Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

ayol_baxti_uchun_ku
Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazining rasmiy kanali: Biz ayollarni himoya qilamiz https://www.instagram.com/ayollar_reabilitatsiya_markaz?igsh=MXM5aXF5Nzh4ZmtpOQ==
Подписчики
1 020
24 часа
30 дней
-20
Просмотры
287
ER
28,14%
Посты (30д)
9
Символов в посте
804
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
May 26, 17:43
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Muqaddas Qurbon hayiti munosabati bilan Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Qashqadaryo viloyati hududiy markazida va qolgan barcha hududlarda hashar va ko‘tarinki ruhda qurbon hayiti bayrami bo‘lib o'tmoqda.

May 26, 17:32
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

🏢
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Namangan viloyati hududiy markazida xotin-qizlar va farzandlarini ijtimoiy moslashtirish ishlari tizimli ravishda davom etmoqda.
📚
Markaz jamoasi "Yoshlar ziyo maskani"ga ma’rifiy tashrif uyushtirdi. Bu onalar va bolalarning kitobga mehrini oshirish hamda ularning ijtimoiy muhitga moslashishiga xizmat qildi.
🗣
Tashrif doirasida onalar va maskan mutaxassislari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Unda kitobxonlikning inson ma’naviyatidagi o‘rni xususida fikr almashilib, ayollarga hayotiy ko‘nikmalar bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Bolajonlar esa ziyo maskanida katta shaxmat maydonida mantiqiy o‘yinlar bilan band bo‘lishdi. Bu ularning fikrlash qobiliyati va diqqatini charxladi.
📖
Onalar va bolalar kutubxonadagi boy adabiyotlar fondi bilan tanishib, kitob mutolaa qilishdi.
🚀
Bu amaliy tashabbuslar xotin-qizlarning ham ruhan, ham aqlan tiklanishlariga juda katta yordam bermoqda.
Bizning
Instagram
sahifamiz!

May 26, 17:30
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Muqaddas Qurbon Hayiti munosabati bilan Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Toshkent shahar hududiy markazida bayramona dasturxon tashkil etildi. Tadbir markaz xodimlari hamda markazda istiqomat qilayotgan ayollarning hamkorligi va faol ishtirokida iliq, samimiy hamda ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
Bayram dasturxoni uchun milliy qadriyatlarimiz aks etgan turli xil taomlar, shirinliklar va pishiriqlar tayyorlandi. Ayniqsa, o‘zbekona mehmondo‘stlik va mehr-oqibat muhitini namoyon etuvchi milliy taomlar tadbirga alohida fayz bag‘ishladi. Dasturxon atrofida jam bo‘lgan ayollar bir-birlariga ezgu tilaklar bildirib, samimiy suhbatlar qurishdi.
Mazkur bayram tadbiri ayollarning kayfiyatini ko‘tarish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qildi. Bayramona muhit barchaga quvonch, iliqlik va unutilmas taassurot ulashdi.
Bizning
Instagram
sahifamiz!

May 26, 16:40
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezidentimiz O‘zbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigini yo‘lladi
Siz, azizlarni, yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlar, butun xalqimizni bugungi ulug‘ ayyom – muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Tinchlik, mehr-oqibat va saxovat bayrami – Iyd al-Adha muqaddas dinimiz mohiyatida mujassam bo‘lgan ezgu g‘oya va amallarni yaqqol ifoda etgan holda, hozirgi kunda mamlakatimizda insonparvarlik ruhida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarimizning ma’no-mazmuniga uyg‘un va hamohang ekani bilan barchamiz uchun yanada aziz va qadrli bo‘lib bormoqda.
El-yurtimizni shunday qutlug‘ ayyomga tinchlik-omonlikda va hamjihatlikda yetkazgani uchun Alloh taologa hamd-u sanolar bo‘lsin!
Ilohim, Yaratgan parvardigor el-yurtimizni o‘z panohida asrasin!
Qurbon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!

May 22, 11:25
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Qashqadaryo viloyati hududiy markazi xodimlari tomonidan
Shahrisabz shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida katta yoshdagi hamda og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan shaxslar bilan ishlovchi mutaxassislar va markaz psixologi ishtirokida superviziya tashkil etildi.
Mazkur superviziyaning asosiy maqsadi —
vio.ihma.uz
platformasi orqali tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollar bilan ishlash jarayonini takomillashtirish, ularga o‘tkaziladigan so‘rovnomalarni to‘g‘ri va samarali tashkil etish hamda ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifatini oshirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga so‘rovnomalarni o‘tkazish, jabrlanuvchilar bilan muloqot qilishning psixologik jihatlari, shuningdek, ijtimoiy xizmatlarni faqat rasmiy maqomda qoldirib ketmasdan, amalda samarali natijalarga yo‘naltirish bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.
Bizning
Instagram
sahifamiz!

May 22, 11:00
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

🏢
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Namangan viloyati hududiy markazida xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasidagi amaliy ishlar izchil davom etmoqda.
🤝
Markaz hamda trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Kid-Kamila” MChJ o‘rtasida navbatdagi hamkorlik shartnomasi imzolandi.
🧵
Kelishuv doirasida markazda dastur o‘tayotgan ayollarning yana 3 nafari doimiy bandlik bilan ta’minlandi. Xotin-qizlar korxonada ish boshlab, zamonaviy trikotaj uskunalarida ishlash va kasbiy ko‘nikmalarini amaliyotda yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
💰
Ishlab chiqarish jarayoniga jalb etilish orqali ayollar moddiy qiyinchiliklarni yengib o‘tish bilan birga, iqtisodiy mustaqillikka erishmoqdalar.
🚀
Ushbu tashabbuslar xotin-qizlarning ham ruhan, ham iqtisodiy jihatdan tiklanishiga xizmat qilmoqda. Bu esa ularning reabilitatsiya jarayonini muvaffaqiyatli yakunlab, ijtimoiy muhitga sog‘lom moslashishlari uchun mustahkam zamin yaratmoqda.
Bizning
Instagram
sahifamiz!

May 21, 16:27
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qurbon hayiti munosabati bilan ehtiyojmand aholini qoʻllab-quvvatlash yuzasidan takliflar
taqdimoti
bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился
с презентацией
предложений по поддержке социально уязвимых слоев населения в связи с праздником Курбан хайит.
#Mirziyoyev
#taqdimot
#ijtimoiyhimoya
#Qurbonhayiti
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

May 20, 10:24
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

📍
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi direktori Z. Muxammadiyeva Namangan viloyati hududiy markaziga tashrif buyurdi va markazda qilinayotgan ishlar bilan tanishdi. Shu bilan birgalikda “Inson ijtimoiy markazi” ga tashrif buyirib ijtimoiy xodimlar bilan suhbat o’tkazildi va takliflar olindi.
🏗
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Namangan hududiy markaziga tashrifi davomida xodimlari bilan birgalikda bino ko‘zdan kechirildi, hamda qo‘shimcha topshiriqlar berildi.
📲
Bizni
Instagram
sahifamizda kuzatishingiz mumkin.

May 16, 13:43
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🗣
W.I.N.G.S dasturining pilot bosqichi olib borilmoqda
📝
2026-yil 24-aprel
dan boshlab O‘zbekistonda zo‘ravonlikka duch kelgan ayollarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan
W.I.N.G.S intervensiya dasturi
ning pilot bosqichi yo‘lga qo‘yildi. Dastur
Andijon
,
Navoiy
,
Xorazm viloyatlari
va
Toshkent shahri
da
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari
,
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari hamda “Ona uyi” NNT
bazasida amalga oshirilmoqda.
🌍
Mazkur dastur pilot hududlar uchun asosan
“vioihma”
platformasining veb-versiyasi orqali olib borilayotgani yordam ko‘rsatish jarayonini standartlashtirish, monitoringni kuchaytirish va ishtirokchilarning maxfiyligini ta’minlash imkonini bermoqda.
Pilot bosqich doirasida:
🟢
monitoring va baholash shakllari ishlab chiqildi;
🟢
28 nafar fasilitator ishtirokida 6 ta onlayn trenin
g tashkil etildi;
🟢
dasturdan o'tish uchun taklif qilish standarti ishlab chiqildi;
🟢
fasilitatorlar uchun har hafta superviziyalar
o'tkazilmoqda;
🟢
dasturdan xizmat olgan ayollarning muntazam fikr-mulohazalarini yig‘ish tizimi joriy etildi.
🎤
Dastur doirasida xizmat olgan ayollardan olingan fikr-mulohazalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, mazkur intervensiya ayollarga
boshdan kechirgan zo‘ravonlik holatlari haqida ilk bor ochiq va erkin fikr bildirish imkoniyati
ni yaratmoqda. Jarayon davomida
ayollar mavjud himoya mexanizmlari va qo‘llab-quvvatlash xizmatlari haqida muhim bilimlarga ega bo‘lib, o‘z vaziyatini chuqurroq tahlil qilish hamda anglash
ko‘nikmalarini shakllantirmoqda.
#intervensiya
#wings
#dastur
#ayollar
#himoya
#zoravonliksizhayot
#himoyadasturi
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Youtube
📱
LinkedIn

May 09, 18:07
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviy tadbir tashkil etildi
🇺🇿
📌
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Xorazm viloyati hududiy markaziga joylashtirilgan ayollar hamda ularning voyaga yetmagan farzandlari uchun 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Sen yetim emassan” filmi namoyish etildi.
📌
Mazkur film orqali insoniylik, mehr-oqibat, bag‘rikenglik hamda urush yillaridagi xalqimizning matonati va fidoyiligi keng yoritilib, tomoshabinlarda chuqur taassurot qoldirdi.
🎬

Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Xorazm viloyati hududiy markazi