Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Blockchain Texno - Bitcoin, kripto-aktivlar va blockchain texnologiyalari

blockchaintexno
O'zbekistonda birinchi Bitcoin, kripto-aktivlar va blokcheyn texnologiyalar haqidagi OAV. Blockchain Texno axborot berish bilan chegaralanadi. Nashr hech qanday moliyaviy investitsiya asoslariga ega emas. Reklama va aloqa: info@blockchaintexno.uz
Подписчики
6 383
24 часа
2
30 дней
-137
Просмотры
1 097
ER
17,19%
Посты (30д)
108
Символов в посте
440
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Криптовалюты
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Технологии и разработка software
Краткое описание
October 24, 06:20
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

GRAM (sobiq TON) tokeni narxi keskin tushib ketdi.
Bizni kuzatib boring!
YouTube
|
Instagram
|
Website
|
Donate

October 24, 05:59

Nyu-Yorkda NovaTech kriptoloyihasi asoschilaridan 1,37 milliard dollar undirish talab qilinmoqda. Ular investorlarni haftasiga 2–4 foiz daromad va’dasi bilan jalb qilganlikda ayblanmoqda.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, loyiha orqali 1 milliard dollardan ortiq kriptoaktiv yig‘ilgan. Biroq ushbu mablag‘larning 26 million dollardan kamrog‘i haqiqiy savdo operatsiyalariga yo‘naltirilgan.
Qolgan mablag‘larning bir qismi yangi investorlar hisobidan eski ishtirokchilarga daromad sifatida to‘langan. Bu moliyaviy piramida (Ponzi sxemasi) belgilaridan biri hisoblanadi.
Loyiha qulagach, o‘n minglab investorlar o‘z jamg‘armalaridan ayrilgan.
Bizni kuzatib boring!
YouTube
|
Instagram
|
Website
|
Donate

October 23, 11:24
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

So‘nggi 6 soat ichida yirik Bitcoin egasi o‘z hamyonidan turli kriptobirjalarga 4 000 BTC o‘tkazdi.
Ushbu Bitcoinlarning umumiy qiymati 327 million dollarni tashkil etmoqda.
Bizni kuzatib boring!
YouTube
|
Instagram
|
Website
|
Donate

October 23, 09:17
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

To‘qqiz yil avval Ethereum narxi atigi 18,83 dollar bo‘lganida, yirik investor 3 000 ETH sotib olgan.
O‘sha paytda ushbu xarid uchun jami 56 490 dollar sarflangan.
Endilikda investor barcha 3 000 ETHni 7,23 million dollarga sotib, qariyb 7,17 million dollar sof foyda olgan.
Bu boshlang‘ich investitsiyaning 128 baravarga oshgani degani.
Bizni kuzatib boring!
YouTube
|
Instagram
|
Website
|
Donate

October 23, 06:49
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Mem-token birgina post sabab kapitallashuvi
15 million dollarga yetdi, keyin 98 foizga quladi
Kriptobloger Kimchi targ‘ib qilgan mem-token
Pump.fun
asoschilaridan biri Alon tomonidan ijtimoiy tarmoqda tilga olingach, keskin qimmatlashdi.
Natijada tokenning bozor kapitallashuvi 15 million dollarga yetdi.
Biroq Alon o‘z postini o‘chirib tashlagach, token narxi keskin tushib, qiymatining 98 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi.
Bizni kuzatib boring!
YouTube
|
Instagram
|
Website
|
Donate

October 23, 06:08
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bitcoin bozorida foydani olish uchun sotuvlar kamaymoqda
Glassnode ma’lumotlariga ko‘ra, Bitcoin investorlarining foydani naqdlashtirish maqsadida amalga oshirayotgan sotuvlari sentabrdagi eng yuqori ko‘rsatkichga nisbatan qariyb 50 foizga kamaygan.
Bu bozorda foydani olish uchun sotish bosimi susayganini ko‘rsatmoqda.
Biroq Bitcoin narxi 87 ming dollarga yaqinlashganda foyda bilan sotilayotgan BTC hajmi yana oshsa, bu sotuvchilar faollashayotganidan darak berishi mumkin.
Ya’ni 87 ming dollar Bitcoin uchun muhim qarshilik zonasiga aylanishi mumkin. Ushbu darajada sotuvlar kuchaysa, narxning yuqoriga ko‘tarilishi qiyinlashadi.
Aksincha, sotuv bosimi pastligicha qolsa, Bitcoinning o‘sishni davom ettirishi uchun qulay sharoit yuzaga kelishi mumkin.
Bizni kuzatib boring!
YouTube
|
Instagram
|
Website
|
Donate

October 23, 03:46
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

☀️
☀️
☀️
☀️
☀️
☀️
☀️
☀️
Eng katta kripto-aktivlarning narxlari ayni vaqtda.
Bizni kuzatib boring!
YouTube
|
Instagram
|
Website
|
Donate

October 22, 11:58
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Solana tarmog‘ida Alpenglow yangilanishi orqali tranzaksiyalarni yakuniy tasdiqlash vaqti 150 millisekundgacha (0,15 soniya) qisqartirilgan.
Avval ushbu jarayon taxminan 12,8 soniya davom etgan bo‘lsa, yangi texnologiya uni 85 baravar tezlashtirishni ko‘zda tutadi.
Bizni kuzatib boring!
YouTube
|
Instagram
|
Website
|
Donate

October 22, 09:22

🇨🇳
Xitoy 61 800 BTCni o‘z tasarrufiga olishga harakat qilmoqda
Xitoy hukumati 5,7 milliard dollarlik moliyaviy piramida bilan bog‘liq ish doirasida 61 800 BTCni musodara qilishni talab qilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu firibgarlik sxemasidan 100 mingdan ortiq odam zarar ko‘rgan.
Bitcoin’lar avvalroq Buyuk Britaniya huquq-tartibot organlari tomonidan musodara qilingan. Endilikda ushbu yirik kriptoaktiv zaxirasining taqdiri, ya’ni mablag‘lar qaysi davlat yoki jabrlanuvchilarga berilishi masalasi hal qilinishi kerak.
Bizni kuzatib boring!
YouTube
|
Instagram
|
Website
|
Donate

October 22, 05:52
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Yirik investor bir kunda 7,22 million dollarlik kriptoaktiv sotib oldi
So‘nggi 24 soat ichida yirik kriptoinvestor (whale) 9 turdagi kriptoaktivga jami 7,22 million dollar sarfladi.
Xaridlar quyidagicha taqsimlangan:
LIT: 1,4 million dollar
ENA: 1,34 million dollar
ONDO: 1,34 million dollar
AERO: 948 ming dollar
ETH: 591 ming dollar
QNT: 589 ming dollar
UNI: 443 ming dollar
TAO: 368 ming dollar
PEPE: 195 ming dollar
Eng katta investitsiyalar LIT, ENA va ONDO tokenlariga yo‘naltirilgan. Ushbu uchta aktiv jami xaridlarning qariyb 57 foizini tashkil etmoqda.
Bizni kuzatib boring!
YouTube
|
Instagram
|
Website
|
Donate