Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Bekzod Sayfiddinov | SHAXSIY BLOG

bekzodsayfiddinov
▪️ Shaxsiy fikrlar va o'zim qiymatli deb bilgan narsalarni ulashaman. 🚀 Owner of - https://t.me/f1rstclass_kr 🎞️ Instagram Page - https://www.instagram.com/bekzod_sayfiddinov_
Subscribers
2 580
24 hours
20
30 days
-130
Post views
1 149
ER
45,62%
Posts (30d)
1
Characters in post
506
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Business & Economy Blog
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Business & Management
Summary
March 02, 14:55

https://youtu.be/ZoyToi2MqtY?si=QeuGOcTY4wOxu1y6
Zafar akadan yangi podkast!
#tavsiya

February 06, 07:54

https://youtu.be/0Hxxui7yUFY?si=9_lLdEQpurZSehFk

February 05, 06:16

Avval biznes qil, keyin ijod.
Ijod qaytishi kafolatlanmagan xarajatni yaxshi ko'radi, bu davrda yashab qolish uchun davomli pul bilan ta'minlovchi kanal bo'lishi shart
Ijod - restoran
Biznes - fast food yoki milliy taomlar
Har qanday noyob turdagi, o'z tasdig'ini topmagan modeldagi biznes - ijod
Chunki siz bu ishni "yaxshi soqqa ko'tarish" uchun emas, xohlaganingiz uchun qilasiz
Aniq shablonlar asosida, doimiy daromadni ta'minlayotgan model esa biznes.
@nasullaevblog
Bekzod Sayfiddinov

January 19, 14:20


Help me guys
https://t.me/boost/f1rstclass_kr

January 06, 09:17

Bittasini tanlash
maqsadlarimizga erisha olmasligimiz asosiy sababi - bir vaqtda bir nechtasi ustida ishlashimiz
Bir vaqtda ham
vazn yo’qotib,
ham shaxsiy rivojlanib,
ham suzishni o’rganib,
ham ish samaradorligini oshirib,
ham daromadni oshirib,
oiladagi rishtalarni rivojlantirib,
har kuni kitob o’qib,
har kuni 8 soat uxlab,
bolalarga vaqt sarflab,
ham biznes boshlab,
ham ingliz tili o’rganib,
ham muvaffaqiyatli yozib…
bular hammasini bir vaqtda qilib bo’lmaydi.
ikkita quyon ortidan quvgan odam ikkisini ham tuta olmaydi.
hozir uchun eng muhimini tanlab olib, shuni optimizatsiya qilish kerak.
har birimizni o’zak mas’uliyatlarimiz bor
bular har doim birinchi o’rinda keladi.
Bek Olimjon

January 06, 00:03

Haqiqiy natijalar -> kutishda
Olishda emas, sotishda emas, kutishda
Yaqinda 3-4 yil avval tanishgan odamim bilan koʻrishib qoldim
Potensiali juda yuqori
Miyasida doim bir fikr
“Nimadir katta narsa qilishim kerak”
Odam miyasi nimadir katta narsani oʻylab bugungi task’larini unutib qoʻyadi
Hype, yangi instrument, yangicha boom imkoniyat
Bularning hammasi chalgʻitadi
Haqiqiy natija, muntazam task’larni bajarib, natijani kutishda
Haqiqiy natija oʻsha 3 yil oldin oʻqigan kitobingiz, bugun asqotib qolishida
Kundalik qarorlarimiz, katta natijalarga olib boradi
Chalgʻimang, shovqinga uchmang
Kunda bitta sales call qilish > nimadir oʻxshab qolib boyib ketish
Kunda 10 bet kitob > Qanaqadir top secret info olish
Kunda 30 daqiqa sport > yanvardan trener bilan boshlash
Kunda $10 invest > nimadir risk qilib “tema”dan pul ishlab olaman
Bular hammasi samarasini 1 yil emas, 3-5 yilda koʻrsatadi
@abdulhamidyakubov

December 31, 03:11

noldan boshlash
bir yangi sohani noldan o’rganishni boshlashdan qo’rqmaslik hissi bu inson hayotiga mazmun, ruhiyatida hotirjamlik, kelajak uchun ishonch paydo qiladi.
Bu eshitilishi sodda, ammo bajarishimiz qiyin bo'lgan ishlar turidan.
Sababini Seneca 2000 yil oldin aytib o'tgan edi.
“Biz voqe’likdan ko’ra tasavvurimizdagi havotirlardan ko’proq aziyat chekamiz.” - Seneca
Bek Olimjon
Bekzod Sayfiddinov

December 05, 03:03

So’rashga arzigulik savol
Bir dona, agar mabodo sodir bo’lsa, barchasini o’zgartirib yuboradigan o’sha
bir dona
narsa nima?
Bu savolga yagona javob aslo yo’q.
Turli inson uchun turlicha javoblar.
Kim uchundir 20kg ozish, kim uchundir 20ming dollar pul topish, kim uchundir umr yo’ldosh, yana kim uchundir o’qishga kirish. Duunyoda sayohat qilish. Yana kim uchundir ichkilikni tashlash. Yana kim uchundir otasini rozi qilish. Yana kim uchundir depressiyadan qutulish…
Biz xohlaydigan katta o’zgarishlar bir kunda sodir bo’lmaydi.
O’sha
bir dona narsani
aniqlab, o’sha maqsad tomon har kuni
1cm
dan bo’lsada harakat qilish bizni maqsadimizga olib boradi.
Ko’pchilik butun yo’l xaritasini oldindan aniqlab olish kerak deb o’ylaydi. Hamma uchun ham unday emas.
Asosiy kalit boshlashda va harakatdan to’xtamaslikda.
Yo’lda ketish davomida xaritani chizib boriladi. Tajriba ortib boraveradi.
Katta o'zgarishlar uchun juda uzoq yillar kerak deb o'ylaymiz. Unday emas. 2 yilda katta o'zgarishlar qilish mumkin.
U baribir o'tib ketadi...
Bek Olimjon
Bekzod Sayfiddinov

November 25, 05:19

With Great Power Comes Great Responsibility
Katta Kuch Katta Mas'uliyat Talab Qiladi
Barchani hayotdagi haqiqat. Ayniqsa siz ta’sir, pul yoki leaderlik pozitsiyasiga intilayotgan bo'lsangiz.
Kuch
– bu ta’sir, bilim, pul, reputatsiya, vakolat...
Mas’uliyat
esa – bu kuchni qanday ishlatayotganingiz.
Siz kuchga ega bo‘lsangiz, sizning harakatingiz boshqalarga ta’sir qiladi. Shuning uchun siz uni to‘g‘ri ishlatishga javobgarsiz.
Biznes Egasisiz
Siz kompaniya ochdingiz.
O‘sdi.
10 nafar xodim ishga oldingiz.
Endi siz faqat pul ishlamayapsiz. Siz jamoangizning:
- maoshi
- ruhiy holati
- shaxsiy o‘sishi
- hayot balansi
uchun mas’ulsiz.
Bir odamni nohaq ishdan bo‘shatish – uning oilasiga moliyaviy zarba.
Maoshni kechiktirish – ularning hayotini, re'jasini buzadi.
Sizda kuch bor – siz uning boshqaruvga javobgarsiz.
Influencersiz
Har bir qilayotgan harakatingiz kuzatuv ostida, har bir harakatingiz uchun javobgarsiz. (
O'zi aslida ham shunday
)
Instagramda 200,000+ kuzatuvchingiz bor.
Siz faktlarsiz bir mahsulotni maqtaysiz.
Odamlar sizga ishonib sotib olishadi.
Zarar ko‘rishadi.
Bu – sizning javobgarligingiz.
Ta’sir
- kuchdir.
Halollik, faktlarni tekshirish, etikani saqlash – bu katta mas’uliyat.
Kuchni izlamang,
agar uni ko‘tara olmasangiz.
@bekzodsayfiddinov
#fikrlar

November 24, 10:08

https://youtu.be/Omz5E4jC9f8?si=SI6SmOWrbJ8MHoLD