
Surxondaryo viloyati hokimligi
Davlatimiz rahbari sohada ta’lim, qurilish va sanitariya-gigiyena, bemorlar xavfsizligi hamda xodimlar madaniyatini qamrab oladigan
“Yangi O‘zbekiston tibbiyot standartlari”
joriy etilishini ma’lum qildi.
–
Har qanday inson poliklinikaga kirganda, avvalo, ozodalikni, tartibni, madaniyatni ko‘rishi kerak
,
–
dedi
Prezidentimiz.
Shu bois, birlamchi bo‘g‘in tibbiyot xodimlari bosqichma-bosqich
maxsus kiyim-bosh bilan bepul ta’minlanadi.
Joriy yil ilk bor tuman bo‘g‘inidagi
eng yaxshi shifokor va hamshira nominatsiyalari bo‘yicha viloyat tanlovlari
o‘tkazilmoqda. G‘oliblar
30 million so‘mdan
mukofotlanadi.
Kelasi yil
rag‘bat yanada kuchaytiriladi:
viloyat bosqichida g‘olib bo‘lgan
14 nafar shifokor
elektromobil
bilan taqdirlanadi. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiladigan
eng yaxshi o‘nta loyiha muallifiga 200 million so‘mdan grant
beriladi.
Surxondaryo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Prezidentimiz
oshqozon, yo‘g‘on ichak, prostata bezi va o‘pka saratonini erta aniqlash
ishlari Samarqanddan boshlanib,
2028-yildan barcha hududlarda joriy etilishini
ma’lum qildi. Bunga yiliga
700 milliard so‘m
ajratiladi
.
Qandli diabet, sil, yurak-qon tomir kasalliklari, ayollardagi o‘smalar hamda bolalardagi onkogematologik xastaliklarni erta aniqlash dasturlari
ham davom ettiriladi.
Andijon, Farg‘ona, Namangan, Samarqand
va
Toshkent shahrida infarkt va insultni erta aniqlash hamda davolash dasturi
natijasida ushbu kasalliklardan
erta o‘lim besh oyda 15 foizga kamaydi.
Kasallik boshlanishidagi
“oltin soat”da 855 nafar inson erta o‘lim va nogironlik asoratlaridan saqlab qolindi.
Kelasi yil dasturga
280 milliard so‘m ajratilib, barcha tuman va shaharlar qamrab olinadi.
Aholi uchun
kafolatlangan paket ham kengaytiriladi.
Kelasi yil
bepul dori vositalari turi 73 taga, tibbiy tekshiruvlar turi 36 taga
yetkaziladi.
Surxondaryo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
– Doim aytaman,
birlamchi bo‘g‘in qancha yaxshi ishlasa, xalqimiz shuncha sog‘lom bo‘ladi
,
– dedi Prezidentimiz.
Shu maqsadda
28 ta tumanda birlamchi tibbiy yordam sifatini oshirish bo‘yicha yangi tizim
sinovdan o‘tkazildi. Ushbu tumanlarda
7 million aholi oilaviy shifokorlarga nomma-nom biriktirildi,
ikki tomonning vazifa va majburiyatlari o‘zaro bitimda
belgilandi
.
Yangi laboratoriyalar
ishga tushirilib, shifokor va hamshiralar o‘qitildi,
“bemor marshruti”
ishlab chiqildi. Bu
poliklinikalarga aholi ishonchini oshirdi
. Kafolatlangan paket doirasida
ambulator bemorlarga 69 turdagi dori vositasi bepul berilmoqda.
Birlamchi bo‘g‘inda samara bergan
ushbu model kelasi yildan yana 100 ta tumanda yo‘lga qo‘yiladi.
Surxondaryo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Prezidentimiz tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi o‘zgarishlarda
800 mingdan ziyod xodimning munosib hissasi
borligini
ta’kidladi
.
Yaqinda soha fidoyilarining bir guruhini
davlat mukofotlari bilan taqdirlash haqida farmon
imzolandi. Ular orasida
tibbiyot xodimlari bilan birga tadbirkorlar va xorijlik hamkorlar
ham bor.
Uchrashuvda mamlakatimiz yetakchisi
davlat mukofotlarini o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.
Inson salomatligini asrash, ilg‘or ilmiy ishlanmalar va davolash usullarini joriy etishda barchaga o‘rnak bo‘layotgan tibbiyot xodimlari uchun
alohida davlat mukofotini ta’sis etish
tashabbusi ham ilgari surildi. U buyuk bobomiz
Ibn Sino
nomi bilan ataladi.
Surxondaryo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Tibbiyotni raqamlashtirish
bo‘yicha ishlar xususiy klinikalar va dorixonalarni ham qamrab
olmoqda
.
– Yaqinda bu tizimni
sun’iy intellekt imkoniyatlari bilan
yanada boyitib,
shifokor va hamshiralarning haqiqiy ko‘makchisiga
aylantiramiz
,
– dedi davlatimiz rahbari.
Farmatsevtika tovarlarining 70 foizini ichki imkoniyatlar hisobidan qoplash
maqsad qilingan. Shu bois, so‘nggi yillarda
1 milliard dollarlik 330 ta yangi quvvat
ishga tushirildi.
“Toshkent biofarm siti” klasteri, Andijon, Namangan, Jizzax va Toshkent viloyatida farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalari
tashkil etildi. Ularda
1 milliard 200 million dollarlik loyihalar
amalga oshirilmoqda.
Surxondaryo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Prezident Shavkat Mirziyoyevning
tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uchrashuvi
boshlandi. Davlatimiz rahbari ularni yaqinlashib kelayotgan kasb bayrami bilan tabriklab, mehnati uchun minnatdorlik
bildirdi
.
– Oilasining baxtini ko‘rish, halol mehnat qilib, orzulariga yetish, umrini mazmunli o‘tkazish uchun
odamga, avvalo, sog‘liq kerak.
Shu bois,
inson salomatligini asrashni islohotlarimizning eng muhim yo‘nalishlaridan biri
etib belgilaganmiz,
– dedi Prezidentimiz.
So‘nggi o‘n yilda mamlakatimizda
10 million aholiga xizmat ko‘rsatadigan yangi poliklinika va shifoxonalar
ishga tushdi,
58 ming shifo o‘rni
yaratildi. Zamonaviy shifoxonalar ko‘payib, xususiy sektorga keng imkoniyat berilgani tufayli
tibbiy xizmatlar hajmi uch karra oshdi.
Ilgari chet elda amalga oshirilgan
tug‘ma yurak nuqsonlari, a’zolar transplantatsiyasi, robot jarrohligi va bosh miyadagi murakkab jarrohlik amaliyotlari kabi yuzdan ziyod xizmatlar bugun mamlakatimizda bajarilmoqda.
Prezidentimiz bu natijalarda
tibbiyot xodimlarining bilim va mahorati hal qiluvchi o‘rin tutayotganini
qayd etdi.
Surxondaryo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Termiz orqali yuk taşişda 7-noyabrdan qöllanadigan yiğimlar e’lon qilindi
«Özbekiston temir yöllari» AJ Termiz stantsiyasida qayta yuklanib, Afğonistonga eksport qilinadigan yuklar hamda Termiz port stantsiyasiga taşiladigan yuklar uçun yiğimlarni
ma’lum qildi
.
Termizda qayta yuklanib, Afğonistonga yönaltiriladigan yuklar uçun
har bir vagonga masofaga qarab quyidagi yiğimlar belgilangan:
– buğdoydan boşqa ayrim yuklarni temir yölda taşişda,
600 kmdan boşlab – 800 ming–1,3 million söm
; avtomobil transportida – 2,8–7,6 million söm;
– buğdoyni temir yölda taşişda – 6,8–26 million söm; avtomobil transportida – 12–33 million söm.
Termiz port stantsiyasiga taşişda har bir vagon uçun buğdoydan boşqa ayrim yuklarga 3–8 million söm, buğdoyga 13–33 million söm undiriladi.
Summalar QQSsiz körsatilgan.
Bular taşişning umumiy narxi emas, belgilangan yiğimlardir. Aniq summa masofa va yuk turiga boğliq. Buğdoydan boşqa yuklar böyiça keltirilgan stavkalar GNG kodi 27090090, 2710, 2711, 27090010, 3901 va 3902 bölgan yuklarga tatbiq etilmaydi.
Surxondaryo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Bugun Prezident Şavkat Mirziyoyev Köksaroy qarorgohida soğliqni saqlaş va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uçraşuv ötkazadi hamda Olimpiya şaharçasiga taşrif buyurib, Prezident Olimpiadasining oçiliş marosimida iştirok
etadi
.
Surxondaryo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
🚨
BEPARVOLIK — FOJIADIR!
Tutun va is gazi körinmas xavfga aylanişi mumkin. Datçiklarni örnating, yaqinlaringiz hayotini asrang!
Ogohlik — hayot garovi!
Surxondaryo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Surxondaryo tajribasi asosida Taxiatoş tumanida yangi loyihalar amalga oşirilmoqda
Surxondaryo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X