
BBA|Samarqand
#Natija_chet_tili
Chet tillari bo‘yicha imtihon natijalari chiqdi
📆
2026-yil 24-avgustdan 4-sentabrgacha
bo‘lib o‘tishi beigilangan
chet tilini bilish darajasini aniqlash malaka imtihoni natijalari e’lon qilindi.
🆔
Imtihon natijalari
my.gov.uz
saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
🧾
Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini
my.gov.uz
sayti orqali elektron tarzda yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.
‼️
O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun mobaynida
my.gov.uz
sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.
✅
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
🎓
Toshkent shahrida ilk bor — College Board SAT | AP Day xalqaro tadbiri!
Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi
Ilmiy-o‘quv amaliy markazi
hamda
College Board
hamkorligida
2026-yil 12-oktabr
kuni
College Board SAT | AP Day
xalqaro tadbiri bo‘lib o‘tadi.
🤝
Tadbir davomida:
✅
SAT va AP dasturlarining imkoniyatlari;
✅
xalqaro universitetlarga qabul jarayonidagi zamonaviy yondashuvlar;
✅
ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalar hamda xalqaro ekspertlar bilan professional muloqot masalalari muhokama qilinadi.
📅
Sana:
12-oktabr, 2026-yil
🕘
Vaqti:
09:00
📍
Manzil:
Azimut Grand Hotel, Toshkent
📝
Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘ting:
https://shorturl.at/MFfKM
💪
Nufuzli xalqaro tadbirda ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
✔️
Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
#OnlaynTest
〰️
〰️
〰️
〰️
〰️
〰️
〰️
〰️
Diplomlarni nostrifikatsiya qilish bo‘yicha
test sinovlari o‘tkazildi
📆
2026-yil 10-avgust kuni xorijiy davlatlarda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi.
⛳
Test sinovlari talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida ularning doimiy yashash joyiga yaqin bo‘lgan hududlarda - Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
🧑💻
Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test yakunida o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
✅
Test sinovida 48
0
nafar talabgor ishtirok etdi va test topshirganlardan 111 nafari belgilangan talabni bajardi.
🎧
Eslatma:
xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) masalalari bo‘yicha Bilimni baholash agentligiga quyidagi havola orqali murojaat qilish mumkin:
🕊
@NostrifikatsiyaBBA_bot
https://t.me/NostrifikatsiyaBBA
✅
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
#OnlaynTest
Qo‘shma ta'lim dasturlariga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tdi
🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
6-iyuldagi 421-son qarori asosida respublikadagi oliy ta'lim muassasalari hamda xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlariga qabulning ikkinchi bosqichi - qo‘shma ta’lim dasturida o‘qitish olib boriladigan chet tilidan kirish imtihonlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazib kelinmoqda.
📆
2026-yil 10-sentyabr kuni Farg‘ona jamoat salomatligi instituti va Samarqand davlat tibbiyot universiteti qo‘shma ta'lim dasturlariga qabul imtihonlarining ikkinchi bosqichi o‘tkazildi.
👨💻
Unda talabgorlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan ishlab chiqilgan elektron platforma orqali test sinovlarini topshirdilar hamda imtihon natijalarini test sinovi yakunlanishi bilan bilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
👥
Imtihonda 220 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi.
📝
Imtihon natijalari qaydnomalari rasmiylashtirilganidan so‘ng, belgilangan tartibda tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga taqdim etiladi.
✅
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
#Sayyor_qabul
#Yoshlar_kuni
Farg‘onada fuqarolar va yoshlar Agentlik vakili bilan uchrashdi
😎
Bugun Farg‘ona viloyatida fuqarolar, yoshlar, o‘quvchilar va pedagoglar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
👥
Uchrashuv davomida ishtirokchilarni qiziqtirayotgan masalalar, xususan, ta’lim jarayonlari, imtihonlarni tashkil etish, bilim va malakalarni baholash, sertifikatlash hamda test sinovlari bilan bog‘liq savollar muhokama qilindi.
📝
Muloqot davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning taklif va mulohazalariga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan batafsil ma’lumot va tushuntirishlar oldilar.
👨💻
Pedagoglar bilan muloqotda esa baholash jarayonlarini yanada takomillashtirish, imtihonlarning shaffofligi va adolatliligini ta’minlash, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan takliflar bildirildi.
📚
Shuningdek, yoshlar bilan suhbat davomida ularning ta’lim olish, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, imtihon jarayonlarida uchrayotgan masalalar hamda kelgusidagi rejalariga oid fikrlari eshitildi.
👥
Bu kabi uchrashuvlarda fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning fikr va takliflarini o‘rganish hamda mavjud masalalarga amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🔶
Farg‘ona viloyatidagi uchrashuv ham ochiq, samimiy va konstruktiv ruhda o‘tdi. Bildirilgan murojaat va takliflar tegishli tartibda o‘rganib chiqiladi.
✅
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
😎
Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha milliy baholash tizimini takomillashtirish maqsadida test topshiriqlari va tashkiliy jarayonning ikkinchi marotaba aprobatsiyasi o‘tkazildi.
📆
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yil 9-sentyabr kuni soat 14:00 da respublikaning barcha hududlarida aprobatsiya tashkil etildi.
📝
Ikkinchi marotaba o‘tkazilgan aprobatsiya jarayonida ishlab chiqilgan test topshiriqlarining mazmuni va sifati, test sinovlarini tashkil etish jarayoni, shuningdek, axborot tizimi va texnik vositalarning barqaror ishlashi amaliy jihatdan sinovdan o‘tkazildi.
‼️
Aprobatsiya natijalari asosida test topshiriqlari va tashkiliy jarayonlar tahlil qilinib, milliy baholash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.
👨💻
Mazkur jarayon boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining bilim va kasbiy mahoratini zamonaviy baholash mezonlari asosida obyektiv va ishonchli aniqlashga qaratilgan milliy baholash tizimini takomillashtirishda muhim bosqich hisoblanadi.
✔️
Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
#Sayyor_qabul
#Yoshlar_kuni
Samarqandda sayyor qabul va yoshlar bilan ochiq muloqot tadbirlari
🌙
2026-yil 10-sentyabr kuni Samarqand viloyatida fuqarolar va yoshlar bilan bevosita muloqotga qaratilgan sayyor qabul hamda ochiq suhbatlar tashkil etildi.
😎
Mazkur tadbirlar Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi boshlig‘i
o‘rinbosari
Baratov Akmal Avdumajitovich
ishtirokida boʻlib oʻtadi.
🔶
Tadbirlarning asosiy maqsadi — hududdagi fuqarolarni qiynayotgan masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, murojaatlarni bevosita eshitish va mavjud muammolar yuzasidan amaliy yechimlar izlash.
🔶
Sayyor qabul davomida fuqarolar o‘z murojaatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri bayon qilish, o‘zlarini qiziqtirayotgan savollarga mutaxassislardan javob olish hamda takliflarini bildirdilar.
👥
Yoshlar bilan tashkil etilayotgan ochiq muloqotlarda esa ularning fikrlari, tashabbuslari va takliflariga alohida e’tibor qaratiladi. Ta’lim, imtihon jarayonlari, bilim va malakalarni baholash hamda yoshlarning kelgusidagi imkoniyatlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashiladi.
📝
Umuman, uchrashuvlar orqali hududlarda mavjud muammolarni chuqurroq anglash, fuqarolarning ehtiyojlarini o‘rganish va xizmatlar sifatini yanada yaxshilash uchun zarur takliflarni shakllantirish ko‘zda tutilgan.
✅
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
#Milliy_sertifikat
DIQQAT, E'LON!
Chet tilidan bo‘ladigan imtihon uchun ruxsatnomalar taqdim etildi
📣
Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha
sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan imtihon sanalari e’lon qilindi.
Unga ko‘ra:
✍️
imtihonning yozma qismi — 13-14-sentyabr kunlari;
🎙
gapirish ko‘nikmasini baholash bosqichi — 15-sentyabrdan 25-sentyabrgacha (dam olish kunlaridan tashqari) o‘tkaziladi.
🆔
Talabgorlar
my.gov.uz
saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan ruxsatnomani yuklab olishlari va undan imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini bilishlari mumkin.
⏰
Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.
🆔
Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.
⛳️
Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya):
https://telegra.ph/chet-tili-09-10-4
✅
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
#OnlaynTest
🏢
🏢
🏢
🏢
🏢
🏢
🏢
Xo‘jalik sohalari mutaxassislari imtihondan o‘tdilar
🇺🇿
Ushbu toifadagi imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentyabrdagi 460-son qarori asosida o‘tkazib kelinmoqda.
📆
Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislari uchun navbatdagi test sinovlari 2026-yil 9-sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etilib, ularda 400 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi.
💼
Test sinovlari Bilimni baholash agentligining “Onlayn test” axborot tizimi orqali o'tkazildi va talabgorlar shu vaqtning o‘zida imtihon natijalarini bilib oldilar.
📝
Imtihon natijalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgach, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutiga taqdim etiladi.
✅
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
#Seminar
#Aprobatsiya
#Boshlangʻich_taʼlim
#Milliy_sertifikat
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son «Milliy sertifikat berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi
qarori
ijrosini taʼminlash maqsadida, Samarqand viloyatida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilaridan milliy sertifikat berish tizimini joriy etish oldidan seminari hamda aprobatsiya imtihoni tashkil qilindi.
@BBASamarqand