Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Biznes-ombudsman

biznes_ombudsman
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil Murojaat va shikoyatlar uchun: @biznesombudsmanrasmiy_bot
Subscribers
6 389
24 hours
-1
30 days
87
Post views
757
ER
11,85%
Posts (30d)
332
Characters in post
1 566
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Business & Economy Blog
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Business & Management
Summary
September 11, 06:51
Media unavailable
2
Show in Telegram

#OAV_biz_haqimizda
👍
Tadbirkorlar uchun qanday yengilliklar yaratilmoqda?
«Toshkent» telekanalidagi «Siz nima deysiz?» ko‘rsatuviga Biznes-ombudsman bosh inspektori Abdurahmon Tadjibayev mehmon bo‘ldi. Suhbat davomida tadbirkorlar uchun yaratilayotgan yangi yengilliklar, ularning huquqiy himoyasi va biznesni kengaytirish imkoniyatlari haqida atroflicha so‘z bordi.
Website
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
X
|
Youtube

September 11, 05:02
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

#faoliyat
👍
Tadbirkorlar bilan sayyor qabul o‘tkazildi
Jijjax viloyati Do‘stlik tumanida tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish va amaliy yechim topish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.
Tumanning «Chinobod» mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Biznes-ombudsman devonining Jizzax viloyatidagi sho‘ba mudiri Dilmurod Sa’dullayev tomonidan tadbirkorlar ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
Unda tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirok etib, o‘zlarini qiynayotgan muammolar, tadbirkorlik faoliyatini yuritish jarayonida duch kelayotgan masalalar yuzasidan murojaat va takliflarini bildirdi.
Qabul davomida tadbirkorlarning murojaatlari atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga zarur topshiriq va tavsiyalar berildi.
Bunday sayyor qabullar tadbirkorlarning muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish, ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda hududda qulay ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
——
👍
В Дустликском районе состоялся выездной прием для предпринимателей
В Дустликском районе прошел выездной прием, направленный на защиту прав и законных интересов предпринимателей, всестороннее изучение волнующих их вопросов и поиск практических решений.
В сходе граждан махалли «Чинобод» выездной прием для предпринимателей провел руководитель сектора по Джизакской области Аппарата Бизнес-омбудсмана при Президенте Республики Узбекистан Дилмурод Садуллаев.
В ходе приема предприниматели района озвучили актуальные проблемы, с которыми они сталкиваются в своей деятельности, а также поделились предложениями по улучшению бизнес-среды.
Все поступившие обращения были детально рассмотрены. Ответственным лицам даны конкретные поручения и рекомендации по их оперативному решению.
Подобные выездные встречи позволяют оперативно решать проблемы бизнеса непосредственно на местах, оказывать реальную поддержку предпринимателям и способствуют формированию благоприятного делового климата в регионе.
Website
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
X
|
Youtube

September 10, 13:10
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

👍
Biznes-ombudsman devonida TDYUning Akademik departamenti sho‘basi ochildi
Toshkent davlat yuridik universitetining Biznes huquqi va sud himoyasi fakulteti Akademik departamenti sho‘basi Biznes-ombudsman huzurida o‘z faoliyatini boshladi.
Tadbirda Biznes-ombudsman Abdumannop Buriyev va TDYU rektori Baxshillo Xodjayev ishtirok etib, ramziy lentani kesgan holda yangi sho‘ba faoliyatini rasman ochib berdilar.
Ushbu amaliyot xonasi talabalar uchun o‘ziga xos amaliy laboratoriya bo‘lishi rejalashtirilmoqda.
Talabalar Biznes-ombudsman faoliyati bilan shunchaki tanishib ketmasdan, mutaxassislar bilan birgalikda real huquqiy keyslarni tahlil qilishi, tadbirkorlar murojaatlarida ko‘tarilayotgan tizimli muammolarni o‘rganishi, sud amaliyotini tahlil qilishi, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda qatnashishi maqsad qilingan.
Shuningdek, Biznes-ombudsman amaliyotida aniqlangan tizimli muammolar universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan birgalikda o‘rganilib, ular asosida ilmiy ishlar, bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari tayyorlanib, eng muhimi — qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqilsa, bu ham ta’limga, ham amaliyotga katta foyda beradi.
E’tiborlisi, ushbu tashabbus davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan «Yoshlar kuni» tadbirlari doirasida tashkil etilib, yosh yuristlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.
——
👍
В Аппарате Бизнес-омбудсмана открылся филиал Академического департамента ТГЮУ
На базе Аппарата Бизнес-омбудсмана начал работу филиал Академического департамента факультета бизнес-права и судебной защиты Ташкентского государственного юридического университета.
В торжественной церемонии открытия приняли участие Бизнес-омбудсман Абдуманноп Буриев и ректор ТГЮУ Бахшилло Ходжаев, которые официально дали старт работе новой площадки, разрезав символическую ленту.
Планируется, что новый практический кабинет станет для студентов своеобразной учебной лабораторией.
Студенты смогут не просто знакомиться с работой Бизнес-омбудсмана, но и совместно со специалистами разбирать реальные правовые кейсы, анализировать системные проблемы из обращений предпринимателей, изучать судебную практику и участвовать в разработке предложений по совершенствованию законодательства.
Кроме того, совместное исследование системных проблем бизнеса преподавателями и студентами университета станет базой для подготовки научных статей, выпускных квалификационных работ и магистерских диссертаций. Главное — это позволит формировать конкретные законодательные инициативы, что принесет ощутимую пользу как образованию, так и правоприменительной практике.
Примечательно, что эта инициатива была реализована в рамках мероприятий к Дню молодежи, выдвинутых главой государства, и стала важным шагом в поддержке молодых юристов и повышении их профессионального потенциала.
Website
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
X
|
Youtube

September 10, 11:56
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

👍
Kassa apparatiga noto‘g‘ri kiritilgan ma’lumot tufayli yuzaga kelgan qariyb 1 mlrd so‘mlik soliq qarzdorligi bartaraf etildi
Xorazm viloyatida tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda Urganch shahrida faoliyat yurituvchi “G.Sh.” xususiy korxonasi rahbari amaliy yordam so‘rab Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.
Murojaatda ta’kidlanishicha, savdo jarayonida kassa apparatiga texnik xatolik sabab 9,6 mlrd so‘m mablag‘ noto‘g‘ri kiritilgan. Oqibatda soliq hisobotida nomutanosiblik yuzaga kelib, korxona zimmasiga 1 mlrd so‘mga yaqin asossiz soliq qarzdorligi hisoblangan.
Shundan so‘ng “G.Sh.” XKga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasida 2026-yil 25-apreldagi onlayn nazorat-kassa texnikasi orqali noto‘g‘ri kirim qilingan cheklarni 1 foiz keshbek summasini byudjetga to‘lash sharti bilan belgilangan tartibda tahrirlash choralari ko‘rildi.
Soliq organi tomonidan 5 ta noto‘g‘ri chekni tuzatishga ruxsat berilib, korxona tomonidan hisobot ko‘rsatkichlari qayta qayd etildi.
👍
Ko‘rilgan amaliy yordam natijasida tadbirkorlik subyektining asossiz yuzaga kelgan qariyb 1 mlrd so‘mlik soliq qarzdorligi to‘liq hisobdan chiqarildi.
——
👍
Списано около 1 миллиарда сумов налоговой задолженности, возникшей из-за ошибки в кассовом аппарате
В ходе открытого диалога с предпринимателями Хорезмской области руководитель частного предприятия «G.Sh.» из города Ургенч обратился к Бизнес-омбудсмену за практической помощью.
В обращении указывалось, что в процессе торговли из-за технической ошибки в кассовый аппарат ошибочно ввели 9,6 млрд сумов. Это привело к расхождениям в налоговой отчетности, и на предприятие необоснованно начислили почти 1 млрд сумов налоговой задолженности.
После этого были приняты меры по корректировке чеков, ошибочно пробитых 25 апреля 2026 года через онлайн-ККМ в точке общепита, принадлежащей ЧП «G.Sh.». Процедуру провели в установленном порядке при условии возмещения в бюджет 1% выплаченного кэшбека.
Налоговый орган разрешил исправить 5 ошибочных чеков, после чего предприятие повторно зафиксировало отчетные показатели.
👍
Благодаря оказанной помощи необоснованная налоговая задолженность предпринимателя в размере около 1 млрд сумов была полностью списана.
Website
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
X
|
Youtube

September 10, 08:08
Media unavailable
1
Show in Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari
Saida Shavkatovna Mirziyoyeva
hozirgi lavozimi bilan o‘rindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi.
Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining Bosh kotibi hisoblanadi, kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi, rais qatnashmagan majlislarda ularga raislik qiladi.
Moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishni muvofiqlashtirish boshqaruvchi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi. Birinchi navbatdagi hujjatlarni tayyorlash, davlat organlari va Markaz tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish shular jumlasidan.
Shuningdek, Moliya markazi nomidan O‘zbekistonda va xorijda xalqaro tashkilotlar, investorlar hamda hamkorlar bilan munosabatlarda Markazga vakillik qilish, kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, jumladan, Moliya markazi ma’muriyatining ijrochi direktorini va uning o‘rinbosarlarini tayinlash, Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi rahbariyati bo‘yicha tavsiyalar kiritish ham boshqaruvchining muhim funksiyalari sirasiga kiradi.
Boshqaruvchi, shuningdek, bitimlar tuzish, ishchi guruhlar tashkil etish va ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega.

Указом Президента Республики Узбекистан Руководитель Администрации Президента Республики Узбекистан
Мирзиёева
Саида Шавкатовна
назначена на должность управляющего Ташкентского международного финансового центра по совместительству с ныне занимаемой должностью.
Управляющий считается Генеральным секретарем Совета Финансового центра, организует формирование повестки, а в отсутствие председателя – председательствует на его заседаниях.
Ключевым направлением деятельности управляющего станет координация запуска Финансового центра: подготовка первоочередных документов, выстраивание взаимодействия между государственными органами и структурами центра.
В числе важных функций также представление Финансового центра во взаимоотношениях с международными организациями, инвесторами и партнерами в Узбекистане и за рубежом, а также участие в кадровых решениях, включая назначение исполнительного директора Администрации Финансового центра, его заместителей и внесение рекомендаций по руководству Управления финансовых услуг.
Управляющий также вправе заключать соглашения, создавать рабочие группы и привлекать экспертов.
Facebook
|
Instagram
|
X

September 10, 06:30
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

👍
Tizimdagi xatolik tufayli yuzaga kelgan 159 mln so‘mlik to‘lov majburiyati bekor qilindi
Navoiy viloyatida faoliyat yurituvchi «O.B.P.» MCHJ rahbari asossiz to‘lovlarni bekor qilishda amaliy yordam so‘rab Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.
Aniqlanishicha, jamiyatga tegishli bo‘lgan parrandachilik fabrikasi joylashgan yer maydoni aslida qishloq xo‘jaligi yerlari toifasiga kirishiga qaramay, «UZKAD» tizimiga kiritish jarayonida sanoat toifasida aks etib qolgan. Buning oqibatida esa yer solig‘i yuqori stavkada shakllanib, ortiqcha soliq hisoblanishiga olib kelgan.
Biznes-ombudsman devoni xodimlari tomonidan mazkur holat o‘rganilib, «O‘zdaverloyiha» davlat ilmiy-loyihalash institutining ma’lumotlari hamda amaldagi qonunchilik talablari asosida tahlil qilindi.
👍
Navoiy viloyat soliq boshqarmasi va viloyat kadastrlar palatasi bilan birgalikda ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida mavjud kamchiliklar bartaraf etilib, tadbirkorga hisoblangan 159 mln so‘m miqdordagi soliq to‘lovlari bekor qilinib, tadbirkorning huquqlari to‘liq tiklandi.
——
👍
Отмена 159 млн сумов налога, начисленных из-за ошибки в системе
Руководитель ООО «O.B.P.», осуществляющего деятельность в Навоийской области, обратился к Бизнес-омбудсману с просьбой помочь в аннулировании неправомерно начисленных платежей.
Как выяснилось в ходе проверки, принадлежащий компании земельный участок под птицефабрикой относится к землям сельскохозяйственного назначения. Однако при внесении сведений в систему «UZKAD» произошел технический сбой, и участок ошибочно зарегистрировали как промышленный. Из-за этого земельный налог рассчитали по завышенной ставке, что привело к образованию существенной переплаты.
Сотрудники аппарата Бизнес-омбудсмана детально изучили ситуацию и вступили в взаимодействие с профильными госорганами. В частности, был проведен анализ на основе данных государственного научно-проектного института «Уздаверлойиха» и норм действующего законодательства.
👍
Благодаря совместным мерам, принятым с Государственным налоговым управлением и Палатой кадастра Навоийской области, ошибку устранили. С предпринимателя полностью списали ошибочно начисленный налог в размере
159 млн сумов
, а его законные права были восстановлены.
Website
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
X
|
Youtube

September 10, 05:18
Media unavailable
2
Show in Telegram

👍
Noqonuniy ushlangan pul va garovlar darhol hamda penya bilan qaytariladi!
Bosh prokuratura, Adliya vazirligi va Biznes-ombudsmanıng jinoyat protsessida fuqarolar hamda tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan takliflari ma’qullandi.
Yangi tartibning asosiy yangiliklari:
Garov darhol qaytariladi:
Sud qarori bilan garov
darhol
qaytariladi. Kechiktirilsa ushlab turgan idora har bir kun uchun
MB asosiy stavkasida penya
to‘laydi.
Zarar budjetdan qoplanadi:
Bekor qilingan qarorlar bo‘yicha undirilgan mablag‘lar va reabilitatsiya qilinganlarga etkazilgan zarar
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
tomonidan to‘liq qaytariladi.
10 kunlik muddat:
Sud qarori vazirlikka
elektron
yuboriladi va mablag‘
10 ish kunida
qaytarilishi shart. Kechiksa — yana MB stavkasida penya hisoblanadi.
Mavzu yuzasidan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Biznes-ombudsman devoni yetakchi inspektori Ismoil Sayitov
batafsil ma’lumot beradi.
👍
Batafsil ma’lumot - videoda!
👍
Farmon matni bilan quyidagi
havola orqali tanishish mumkin.

September 09, 12:50
Media unavailable
2
Show in Telegram

👍
Mamlakatimizda biznes muhiti va tadbirkorlar uchun sharoitlar izchil yaxshilanib bormoqda. Biroq yaratilgan imtiyozlardan o‘z o‘rnida foydalanilmasa, ularning hech qanday nafi bo‘lmaydi.
Shu bois ishbilarmonlarning xabardorligini oshirish bugun har qachongidan ham muhim!
Masalan,
«Biznes himoya» QR-kodi
shunchaki yangilik emas, balki qonuniy va ishonchli himoya vositasidir -
hatto sun’iy intellekt ham bu tizimning afzalliklariga qoyil qolmoqda!
Undan foydalangan tadbirkor
o‘z xotirjamligini ta’minlaydi
,
beparvo qaraganlar esa hamon eski odat bo‘yicha noqonuniy aralashuvlarga duch kelmoqda
.
Qisqa rolikni tomosha qiling:
huquqingizni biling
,
yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalaning
va
biznesingizni asrang
!
Tanlov har doim o‘z qo‘lingizda!

September 09, 10:40
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

👍
O‘zbekistonning qaysi hududlarida xorijiy korxonalar ko‘proq?
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-avgust holatiga O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokida 20 973 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda.
Ularning hududlar kesimidagi soni:
Toshkent shahri –
13 114
ta;
Toshkent viloyati –
2 901
ta;
Samarqand viloyati –
754
ta;
Farg‘ona viloyati –
659
ta;
Surxondaryo viloyati –
630
ta;
Andijon viloyati –
519
ta;
Buxoro viloyati –
449
ta;
Sirdaryo viloyati –
341
ta;
Navoiy viloyati –
335
ta;
Namangan viloyati –
331
ta;
Jizzax viloyati –
283
ta;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi –
258
ta;
Xorazm viloyati –
214
ta;
Qashqadaryo viloyati –
185
ta.
Website
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
X
|
Youtube

September 09, 09:00
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Qununchilikdagi_yangiliklar
👍
Tadbirkorlik erkinligi va kafolatlari yanada kuchaytirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 17-avgustdagi O‘RQ-1168-son «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlarini mustahkamlashga hamda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda huquqiy aniqlik, barqarorlik, tenglik va ishonchni ta’minlashga qaratilgan yangi kafolatlar mustahkamlandi.
👍
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Website
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
X
|
Youtube