
Biznes-ombudsman
#JamoatchilikKengashi
👍
Biznes-ombudsman huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi hamda matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
Bugun, 26-oktabr kuni Biznes-ombudsman huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.
Tadbirda
Biznes-ombudsman Abdumannop Buriyev, Jamoatchilik kengashi raisi Shokir Saidov
, kengash a’zolari, tadbirkorlik birlashmalari, yuridik va ekspert hamjamiyati vakillari hamda jurnalistlar ishtirok etdi.
Muloqot davomida Biznes-ombudsman devonining 2026-yilning 9 oyidagi faoliyati natijalari, tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar, aniqlangan tizimli muammolar va ularni bartaraf etishga qaratilgan qonunchilik tashabbuslari atroflicha muhokama qilindi.
Yig‘ilishning muhim voqealaridan biri Jamoatchilik kengashi tarkibining kengaytirilishi bo‘ldi. Xususan, «O‘zbekiston 24» telekanalining «Axborot-tahliliy dasturlar bo‘limi» bosh muharriri
Ulug‘bek Rahmonqulov
hamda «Sevimli TV» muharriri
Dilfuza Esanova
Jamoatchilik kengashi a’zoligiga saylandi.
Ommaviy axborot vositalari vakillarining kengash tarkibiga kiritilishi Biznes-ombudsman faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni yanada kuchaytirish, jamoatchilik nazoratini kengaytirish hamda tadbirkorlar muammolarini keng jamoatchilik bilan birgalikda muhokama qilishga qaratilgan izchil yondashuvning amaliy ifodasidir. Biznes-ombudsman tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik, ekspertlar va OAV bilan ochiq muloqotni yanada kengaytirishga ustuvor ahamiyat qaratmoqda.
——
👍
Состоялись очередное заседание Общественного совета при Бизнес-омбудсмане и пресс-конференция
Сегодня, 26 октября, состоялись очередное заседание Общественного совета при Бизнес-омбудсмане и пресс-конференция для представителей средств массовой информации.
В мероприятии приняли участие Бизнес-омбудсман Абдуманноп Буриев, председатель Общественного совета Шокир Саидов, члены совета, представители предпринимательских объединений, юридического и экспертного сообществ, а также журналисты.
Участники встречи подробно обсудили итоги работы аппарата Бизнес-омбудсмана за 9 месяцев 2026 года, меры по защите прав предпринимателей, выявленные системные проблемы и законодательные инициативы, направленные на их устранение.
Одним из ключевых событий заседания стало расширение состава Общественного совета. В его состав вошли главный редактор отдела информационно-аналитических программ телеканала «Узбекистан 24» Улугбек Рахмонкулов и редактор телеканала «Sevimli TV» Дилфуза Эсанова.
Включение представителей СМИ в состав совета отражает последовательную политику Бизнес-омбудсмана, направленную на обеспечение открытости и транспарентности, развитие общественного контроля и совместное решение проблем бизнеса. Аппарат Бизнес-омбудсмана уделяет приоритетное внимание расширению открытого диалога с общественностью, экспертами и прессой.
Website
|
Instagram
|
Facebook
|
X
|
Youtube
|
Linkedin
#OAV_biz_haqimizda
👍
Tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish va biznes yuritishda qulay shart-sharoitlarni kengaytirish borasida qanday amaliy ishlar olib borilmoqda?
«Yoshlar» telekanalining «Rostini ayting» ko‘rsatuvida
Biznes-ombudsman devoni mas’ul xodimi
Bobur Halimov
ishtirok etib, sohadagi dolzarb masalalar, tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish va amaliy yechimlar haqida so‘z yuritdi.
👍
Ko‘rsatuvni tomosha qiling!
👍
«Zumrad o‘rmon» - 8-qism: «Begona emas, investor!»
Boshqa o‘rmondan kelgan investor - begonami yoki o‘zimizdanmi?
«Zumrad o‘rmon»ga uzoq o‘lkalardan Panda Sin keladi. U zamonaviy zavod qurib, yangi ish o‘rinlari yaratmoqchi. Soliq idorasi, bank va boshqa tashkilotlar vakillarining samimiy munosabati uni hayratga soladi.
Ammo hamma ham yangi investorga birdek munosabatda emas. Tekshirvoyning esa o‘ziga yarasha savollari bor...
Nega Tekshirvoy Panda Sinni «o‘zimizniki emas» deb hisoblaydi? Himoyabotur unga qanday saboq beradi?
👍
Multserialning yangi qismini tomosha qiling!
Investor qayerdan kelganidan qat’i nazar, uning qonuniy huquqlari teng himoya qilinadi. Ishonch bor joyda investitsiya bor!
«Zumrad o‘rmon» multserialining oldingi qismlarini ham tomosha qiling:
👍
1,
2,
3,
4,
5,
6,
7
– qismlar.
P.S. Multfilm qahramonlari va voqealaridagi har qanday o‘xshashlik shunchaki tasodifdir.
👍
Tadbirkorning suv bilan bog‘liq muammosi Biznes-ombudsman aralashuvi bilan ijobiy hal etildi
Buxoro viloyatida faoliyat yurituvchi «J.F.A.» MChJ rahbari fermer xo‘jaligiga suv yetkazib berilishida amaliy yordam so‘rab Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.
Aniqlanishicha, tadbirkor Prezidentning 2025-yil 3-fevraldagi PF-18-son Farmoniga asosan, Qorovulbozor tumani «Jarqoq» MFY hududidan
142,7 gektar
yer maydonini auksion savdolari orqali ijara huquqi bilan sotib olgan. Biroq tuman muassasasi tomonidan g‘alla ekish bo‘yicha shartnoma imzolanmagani vaj qilinib, suv yetkazib berish to‘xtatib qo‘yilgan va shartnoma imzolanishi kechiktirilgan. Shu bilan birga, tuman hokimligi mansabdor shaxslari tomonidan tadbirkorlik faoliyatiga aralashib, majburiy tartibda g‘alla ekishga undash holatlari kuzatilgan.
👍
Vaholanki, mazkur Farmon talablariga muvofiq, auksion g‘olibiga qishloq xo‘jaligi ekinlari turlarini mustaqil belgilash, shu jumladan, paxta va g‘alla ekinlarini faqat o‘zi ma’qul deb hisoblagan taqdirdagina yetishtirish huquqi berilgan hamda kafolatlangan hajmda suv olinishi belgilangan. Shuningdek, «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunga ko‘ra, davlat organlari tadbirkorlarning qonuniy faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Mazkur murojaat yuzasidan Biznes-ombudsman devoni tomonidan tumani hokimligiga tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishiga doir qonun hujjatlarining buzilishiga yo‘l qo‘yilmasligi hamda
tadbirkor faoliyatiga noqonuniy aralashmaslik yuzasidan rasmiy ogohlantirish kiritildi
. Shuningdek, Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga tadbirkorning buzilgan huquqlarini tiklash hamda suv yetkazib berish bo‘yicha
shartnomani rasmiylashtirish yuzasidan tegishli xulosa berildi.
👍
Ko‘rilgan choralar natijasida «J.F.A.» MChJ hamda Qorovulbozor tuman «Suv yetkazib berish xizmati» DM o‘rtasida suvdan foydalanish to‘g‘risidagi ikki tomonlama shartnoma imzolanib, tadbirkorlik subyektining buzilgan huquqlari va qonuniy manfaatlari to‘liq tiklanishi ta’minlandi.
——
👍
Благодаря вмешательству Бизнес-омбудсмана успешно решена проблема предпринимателя с водоснабжением
К Бизнес-омбудсману обратился руководитель ООО «J.F.A.», осуществляющего деятельность в Бухарской области, с просьбой оказать практическое содействие в подаче воды для фермерского хозяйства.
Как выяснилось, предприниматель в соответствии с Указом Президента № UP-18 от 3 февраля 2025 года приобрёл через аукционные торги право аренды земельного участка площадью 142,7 гектара в махалле «Жаркок» Караулбазарского района. Однако районная организация под предлогом отсутствия договора на посев пшеницы приостановила подачу воды и затянула подписание соглашения. Более того, должностные лица хокимията района зафиксированы в неправомерном вмешательстве в предпринимательскую деятельность и принуждении к посеву пшеницы.
Между тем, согласно требованиям упомянутого Указа, победителю аукциона предоставляется право самостоятельно определять виды сельскохозяйственных культур (включая выращивание хлопчатника и пшеницы исключительно по своему усмотрению), а также гарантируется получение воды в установленном объёме. Кроме того, Закон «О гарантиях свободы предпринимательской деятельности» строго запрещает государственным органам вмешиваться в законную деятельность предпринимателей.
👍
В результате принятых мер между ООО «J.F.A.» и ГУП «Служба поставки воды» Караулбазарского района был подписан двухсторонний договор на водопользование, а нарушенные права и законные интересы предпринимателя восстановлены в полном объёме.
Website
|
Instagram
|
Facebook
|
X
|
Youtube
|
Linkedin
👍
16,5 mln so‘m mablag‘ tadbirkorga qaytarildi
Andijon viloyatida faoliyat yurituvchi “STAG EVRO 4” MChJ rahbari elektr energiyasi uchun xatolik tufayli boshqa hisobraqamga o‘tkazib yuborilgan mablag‘larni qaytarishda amaliy yordam so‘rab Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, jamiyat tomonidan iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun Yagona g‘aznachilik tizimidagi maxsus hisobraqamga yanglish yuborilgan
16,5 million so‘m
pulni o‘z hisobiga qaytarishda muammolarga duch kelingan.
Biznes-ombudsman aralashuvi va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali Andijon bo‘linmasiga yuborilgan so‘rov natijasida mazkur masala ijobiy hal etildi. Hozirda ushbu pul mablag‘lari tadbirkorlik subyektining hisob-raqamiga to‘liq qaytarilishi ta’minlandi.
Website
|
Instagram
|
Facebook
|
X
|
Youtube
|
Linkedin
👍
Hurmatli ichki ishlar organlari xodimlari!
Biznes-ombudsman jamoasi
sizlarni
25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni
munosabati bilan samimiy muborakbod etadi!
Yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, qonun ustuvorligini mustahkamlash, fuqarolar va tadbirkorlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat va Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi xizmatingizda yangi zafarlar yor bo‘lsin!
#dayjest
19–24 oktabr kunlari Biznes-ombudsman faoliyatida va tadbirkorlar hayotida ro
‘
y bergan asosiy voqealar dayjesti
🔹
Biznes-ombudsman Abdumannop Buriyev navbatdagi shaxsiy qabulini
o‘tkazdi
🔹
Biznes-ombudsman Qashqadaryo viloyatida tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan
tanishdi
🔹
Biznes-ombudsman Qashqadaryoda tadbirkorlarning muammolarini
tingladi
🔹
Farg‘onada tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish va qonuniylikni ta’minlashga bag‘ishlangan o‘quv-seminarlari
o‘tkazildi
🔹
Vaqtni to‘g‘ri boshqarish – muvaffaqiyat kaliti: Devon xodimlari uchun amaliy
seminar
🔹
Biznes-ombudsman va hamkor tashkilotlar tomonidan hududlarda tadbirkorlar muammolari joyida
hal etilmoqda
🔹
Hududlarda tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish va qonuniylikni ta’minlashga qaratilgan tadbirlar
davom etmoqda
Website
|
Instagram
|
Facebook
|
X
|
Youtube
|
Linkedin
#ijobiy_dayjest
Biznes-ombudsman tomonidan tadbirkorlarning murojaatlari ijobiy hal etilgan keyslar dayjesti
🔹
Biznes-ombudsman ko‘magida tadbirkorning 299 mln so‘m mablag‘i
qaytarildi
🔹
Zaxiraga topshirilgan yer uchun undirilgan mablag‘ fermerga
qaytarildi
🔹
To‘lovlarni amalga oshirishdagi to‘siqlar
bartaraf etildi
🔹
Ekoturizm loyihasini amalga oshirishdagi to‘siqlar
bartaraf etildi
🔹
Tadbirkorlar manfaati sudda himoya qilinib, QQS guvohnomalari
bekor qilindi
🔹
Tadbirkorga noto‘g‘ri hisoblangan 1,3 mlrd so‘mlik qarzdorlik
bekor qilindi
🔹
Traktori bor fermerning yeri auksionga chiqarilsa... Biznes-ombudsman aralashuvi bilan adolat
qaror topdi
🔹
10 mlrd so‘m va jazolangan xodimlar: Biznes-ombudsman nazorat qiluvchi organga taqdimnoma
kiritdi
🔹
Avtomashinalarni garovdan chiqarishdagi to'siqlar
bartaraf etildi
🔹
Tadbirkorning asossiz qarzdorligi bekor qilinib, gaz tarmog‘iga
qayta ulandi
🔹
224 mln so‘mlik asossiz jarima bekor qilindi, mas’ul xodim
jarimaga tortildi
🔹
2,2 mlrd so‘m: Biznes-ombudsman tadbirkorning manfaatini sudda
himoya qildi
🔹
Fermer xo‘jaligining QQS guvohnomasi salkam 1
yilda tiklab berildi
Website
|
Instagram
|
Facebook
|
X
|
Youtube
|
Linkedin
#OAV_biz_haqimizda
👍
Tadbirkorlik rivoji va sohada yangi muhit shakllanishida asosiy omillar nimalardan iborat?
«O‘zbekiston 24» telekanalining «Studiya 24» tok-shousida
Biznes-ombudsman devoni mas’ul xodimi Botir Usmonaliyev
ishtirok etib, biznes uchun yangi muhit yaratish, sohaga kreativ yondashuv va erishilayotgan amaliy natijalar haqida so‘z yuritdi.
👍
Ko‘rsatuvni tomosha qiling!
Website
|
Instagram
|
Facebook
|
X
|
Youtube
|
Linkedin
👍
Fermer xo‘jaligining QQS guvohnomasi salkam 1 yilda tiklab berildi
Namangan viloyatida faoliyat yurituvchi “O.T.S” fermer xo‘jaligi qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘lovchisi guvohnomasini qayta faollashtirishda amaliy yordam so‘rab Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.
Murojaat o‘rganilganda, fermer xo‘jaligining QQS guvohnomasi 2024-2025-yillar davomida soliq organlarining qarori bilan to‘xtatilgan. Oxirgi marta 2025-yil 4-dekabrda to‘xtatilgan guvohnomaning amal qilishi tiklanmagan.
😊
Vaholanki, “Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini soliq organlarida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (22.09.2021-y VMQ 595-son qaror) 31-bandiga ko‘ra, guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror amalga oshirilayotgan bitimlar (operatsiyalar) xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga mos kelmaganligi holatlari aniqlanganda, soliq organi tomonidan 30 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga qabul qilinishi mumkin. Guvohnomaning amal qilishini o‘ttiz kundan ko‘p muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror soliq organining elektron ko‘rinishdagi arizasiga asosan sud tomonidan qabul qilinishi mumkin.
👍
Mazkur bandning 2-xatboshisida kameral hamda sayyor soliq tekshiruvlari natijasiga ko‘ra ushbu bandning 1-xatboshisidagi holatlar o‘z tasdig‘ini topmaganda guvohnomaning amal qilishi qayta tiklanishi belgilangan.
Biznes-ombudsman tomonidan o‘rganish natijasida guvohnomaning amal qilishi sud qarorisiz uzoq muddat to‘xtatib turilgani aniqlanib, nazorat qiluvchi organga qonunbuzilish holatini bartaraf etish yuzasidan xulosa kiritildi.
👍
Natijada tegishli choralar ko‘rilib, fermer xo‘jaligining QQS to‘lovchisi guvohnomasi qayta faollashtirildi.
——
👍
Свидетельство плательщика НДС для фермерского хозяйства было восстановлено спустя почти год
Фермерское хозяйство «О.Т.С.», осуществляющее деятельность в Наманганской области, обратилось к Бизнес-омбудсману с просьбой оказать практическое содействие в повторной активации свидетельства плательщика налога на добавленную стоимость (НДС).
В ходе рассмотрения обращения выяснилось, что свидетельство НДС данного фермерского хозяйства приостанавливалось решениями налоговых органов в течение 2024–2025 годов. Действие свидетельства, в последний раз приостановленного 4 декабря 2025 года, так и не было восстановлено.
👍
Между тем, согласно пункту 31 Положения «О порядке специальной регистрации плательщиков налога на добавленную стоимость в налоговых органах» (утвержденного Постановлением Кабинета Министров № 595 от 22.09.2021 г.), решение о приостановлении действия свидетельства может приниматься налоговым органом на срок не более 30 дней в случаях, когда совершаемые сделки (операции) не соответствуют номенклатуре приобретаемых и реализуемых товаров (услуг). Приостановление действия свидетельства на срок более тридцати дней может быть осуществлено только судом на основании электронного заявления налогового органа.
Абзацем вторым указанного пункта также установлено: если по результатам камеральных или выездных налоговых проверок факты, указанные в абзаце первом, не находят своего подтверждения, действие свидетельства подлежит восстановлению.
В ходе проверки Бизнес-омбудсман установил, что действие свидетельства приостанавливалось на длительный срок без судебного решения, в связи с чем в контролирующий орган было внесено заключение об устранении выявленных нарушений законодательства.
👍
В результате принятых мер нарушения были устранены, а свидетельство плательщика НДС фермерского хозяйства — повторно активировано.
Website
|
Instagram
|
Facebook
|
X
|
Youtube
|
Linkedin