
Blockchain Texno - Bitcoin, kripto-aktivlar va blockchain texnologiyalari
Bitcoin narxi yana 77 000–83 000 dollar oralig‘ida harakatlanmoqda. Hozir bozorning keyingi yo‘nalishini aynan shu ikki daraja belgilashi mumkin.
🟢
Agar BTC 83 000 dollardan yuqoriga chiqib, shu darajada mustahkamlansa, dastlab 88 000–92 000 dollar, keyinchalik esa 100 000 dollar tomon harakatlanish uchun imkoniyat paydo bo‘lishi mumkin.
🔴
Aksincha, 77 000 dollarlik qo‘llab-quvvatlash yo‘qotilsa, navbatdagi kuchli zona 71 000–72 000 dollar atrofida bo‘lishi mumkin.
Hozircha Bitcoin shu diapazon ichida qolayotgan ekan, leverage bilan pozitsiya ochish xavfi yuqori. Aniq yo‘nalish uchun 83 ming dollardan yuqoriga yoki 77 ming dollardan pastga chiqishni kutish ma’qul.
Sizningcha, qaysi darajani birinchi ko‘ramiz?
Bizni kuzatib boring!
YouTube
|
Instagram
|
Website
|
Donate
🪙
Bitcoin uchun 72–73 ming dollar muhim zona bo‘lib turibdi
CryptoQuant ma’lumotlariga ko‘ra, hozir Bitcoin uchun 72 000–73 000 dollar oralig‘i muhim qo‘llab-quvvatlash zonasi hisoblanadi.
Agar BTC ushbu darajadan yuqorida mustahkam tura olsa, bu yirik investorlarning xaridga bo‘lgan qiziqishini qayta oshirishi va bozordagi talabni kuchaytirishi mumkin.
Aksincha, 72 000 dollardan pastga tushib, zona yo‘qotilsa, sotuv bosimi kuchayishi va Bitcoin narxida navbatdagi pasayish ehtimoli ortishi mumkin.
Bizni kuzatib boring!
YouTube
|
Instagram
|
Website
|
Donate
Binance USDPni spot bozordan delisting qilish, ya’ni ushbu aktiv bo‘yicha spot savdolarni to‘xtatishni e'lon qildi.
Shu bilan birga, Janubiy Koreyaning yirik kriptobirjalari Upbit va Bithumb RVN (Ravencoin) tokenini delisting qilmoqda.
Bizni kuzatib boring!
YouTube
|
Instagram
|
Website
|
Donate
Treyder LAPTOP memkoinidan bir necha daqiqada 1 million dollardan ortiq foyda oldi Treyder Hunter Biden mavzusidagi LAPTOP tokeniga qariyb 250 ming dollar kiritgan va qisqa vaqt ichida tokenlarning bir qismini sotib, 1,18 million dollar olgan. Uning hamyonida…
Foydalanuvchi 1,8 million dollarlik tokenni 25 dollarga almashtirib qo‘ydi
Foydalanuvchi 7,8 million STONKS tokenini almashtirishga uringanida, tranzaksiya Raydium orqali noto‘g‘ri marshrut (routing) bo‘yicha amalga oshgan.
Natijada qariyb 1,8 million dollarga baholangan aktiv evaziga atigi 25 dollar olingan — deyarli barcha qiymat bitta tranzaksiyada yo‘qotilgan.
Bizni kuzatib boring!
YouTube
|
Instagram
|
Website
|
Donate
☀️
☀️
☀️
☀️
☀️
☀️
☀️
☀️
Eng katta kripto-aktivlarning narxlari ayni vaqtda.
Bizni kuzatib boring!
YouTube
|
Instagram
|
Website
|
Donate
🇩🇪
Germaniya kriptoaktivlardan olinadigan foydaga 25 foizlik soliq joriy etmoqchi
2027-yildan boshlab Germaniyada kriptoaktivlar bilan operatsiyalardan olingan foydaga 25 foizlik soliq joriy etilishi rejalashtirilmoqda.
Hozirgi tartibga ko‘ra, kriptoaktiv bir yildan ortiq saqlanib, keyin sotilsa, undan olingan foyda soliqqa tortilmaydi. Yangi tartib kuchga kirsa, ushbu bir yillik imtiyoz bekor qilinadi.
Bizni kuzatib boring!
YouTube
|
Instagram
|
Website
|
Donate
Treyder LAPTOP memkoinidan bir necha daqiqada 1 million dollardan ortiq foyda oldi
Treyder Hunter Biden mavzusidagi LAPTOP tokeniga qariyb 250 ming dollar kiritgan va qisqa vaqt ichida tokenlarning bir qismini sotib, 1,18 million dollar olgan. Uning hamyonida yana taxminan 110 ming dollarlik $LAPTOP qolmoqda.
Shu tariqa, uning umumiy pozitsiyasi hisob bo‘yicha 1,29 million dollarga yetgan va boshlang‘ich sarmoyaga nisbatan foydasi 1 million dollardan oshgan.
Biroq tokenning o‘zi keskin qulagan: LAPTOP eng yuqori narxidan atigi bir soat ichida 93 foizga tushgan. Sotib olish tavsiya qilinmaydi.
Bizni kuzatib boring!
YouTube
|
Instagram
|
Website
|
Donate
22 yoshli Singapur fuqarosi Meloun Lam (Malone Lam) 245 million dollarlik kriptoaktivlarni o‘g‘irlash bilan bog‘liq jinoiy tarmoqda ishtirok etganini tan oldi.
Guruh qurbonlarning kriptoaktivlarini qo‘lga kiritish uchun ijtimoiy muhandislik usullaridan foydalangan, ayrim holatlarda esa jabrlanuvchilarning uylariga bostirib kirishgacha borgan.
Ish Vashingtonda ko‘rib chiqilmoqda. Lam kripto o'g'irligidagi ishtiroki ortidan mol mulki musodara qilinishga tayyorlanmoqda.
Bizni kuzatib boring !!!
Telegram
|
Instagram
|
Website
|
Donate
1,1 million dollarlik ZEC pozitsiyasi 23 million dollarga yetdi
Yirik investor 2022–2024-yillar davomida jami 22 840 ZEC’ni qariyb 1,1 million dollarga bosqichma-bosqich sotib olgan.
Bugungi narxlarda ushbu ZEC’larning qiymati qariyb 23 million dollarni tashkil etmoqda. Ya’ni, investorning realizatsiya qilinmagan foydasi taxminan 22 million dollarga yetgan.
Endi esa kit barcha 22 840 ZEC’ni Binance birjasiga o‘tkazdi.
Bizni kuzatib boring !!!
Telegram
|
Instagram
|
Website
|
Donate