
bank kuni
Işga joylaşiş uçun kerakli hujjatlarni
my.gov.uz
orqali oliş mumkin
📄
Bepul yuklab oliş mumkin bölgan hujjatlar:
🔹
3×4 ölçamdagi foto;
🔹
JŞŞIR berilgani töğrisida ma’lumotnoma;
🔹
Yaşaş joyi böyiça ma’lumotnoma;
🔹
Iş tajribasi haqida ma’lumotnoma;
🔹
Özini özi band qilganlik töğrisida ma’lumotnoma;
🔹
Ta’lim muassasasini tugatganlik haqida ma’lumotnoma;
🔹
Jamğarib boriladigan pensiya hisobvaraği töğrisida ma’lumotnoma;
🔹
Nogironlik töğrisida ma’lumotnoma.
Tölov evaziga olinadigan ma’lumotnomalar:
🔹
Narkologiya dispanseridan —
ma’lumotnoma
;
🔹
Ruhiy kasalliklar dispanseridan —
ma’lumotnoma
;
🔹
Sudlanganlik yoki sudlanmaganlik töğrisida —
ma’lumotnoma
.
@bank_kuni24
Aholiga tegişli 10,7 milliard sömlik gaz va ballonlar talon-toroj bölişi töxtatildi
«Hududgazta’minot» ötkazgan tekşiruvlarda gazni noqonuniy sotiş böyiça 1 200 dan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi.
Şu paytgaça gazni yaşirinça sotgan 471 ta norasmiy savdo nuqtasi («bunker») yopilib, jami 10,7 milliard sömlik 17 mingtadan ziyod gaz balloni va qariyb 194 tonna gazning noqonuniy sotilişi töxtatib qolindi.
Joriy yilning töqqiz oyida aniqlangan talon-torojliklar böyiça 19 ta jinoyat işi oçilgan.
Talab bölmasa taklif bölmaydi. Şunça bunkerlar yopilibdi lekin şu bunkerlarni oçilişiga nima sabab majbur qilgan edi? Asl sababni bartaraf qiliş ustida işlanadimi?
@bank_kuni24
Pensiya yoşiga yetganlarni işdan böşatiş kerak: mehnat kodeksiga özgartiriş kiritiş taklifi
Qöşni Qirğizistonda öqituvçilarning maoşi oşgaç, nafaqa yoşidagi ustozlarning işda qoliş istagi keskin kuçaydi va bu yoş mutaxassislarning işsiz qolişiga sabab bölmoqda. Hatto prezident darajasida Mehnat kodeksini özgartiriş zarurligi aytildi.
Bu muammo bugungi Özbekiston ta’lim tizimi uçun ham juda dolzarb.
Amaldagi yangi Mehnat kodeksi xodimning nafaqa yoşiga yetgani sababli uni iş beruvçi taşabbusi bilan böşatişni taqiqlaydi. Natijada pensioner öqituvçi 70–75 yoşda ham joyini tark etmay, bir vaqtning özida ham töliq pensiya, ham katta stavkadagi maoş va ustamalarni olib kelmoqda. Bu vaqtda esa pedagogika yönalişini tamomlagan minglab şijoatli yoş mutaxassislar maktablardan oddiy 0,5 stavka ham topolmay sarson bölmoqda.
Şu sababli qonunçilikka quyidagi qat’iy normani qaytariş taklif etiladi:
• Töliq pensiya yoşiga yetişi bilan şartnomani bekor qiliş: Xodim qonunda belgilangan pensiya yoşiga (erkaklar 60, ayollar 55) töliq yetgan kundan boşlab u bilan mehnat şartnomasi bekor qilinişi şart qilib belgilanişi lozim.
• Iş örinlarini töliq yoşlarga beriş: Böşagan barça asosiy stavka va soatlar faqatgina yangiça qaraşga ega, raqamli texnologiyalarni puxta biladigan yoş kadrlarga topşirilişi kerak.
• Istisno faqat tanqislik bölganda: Agar tumanda yoki qişloqda şu fandan boşqa kadr umuman topilmasagina, pensionerni vaqtinçalik (qisqa muddatli şartnoma asosida) jalb etiş mumkin bölsin.
Har bir fuqaro öz davrida mehnat qilib, pensiya yoşida munosib dam olişi kerak. Ta’lim tizimini yoşartirmasdan, yoşlarga yöl bermasdan turib yangilanişga va sifatga erişib bölmaydi.
Siz bu taklifni qöllaysizmi? Pensiya yoşiga yetganlarni töliq işdan böşatiş majburiy bölişi kerakmi?
@theBankHub
Bugun yuridik şaxs va YATT larning elektron tölov hujjatlarini qabul qiliş vaqti uzaytirilmadi
➖
➖
➖
➖
➖
Сегодня продления нет
@bank_kuni24
Mahmud Usmon Iman Invest böyiça 50 dan ortiq hujjatni e’lon qilmoqçi
IFCB kengaşi a’zosi Mahmud Usmon Iman Invest asosçisi Rustam Rahmatovning
bayonotiga
javoban yana bir videomurojaat e’lon qildi.
U Rahmatovning kompaniyadan uluş talab qilgani haqidagi da’volarini rad etdi. Mahmud Usmon öziga nisbatan aytilgan gaplar yuzasidan sudga murojaat qilişini bildirdi.
Şuningdek, u kompaniya faoliyatiga oid 50 dan ortiq hujjat hamda rahbariyat bilan ötkazilgan Zoom uçraşuvlari yozuvlarini oşkor qilişini ma’lum qildi.
Mahmud Usmonning ta’kidlaşiça, moliya mutaxassislari kompaniyaning 70 mln dollarlik portfelida taxminan 20 mln dollarlik kamomad borligini muhokama qilgan.
Uning sözlariga köra, şubhali tranzaksiyalarga oid hujjatlar prokuratura va boşqa tegişli idoralarga ham taqdim etilgan.
Iman Holding Kuzatuv kengaşi Rustam Rahmatovning videosini öçirib taşladi
26 oktyabr kuni Iman Holding Kuzatuv kengaşi kompaniyaning rasmiy kanalida bayonot e’lon qildi.
Kengaş Rustam Rahmatovning avvalgi videomurojaatini kompaniyaning rasmiy sahifalaridan olib taşlaşga qaror qilgan.
Bunga videoda kompaniya faoliyati bilan bir qatorda şaxsiy kelişmovçiliklar ham muhokama qilingani sabab qilib körsatilgan.
Kengaş mazkur qaror kompaniyaga nisbatan bildirilgan ayblovlar tan olinganini anglatmasligini ta’kidladi.
Şuningdek, kompaniya faoliyatiga oid masalalarni mustaqil tekşiruv asosida körib çiqişga tayyorligini ma’lum qildi.
Bundan buyon kompaniya nomidan rasmiy ma’lumotlar faqat matbuot xizmati va rasmiy kanallar orqali berilişi qayd etilgan.
Kengaş ayblovlar yuzasidan qöşimça munosabat ham bildirilişini ma’lum qilgan.
@bank_kuni24
Şakar importi kvotasi yana tiklanadi
Özbekistonda 2027 yildan boşlab şakar importiga yillik 300 ming tonna kvota joriy etiş rejalaştirilmoqda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 31 iyuldagi qaroriga tayanib xabar berildi.
Kvota içimliklar, qandolatçilik va boşqa oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqaruvçilar örtasida har biriga 100 ming tonnadan taqsimlanişi közda tutilgan. Kvota hajmi har yili noyabr oyida belgilanadi.
Şuningdek, mahalliy şakar işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaş çoralari belgilangan.
2027 yil 1 yanvardan davlat taşkilotlari va korxonalarining şakarga bölgan ehtiyoji davlat xaridlari doirasida birinçi navbatda mahalliy işlab çiqaruvçilar hisobidan ta’minlanişi kerak.
Şu bilan birga, şakar zavodlarining barça mahsulotlari tovar-xomaşyo birjasi orqali sotilişi, korxonalarning moliyaviy holati va kredit qarzlari ustidan nazorat kuçaytirilişi nazarda tutilgan.
@bank_kuni24
Iman Invest bilan nimalar sodir bölmoqda?
25 oktyabr kuni IFCB Islom moliyasiga muvofiqlik böyiça kengaş a’zosi Mahmud Usmon özining Instagram sahifasida Iman Invest kompaniyasi faoliyati yuzasidan videomurojaat e’lon qildi.
Unda kengaş kompaniya bilan hamkorlikni töxtatganini ma’lum qilib, tekşiruv davomida investorlar mablağlari bilan boğliq jiddiy muammolar va bir neça million dollarlik kamomad aniqlanganini bildirdi.
Mahmud Usmonning aytişiça, joriy yil iyul oyida kengaşga kompaniyadagi şubhali tranzaksiyalar haqida hujjatlar kelib tuşgan.
Ötkazilgan moliyaviy, huquqiy va şariat tekşiruvlari natijasida kompaniya rahbariyati investorlar mablağlarini islom moliyasi tamoyillari, içki hujjatlar va qonunçilikka zid ravişda işlatgani aniqlangan.
Uning ta’kidlaşiça, ayrim holatlar kompaniya rahbarlari tomonidan ham tan olingan.
IFCB kengaşi kompaniya faoliyatini islom moliyasi talablariga muvofiq emas deb baholagan hamda kamçiliklar bartaraf etilib, investorlar zarari qoplanmagunça unga mablağ kiritmaslikni tavsiya qilgan.
Mahmud Usmon kengaş xulosasi va uning asoslarini jamoatçilikka e’lon qilişga, şuningdek, ularni mustaqil auditorlar va davlat idoralariga taqdim etişga tayyor ekanini bildirgan.
Iman tomonidan munosabat
Bir kun ötib, 26 oktyabr kuni Iman Invest asosçisi Rustam Rahmatov ham videomurojaat bilan çiqib, Mahmud Usmonning da’volariga munosabat bildirdi.
Uning aytişiça, kompaniya Mahmud Usmon bilan ikki yarim yil davomida hamkorlik qilgan va şu vaqt içida unga maoş sifatida 100 ming dollardan ortiq mablağ tölagan.
Rahmatovning ta’kidlaşiça, kelişmovçilik oylik tölovlarni kamaytiriş masalasi hamda Mahmud Usmonning Iman xolding aktsiyalaridan uluş söragani ortidan boşlangan.
Kompaniya rahbariyati şeriklari bilan maslahatlaşib, uşbu talabni rad etganini bildirgan. Uning fikriça, videomurojaatda keltirilgan ayblovlar aynan şu kelişmovçilikdan keyin e’lon qilingan.
Şuningdek, Rahmatov kompaniya ikki yil avval auditdan ötib, faoliyatiga ijobiy xulosa olganini aytdi.
Hozirda esa kompaniyaning ötgan va joriy yildagi faoliyati qayta tekşirilayotganini, audit natijalari jamoatçilikka taqdim etilişini ma’lum qildi.
Rahmatov kompaniya investorlar va hamkorlar oldidagi majburiyatlari uçun mas’ul ekanini ta’kidlab, yuzaga kelgan kelişmovçilikni qonuniy yöl bilan hal qilişini bildirgan.
@bank_kuni24