Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

ayol_baxti_uchun_ku
Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazining rasmiy kanali: Biz ayollarni himoya qilamiz https://www.instagram.com/ayollar_reabilitatsiya_markaz?igsh=MXM5aXF5Nzh4ZmtpOQ==
Subscribers
1 060
24 hours
10
30 days
-20
Post views
351
ER
34,43%
Posts (30d)
6
Characters in post
666
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
April 21, 11:03
Media unavailable
10
Show in Telegram

👩‍⚖️
Ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish – dolzarb masala
📍
Uchtepa tumanidagi madaniyat saroyida Prezidentimizning PF-33-son Farmoni ijrosiga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi.
👥
Unda Respublika ishchi guruhi a’zosi, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish milliy markazi direktori Z. Muxammadiyeva hamda tuman hokimi o‘rinbosari М.Аripova, FIB Uchtepa tumanlararo sudi raisi, hamda hamkor tashkilot rahbarlari ishtirok etib, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashning huquqiy va amaliy mexanizmlari haqida ma’lumot berdi.
📖
Seminar davomida farmon mazmun-mohiyati tushuntirilib, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
🤝
Mazkur tadbirlar mahallalarda sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.
MATBUOT XIZMATI
https://t.me/uchtepahokimligi
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
🔍
Web-site|

facebook|
🌐
instagram|
📹
youtube

April 21, 10:42
Media unavailable
7
Show in Telegram

2026-yil 3-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan PF-33-sonli farmon mamlakatimizda ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, oilaviy zo‘ravonlik va tazyiq holatlarining oldini olish, shuningdek yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim huquqiy hujjatlardan biridir. Bugun PF-33_sonli fanmoni bo’yicha Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtrish respublika markazi rahbari tomonidan Shoyxontohur tumani va Uchtepa tumani FXDYO, profilaktika, va boshqa ko’plab tashkilot xodimlariga targ’ibot va tashviqot ishlari olib borildi.
Instagram

April 17, 13:18
Media unavailable
3
Show in Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish, sohadagi qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishga qaratilgan
takliflar
bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился
с предложениями
по поддержке социально уязвимых категорий населения, расширению и повышению качества социальных услуг, укреплению законодательной базы в сфере.
#Mirziyoyev
#taqdimot
#ijtimoiyhimoya
#ijtimoiyxizmat
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X

April 11, 12:12
Media unavailable
3
Show in Telegram

♻️
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Namangan viloyati hududiy markazi tomonidan tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar hamda ularning voyaga yetmagan farzandlari uchun ochiq havoda sayl tashkil etildi.
🌴
Ayollar bilan qo‘l ushlash orqali o‘tkazilgan mashqlar ishtirokchilarda o‘zaro ishonch, birdamlik va qo‘llab-quvvatlash hissini shakllantirishga xizmat qildi. Bu kabi faoliyatlar psixologik jihatdan xavfsizlik hissini tiklashda muhim ahamiyat kasb etadi.
🧠
Shuningdek, ishtirokchilar bilan relaksatsion mashqlar o‘tkazilib, ular orqali ichki zo‘riqish, xavotir va stressni kamaytirish, hissiy holatni barqarorlashtirishga erishildi. Ayniqsa, ochiq havoda, tabiiy muhitda o‘tkazilgan mashg‘ulotlar ishtirokchilarning ruhiy holatiga ijobiy ta’sir ko'rsatdi.
🥗
Sayl davomida tashkil etilgan norasmiy muloqot, birgalikda ovqat tayyorlash jarayoni esa oila muhitini eslatib, ijobiy hissiyotlarni uyg‘otdi hamda ishtirokchilar o‘rtasida yaqinlik va ishonchni mustahkamladi.
Instagram

April 08, 05:20

https://youtu.be/5NaOB5N1ILo
Instagram

April 04, 05:16
Media unavailable
2
Show in Telegram

#natija
Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollar va bolalarga qanday yordamlar ko‘rsatiladi?
👩‍👩‍👧‍👦
Ayollarni realibitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazining Qashqadaryo viloyat hududiy markazi
faoliyati aynan shu savolga javob beradi.
Eslatib o‘tamiz, tazyiq va zo‘ravonvonlikka uchragan shaxslar mahalladagi
ijtimoiy xodim
yoki "
Inson
" markazlariga murojaat qilishlari mumkin.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

March 23, 08:23
Media unavailable
1
Show in Telegram

IKKINCHI HAYOT: ZO‘RAVONLIK ZANJIRINI UZGAN AYOL
🫰
Bir paytlar men zo‘ravonlikdan qochishga ham, farzandlarimni “otasiz” qoldirishdan qo‘rqishga ham majbur edim. Hunarim va mustaqil daromadim yo‘qligi sabab, yana o‘sha azobli hayotga qaytishga majbur bo‘lardim.
💚
Ammo Jizzax viloyati Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari mutaxassislari meni qo‘llab-quvvatladi. Ularning tavsiyasi bilan kasb o‘rgandim va sertifikat oldim. Bu sertifikat men uchun oddiy hujjat emas, balki yangi hayot sari yo‘l ochgan muhim qadam bo‘ldi.
🖋
Bugun esa men ijtimoiy xodim assistenti sifatida boshqalarga yordam bermoqdaman. Kecha yordam so‘rab kelgan ayol edim, bugun esa boshqalarga dalda berayapman.
🫰
Siz yolg‘iz emassiz! Agar zo‘ravonlikka duch kelsangiz, sukut saqlamang.
Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish respublika markazi!
💻
Instagram

March 21, 06:11
Media unavailable
1
Show in Telegram

🌸
Navro‘z ayyomi bilan tabriklaymiz!
🌸
Hurmatli yurtdoshlar!
Sizlarni kirib kelayotgan bahor, yangilanish va ezgulik ramzi bo‘lgan Navro‘z ayyomi bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Ushbu qutlug‘ bayram xonadonlaringizga quvonch, tinchlik va farovonlik olib kelsin.
Yangi kunlar sizga omad, sog‘lik va yutuqlar hadya etsin. Har bir oilada mehr-oqibat, baxt va baraka doimo hamroh bo‘lsin.
Navro‘z bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi.
Instagram

March 20, 14:43
Media unavailable
1
Show in Telegram

Assalomu alaykum, aziz guruhimiz a’zolari!
Sizlarni Hayit bayrami bilan Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi nomidan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!
Ushbu muqaddas va fayzli kunlarda har biringizga mustahkam sog‘lik, xotirjamlik va qalb osoyishtaligini tilaymiz. Hayit bayrami sizlarga quvonch, mehr-oqibat va yangi umidlar olib kelsin.
Yaxshilik va mehr-muruvvat yo‘lida qilayotgan ezgu ishlaringiz doimo barakali bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi jamoasi
🌙
Instagram

March 14, 09:08

🏠
Tadbir davomida markaz hududi obodonlashtirilib, yashil maydonlar tartibga keltirildi, daraxt va gullar parvarish qilindi, binolar atrofi va ichki hududlarda tozalik ishlari amalga oshirildi.
📍
Hashar nafaqat hududni obod qilish, balki ishtirokchilar o‘rtasida hamjihatlik, o‘zaro yordam va jamoaviylik muhitini mustahkamlashga xizmat qildi. Markazdagi xotin-qizlar bu kabi tadbirlarda ishtirok etish orqali ijtimoiy faollikni his qilib, yangi hayotga ishonch bilan qadam qo‘yishga ruhiy kuch olmoqdalar.
🎆
Navro‘z – yangilanish, poklanish va ezgulik bayrami sifatida yurtimizda alohida qadrlanadi. Shu bois, ushbu bayram arafasida o‘tkazilgan hashar markaz hududini yanada obod va fayzli maskanga aylantirish, shuningdek, mehr-oqibat va birdamlik muhitini mustahkamlashga xizmat qildi.
🚺
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi tomonidan bunday tadbirlar muntazam ravishda tashkil etilib, markazdagi xotin-qizlarning ijtimoiy hayotga moslashuvi, ruhiy qo‘llab-quvvatlanishi va faol hayot tarziga qaytishiga ko‘mak bermoqda.
✏️
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi matbuot xizmati.
Instagram
|
telegram