Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

ZAKOVAT 2026

bilimzakovatda
Assalomu alaykum Zakovat 2026 kanaliga xush kelibsiz @Behruzbek_Usanov ning rasmiy kanali 📝 Eng kuchli turnirlar !! 📖 Zakovat savollar 🗝️ Mantiqiy savollar 🤔 🌐 Qiziqarli savollar #YAKKALIK va #JAMOAVIY musobaqalar! REKLAMA uchun; #Pullik @Behruzbek_Usanov
Подписчики
5 018
24 часа
6
30 дней
75
Просмотры
1 238
ER
24,67%
Посты (30д)
72
Символов в посте
1 002
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 20, 13:19
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

SURXONDARYOLIKLAR
🗣
HDP oʻquv markazi
BOYSUN
QUMQO'RG'ON
SHEROBOD
SHOʻRCHI
ANGOR
QIZIRIQ
UZUN
MUZRABOD(Yangiobod)
SARIOSIYO
tumanidagi filiallari uchun quyidagi lavozimlar bo‘yicha nomzodlarni ishga taklif etamiz!
📌
O‘qituvchilar:
• FILIAL MANAGERI
• IELTS INSTRUCTOR
• INGLIZ TILI FANI O'QITUVCHISI
• MATEMATIKA FANI O'QITUVCHISI
📌
Talablar
• IELTS/CEFR sertifikati darajasi kamida B2 yoki 6+ bo'lishi;
• Matematika fanidan sertifikat (B+ yoki A+)
• Dars jarayonini qiziqarli va interaktiv tashkil eta olish ko‘nikmasi;
• Kamida 3 oylik ish tajribasi bo'lishi;
• O‘quvchilar bilan individual ishlash va ularning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini kuzatib borishi;
✅
Biz taklif qilamiz:
✓Barqaror va o’z vaqtida to’lanadigan maosh;
✓Qulay va zamonaviy ish muhiti;
✓Kuchli va professional jamoada faoliyat yuritish imkoniyati;
📩
ARIZA TOPSHIRISH:
🔗
https://forms.gle/wMgYJ4QsG8C5V6GW6
⏰
Ish vaqti: (Dars jadvali asosida)
💰
Maosh: Suhbat asosida kelishiladi
☎️
+998992666037
👤
@hdp_omonschool_hr

October 18, 11:11

Kechagi Toshkent svoyak paketi haqida ijobiy va salbiy fikrlar boʻlsa bemalol...

October 12, 12:30
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

o'quvchilar va havaskor talabalar diqqatiga!
• shaxsiy o'yin jamoaviy va shaxsiy rivojlanish uchun yangi mavzu va yangi savollar;
• boshlanish savollari asosan zakovatga va shaxsiy o'yingga yangi kirib kelgan ishtirokchilarni zakovatga sal chuqurroq olib kirish uchun tuzilgan;
• o'rtacha qiyinlik darajasi sekin-sekin ortib boradi
• har bir session (oyda ) 100ta mavzu bo'ladi
• Savollar muallifi - Mamatkulov Javohir
• Savollar redaktori - Behruzbek Usanov
• bitta session (oy) guruhiga qo'shilish narxi - 15.000 so'm
• qo'shilganlarga sirli bonus ham bor)
🎁
• murojaat uchun -
@J9621

October 12, 02:34

#muallif
mavzu: Initsial: E.P.
10. Memfisdagi "Greyslend" mulki egasi, "Rok-n-roll qiroli" laqabli qo'shiqchi kim?
Javob: Elvis Presli (Elvis Presley)
Izoh: Elvis Presli — afsonaviy amerikalik xonanda va aktyor. U Memfis (Tennesi) shahridagi "Greyslend" (Graceland) qo'rg'onini 1957-yilda sotib olgan. Dunyo bo'ylab "Rok-n-roll qiroli" (King of Rock and Roll) nomi bilan tanilgan.
Manba:
https://www.britannica.com/question/What-is-the-name-of-Elvis-Presleys-estate
20. "La Vie en rose" va "Non, je ne regrette rien" qo'shiqlari ijrochisi, "Chumchuq" laqabli fransuz estrada qo'shiqchisi kim?
Javob: Edit Piaf (Édith Piaf)
Izoh: Edit Piaf — mashhur fransuz qo'shiqchisi va aktrisasi. U bo'yining kichikligi va mayin, ammo kuchli ovozi sababli "La Môme Piaf" (Kichik chumchuq) laqabini olgan. Uning "La Vie en rose" va "Non, je ne regrette rien" qo'shiqlari fransuz musiqasining ramziga aylangan.
Manba:
https://www.britannica.com/question/What-is-Edith-Piaf-remembered-for
30. 1841-yilda "Morg ko'chasidagi qotillik" hikoyasi bilan detektiv janriga asos solgan, "Qarg'a" she'ri muallifi amerikalik yozuvchi kim?
Javob: Edgar Po (Edgar Allan Poe)
Izoh: Edgar Allan Po — amerikalik yozuvchi va shoir. Uning 1841-yilda chop etilgan "The Murders in the Rue Morgue" ("Morg ko'chasidagi qotillik") asari adabiyot tarixida birinchi detektiv hikoya hisoblanadi. 1845-yildagi "The Raven" ("Qarg'a") she'ri esa unga katta shohrat keltirgan.
Manba:
https://www.britannica.com/topic/The-Murders-in-the-Rue-Morgue
40. Argentina prezidenti Xuan Peronning rafiqasi, 1952-yilda 33 yoshida saraton bilan vafot etgan, xalq orasida "Evita" deb atalgan ayol kim?
Javob: Eva Peron (Eva Perón)
Izoh: Eva Peron (toliq nomi: Maria Eva Duarte de Perón) — Argentina prezidenti Xuan Peronning ikkinchi rafiqasi. U kambag'allar va ayollar huquqlarini himoya qilib, xalq orasida "Evita" nomi bilan ardoqlangan. 1952-yilda 33 yoshida saraton xastaligidan vafot etgan.
Manba:
https://www.britannica.com/biography/Eva-Peron
50. 1773-1775-yillarda Yaik kazaklaridan boshlangan qo'zg'olonni boshqargan, o'zini Pyotr III deb e'lon qilgan kazak kim?
Javob: Emelyan Pugachev (Emelyan Pugachyov)
Izoh: Emelyan Pugachev — Don kazagi, Yekaterina II hukmronligi davrida (1773–1775) Rossiya tarixidagi eng buyuk dehqonlar va kazaklar qo'zg'oloniga boshchilik qilgan. U o'zini taxtdan ag'darilgan imperator Pyotr III deb e'lon qilgan.
Manba:
https://www.britannica.com/biography/Yemelyan-Pugachov

October 12, 02:15

#muallif
mavzu: Matritsa: -SS-
10. Oliy o'quv yurtida beriladigan eng yuqori ilmiy-pedagogik unvonlardan birini ayting.
Javob: Professor
Izoh: Oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ilmiy-pedagogik xodimlarga beriladigan eng yuqori ilmiy unvonlardan biri bu professor unvonidir.
Manba:
https://uz.wikipedia.org/wiki/Professor
20. Janubiy Amerikada chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi gaucholar tomonidan hayvonlarni tutishda ishlatiladigan, uchiga og‘irlashtiruvchi qismlar biriktirilgan arqonli qurol qanday ataladi?
J: Lasso
I: Lasso hayvonning bo‘yni yoki oyoqlariga tashlab, uni tutish uchun ishlatiladigan arqondir. U kovboylar madaniyati bilan ham mashhur bo‘lsa-da, Janubiy Amerika gaucholarining an’anaviy chorvachiligida ham muhim vosita hisoblanadi.
Manba:
https://www.britannica.com/technology/lasso
30. Italiyaning Umbriya viloyatidagi, avliyo Frantsisk tug'ildo'sgan, bazilikasi YuNESKO ro'yxatiga kiritilgan shaharni ayting.
Javob: Assizi (Assisi)
Izoh: Assizi — Italiyaning Umbriya viloyatida joylashgan qadimiy shahar bo'lib, katolik avliyosi Avliyo Frantsisk (San Francesco) shu yerda tug'ilgan. Shahardagi Avliyo Frantsisk bazilikasi va boshqa ibodatxonalar YuNESKO Butunjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan.
Manba:
https://whc.unesco.org/en/list/990/
40. Subtropik kengliklardan ekvatorga esadigan, yelkanli kemalar davrida savdo uchun juda muhim bo'lgan barqaror shamollar qanday ataladi?
Javob: Passat (Passatlar)
Izoh: Passat shamollari (inglizcha: trade winds) — subtropik yuqori bosimli hududlardan ekvatordagi past bosimli hududlarga qarab yil davomida bir maromda esib turuvchi shamollardir. Yelkanli kemalar davrida okeanlar orqali savdo yo'llarini yo'lga qo'yishda hal qiluvchi rol o'ynagan.
Manba:
https://en.wikipedia.org/wiki/Trade_winds
50. 1856-yilda cho'yanni po'latga aylantirishning arzon usulini ommalashtirgan ingliz ixtirochisi kim?
Javob: Genri Bessemer (Henry Bessemer)
Izoh: Genri Bessemer 1856-yilda suyuq cho'yandan havo haydash orqali uni arzon va ko'p miqdorda po'latga aylantirish usulini (Bessemer jarayoni) ixtiro qilgan. Bu kashfiyot sanoat inqilobi rivojiga juda katta turtki bergan.
Manba:
https://www.britannica.com/biography/Henry-Bessemer

October 02, 08:14

✧•°•✦•°•✧ ⛤
13
⛤ ✧•°•✦•°•✧
✦•┄┄┄┄┄┄┄┄┄┄┄┄┄┄┄•✦
🌌
Буржлар турнири — 4-мавсум ўйинларига қабул расман очилди!
Ақл ва шиддат кураши унутилмас хотиралар билан қайтмоқда. Ўз буржингиз шарафини ҳимоя қилиш ва ҳақиқий адреналинни ҳис этиш вақти келди!
✨
Турнир ҳақида муҳим маълумотлар:
👨‍💼
Ташкилотчилар таркиби билан танишиш
https://t.me/Burjlar_turniri/11810
📜
Турнирнинг расмий низоми (регламенти)
https://t.me/Burjlar_turniri/11814
🔮
Сирли артефактлар ва уларнинг қоидалари
https://t.me/Burjlar_turniri/11816
📅
Биринчи тур:
10 октябрь!
⏳
Қабул муддати:
10 октябрьгача.
💳
Қатнашиш:
Пуллик.
📥
Рўйхатдан ўтиш ва мурожаат учун:
@pessimist_13
✦•┄┄┄┄┄┄┄┄┄┄┄┄┄┄┄•✦
📢
Бизга қўшилинг:
@Burjlar_turniri

September 27, 17:53
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Hammaga katta rahmat!!!

September 27, 17:51
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

September 27, 17:51
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

September 27, 17:50
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram