Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Bandixon tuman hokimligining MATBUOT XIZMATI

bandixonthaxborotxizmati
web sayt : www.bandikhan.uz facebook: https://www.facebook.com/Bandixon-tuman-hokimligi-Matbuot-xizmati-111872478185359 Telegram: https://t.me/Bandixonthaxborotxizmati Ishonch telefoni: +998(76) 228 10-14 Murojaat uchun: @zaxriddinzokirovich
Подписчики
5 830
24 часа
30 дней
50
Просмотры
1 290
ER
22,13%
Посты (30д)
313
Символов в посте
870
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
June 12, 09:29
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

O‘zJOKUda axborot xizmatlari rahbarlari uchun o‘quv kurslari boshlandi
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida
Surxondaryo viloyati va tuman hokimliklari
axborot xizmati rahbarlari uchun malaka oshirish bo'yicha o‘quv kurslari bo’lib o’tmoqda.
Uch kun davom etadigan kurslarda ishtirokchilar
davlat kommunikatsiyasi, PR va brending, krizis kommunikatsiyalari, faktcheking, reputatsiyani boshqarish, media mahsulotlarni tekshirish, fotojurnalistika
hamda
zamonaviy kommunikatsion kampaniyalarni tashkil etish
bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshiradilar.
Mashg‘ulotlar O‘zJOKU professor-o‘qituvchilari va soha mutaxassislari tomonidan interaktiv treninglar hamda amaliy mashg‘ulotlar shaklida olib boriladi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati
🌎
gov.uz/bandixon
📱
Tᴇʟᴇɢʀᴀᴍ
📱
ʏᴏᴜᴛᴜʙᴇ
📱
Iɴsᴛᴀɢʀᴀᴍ
📱
FaceBook

June 12, 09:06
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🕵️‍♂️
🕵️‍♂️
🕵️‍♂️
🕵️‍♂️
🕵️‍♂️
34 kgdan ortiq giyohvandlik moddalari kontrabandasiga chek qo‘yildi
Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahridagi “Qo‘yliq” bozori yaqinida to‘xtatilgan
“Lasetti”
avtomashinasi tekshirildi.
Avtomashinani Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yashovchi,
1968-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxs
boshqargan. U bilan birga
1984-yilda Denov shahrida tug‘ilgan, hozirda poytaxtda yashovchi fuqaro
ham bo‘lgan.
Tekshiruv davomida avtomashinadan
34 kg 610 gr giyohvandlik moddalari — 12 kg 960 gr opiy va 21 kg 650 gr gashish
aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.
Mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,
qamoq ehtiyot chorasi
qo‘llanilgan. Ayni paytda ularning ehtimoliy jinoiy sheriklarini aniqlash bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
🌐
EKSKLYUZIV

June 12, 08:14
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

Xalq bilan ochiq muloqot: Bandixonda navbatdagi hokim qabuli o‘tkazildi
Bugun, 12-iyun kuni Bandixon tumanidagi Prezident Xalq qabulxonasida tuman hokimi
Abdumalik Allamuradov
tomonidan navbatdagi fuqarolar va tadbirkorlar qabuli o‘tkazildi. Qabul davomida tumanning turli hududlaridan kelgan fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan murojaat qildilar.
Murojaatlarda asosan oqova suv tizimini yaxshilash, ijtimoiy sohadagi masalalar, bandlikni ta’minlash hamda boshqa dolzarb yo‘nalishlarga oid muammolar ko‘tarildi. Har bir murojaat alohida tartibda ko‘rib chiqilib, fuqarolarning taklif va fikrlari tinglandi.
Qabul davomida jami
8 ta
murojaat ko‘rib chiqildi. Ularning
4 tasi
joyida ijobiy hal etilib, murojaatchilarni qoniqtirgan yechimlar topildi.
Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan masalalar yuzasidan esa tegishli tashkilot va idoralar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati
🌎
gov.uz/bandixon
📱
Tᴇʟᴇɢʀᴀᴍ
📱
ʏᴏᴜᴛᴜʙᴇ
📱
Iɴsᴛᴀɢʀᴀᴍ
📱
FaceBook

June 12, 06:04
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

⚡️
O’zbekiston Respublikasi IIV YHXX inspeksiyasi boshlig‘i Sherzod Ibragimov:
"Yo‘ldagi bir necha qoidabuzarliklar uchun javobgarlik chorasi sifatida
avtomashinani musodara qilish taklifi kiritildi".
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati
🌎
gov.uz/bandixon
📱
Tᴇʟᴇɢʀᴀᴍ
📱
ʏᴏᴜᴛᴜʙᴇ
📱
Iɴsᴛᴀɢʀᴀᴍ
📱
FaceBook

June 12, 05:37
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Surxondaryo viloyati yoshlari uchun yana bir ilhomli va innovatsion uchrashuv!
🗓
Bugun, 12-iyun kuni San’at saroyi bog‘ida "Sun’iy intellekt va startaplar" yo‘nalishiga bag‘ishlangan yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur tadbirda yoshlar zamonaviy texnologiyalar, startap loyihalar, sun’iy intellekt imkoniyatlari hamda innovatsion g‘oyalar yuzasidan fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
🔗
Ishtirok etish istagidagi yoshlardan
yoshlar.gov.uz
platformasi orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tish so‘raladi.
Mehmondo‘stligi, iliq muhiti va faol yoshlari bilan tanilgan Surxonda barchangizni qiziqarli muloqot va yangi imkoniyatlar kutmoqda.
🚀
Kelajak sari birgalikda qadam tashlaymiz
!
Surxondaryo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

June 12, 05:07
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

💬
Hurmatli Bandixon tumani aholisi va mehmonlari!
Yoz mavsumida
daryo, kanal, soy va ariqlarda cho‘milishda ehtiyot bo‘ling. Suv ostidagi chuqurliklar, kuchli oqimlar va girdoblar
inson hayoti uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.
Hurmatli ota-onalar! Farzandlaringizni
suv havzalari yaqinida nazoratsiz qoldirmang, ularning taqiqlangan joylarda cho‘milishiga
yo‘l qo‘ymang.
❗️
Ta’qiqlangan hududlarda cho‘milmang!
❗️
Mast holda suvga tushmang!
❗️
Bolalarni kattalar nazoratisiz suv bo‘yida qoldirmang!
❗️
Faqat xavfsiz va ruxsat etilgan joylarda dam oling.
❗️
Suvda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qiling.
❗️
O‘zingiz va yaqinlaringiz xavfsizligini birinchi o‘ringa qo‘
ying.
📞
Favqulodda holatlarda
112 yagona tezkor xizmatiga
qo‘ng‘iroq qiling.
⚠️
Unutmang!
Bir lahzalik beparvolik og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. O‘zingizni va yaqinlaringizni asrang!
Bandixon tumani FVB boshlig’i Sh.Xusanov
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati
🌎
gov.uz/bandixon
📱
Tᴇʟᴇɢʀᴀᴍ
📱
ʏᴏᴜᴛᴜʙᴇ
📱
Iɴsᴛᴀɢʀᴀᴍ
📱
FaceBook

June 11, 16:17
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🎪
DIQQAT, BANDIXONGA BUXORO SIRKI KEL
A
DI!
🎪
Bandixon sahnasida ilk bor — O‘zbekistonda yagona “BUXORO” sirki!
📅
Ertaga 12 -Iyun faqat bir kun.
🕗
18:30 20:00 da
📍
Bandixon tumani Madaniyat markazida.

Sizni kutilmagan hayrat va zavq kutmoqda:
🤡
Kulgi ustasi masxarabozlar
🐍
Hayratga soluvchi bo‘g‘ma ilonlar
🤹‍♂️
Mo‘’jizakor katushka o‘yinlari
🧗‍♀️
Jasur dorbozlar
🤸‍♀️
Ajoyib akrobatlar
💪
Yurakni junbushga keltiradigan ekstrim shoular
🐊
Sirli Misr timsohi
🐵
Qiziqarli maymunlar shousi
🎁
Bundan tashqari yangi va noodatiy o‘yinlar!
📞
Bog‘lanish uchun:
+998-20-024-35-35
💡
Oilaviy hordiq chiqarish uchun eng yaxshi imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Keling va mo‘jizalar dunyosiga sho‘ng‘ing!
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati
🌎
gov.uz/bandixon
📱
Tᴇʟᴇɢʀᴀᴍ
📱
ʏᴏᴜᴛᴜʙᴇ
📱
Iɴsᴛᴀɢʀᴀᴍ
📱
FaceBook

June 11, 14:08
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi yig‘ilishi

Bugun
Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi raisi, ekspert guruhi raisi Jurayev Erkinjon Normurodovich
raisligida Ekspert guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tumandagi
dolzarb masalalar, mahalliy rivojlanish va fuqarolarning murojaatlari
yuzasidan ekspert baholari muhokama qilindi.

Ekspert guruhi tomonidan
ilgari surilgan takliflar va tavsiyalar, tuman Kengashi tomonidan
amaliy tarzda ko‘rib chiqilishi rejalashtirilmoqda.

Tadbir shaffof va samarali ishlash prinsiplari asosida o‘tkazildi, barcha ishtirokchilar faol ishtirok etdi.

Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan zarur tavsiyalar ishlab chiqildi , mas’ul shaxslarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati
🌎
gov.uz/bandixon
📱
Tᴇʟᴇɢʀᴀᴍ
📱
ʏᴏᴜᴛᴜʙᴇ
📱
Iɴsᴛᴀɢʀᴀᴍ
📱
FaceBook

June 11, 13:24
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
“EKSKLYUZIV” — ISHONCHLI VA BIRLAMCHI AXBOROT MANBAI
Bugungi tezkor axborot maydonida aniqlik, tezkorlik va xolislik eng muhim mezondir.
“EKSKLYUZIV”
telegram kanali jamiyat hayotidagi eng muhim voqea va hodisalarni faqat ishonchli manbalar asosida yoritib boradi.
📌
Kanalimizda:
🌍
Dolzarb yangiliklar
— ijtimoiy-siyosiy hayotning eng muhim voqealari;
🚫
Anti-feyk
— yolg‘on va asossiz xabarlarga rasmiy, aniq munosabat;
⚠️
Ogohlantirishlar
— aholi uchun muhim profilaktik materiallar va eslatmalar;
📊
Eksklyuziv tahlil
— voqealarning tub mazmun-mohiyatini ochib beruvchi sharhlar.
Biz axborotni shunchaki yetkazmaymiz, uning asl mohiyatini ham tushuntiramiz!

Kanalga obuna bo‘ling:
👉
EKSKLYUZIV

June 11, 08:43
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

⚖️
Sud tizimida yangi nazorat mexanizmi: shaffoflik va halollikni ta’minlashning qo‘shimcha kafolati
Prezident Farmoni
bilan sud tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va oldini olishga qaratilgan yangi mexanizmlar joriy etilmoqda. Shu maqsadda Oliy sud tarkibida Komplayens nazorati xizmati tashkil etilishi belgilangan.

Mazkur xizmat
sud apparati xodimlari faoliyatida korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va baholash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, qonunchilik va kasb etikasi talablariga rioya etilishini monitoring qilish
bilan shug‘ullanadi.
📌
Farmonga muvofiq, sud apparati xodimlari hamda ularning oila a’zolariga tegishli daromad va mol-mulk to‘g‘risidagi ma’lumotlarni deklaratsiya qilish tizimi joriy etiladi. Bu orqali manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaviy xavflarni erta bosqichda aniqlash imkoniyati kengayadi.

Shuningdek, sud tizimiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlarning kasbiy va shaxsiy sifatlari, halolligi hamda korrupsiyaga qarshi barqarorligi baholanadi. Sud apparatiga ishga qabul qilish jarayonlari ochiq tanlov va meritokratiya tamoyillari asosida tashkil etiladi.

Yana bir muhim jihat — korrupsiya va qonunbuzilish holatlari haqida xabar bergan xodimlarni himoya qilish mexanizmlari kuchaytiriladi, fuqarolar uchun xavfsiz aloqa kanallari yaratiladi.
📌
Ko‘zlangan asosiy maqsad — sud tizimida shaffoflik, halollik va qonuniylik muhitini yanada mustahkamlash, fuqarolarning odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirishdan iborat.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official