
Baxmal tumani hokimligi
Giyohvandlikka qarshi kurash – sog‘lom kelajak garovi
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish, ayniqsa yoshlarni ushbu illatdan asrash hamda ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish borasida tizimli targ‘ibot ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Baxmal tuman adliya bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarining hamda kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlikni takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–1151-son Qonuni ijrosi yuzasidan huquqiy tadbir tashkil qilindi.
Tadbir davomida aholining keng qatlami, ayniqsa yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar hamda ularning analoglarining noqonuniy muomalasi va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlari, ushbu illatlarning barvaqt oldini olish, o‘quvchi-yoshlar orasida psixofaol moddalarning tarqalishiga chek qo‘yish, yoshlarda giyohvandlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, voyaga yetmaganlar va yoshlarni zararli illatlardan asrash hamda ularning huquqiy savodxonligini oshirish masalalari yuzasidan keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borildi.
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifamiz
@baxmal_tumani_hokimligi
🎥
Videoreportaj: Jizzaxda elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi
Jizzax viloyati hokimi rahbarligida yoqilg‘i-energetika sohasiga bag‘ishlangan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi. Unda elektr ta’minoti tizimidagi muammolar, avariyaviy uzilishlar, energiya yo‘qotishlari va to‘lov intizomi muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, joriy yilda elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish uchun
165 mlrd so‘m
ajratilgan bo‘lib, 146 ta mahallada 600 km elektr tarmoqlarini qurish, 135 ta transformator punkti va 4 ta podstansiya barpo etish rejalashtirilgan.
Yig‘ilishda yil boshidan buyon viloyatda 347 ta avariyaviy elektr uzilishi qayd etilgani, texnik yo‘qotishlar 16,6 foizni tashkil etgani hamda eskirgan transformatorlar va ASKUE tizimidagi kamchiliklar keskin tanqid qilindi.
Mas’ullarga avariyalarni qisqartirish, elektr tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish, raqamlashtirishni kengaytirish, to‘lov intizomini mustahkamlash hamda aholi va tadbirkorlarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
📹
Batafsil — videolavhada.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|
Jizzax shahrida chiqindi yig‘ish infratuzilmasini rivojlantirish ishlari izchil davom etmoqda
Jizzax shahri hududida sanitariya holatini yaxshilash, qattiq maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida yig‘ish va aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida GREENLINES MCHJ tomonidan chiqindi yig‘ish maydonchalari va konteynerlar tarmog‘i bosqichma-bosqich kengaytirilmoqda.
Bugungi kunda shaharda jami 82 ta chiqindi yig‘ish maydonchasi mavjud bo‘lib, shundan 57 tasi uychali, 25 tasi uychasiz maydonchalardan iborat.
Shuningdek, shahar bo‘yicha 250 dona chiqindi konteyneri aholiga xizmat ko‘rsatmoqda. Ular mahallalar kesimida joylashtirilgan bo‘lib, chiqindilarni tizimli yig‘ish va olib chiqish ishlarida samarali foydalanilmoqda.
Mavjud tahlillarga ko‘ra, yana 78 ta chiqindi yig‘ish maydonchasiga qo‘shimcha ehtiyoj mavjud bo‘lib, bu yo‘nalishda infratuzilmani yanada rivojlantirish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.
Toza va ozoda shaharni barpo etish har birimizdan atrof-muhitga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lishni talab etadi.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|
Assalomu alaykum, hurmatli Jizzaxliklar!
📆
Bugungi sana: 29-Iyul. Chorshanba.
📅
Yilning: 210-kuni
⏳
Yil yakuniga 155 kun qoldi
📜
Tarixda bugun nimalar ro‘y bergan?
⚡️
1836 yil —
🇫🇷
Parijda Yulduzlar maydonida
🏛
Arc de Triomphe ochildi;
⚡️
1858 yil —
🇯🇵
AQSh bosimi ostida Yaponiya Tokio va Osakani chet elliklar uchun ochdi;
⚡️
1907 yil —
🇬🇧
Robert Baden-Pauell Buyuk Britaniyada
🎖
Boyskautlar tashkilotiga asos soldi;
⚡️
1914 yil —
🇺🇸
Nyu-Yorkdan San-Fransiskoga birinchi trans-amerika telefon liniyasi ishga tushirildi
☎️
;
⚡️
1952 yil —
🌊
Tinch okeani bo‘ylab
✈️
reaktiv samolyotning birinchi to‘xtovsiz parvozi amalga oshirildi;
⚡️
1954 yil —
📚
J.R.R. Tolkienning “Uzuklar hukmdori” trilogiyasining birinchi qismi nashr etildi;
🎉
Bugun tavallud topganlar
🎂
1957 —
🤸♀️
Nelli Kim — besh karra Olimpiya chempioni, besh karra jahon chempioni, ikki karra Yevropa chempioni;
🏎
1981 — Fernando Alonso — Formula 1 uchuvchisi, ikki karra jahon chempioni;
🎯
1988 — Tarjei Bø —
🇳🇴
norvegiyalik biatlonchi,
🥇
Olimpiya chempioni (2010),
🏆
sakkiz karra jahon chempioni.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|
XALQ QABULXONASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI KO‘RIB CHIQILDI
✅
Aholining muammo va takliflarini tinglash, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda murojaatlarni o‘z vaqtida hal etish maqsadida Baxmal tumanida fuqarolar qabuli muntazam tashkil etilmoqda.
✅
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-51-sonli Farmoniga muvofiq, 2026-yil 28-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi Xalq qabulxonasi binosida tuman hokimining Moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i A. Meliboyev hamda tuman hokimining o‘rinbosari S. Abduvaxidov tomonidan fuqarolarning shaxsiy qabuli o‘tkazildi.
✅
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha aniq muddatlar belgilandi hamda mas’ul tashkilot va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.
✅
Fuqarolar bilan ochiq va samarali muloqotni ta’minlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda aholi manfaatlarini himoya qilish borasidagi bu kabi qabullar izchil davom ettirilmoqda.
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifamiz
@baxmal_tumani_hokimligi
#24_ta_masala
#ish_reja_ijrosi
📌
Barlos mahallasida ichki ko‘cha yo‘llari holati deputatlik nazoratida
Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashi raisi A. Zikiryayev tomonidan Barlos mahalla fuqarolar yig‘ini hududida ichki ko‘cha yo‘llarining holati yuzasidan 24 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
Nazorat jarayonida mahalladagi ichki yo‘llarning mavjud holati, ta’mirga muhtoj elektr simyog’ochlar, aholi harakati uchun qulayliklar, yo‘llarni saqlash va obodonlashtirish ishlarining sifati atroflicha o‘rganildi.
Tahlil davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yo‘l infratuzilmasini yanada yaxshilash hamda aholi uchun xavfsiz va qulay harakatlanish sharoitini ta’minlash bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifamiz
@baxmal_tumani_hokimligi
📢
DIQQAT! SAYYOR QABUL!
Hurmatli
Baxmal tumani fuqarolari va tadbirkorlari!
🗓
30-iyul
🕙
10:00 – 12:00
🏛
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
rahbar va mas'ul xodimlari ishtirokida
sayyor qabul
o'tkaziladi.
📌
Qabul davomida quyidagi masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilinadi:
✅
Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish;
✅
Yer uchastkalarini xususiylashtirish va ijaraga berish;
✅
Auksion savdolariga chiqarilgan davlat mulklari;
✅
Sohaga oid muammo, taklif va murojaatlar.
📍
Manzil:
Baxmal tumani Xalq qabulxonasi binosi.
📞
Murojaat uchun:
☎️
+998 97 482 10 77
☎️
+998 94 196 77 97
🤝
Barcha fuqarolar va tadbirkorlarni sayyor qabulda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
📢
E’LON
Hurmatli fuqarolar!
Jizzax viloyati IIB rahbariyati, shahar-tuman IIB boshliqlarining birinchi o‘rinbosarlari hamda tergov bo‘yicha o‘rinbosarlari tomonidan aholi murojaatlarini tinglash va muammolarini o‘rganish maqsadida ertaga soat 09:00 dan shaxsiy qabullar o‘tkaziladi.
Website
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube
|
Murojaatyuborish
Jizzaxda qariyb 5 kilogramm giyohvandlik vositasi musodara qilindi
Davlat xavfsizlik xizmati Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq qonunbuzarlikka chek qo‘yildi.
Tadbir davomida Zarbdor tumanida yashovchi, 1981-yilda tug‘ilgan shaxs Jizzax shahri hududida to‘xtatilib tekshirildi. Tekshiruv jarayonida uning yonidagi xo‘jalik qopi ichida umumiy og‘irligi 4 kilogramm 840 gramm bo‘lgan kannabis o‘simligi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida musodara qilindi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda hamda ushbu jinoyatga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|
🏦
🏢
Biznes uchun 140 ga yaqin davlat mulkini
"
E-auksion.uz
" savdo platformasidan IJARAGA OLING
🔹
🔷
Jizzax viloyati
🔹
Arnasoy tumani
- 8 tа
(
ko'rish
)
🔹
Baxmal tumani -
15 ta
(
ko'rish
)
🔹
G‘allaorol tumani -
29 ta
(
ko'rish
)
🔹
Sh.Rashidov tumani
-
2 ta (
ko’rish
)
🔹
Do'stlik tumani
- 24 tа
(
ko'rish
)
🔹
Zomin tumani -
9 tа
(
ko'rish
)
🔹
Zarbdor tumani
- 4 tа
(
ko'rish
)
🔹
Mirzacho'l tumani -
10
ta
(
ko'rish
)
🔹
Zafarobod tumani
- 3
tа (
ko'rish
)
🔹
Paxtakor tumani-
2 tа
(
ko'rish
)
🔹
Forish tumani-
6 tа
(
ko'rish
)
🔹
Yangiobod tumani-
5 tа
(
ko'rish
)
🔹
Jizzax shahar -
17 tа
(
ko'rish
)
*Lot ma'lumotlarida narxlar yillik ijara stavkasi miqdorida ko'rsatilgan
.
Ma'lumot uchun
:
☎️
(71) 202 21 11
📱
+998992073608
📱
+998992072608
📱
+998773757421
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|