Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Bekzod Sayfiddinov | SHAXSIY BLOG

bekzodsayfiddinov
▪️ Shaxsiy fikrlar va o'zim qiymatli deb bilgan narsalarni ulashaman. 🚀 Owner of - https://t.me/f1rstclass_kr 🎞️ Instagram Page - https://www.instagram.com/bekzod_sayfiddinov_
Подписчики
3 040
24 часа
30 дней
-110
Просмотры
2 199
ER
0,72%
Посты (30д)
3
Символов в посте
771
December 05, 03:03

So’rashga arzigulik savol
Bir dona, agar mabodo sodir bo’lsa, barchasini o’zgartirib yuboradigan o’sha
bir dona
narsa nima?
Bu savolga yagona javob aslo yo’q.
Turli inson uchun turlicha javoblar.
Kim uchundir 20kg ozish, kim uchundir 20ming dollar pul topish, kim uchundir umr yo’ldosh, yana kim uchundir o’qishga kirish. Duunyoda sayohat qilish. Yana kim uchundir ichkilikni tashlash. Yana kim uchundir otasini rozi qilish. Yana kim uchundir depressiyadan qutulish…
Biz xohlaydigan katta o’zgarishlar bir kunda sodir bo’lmaydi.
O’sha
bir dona narsani
aniqlab, o’sha maqsad tomon har kuni
1cm
dan bo’lsada harakat qilish bizni maqsadimizga olib boradi.
Ko’pchilik butun yo’l xaritasini oldindan aniqlab olish kerak deb o’ylaydi. Hamma uchun ham unday emas.
Asosiy kalit boshlashda va harakatdan to’xtamaslikda.
Yo’lda ketish davomida xaritani chizib boriladi. Tajriba ortib boraveradi.
Katta o'zgarishlar uchun juda uzoq yillar kerak deb o'ylaymiz. Unday emas. 2 yilda katta o'zgarishlar qilish mumkin.
U baribir o'tib ketadi...
Bek Olimjon
Bekzod Sayfiddinov

November 25, 05:19

With Great Power Comes Great Responsibility
Katta Kuch Katta Mas'uliyat Talab Qiladi
Barchani hayotdagi haqiqat. Ayniqsa siz ta’sir, pul yoki leaderlik pozitsiyasiga intilayotgan bo'lsangiz.
Kuch
– bu ta’sir, bilim, pul, reputatsiya, vakolat...
Mas’uliyat
esa – bu kuchni qanday ishlatayotganingiz.
Siz kuchga ega bo‘lsangiz, sizning harakatingiz boshqalarga ta’sir qiladi. Shuning uchun siz uni to‘g‘ri ishlatishga javobgarsiz.
Biznes Egasisiz
Siz kompaniya ochdingiz.
O‘sdi.
10 nafar xodim ishga oldingiz.
Endi siz faqat pul ishlamayapsiz. Siz jamoangizning:
- maoshi
- ruhiy holati
- shaxsiy o‘sishi
- hayot balansi
uchun mas’ulsiz.
Bir odamni nohaq ishdan bo‘shatish – uning oilasiga moliyaviy zarba.
Maoshni kechiktirish – ularning hayotini, re'jasini buzadi.
Sizda kuch bor – siz uning boshqaruvga javobgarsiz.
Influencersiz
Har bir qilayotgan harakatingiz kuzatuv ostida, har bir harakatingiz uchun javobgarsiz. (
O'zi aslida ham shunday
)
Instagramda 200,000+ kuzatuvchingiz bor.
Siz faktlarsiz bir mahsulotni maqtaysiz.
Odamlar sizga ishonib sotib olishadi.
Zarar ko‘rishadi.
Bu – sizning javobgarligingiz.
Ta’sir
- kuchdir.
Halollik, faktlarni tekshirish, etikani saqlash – bu katta mas’uliyat.
Kuchni izlamang,
agar uni ko‘tara olmasangiz.
@bekzodsayfiddinov
#fikrlar

November 24, 10:08

https://youtu.be/Omz5E4jC9f8?si=SI6SmOWrbJ8MHoLD

October 24, 17:18

You’re going to lose sleep.
You’ll doubt whether it will work.
You won’t finish your to do list.
You’ll wonder if you made the right call - and have no way to know for years.
This is what ‘hard’ feels like.
And that’s okay.
Everything worth doing is hard.
And the more worth doing it is, the harder it is.
The greater the payoff, the greater the hardship.
If it’s hard, good.
It means no one else will do it.
-------
Uyqingizni yo'qotasiz.
Re'jalar ish berishiga shubha qilasiz.
Qilinadigan ishlar ro'yxatini tugatolmaysiz.
Shu meni mijozimmikan deb ko'p o'ylaysiz, bilishni xohlaysiz - va bu ko'p yillar davom etadi..
Bu "QIYIN" tuyg'u.
Va bu yaxshi.
Qilishga arziydigan hamma narsa qiyin.
Va buni qilish qanchalik qadrli bo'lsa, shunchalik qiyin bo'ladi.
Mukofot qancha ko'p bo'lsa, mashaqqat shunchalik katta bo'ladi.
Agar qiyin bo'lsa, yaxshi.
Bu - buni boshqa hech kim qilmasligini anglatadi.
-
Alex Hormozi

October 12, 17:30
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Yonmagan qamishdan nay bo'lmas ..
🪶

September 28, 12:35
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Koreyada 100% grant bilan o'qishni istaysizmi?
👩‍🎓
Universitetimiz professorlari O'zbekistonga tashrif buyurmoqda
🇺🇿
🏛
KYUNGWOON UNIVERSITY
⚡️
GRANT: 100% gacha

Suhbat Asosida Qabul
📌
YO'NALISHLAR
:
- AVIATSIYA
✈️
- MEDITSINA
🧑‍⚕️
- VA 50 GA YAQIN SOHALAR
📜
Akademik talab:
👉
IELTS 5.5 / TOPIK 3
📑
(Agar hozir Til sertifikatingiz bo'lmasa dekabrgacha olib berishingiz mumkin)
🗓
2
9
Sentabr
📍
Farg’ona
shahrida
🔥
Koreyada 100%gacha Grantlar bilan o'qishni istasangiz, hoziroq suhbatga yozililing
👇
✈️
Telegram
⤵️
@tulanov_shahzod
@Bekzod_co
📞
+99899 512 64 46

September 16, 02:35

Йўқ дея олиш кучи
Яқинда жияним билан унинг бизнесидаги муаммолар ва фокус ҳақида суҳбатлашдик. Гапимиз “йўқ” дея олиш ҳақида бўлди.
Кўпчилик “ҳа” дея олиш катта куч деб ўйлайди. Лекин менимча, асосий куч — “йўқ” дея олишда. Агар сиз катта натижаларга эришмоқчи бўлсангиз, майда нарсаларга йўқ дейишни ўрганишингиз керак.
Фойда бермайдиган йиғилишлар — йўқ.
Тезда пул топиш имконияти — йўқ.
Чалғитадиган ғоялар — йўқ.
Ҳаётимизда жуда кўп шовқин бор. Агар биз ҳаммасини қабул қилаверсак, асосий ишимизга куч қолмайди.
“Йўқ” дейиш — бу интизом ва ички кучни талаб қилади. У сизга ҳақиқатан ҳам муҳим нарсаларга “ҳа” дейиш имкониятини беради.
@paiziev24

September 05, 16:25

Insonni harakat qilishga undaydigan eng kuchli instrument bu - birov uchun ma’suliyat olishdir.
Erkak uylanganida, nega baraka keladi deb o’ylaysiz?
Inson hayotida birinchi marta birov uchun ma’suliyat olishni boshlaganidan, to’xtash ilojisi yo’qligini xis qilishni boshlaydi. Va bu xissiyotdan keyin, hechqaysi erkak oldingiday bo’lolmaydi. Yoshlik, aynan shu yerda to’xtaydi. Bu erkaklar hayotidagi bayram va fojia nuqtasi.
Fojia — chunki bu majburiyatdan endi hechqachon qochib bo’lmaydi. Bayram — chunki bu majburiyatdan hechqachon qochib bo’lmaydi.
Biri sizni umringizni oxirigacha qulga aylantiradi, ikkinchisi esa qaxramonga.

August 19, 16:30
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Siz boshdan kechiradigan og'riq - bu siz xohlagan xarakterni yaratish uchun to'lanadigan narx.
Sabr
- kechikish orqali shakllanadi.
Doimiylik
(
consistency
) - zerikarli ishni qilish orqali shakllanadi.
Chidamlilik
(
endurance
) - kuchli azoblar orqali shakllanadi.
Bu jazo emas.
Bu siz bo'lishni xohlagan odamga aylanishning yagona yo'li.
Alex Hormozi
@bekzodsayfiddinov
#haqiqat

July 27, 11:37
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

So'na haqidagi hikmatli hikoya
Ikki do‘st Nyu-Yorkning markaziy ko‘chalaridan birida sayr qilib yurishar edi. Ularning biri — xindi, ya’ni keng dalalarda o‘sib-ulg‘aygan amerikalik xindi edi.
U shaharda yashovchi do‘stini ko‘rgani mehmonga kelgan, va ular birga shahar bo‘ylab sayr qilishga qaror qilishgandi.
To‘satdan xindi to‘xtab, shivirlab shunday dedi:
— Eshitayapsanmi, so'na qanday tovush chiqaryabti ? Ajoyib-a?
Do‘sti kulib yubordi:
— Qanday so'na? Buning hech iloji yo‘q, sen shu shovqinda so'nani eshitdim demoqchimisan? Bu mumkin emas, aql bovar qilmaydi! — dedi u, quchog‘ini ochib.
Atrofda odam juda ko‘p edi, har kim qayergadir shoshayotgan, bir-biri bilan gaplashib, shovqin tufayli hatto baqirayotan edi. Yo‘llarda tinimsiz mashinalar qatnardi, kimi signal berar, kimi mashinani ishga tushira olmay ovora.
Shu g‘alayon ustiga, qo‘shni ko‘chadagi qurilishdan yo‘g‘on bolg‘a va kranning tovushlari kelardi — u yerda yangi osmono‘par bino qurilayotgan edi.
— Shunaqa ham bo‘lar ekanmi, shu shovqin suronda sen so'nani tovushini eshitdim demoqchisan?! — so‘radi do‘sti ishonmasdan.
— Hammasi inson qaysi tovushni eshitishga moyilligiga bog‘liq, do‘stim! — xotirjam javob berdi haligi xindi.
U eng yaqin gulzor klumba oldiga borib, egilib, barglar orasidan bir narsa olib, do‘stiga ko'rsatdi, do‘stining ko‘z oldida kichkintoy, ojiz so'na paydo bo‘ldi.
Shaharlik do‘st hayratlanib “voh” deb yubordi.
— Voy, rostdan ham-a! Qanday uning tovushini payqading?! Qoyilman, lekin…
— Hammasi inson nimani eshitishga o‘zini moyil tutishiga bog‘liq! — deb yana takrorladi xindi.
— Yo‘q, sening eshitish qobiliyating g‘ayrioddiy, buncha shovqin ichida sonani eshitish oson emas!
Biroq xindi do‘st ta’kidlashdan to‘xtamadi:
— Hozir isbotlab beraman.
U cho‘ntagidan bir dona tanga chiqarib, uni yerga tashladi. Tanga asfaltga urilib, asta jiringladi. Shu payt atrofdagi barcha odamlar, shovqinga qaramay, o‘girilib qarashdi, kim to‘xtab qoldi, kim esa cho‘ntagini tekshirib ko‘rdi — tangalarni tushirib yubormadimikan deb.
— Ko‘rdingmi, — dedi xindi tabassum ila, — hammasi inson qaysi tovushga o‘zini sozlaganiga bog‘liq!
@bekzodsayfiddinov
Zafar Hoshimov