunida
mazkur yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni
yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
Surxondaryo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X