Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Namangan shahar hokimligi | Rasmiy telegram kanali

axborotxizmati
Наманган шаҳар ҳокимлигининг Расмий телеграм канали: Мурожаатлар учун: Web-sayt: https://gov.uz/oz/namangancity
Subscribers
5 800
24 hours
-6
30 days
—
Post views
446
ER
7,69%
Posts (30d)
494
Characters in post
788
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
October 27, 04:36
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev:
”O‘zligimizdan kuch olib, bugungi hayotimizni teran anglab, milliy kinomizning yangi sahifasini birgalikda yarata olamiz“.
—
Президент Шавкат Мирзиёев:
«Черпая силы в нашей идентичности и глубоко осмысливая сегодняшнюю жизнь, мы вместе сможем открыть новую страницу национального кинематографа».
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 27, 04:25
Media unavailable
3
Show in Telegram

❗️
BEFARQ BO‘LMANG!
Is gazidan zaharlanishning oldini olaylik!
Havo harorati pasayishi bilan xonadonlarda isitish moslamalaridan foydalanish boshlanadi. Biroq yoz mavsumi davomida ishlatilmagan, texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan isitish qurilmalari, ayniqsa, qo‘lbola va nostandart moslamalardan foydalanish, dudburon va mo‘rkonlarning tozaligi hamda sozligiga e’tiborsizlik ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
So‘nggi kunlarda is gazidan zaharlanish oqibatida insonlar hayotdan ko‘z yumayotgani barchamizni yanada hushyor va mas’uliyatli bo‘lishga undashi kerak. Zero, is gazi rangsiz va hidsiz bo‘lib, uni sezish qiyin. Shu bois xavfsizlik qoidalariga beparvolik qilish inson hayoti va salomatligiga jiddiy tahdid tug‘diradi.
Hurmatli fuqarolar! O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qo‘ymang!
Isitish mavsumida quyidagi xavfsizlik talablariga qat’iy amal qilishingizni so‘raymiz:
◎ Faqat muvofiqlik sertifikatiga ega, belgilangan xavfsizlik talablariga javob beradigan isitish moslamalaridan foydalaning. Qo‘lbola va nostandart qurilmalarni ishlatmang.
◎ Mavjud isitish moslamalarini mavsum boshlanishidan oldin malakali mutaxassislarga ko‘rsating, ularning texnik holati va xavfsiz ishlashini tekshirtiring.
◎ Dudburon va mo‘rkonlarning holatini diqqat bilan ko‘zdan kechiring, ularni qurum va boshqa to‘siqlardan muntazam tozalab turing.
◎ Xonani isitish maqsadida ochiq olovdan, jumladan, gaz plitadan foydalanmang. Isitish moslamalarini belgilangan maqsaddan tashqari ishlatish xavfli.
◎ Xonalarda havo almashinuvi va shamollatish imkoniyati mavjudligini ta’minlang. Ventilyatsiya kanallarini berkitmang, ularning ishlash holatini nazorat qilib boring.
◎ Isitish moslamalarini nazoratsiz qoldirmang, ulardan foydalanishda ishlab chiqaruvchi ko‘rsatmalari va xavfsizlik talablariga amal qiling.
Is gazidan zaharlanishning dastlabki belgilari bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi va holsizlik kabi alomatlar bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Bunday holat kuzatilsa, darhol toza havoga chiqing, xonani shamollating, boshqa odamlarni ham xavfli hududdan olib chiqing va tez tibbiy yordam hamda tegishli favqulodda xizmatlarga murojaat qiling.
Unutmang: is gazi xavfini ko‘z bilan ko‘rib yoki hididan bilib bo‘lmaydi. Shuning uchun xavfsizlik choralarini oldindan ko‘rish, isitish moslamalarini tekshirish va dudburonlarni tozalash juda muhim. Bu shunchaki tavsiya emas, hayotni asrashning muhim shartidir.
Aziz yurtdoshlar! Isitish mavsumini xavf-xatarsiz o‘tkazish uchun befarq bo‘lmang. O‘zingizni, oilangizni va yaqinlaringizni asrang. Xavfsizlikka bugun e’tibor qaratish ertaga insonlar hayotini saqlab qolishi mumkin.
💬
Facebook
|
👉
Telegram
|
▶️
YouTube
|
📷
Instagram
|
📱
X
🌐
hududgaz.uz

October 27, 02:23
Media unavailable
1
Show in Telegram

#ОБ_ҲАВО
«Ўзгидромет» томонидан Наманган вилояти бўйича 27 октябрь куни кутилаётган об-ҳаво маълумоти эълон қилинди.
Унга кўра:
Ҳаво ўзгарувчан бўлади, ёғингарчилик кутилмайди. Шамол шарқдан 5-10 м/с тезликда эсади. Ҳарорат кечаси 3-8° илиқ, кундузи 15-20° илиқ бўлади.
Тоғли ҳудудларда:
Ҳаво ўзгарувчан бўлади, ёғингарчилик кутилмайди. Шамол шарқдан 7-12 м/с тезликда эсади. Ҳарорат кечаси 0-5° илиқ, баъзи жойларда 3° совуққача, кундузи 12-17° илиқ бўлади.
—
#OB_HAVO
«Özgidromet» tomonidan Namangan viloyati bo'yiça 27-oktabr kuni kutilayotgan ob-havo ma'lumoti e'lon qilindi.
Unga ko'ra:
Havo özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° iliq böladi.
Toğli hududlarda:
Havo özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 0-5° iliq, ba'zi joylarda 3° sovuqqaça, kunduzi 12-17° iliq böladi.
Sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
X
|
YouTube

October 26, 17:15
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezidentimiz Abu Ali ibn Sinoning bolaligiga bagʻishlangan film suratga olinayotgan pavilyonda bo‘ldi.
—
Президент нашей страны посетил павильон, где снимается фильм о детстве Абу Али ибн Сины.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 26, 17:15
Media unavailable
7
Show in Telegram

Davlatimiz rahbari Abu Ali ibn Sinoning bolaligiga bagʻishlangan “Husayn” tarixiy-badiiy filmining suratga olish maydoni bilan
tanishdi.
—
Глава нашего государства
ознакомился
со съемочной площадкой историко-художественного фильма «Хусайн», посвященного детству Абу Али ибн Сины.
#Mirziyoyev
#tanishuv
#kino
#ibnSino
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 26, 17:15
Media unavailable
4
Show in Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiy infratuzilmani rivojlantirish hamda sog‘liqni saqlash tizimida xususiy sektor ishtirokini kengaytirish yuzasidan
taqdimot
bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился
с презентацией
по развитию медицинской инфраструктуры и расширению участия частного сектора в системе здравоохранения.
#Mirziyoyev
#taqdimot
#tibbiyot
#infratuzilma
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 26, 15:42
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezidentimiz kinoijodkorlar bilan muloqot o‘tkazdi.
—
Президент нашей страны провел диалог с деятелями кино.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 26, 15:42
Media unavailable
10
Show in Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Oʻzbekfilm” kinostudiyasida kino sohasi vakillari bilan
uchrashuv
oʻtkazdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев провел
встречу
с представителями сферы кино на киностудии «Узбекфильм».
#Mirziyoyev
#uchrashuv
#kino
#Uzbekfilm
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 26, 15:42
Media unavailable
1
Show in Telegram

Kino sohasidagi kelgusi rejalar davlatimiz rahbariga taqdimot qilindi.
—
Главе нашего государства представлены дальнейшие планы в сфере кино.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 26, 15:08
Media unavailable
7
Show in Telegram

Қурилиш ишлари сифати ва муддатлари назоратда
Наманган шаҳрида замонавий турар жойлар барпо этиш, аҳолини сифатли уй-жой билан таъминлаш ҳамда қурилиш ишларида белгиланган меъёрларга риоя этилишини таъминлашга алоҳида эътибор қаратилмоқда.
Наманган шаҳар ҳокими Аюбхон Камалов Уйчи кўчасида қад ростлаётган кўп қаватли турар жой биноларида олиб борилаётган қурилиш ишлари билан танишди. Ўрганиш давомида қурилиш жараёнларининг бориши, бажарилаётган ишлар сифати ҳамда белгиланган талабларга риоя этилиши кўздан кечирилди.
Аниқланган камчиликларни бартараф этиш, қурилиш меъёрлари ва хавфсизлик талабларига қатъий амал қилинишини таъминлаш, шунингдек, ишларни белгиланган муддатларда ва сифатли якунлаш юзасидан тегишли масъулларга аниқ топшириқлар берилди.
Қурилиш жараёнларини доимий назорат қилиш, мавжуд муаммоларни ўз вақтида бартараф этиш ҳамда барпо этилаётган турар жойларнинг сифати ва ишончлилигини таъминлаш бўйича масъулларга тегишли кўрсатмалар берилди.
Наманган шаҳар ҳокимлиги Матбуот хизмати
_________
Qurilish ishlari sifati va muddatlari nazoratda
Namangan shahrida zamonaviy turar joylar barpo etish, aholini sifatli uy-joy bilan ta’minlash hamda qurilish ishlarida belgilangan me’yorlarga rioya etilishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamalov Uychi ko‘chasida qad rostlayotgan ko‘p qavatli turar joy binolarida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi. O‘rganish davomida qurilish jarayonlarining borishi, bajarilayotgan ishlar sifati hamda belgilangan talablarga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish me’yorlari va xavfsizlik talablariga qat’iy amal qilinishini ta’minlash, shuningdek, ishlarni belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Qurilish jarayonlarini doimiy nazorat qilish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda barpo etilayotgan turar joylarning sifati va ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Namangan shahar hokimligi Matbuot xizmati
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
X
|
YouTube