
Bandixon tuman hokimligining MATBUOT XIZMATI
⚠️
Aholiga ajratilgan suyultirilgan gazning talon-toroj qilinişi va noqonuniy sotilişiga qarşi reydlar davom etmoqda!
Respublika böylab ötkazilayotgan reyd tadbirlari davomida suyultirilgan gazni noqonuniy saqlaş, qimmat narxlarda sotiş hamda elektr energiyasidan qonunga xilof ravişda foydalaniş holatlari aniqlanib, qonunbuzilişlarga nisbatan tegişli çoralar körilmoqda.
🌐
EKSKLYUZIV | Surxondaryo
🔥
Joylarda suyultirilgan gaz taqsimotidagi qonunbuzilishlar aniqlandi
❗️
Tabiiy gaz tarmoqlariga ulanmagan aholi uchun ajratilgan suyultirilgan gazni talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida DXX, IIV, BP, FVV, “O‘zenergoinspeksiya” va “Hududgazta’minot” AJ hamkorligida respublika bo‘ylab reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Jumladan,
Samarqand viloyati
ning Pastdarg‘om tumanida bir guruh shaxslar gaz tarqatish shoxobchasi mansabdorlari bilan til biriktirgan holda, o‘zlariga tegishli noturar binoda
6 tonna
hajmli
sisterna
o‘rnatib, aholiga tarqatish uchun mo‘ljallangan suyultirilgan gaz to‘ldirilgan ballonlarni kompressor orqali ushbu sisternaga bo‘shatib, so‘ngra uni o‘zlariga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida noqonuniy sotish bilan shug‘ullanishgan.
Tekshiruv davomida ushbu manzilda qiymati
32,2 mln so‘mlik
3,1 tonna
suyultirilgan gaz aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirildi. Ta’kidlash lozim,
3,1 tonna
suyultirilgan gaz o‘rtacha
150 ta xonadonning
45 kunlik ehtiyojini qoplaydi
.
Bundan tashqari, mazkur shaxslar tomonidan elektr energiyasiga noqonuniy ulanish orqali davlat manfaatlariga
1 mlrd so‘mlik
zarar yetkazilganligi fosh bo‘ldi.
Hozirda aniqlangan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Boshqa holatda esa Qo‘shrabot tumanida yashovchi, 1993 y.t. fuqaroning uyida
130 kg suyultirilgan gaz
bilan to‘ldirilgan
35 ta gaz balloni
noqonuniy saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi.
Reyd tadbirlari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
da ham faol tarzda amalga oshirilayotgan bo‘lib, birgina Amudaryo tumangaz bo‘limi ishchisi va 1969 y.t. fuqaroning yashash xonadonlarida jami
23 ta gaz balloni
borligi aniqlandi.
Xorazm viloyati
Bog‘ot tumangaz bo‘limining 3 nafar chilangari esa o‘z tanishlarining yashash xonadonlarida jami
300 kg suyultirilgan gaz
bilan to‘ldirilgan
25 ta gaz ballonni
qimmat narxlarda sotish uchun saqlab kelishgan.
Andijon viloyati
da o‘tkazilgan tadbirlar davomida
980 kg suyultirilgan gaz
to‘ldirilgan
243 ta gaz balloni
qimmat narxda sotish maqsadida noqonuniy saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi.
Jumladan, Ulug‘nor tumangaz bo‘limi chilangarining uyidan aholi uchun mo‘ljallangan
17 ta gaz balloni
, Shahrixon tumangaz bo‘limi chilangarining xonadonidan esa
13 ta gaz balloni
olindi.
Jizzax viloyati
da kuzatilgan holatda Yangiobod tumangaz ta’minoti bo‘limi haydovchisi o‘ziga tanish bo‘lgan 2 nafar fuqaroning yashash xonadonlarida jami
720 kg suyultirilgan gaz
to‘ldirilgan
57 ta gaz ballonni
noqonuniy saqlayotganligi hujjatlashtirildi.
Navoiy viloyati
Nurota tumangaz chilangari va haydovchisi esa o‘zaro til biriktirib, “Hududgaz Navoiy” GTF balansida bo‘lgan va suyultirilgan gaz bilan to‘ldirilgan
2 dona gaz ballonni
xaridorga
280 ming so‘mga
sotayotgan vaqtlarida ushlandi.
Ta’kidlash lozim, ushbu yo‘nalishdagi nazorat tadbirlari mutasaddi idoralar hamkorligida muntazam ravishda o‘tkazib boriladi.
Hurmatli fuqarolar, aholi uchun mo‘ljallangan suyultirilgan gaz bilan bog‘liq noqonuniy holatlarga duch kelsangiz DXX Call-markazining
1520
qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.
✈️
Telegram
|
📘
Facebook |
📸
Instagram
|
📹
YouTube
Bandixonda arzon kömir tuman aholisi uchun arzon narxlarda tarqatilmoqda.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati
🌎
gov.uz/bandixon
📱
Tᴇʟᴇɢʀᴀᴍ
📱
ʏᴏᴜᴛᴜʙᴇ
📱
Iɴsᴛᴀɢʀᴀᴍ
📱
FaceBook
Davlat xizmatchilari uchun Yaponiyada magistraturada ta’lim olish imkoniyati: JDS stipendiya dasturiga qabul boshlandi
Yaponiyaning
JDS (Project for Human Resource Development Scholarship by Japanese Grant Aid)
stipendiya dasturi doirasida davlat xizmatchilari uchun 2026-yilgi qabul boshlandi.
Dastur O‘zbekistonning istiqbolli mutaxassislariga Yaponiyaning yetakchi universitetlarida magistratura bosqichida bepul tahsil olish, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xalqaro tajriba orttirish imkoniyatini taqdim etadi.
👍
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
(2027-yil 1-aprel holatiga ko‘ra)
Yosh: 25–40 yosh;
Ma’lumoti: bakalavr darajasi;
Ish tajribasi: kamida 2 yil;
Ingliz tili: IELTS 5.0 va undan yuqori.
👍
Arizalar 2026-yil 20-dekabrgacha qabul qilinadi.
Onlayn seminarlar jadvali:
3-noyabr — 15:00–16:30;
5-noyabr — 11:00–12:30;
10-noyabr — 15:00–16:30;
12-noyabr — 11:00–12:30;
17-noyabr — 15:00–16:30;
19-noyabr — 11:00–12:30.
Seminarlarda
dastur, ishtirok etuvchi universitetlar, ariza topshirish talablari va tanlov jarayoni
haqida batafsil ma’lumot beriladi. Ishtirok etish uchun oldindan
ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
Batafsil ma’lumot va ariza topshirish:
https://jds-scholarship.org/
👍
JDS loyihasi ofisi (O‘zbekiston)
Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 107B, Xalqaro biznes markazi, 2-qavat.
Telefon: +998 78 140-15-60 / 61
Elektron pochta: jds.uzbekistan1@jice.org
Ish vaqti: dushanba–juma, 09:00–13:00 va 14:30–17:30.
Eslatib o‘tamiz:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘iga muvofiq, Boshqaruv samaradorligi agentligiga davlat xizmatchilarining xorijda ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlovchi xalqaro stipendiya dasturlarida milliy hamkor funksiyasini amalga oshirish vazifasi yuklatilgan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash doirasida Yaponiya xalqaro hamkorlik markazining JDS loyihasi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida loyiha tashkiliy qo‘mitasiga raislik qiluvchi sifatida Boshqaruv samaradorligi agentligi vakili belgilangan.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You Tube
|
X
|
in
|
WiKi
|
Aloqa
Deputatlar faoliyati
🔹
Aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va fuqarolar uchun yangi imkoniyatlar yaratish — xalq vakillarining muhim vazifalaridan biridir.
Bandixon tumani Kengashi deputatlari
tomonidan ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar izchil davom etmoqda.
Xususan, 2-Bektepa saylov okrugidan saylangan deputat
B. Yo‘ldoshev
tashabbusi va amaliy sa’y-harakatlari bilan
2 nafar xotin-qizning bandligi ta’minlandi.
Zero, har bir ish bilan ta’minlangan fuqaro — bir oilaga daromad, xonadonga farovonlik va jamiyatga yangi imkoniyat demakdir.
Bunday ezgu tashabbuslar aholining turmush farovonligini oshirish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oilalar iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bandixonda inson qadri, aholi bandligi va xalq manfaatlari yo‘lida amaliy ishlar davom etadi!
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati
🌎
gov.uz/bandixon
📱
Tᴇʟᴇɢʀᴀᴍ
📱
ʏᴏᴜᴛᴜʙᴇ
📱
Iɴsᴛᴀɢʀᴀᴍ
📱
FaceBook
🎮
Surxondaryo yoshlari uchun GameDev yo‘nalishida bepul ta’lim imkoniyati
Yoshlar o‘z kompyuter va mobil o‘yinlarini yaratishni istaydimi?
Bugungi kunda raqamli texnologiyalar sohasidagi istiqbolli yo‘nalishlardan biri — GameDev, ya’ni kompyuter va mobil o‘yinlar ishlab chiqish sohasidir. Bu yo‘nalish yoshlarga o‘z g‘oyalarini amaliy loyihalarga aylantirish, dasturlash ko‘nikmalarini egallash va kelajakda IT sohasida o‘z o‘rnini topish imkonini beradi.
📍
Endi Termiz shahridagi "Kelajak" markazida GameDev yo‘nalishi bo‘yicha bepul ta’lim olish imkoniyati mavjud.
Ta’lim jarayonida ishtirokchilar o‘yin qahramonlarini yaratish, o‘yin muhiti va qoidalarini ishlab chiqish hamda dasturlash orqali ularni harakatga keltirish kabi ko‘nikmalarni egallashlari mumkin.
✅
Qatnashish tartibi:
🔹
creativetech.uz
sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish;
🔹
qisqa test savollariga javob berish;
🔹
tanlov bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tish.
🚀
O‘z g‘oyangizni haqiqiy loyihaga aylantirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
🔗
Ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma’lumot:
https://creativetech.uz
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati
🌎
gov.uz/bandixon
📱
Tᴇʟᴇɢʀᴀᴍ
📱
ʏᴏᴜᴛᴜʙᴇ
📱
Iɴsᴛᴀɢʀᴀᴍ
📱
FaceBook
🇺🇿
EL OSOYIŞTALIGI YÖLIDAGI FIDOYILIK E’TIROF ETILDI!
#Bandixon
#Kasb_bayrami
🇺🇿
Tinçlik — bebaho ne’mat, osoyiştalik esa fidoyi insonlar xizmatining samarasidir!
Har tong
xotirjam uyğonişimiz, farzandlarimizning beğubor kulgisi, oilalarimizning tinçligi va yurtimizdagi osoyişta hayot zamirida o‘z xizmat burçini sidqidildan ado etayotgan insonlarning maşaqqatli mehnati
mujassam.
Ana şunday şarafli va mas’uliyatli vazifani zimmasiga olgan
içki işlar organlari xodimlarining fidoyiligi, jasorati va matonati har qanday e’tirofga munosib!
Bandixon tumani hokimligida Içki işlar organlari taşkil etilganining 35 yilligi hamda
25-oktabr — Içki işlar organlari xodimlari kuni
munosabati bilan tantanali taqdirlaş marosimi bo‘lib ötdi.
🇺🇿
Tadbirda
el-yurt tinçligi, jamoat xavfsizligi va fuqarolar osoyiştaligini ta’minlaş yölida sidqidildan xizmat qilib kelayotgan soha vakillariga samimiy tabrik va ezgu tilaklar
bildirildi.
Tadbir davomida ö
z xizmat vazifalarini vijdonan bajarib, samarali faoliyat olib borayotgan bir guruh
içki işlar organlari xodimlariga
Bandixon tumani hokimligining diplomlari va esdalik sovğalari
tantanali ravishda topshirildi.
Bu e’tirof — nafaqat
xizmatga berilgan baho, balki yurt tinçligi va xalq osoyiştaligi yölida tun-u kun mas’uliyat bilan mehnat qilayotgan fidoyi insonlarga bildirilgan yuksak hurmat
ifodasidir.
Hurmatli içki işlar organlari xodimlari!
Vatan himoyasi, xalq osoyiştaligi va qonun ustuvorligini ta’minlashdek şarafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, oilalaringizga tinçlik-xotirjamlik, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilaymiz.
El tinçligi yölidagi xizmatlaringiz bardavom, qadamingiz qutluğ, şa’ningiz hamişa baland bo‘lsin!
🇺🇿
Tinçligimiz posbonlariga şaraflar bo‘lsin!
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati
🌎
gov.uz/bandixon
📱
Tᴇʟᴇɢʀᴀᴍ
📱
ʏᴏᴜᴛᴜʙᴇ
📱
Iɴsᴛᴀɢʀᴀᴍ
📱
FaceBook
🇺🇿
Özbekiston Paraosiyo öyinlarida tarixiy natija qayd etib, uçinçi örinni egalladi
Yaponiyada 18–24-oktabr kunlari ötkazilgan V yozgi Paraosiyo öyinlarida Özbekiston delegatsiyasi
45 ta oltin, 49 ta kumuş va 51 ta bronza — jami 145 ta medal
qölga kiritdi
.
Natijada Özbekiston umumjamoa hisobida
🇨🇳
Xitoy va
🇯🇵
Yaponiyadan keyin
3-örinni egallab
, avvalgi öyinlarga nisbatan 5 poğona yuqoriladi. Bu mamlakatimizning Paraosiyo öyinlari tarixidagi eng yaxşi natijasidir.
Şuningdek,
15 yoşli Boburbek Toştemirov
musobaqaning eng yoş çempioniga aylandi. Özbekistonlik sportçilar bir qator jahon va Osiyo rekordlarini ham yangiladi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati
🌎
gov.uz/bandixon
📱
Tᴇʟᴇɢʀᴀᴍ
📱
ʏᴏᴜᴛᴜʙᴇ
📱
Iɴsᴛᴀɢʀᴀᴍ
📱
FaceBook
🇺🇿
XALQ OSOYIŞTALIGI YÖLIDA FIDOYI XIZMAT!
Bandixon tumani hokimi Abdumalik Allamuradovning 25-oktabr — O‘zbekiston Respublikasi Içki işlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tabrigi
Hurmatli içki işlar organlari xodimlari va soha faxriylari!
Sizlarni kasb bayramingiz —
25-oktabr — Özbekiston Respublikasi içki işlar organlari xodimlari kuni
bilan çin qalbimdan muborakbod etaman!
🇺🇿
Tinçlik va osoyiştalikni asraş — yuksak mas’uliyat, xalq işonçini oqlaş esa katta şarafdir.
Bugun yurtimizda tinçlik va barqarorlikni ta’minlaş, fuqarolar xavfsizligini asraş, qonun ustuvorligini qaror toptiriş yölida tunu kun xizmat qilayotgan içki işlar organlari xodimlarining fidokorona mehnatini alohida e’tirof etamiz.
Sizlarning
huşyorligingiz — xavfsizligimiz, jasoratingiz — xotirjamligimiz, fidoyiligingiz — xalqimiz osoyiştaligining muhim kafolatidir.
Shu munosabat bilan barça soha xodimlari va faxriylariga mustahkam soğlik, oilaviy baxt, xotirjamlik va şarafli xizmat faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Xizmat burçini bajariş choğida halok bölgan mard va jasur xodimlarning xotirasini doimo hurmat bilan yod etamiz.
El tinçligi yölidagi şarafli xizmatingiz bardavom bo‘lsin!
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz içki işlar organlari xodimlari!
Hurmat bilan,
Abdumalik Allamuradov,
Bandixon tumani hokimi
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati
🌎
gov.uz/bandixon
📱
Tᴇʟᴇɢʀᴀᴍ
📱
ʏᴏᴜᴛᴜʙᴇ
📱
Iɴsᴛᴀɢʀᴀᴍ
📱
FaceBook