Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

ZAKOVAT 2026

bilimzakovatda
Assalomu alaykum Zakovat 2026 kanaliga xush kelibsiz @Behruzbek_Usanov ning rasmiy kanali 📝 Eng kuchli turnirlar !! 📖 Zakovat savollar 🗝️ Mantiqiy savollar 🤔 🌐 Qiziqarli savollar #YAKKALIK va #JAMOAVIY musobaqalar! REKLAMA uchun; #Pullik @Behruzbek_Usanov
Subscribers
4 732
24 hours
1
30 days
-108
Post views
187
ER
3,95%
Posts (30d)
67
Characters in post
206
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
September 10, 11:19

Javob: "Pompeyning so'ngi kuni"
​Izoh: "BU ISHNI QILISH" - vulqon otilishidan omon qolish. Chili araukariyasi qalin poʻstlogʻi evaziga vulqon otilganda ham omon qoladi. Bryullovning mashhur kartinasidagi qahramonlar esa Vezuviy vulqoni otilganda halok boʻlishgan.

September 10, 11:08

Savol:
Diqqat, savoldagi "BU ISHNI QILISH" soʻzlari bir nechta soʻz bilan almashtirilgan!
​Chili araukariyasi — juda qalin poʻstloqli baland daraxt. U aynan mana shu xususiyati sababli BU ISHNI QILISH imkoniyatiga ega.
Savol: ​XIX asrning birinchi yarmiga oid qaysi asar qahramonlarining aksariyati, koʻrinishidan, BU ISHNI QILA olishmagan?

September 10, 11:07

Javob: Jozef Lui Lagranj
.
​Izoh: Nazariy jihatdan, Lagranj nuqtasiga chiqarilgan kosmik zond xuddi entomolog albomiga sanchib qoʻyilgan kapalakdek bir joyda qimirlamay turadi.

September 10, 11:00

Diqqat, savoldagi "U" almashtirish.
Ommabop-ilmiy kitoblardan birida Uning ichida joylashgan obyekt albomga sanchib qoʻyilgan kapalakka oʻxshatilgan.
Savol: U qaysi fransuz sharafiga nomlangan?

September 10, 10:42

Javob: Qoshlar
​Izoh: Levental kutilmagan mag‘lubiyatdan kuchli hayratga tushgan va hayratdan qoshlari tepaga ko‘tarilib ketgan.

September 10, 10:42

қошларнинг

September 10, 10:40

Savol matnida bir soʻzga bir nechta harflar qoʻshilgan!
O‘n ikki yoshli Pol Morfi professional shaxmatchi Iogann Leventalni osongina mag‘lub etadi. Ushbu voqeani tasvirlarkan, Morfi quyoshlarning yuqoriga ko‘tarilganini eslab o‘tadi.
Savol: Harflari qoʻshib qoʻyilgan soʻzni asl holida yozib bering.

September 10, 10:35

Javob: Betmen.
Qabul: Bryus Ueyn.
​Izoh: Ueyn Tibo teatr tomoshalari paytida
proektor
ni boshqargan. Bu tajriba keyinchalik uning rassomlik uslubiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin. 2019-yilda Nyu-Yorkda Betmen qahramoni paydo bo‘lganiga 80 yil to‘lishi munosabati bilan osmonga ko‘rshapalak tasviri tushirilgan proektor yoqilgan. Aytgancha, rassomning ismi — Ueyn — Betmenning haqiqiy familiyasi bilan bir xil.

September 10, 10:33

Betmenmikan

September 10, 10:28
Media unavailable
1
Show in Telegram

Savol:
Savolda IKS almashtirish.
Boʻlajak rassom Ueyn Tibo maktab sahnalarida IKSni boshqargan. 2019-yilda Nyu-Yorkda gʻayrioddiy IKS yondirilgan, chunki oʻshanda UNING 80 yilligi nishonlanayotgan edi.
Savol: UNI toping.