Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

BBA|Samarqand

bbasamarqand
Bilim va malakalarni baholash agentligining Samarqand viloyati bo‘limining rasmiy kanali. Geolokatsiya: https://yandex.uz/maps/-/CHgLmO0q
Subscribers
3 201
24 hours
-12
30 days
-121
Post views
390
ER
12,18%
Posts (30d)
96
Characters in post
917
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 27, 23:22
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Sertifikat_natija
〰️
〰️
〰️
〰️
〰️
〰️
〰️
〰️
Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi
🗓
2026-yil 26–29-sentabr va 2–4-oktabr kunlari
o‘tkazilgan
biologiya, kimyo, fizika
va
matematika
fanlaridan
milliy sertifikat
imtihonlari natijalari e'lon qilindi.
🆔
Talabgorlar o‘z natijalarini
my.gov.uz
saytining “
Mening arizalarim
” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.
📊
Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:
🔹
70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹
65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹
60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹
55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹
50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹
46 - 49,9 ball — C daraja.
❗️
O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 5 kun ichida
my.gov.uz
sayti orqali apellyatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellyatsiya arizalari arizalarni qabul qilish toʻliq yakunlangandan so‘ng ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.
✅
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

October 27, 15:46
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#OnlaynTest
Ichki ishlar organlariga ishga kiruvchi nomzodlar uchun test sinovlari o‘tkazildi
📆
2026-yil 27-oktyabr kuni Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni qabul qilish uchun navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿
Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni qabul qilish uchun test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2023-yil 31-avgustdagi 433-son qaroriga muvofiq o‘tkazildi.
📍
Test sinovlari respublikamizning
barcha hududlarida tashkil etildi. Ularda 960 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi.
💼
Test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligining “Onlayn test” axborot tizimi orqali o'tkazildi va talabgorlar shu vaqtning o‘zida to‘plagan ballarini bilib oldilar.
📝
Test natijalari bo‘yicha qaydnomalar rasmiylashtirilgach, tegishli vazirlikka taqdim etiladi.
✅
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

October 27, 11:23
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Unda Prezidentimiz
2027-yildan oliygohlarda tor soha mutaxassisligi bo‘yicha o‘qish – rezidentura bepul bo‘lishini
ma’lum qildi. Talabalarga
3 million so‘m stipendiya
to‘lanadi.
Yo‘nalishga qarab rezidentura
ikki yildan besh yilgacha
davom etadi.
Oilaviy shifokorlik bo‘yicha o‘qish ikki yil, jarrohlik bo‘yicha esa besh yil bo‘ladi.
Oliygohlarga klinikalar bog‘lanib,
“universitet klinikasi” tizimi
joriy etilgan. Endi tibbiyotdagi
ilmiy tadqiqotlarning 80 foizi oliygohlar klinikasida bo‘lishi kerakligi
ko‘rsatib o‘tildi.
✅
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

October 27, 01:09
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

#Milliy_sertifikat
Barcha hududlarda umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda
📖
Avval
xabar qilingan
milliy sertifikat imtihonlari doirasida
geografiya
,
ona tili va adabiyot
fanlaridan test sinovlari yakuniga yetdi.
📍
Test sinovlari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahri
da tashkil etildi.
👥
Ularda 98
ming nafardan ko‘p
talabgor ishtirok etgan bo‘lsa, shulardan 44 nafari amaldagi tartib-qoidani buzgani uchun jarayondan chetlatildi.
📎
Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari davom etmoqda.
✅
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

October 26, 14:22
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#OnlaynTest
Qo‘shma ta'lim dasturlariga navbatdagi qabul imtihonlari bo‘lib o‘tdi
Qo‘shma ta’lim dasturlariga navbatdagi qabul imtihonlari bo‘lib o‘tdi
📆
2026-yil 26-oktyabr kuni qo‘shma ta’lim dasturlariga qabulning ikkinchi bosqichi doirasida Toshkent davlat texnika universiteti, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Bank-moliya akademiyasi hamda Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi institutida chet tillari bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi.
💼
Talabgorlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan ishlab chiqilgan elektron platforma orqali test sinovlarini topshirdilar. Sinovlar yakunida ular o‘zlari to‘plagan ballar bilan shu vaqtning o‘zida tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
📝
Imtihon natijalari bo‘yicha qaydnomalar rasmiylashtirilganidan so‘ng, belgilangan tartibda tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etiladi.
📎
Ma’lumot uchun:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-iyuldagi 421-son qaroriga muvofiq, respublikadagi oliy ta’lim muassasalari hamda xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlariga qabulning ikkinchi bosqichi — ta’lim dasturi doirasida o‘qitiladigan chet tili bo‘yicha kirish imtihonlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazib kelinmoqda.
✅
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

October 26, 11:02

Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 2026-yil 29-oktabr kuni o‘tkaziladi.
📋
Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiradigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi
PDF fayl
da tanishish mumkin (
my.gov.uz
sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).
❗️
Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.

October 26, 07:50
Media unavailable
4
Show in Telegram

Haftaning eng muhim voqealari: Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan strategik sheriklikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Raqamli iqtisodiyotda 2030-yilgacha yana 500 mingta ish o‘rni yaratish vazifasi qo‘yildi. Qashqadaryoda – umumiy qiymati 6 milliard dollardan ziyod bo‘lgan 161 ta loyiha.
—
Hápteniń eń áhmiyetli waqıyalarına sholıw: Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Mámleketlik xatkeri Marko Rubio menen strategiyalıq sheriklikti rawajlandırıw máselelerin dodaladı. Sanlı ekonomikada 2030-jılǵa shekem jáne 500 mıń jumıs ornın jaratıw wazıypası qoyıldı. Qashqadáryada ulıwma bahası 6 milliard dollardan aslam bolǵan 161 joybar
—
Главное за неделю: Президент Шавкат Мирзиёев обсудил с Госсекретарем США Марко Рубио развитие стратегического партнерства. Поставлена задача создать еще 500 тысяч рабочих мест в цифровой экономике к 2030 году. В Кашкадарье – 161 проект общей стоимостью свыше 6 миллиардов долларов.
—
Weekly review of the most important events: President Shavkat Mirziyoyev discussed the development of the strategic partnership with U.S. Secretary of State Marco Rubio. A target has been set to create an additional 500,000 jobs in the digital economy by 2030. In Kashkadarya Region, 161 projects worth more than $6 billion are planned.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 26, 05:37
Media unavailable
4
Show in Telegram

📢
SAMARQANDDA ONA TILI VA ADABIYOT FANIDAN MILLIY SERTIFIKAT IMTIHONI
📝
Ayni vaqtda Bilim va malakalarni baholash agentligi Samarqand viloyati bo‘limida ona tili va adabiyot fanidan navbatdagi milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur test sinovlarida
1 140 nafarga yaqin talabgor
ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazmoqda.
✅
Imtihon jarayonlari belgilangan tartib-qoidalar asosida, shaffoflik va adolat tamoyillariga muvofiq tashkil etilmoqda.
Guruh nazoratchilari test sinovlarining tartibli o‘tishini ta’minlash, talabgorlar uchun teng sharoitlar yaratish hamda imtihon talablariga rioya etilishini nazorat qilishmoqda.
🎯
Barcha talabgorlarga omad va yuqori natijalar tilaymiz!
@BBASamarqand

October 24, 10:54
Media unavailable
1
Show in Telegram

Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
🧾
Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga ajratilgan 1 420 ta, shuningdek, Qoraqalpog‘istonlik yoshlarga xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga ajratilgan 200 ta maqsadli kvota uchun bo‘lib o‘tadigan imtihonlarga ruxsatnomalar e’lon qilindi.
📆
Test sinovlari 2026-yil
28-oktabr (chorshanba)
kuni bo‘lib o‘tadi.
🌎
Test sinovida ishtirok etuvchi talabgorlar
test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomani
my.uzbmb.uz
saytidagi shaxsiy kabinetlari orqali yuklab olishlari mumkin.
📌
Ruxsatnomada
test sinovi o‘tkaziladigan
sana, manzil va vaqt
ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan test sinovlariga ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqtdan kechikmagan holda kelishi so‘raladi.
🆔
Talabgorlar test sinovlari bo‘lib o‘tadigan binoga
shaxsini tasdiqlovchi hujjat
(pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.
❗
Talabgorlardan imtihonga ortiqcha buyumlar
(elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv qurollari, ichimlik, ovqat, shaxsiy buyumlar va boshqalar)
olib kelmaslik
so‘raladi.
✅
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

October 23, 10:49
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

▫️
▫️
▫️
▫️
▫️
▫️
▫️
▫️
📣
DIQQAT! E'LON!
🏢
Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan iTEP hamda At-tanal Al-Arabi imtihonlari
tashkil etilmoqda
🗓
iTEP hamda At-tanal Al-Arabi imtihonlari
4-noyabr
sanasida bo‘lib o‘tadi
📱
Ro‘yxatdan o‘tish:
🔗
https://registration.ilmiymarkaz.uz/
⚠️
Ro‘yxatdan o‘tish muddati:
2026-yil
2-noyabr
soat 9:00 ga qadar
📍
Imtihon ushbu
hududlar
da tashkil etiladi:
🔸
Toshkent shahri
🔸
Namangan viloyati
🔸
Samarqand viloyati
☎️
Murojaat uchun:
🔹
(95) 515-68-68
✔️
Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Instagram
|
YouTube