Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Baxmal tumani hokimligi

baxmal_tumani_hokimligi
Web-sayt ▶️ https://gov.uz/baxmal telegram ▶️ https://t.me/baxmal_tumani_hokimligi ishonch telefoni:72-412-14-46 murojaat uchun: @murojaat43
Subscribers
7 111
24 hours
-5
30 days
-69
Post views
373
ER
5,25%
Posts (30d)
680
Characters in post
1 033
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
September 19, 14:43
Media unavailable
1
Show in Telegram

Axborot xizmatlari rahbarlari ishtirokida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi
2026-yil 17–18 sentabr kunlari Toshkent viloyatidagi "Sevarsoy” dam olish zonasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda tashkilotlar axborot xizmatlari rahbarlari uchun" Axborot xizmati faoliyati: tahlil, tajriba va rivojlanish” mavzusida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda axborot xizmatlari faoliyatining 2026-yil birinchi yarim yillik yakunlari tahlil qilinib, sohadagi ustuvor vazifalar, zamonaviy kommunikatsiya vositalaridan samarali foydalanish, sun’iy intellekt imkoniyatlarini axborot xizmati faoliyatiga joriy etish, intellektual monitoring platformalaridan foydalanish hamda rasmiy axborot resurslarini boshqarish va himoya qilish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbir doirasida davlat organlari va tashkilotlar axborot xizmatlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va samarali tajribalar taqdimotlari o‘tkazildi.
Seminarda Jizzax viloyati hokimligi Axborot xizmati rahbari Akmal Binokulov ishtirok etib, Jizzax viloyatida axborot xizmati faoliyatini tashkil etish, axborot va media makonida samarali kommunikatsiyani yo‘lga qo‘yish, aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy tajribalar yuzasidan taqdimot qildi.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|

September 19, 13:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

Zominda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda
Zomin tumanining Bunyodkor mahallasida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, aholini elektr energiyasi bilan barqaror va uzluksiz ta’minlash maqsadida zarur tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, mahalladagi eskirgan elektr ustunlari yangilariga almashtirilib, ular o‘rniga mustahkam temir-beton ustunlar o‘rnatilmoqda. Shuningdek, elektr tarmoqlarining texnik holati o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Mazkur ishlar elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish, ehtimoliy uzilishlarning oldini olish hamda kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish uchun zarur sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|

September 19, 11:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

“Cyber Security Challenge – Jizzakh 2026” g‘oliblari taqdirlandi
Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamda IT Park Jizzax filiali hamkorligida “Cyber Security Challenge – Jizzakh 2026” tanlovi o‘tkazildi.
Musobaqada yoshlar kibertahdidlarni aniqlash va ularga qarshi samarali yechimlar ishlab chiqish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish borasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.
Tanlov davomida ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan loyihalar hakamlar hay’ati tomonidan dolzarbligi, amaliy ahamiyati, innovatsion yondashuvi va texnik yechimlari asosida baholandi.
Yakunda IT va kiberxavfsizlik sohasidagi innovatsion g‘oyalar hamda startap loyihalari bilan faol ishtirok etgan 15 nafar yosh g‘oliblikni qo‘lga kiritib, munosib ravishda taqdirlandi.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|

September 19, 11:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

🛍
KO‘CHMA SAVDO JOYLARI — E-AUKSIONDA
Jizzax viloyatida
3 156 ta ko‘chma savdo joyi
“E-auksion” elektron savdo platformasi orqali
36 oy muddatga
sotuvga chiqarilgan.
📍
Hududlar kesimida:
🔹
Arnasoy tuman

349 ta
🔹
Baxmal tuman

157
ta
🔹
G'allarol tuman

269
ta
🔹
Sh.Rashidov tuman

160 ta
🔹
Do'stlik tuman

169 ta
🔹
Zomin tuman

179 ta
🔹
Zarbdor tuman

185
ta
🔹
Mirzacho'l tuman

251 ta
🔹
Zafarobod tuman

269 ta
🔹
Paxtakor tuman

230 ta
🔹
Forish tuman

364 ta
🔹
Yangiobod tuman

333 ta
🔹
Jizzax shahar

427
ta
🔎
Barcha ko‘chma savdo joylarini ko‘rish:
❗️
MUHIM!
Savdolarda
yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar
ishtirok etishi mumkin.
📌
Eslatma:
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi
485-son qaroriga
muvofiq, tegishli savdo joyida ko‘chma savdo obyektini joylashtirish muddatini
2 marta uzaytirishga ruxsat beriladi.
📞
Ma’lumot uchun:
📱
+998 99 207 36 08
📱
+998 99 207 26 08
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|

September 19, 11:01
Media unavailable
1
Show in Telegram

🎥
Videoreportaj: Jizzaxda Janubiy Koreyaning ilg‘or ta’lim tajribasi joriy etilmoqda
O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida Jizzax viloyatida xorijiy davlatlarning ilg‘or ta’lim tajribalarini maktablarga joriy etish hamda o‘quvchilarning xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan yangi loyiha amalga oshirilmoqda.
Joriy o‘quv yilidan boshlab viloyatdagi umumta’lim maktablariga Janubiy Koreyadan 20 nafar pedagog jalb etildi. Jizzax shahridagi 6-sonli umumta’lim maktabida koreys tilini janubiy koreyalik pedagogdan bevosita o‘rganish yo‘lga qo‘yildi.
📹
Batafsil — videolavhada.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|

September 19, 09:03
Media unavailable
1
Show in Telegram

Zafarobodda avtomobil yo‘lining holati yaxshilanmoqda
Zafarobod tumani Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan tumandagi avtomobil yo‘llarining texnik holatini yaxshilash, harakat xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ayni kunlarda D-049 avtomobil yo‘lining Jizzax shahri va Chimqo‘rg‘on qishlog‘i oralig‘idagi 14–18-kilometrlarida to‘liq ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Ta’mirlash jarayonida yo‘l qoplamasining yaroqsiz holga kelgan qismlari tiklanib, transport vositalarining qulay va xavfsiz harakatlanishi uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Shuningdek, yo‘lning texnik holatini yaxshilash, foydalanish muddatini uzaytirish va harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ishlar bajarilmoqda.
Ta’mirlash ishlari yakunlangach, mazkur yo‘lning harakatlanish uchun qulayligi va xavfsizlik darajasi yanada oshishi kutilmoqda. Bu esa hududlar o‘rtasidagi transport qatnovini yaxshilash, aholi uchun qulaylik yaratish hamda yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Sifatli va soz avtomobil yo‘llari nafaqat harakat xavfsizligini ta’minlash, balki hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va aholining kundalik hayoti uchun qulay sharoitlar yaratishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|

September 19, 09:03
Media unavailable
1
Show in Telegram

🎥
Videoreportaj: Zafarobodda "Vaziyatlar markazi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi
Boshqaruvni yangi bosqichga olib chiqish, turli sohalarni yagona raqamli tizimga birlashtirish maqsadida Jizzax viloyatining barcha hududlarida bo‘lgani kabi Zafarobod tumanida ham "Vaziyatlar markazi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Markaz ijtimoiy-iqtisodiy sohalar, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi va boshqa yo‘nalishlarning axborot tizimlarini birlashtirib, ularni masofaviy nazorat qilish imkonini beradi.
Ayni paytda 30 dan ortiq xizmat va ishlab chiqarish sohalari markazga integratsiya qilingan. Jumladan, tabiiy resurslar hamda ta’lim, maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim sohalaridagi jarayonlarni raqamli nazorat qilish imkoniyatlari kengaytirilmoqda.
📹
Batafsil — videolavhada.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|

September 19, 09:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

🎥
Videoreportaj: Jizzaxda kuz-qish mavsumida yong‘in xavfsizligi choralari kuchaytirilmoqda
Ayni kunlarda viloyatning barcha hududlarida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, aholi xavfsizligini ta’minlash hamda yong‘in va boshqa favqulodda holatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda. Jumladan, G‘allaorol tumanida xonadonlar, ijtimoiy soha va boshqa obyektlarda yong‘in xavfsizligi holati o‘rganilib, mavsumga tayyorgarlik nazorat qilindi.
Tadbirlar davomida aholiga gaz va elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish, isitish moslamalaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish, yong‘in hamda is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, xonadonlardagi dudburonlarning texnik holati ko‘zdan kechirilib, maxsus anjomlar yordamida tozalash ishlari amalga oshirildi.
📹
Batafsil — videolavhada.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|

September 19, 08:53
Media unavailable
3
Show in Telegram

💰
Келажакдаги пенсиянгиз учун жамғарсангиз, давлат ҳам сизга бу борада кўмаклашади
.
📌
Ихтиёрий жамғариб бориладиган пенсия тизими бўйича
янги механизм
таклиф этилмоқда
. Таклифга кўра,
7,6 млн сўмгача
иш ҳақи олувчи фуқаро ўз иш ҳақининг
5 фоизини
ихтиёрий равишда жамғарса, давлат унинг бадалига
50 фоизгача қўшимча маблағ
қўшиб бериши мумкин.

Давлат қўшимча бадали даромадга қараб белгиланади. Энг кам даромадлиларга бадалининг
50 фоизи
, ўртача даромадлиларга
30-20 фоизи
ва ундан юқорироқ иш ҳақи олувчиларга
15-10 фоизи
миқдорида мақсадли қўшиб берилади.
📌
Шунингдек,
7,6 млн сўмдан
юқори иш ҳақи оладиган фуқаролар даромадининг
1 фоизини,
тўланган ижтимоий солиқ ҳисобидан уларнинг
жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига йўналтириш
таклифи ҳам илгари сурилмоқда. Бу таклифлар фуқароларга яратилаётган янги имкониятлар демакдир.

Қисқача айтганда янги таклифлар аҳолини
узоқ муддатли жамғаришга рағбатлантиради
ва кексалик учун
қўшимча молиявий манба
яратади.
Veb-sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube

September 19, 08:53
Media unavailable
2
Show in Telegram

↗️
Расмий юқори маош пенсияда ҳам ўз аксини топиши керак
✈️
Ҳозирда пенсия тайинлашда иш ҳақи пенсия ҳисоблаш базавий миқдори (бугунги кунда 504 минг сўм)нинг
12 баравари

6,0 млн сўм
инобатга олинади. Шу сабаб 6 млн сўм ва 10–15 млн сўм иш ҳақи олган фуқароларнинг пенсиясида
катта фарқ юзага келмайди.
Бу ҳолат юқори даромад олувчи ходимларнинг иш ҳақини тўлиқ расмийлаштиришга бўлган қизиқишини пасайтириши мумкин.
✈️
Шу муносабат билан пенсия ҳисоблашда инобатга олинадиган иш ҳақининг юқори чегарасини
12 баравардан 13 бараварга — 6,6 млн сўмгача ошириш таклиф қилинмоқда.
💬
Эслатма:
ушбу таклиф ҳозирча кучга кирмаган. Таклиф қабул қилинса, юқори иш ҳақи олиб, кўпроқ ижтимоий солиқ тўлаган фуқароларнинг пенсия миқдори ҳам юқорироқ бўлишига имконият яратилади.
Veb-sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube